Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati


Download 0.63 Mb.
bet1/4
Sana14.05.2020
Hajmi0.63 Mb.
  1   2   3   4

Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati”




MUNDARIJA

KIRISH...............................................................................................................

3

I BOB.

MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI....................

8

1.1.

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy budjetlarning roli va ahamiyati...............................................................................

8

1.2.

Mahalliy soliqlar va yig’imlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning roli.........................................................................

14

II BOB.

MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNING AMAL QILISH MEXANIZMI (Toshkent shahar Olmazor tumani misolida).........................................................................................................

19

2.1.

Mahalliy budjet daromadlar bazasining iqtisodiy tahlili...................................................................................................

19

2.2.

Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining amaldagi holati tahlili...................................................................................................

28

2.3.

Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining amaldagi holati tahlili..................................................................................................

34

III BOB.

MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNI TAKOMILLASHTIRISH……………………………………..

43

3.1.

Mahalliy budjet daromadlari bazasini mustahkamlashda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarining tajribalari…………..

43

3.2.

Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’llari.......................................

47

XULOSA ............................................................................................................

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI......................................

52
55



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishda, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o’rganish natijasida qabul qilingan, o’ziga xos, millatimizning mintalitetidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, milliy qadriyatlarimizni o’z ichiga oluvchi beshta tamoyilga asoslanadi. Tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishda aholining kam ta’minlangan qatlamini kuchli ijtimoiy himoya qilishdir. Albatta, bu vazifani amalga oshirishda davlatimiz budjet mablag’lariga tayanadi.

Budjet mablag’lari mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo’lida hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo’ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz jahondagi rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, o’zaro hamkorlikda iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni yo’lga qo’yish uchun harakat qilmoqda. Shu maqsadda mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz I.Karimov o’zining nutqida: “2013 yilda mutanosib va barqaror davlat budjetini shakllantirish maqsadida soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini soddalashtirish va uning oshkoraligini ta’minlash bo’yicha tegishli tadbirlar ko’zda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki darajasining oshmasligi ta’minlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu ko’rsatkich 21,3 foizni tashkil etadi”.1

Xorijiy investorlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizga kiritish natijasida uni yuksak darajaga ko’tarish hozirgi davrda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, yetakchi xorijiy moliya institutlari tomonidan qo’yiladigan talablarni bajarmoqlik zarurdir. Jumladan mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, inflyatsiya va budjet defitsitini belgilangan parametrlaridan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik va nihoyat xorijiy investorlarni huquqiy himoya qilishlikdir.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish budjet siyosatini to’g’ri yuritish, budjet mablag’laridan samarali, oqilona foydalanishni talab etadi. Budjet mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak budjet mablag’laridan oqilona, samarali foydalanish bilangina ana shu maqsadga erishishlik mumkin bo’ladi. Budjet dasturlarining aniq va o’z vaqtida bajarilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada ijobiy bajarilishini ta’minlaydi. Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’z daromadlarini mustaqil tasarruf etadigan, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan bo’ldi. Demak, respublika o’z budjetiga ega bo’lishi bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidagi tub o’zgarishlarni ta’minlashga e’tibor qaratgan holda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashni ham budjet tizimining vazifasi qilib qo’ydi.

O’zbekiston Respublikasining hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiy tizim bo’lib, unda bozor mexanizmi davlatning xo’jalik jarayonlarini tartibga solishi bilan o’zaro hamkorlik qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, budjet ijrosi, uni bajarilishini qa’tiy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustuvor ijtimoiy xarajatlarni moliyalash va undan maqsadli, samarali foydalanishda budjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.

Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismini tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunida “Mahalliy budjet - Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori ko’zda tutilishi ko’rsatilgan.

Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq undirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi.

Mahalliy budjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobiga shakllanadi. Respublika va mahalliy budjetlari o’rtasidagi munosabatlarni, bog’liqlikni yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o’rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy budjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to’liq o’rganilmagan. Shu sababli mahalliy budjet faoliyatini hamda mahalliy budjet daromadlari bazasini o’rganib chiqish va tahlil qilish zarurdir.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning amaldagi holatini o’rganish va tahlil qilish jarayoni hisoblanadi. Ishning predmeti mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning amaldagi holatini o’rganish va tahlil qilish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar yig’indisidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi mahalliy budjetlarning daromad manbasini shakllantirish va mustahkamlashga hamda hududiy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashda soliq tizimining samaradorligini oshirish va soliqlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:

- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy budjetlarning roli va ahamiyatini yoritish;

- mahalliy soliqlar va yig’imlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning rolini o’rganib chiqish;

- mahalliy budjet daromadlar bazasining iqtisodiy tahlil qilish;

- mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining amaldagi holatini tahlil qilish;

- mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining amaldagi holati tahlilini qilish;

- mahalliy budjet daromadlari bazasini mustahkamlashda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarining tajribalarini o’rganish;

- mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’llarini yoritish va boshqalar.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishidagi ilmiy taklif va tavsiyalarlardan mahalliy budjetlarning daromad manbasini shakllantirish va mustahkamlashga hamda hududiy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashda soliq tizimining samaradorligini oshirish va soliqlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan kelgusi ilmiy-tadqiqotlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati ishni yozish jarayonida olingan takliflar va tavsiyalardan mahalliy budjetlarning daromad manbasini shakllantirish va mustahkamlashga hamda hududiy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashda soliq tizimining samaradorligini oshirish va soliqlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar tizimini ishlab chiqilishida, kelajakda nazariy va amaliy jihatdan qurollangan yetuk mutaxassislar yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda iqtisodiy oliy o’quv yurtlarida moliya va soliqlar bo’yicha fanlarni o’qitishda foydalanilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishiniing tarkibiy tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi - kirish, yettita paragrafni o’z ichiga olgan uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishning nazariy asoslari izohlangan.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning amal qilish mexanizmi amaldagi holati tahlili keltirilgan.

Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida mahalliy budjet daromadlari bazasini mustahkamlash va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’nalishlari atroflicha o’rganilgan.

Ishning xulosa qismida kichik biznes sub’ektlarini rag’batlantirishda soliqlarning rolini oshirishga qaratilgan xulosalar bayon qilinib, taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan.

I BOB. MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


    1. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy budjetlarning roli va ahamiyati

O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi moliya, budjet sohasida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir.

O’zbekiston demokratik davlat qurishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yar ekan, bunda davlat budjetini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari asta - sekinlik bilan shakllanib va rivojlanib borayotgan bir paytda davlatning doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag’larga ega bo’lish zaruriyati kuchayib boradi.

Demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi mahalliy davlat boshqaruv organlari va ularning faoliyati hisoblanadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, muayyan mulk va moliya - budjet huquqiga ega bo’lishi shart. Mahalliy hokimiyat idoralari hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o’z vakolatlari doirasida davlat moliya faoliyatini amalga oshiradilar.

Hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismi - bu mahalliy budjet hisoblanadi.

“Mahalliy davlat hokimiyat idoralari to’g’risida”gi Qonunning 2 - moddasiga muvofiq viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, kredit resurslari shuningdek, Respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi”

Mahalliy budjetlar orqali xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalarini, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarini, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar moliyalashtirib boriladi. Shu bilan birga mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining deyarli 100 foizi mahalliy budjetlar tomonidan moliyalashtiriladi.

 Budjetning bosh funktsiyasi davlatning yashab turishiga moddiy sharoit yaratish, ishlab chiqarish munosabatlarini, takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun milliy daromadni qayta taqsimlashda xizmat qiladi. Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy budjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi. Iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bevosita bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosini ta’minlashda yordam beradi.

Mahalliy budjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi.

Mahalliy budjetlar daromadlarining shakllanishidagi ushbu yo’nalishni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: “Davlat budjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, budjetning ijrosidan manfaatdorligini va bu boradagi mas’uliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu narsa mahalliy budjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantiradi, joylarda budjet intizomini mustahkamlaydi”2

O’zbekistonda olib borilayotgan islohotning chuqurlashishi mahalliy hokimiyat organlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-budjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy budjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq. Ya’ni davlat iqtisodni, ijtimoiy infrastrukturani, ishchi kuchini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni joylarga berib bormoqda, mahalliy budjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv davlatning joylarda maqsadga muvofiq bo’lgan vazifalarini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasi mahalliy budjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun daromadlarga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun mahalliy budjet daromadlarini shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini tahlil qiladigan bo’lsak, avvalambor daromadlarning shakllanishiga e’tibor berish lozim. Mahalliy budjet daromadlarining manbalari tarkibiga mahalliy soliqlar va yig’imlar, umumdavlat soliqlardan ajratmalar, subventsiyalar, dotatsiyalar, ssudalar, meros olish, hadya etish bo’yicha umumdavlat mulkiga o’tgan mablag’lar, jismoniy, yuridik va chet el davlatlardan qaytarilmaydigan mablag’lar, davlat mulkini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar hamda boshqa daromadlar kiradi.



1-chizma
Mahalliy budjet daromadlari

manbalari3





Mahalliy budjetlarni daromadlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasinining “Budjet tizimi” to’g’risidagi qonunning 18 - moddasiga asosan amalga oshiriladi. Shunga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari o’z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig’imlar) va yuqori budjetdan ajratiladigan ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiya va subventsiyalar) hisobidan shakllanadi.

2-chizma

      1. Download 0.63 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling