Magnit usulida boyitish Reja Magnit maydoni va uning xossalari


Download 99.5 Kb.
bet1/3
Sana02.03.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1243109
  1   2   3
Bog'liq
Magnit usulida boyitish

Magnit usulida boyitish




Reja


  1. Magnit maydoni va uning xossalari


  2. Minerallarning magnit xossalari va ularning tasnifi
  3. Magnit separatorlarining tasnifi


Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ma’dan zarrachalariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarrachalar har xil harakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi.
O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarrachalar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o‘zining moddiy tarkibi bilan xam farq qiladi.
Magnit usulida boyitish qora va rangli metallar rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda qo‘llaniladi.
Ma’dan zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo‘ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi.
Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni hosil qilish kerak.
Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi.
Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit kuchlarini hosil qiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari magnit maydoni etarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi kerak. Ma’dan zarrachalarining magnitlanish kobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi.

Magnit maydoni va uning xossalari

Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi kuch tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi.


Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri mazkur jismlarda tez harakatlanuvchi ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber (Vb).
Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induksiyasi V hisoblanib, u son jihatdan 1 sm2 yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng.
Magnit induksiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl).
Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induksiyali magnit maydonida, jism tomonidan xis qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng.
Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muhim xossasi, o‘lchov birligi A/m.
Magnit maydoni kuchlanganlik bilan xarakterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi.
Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning hajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi.
Agar hajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi.
Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini xarakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit momentini o‘zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda kuchlanganlik tezligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.
Maydon gradientini shu nuqtadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit kuchi deyiladi.
Maydonning istalgan nuqtadagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish bo‘yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling