Mahsulot — faoliyat yoki jarayon natijasi
Download 248.96 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliy ish;
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ishlatilish»
- Mahsulot sifati
11-amaliy ish; Mahsulot sifatiga oid asosiy ta’riflar, tushunchalar. Mahsulotlarning asosiy sifat ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullarini o‘rganish. Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylash- tirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi hamda muayyan jamoa va shaxs ehtiyojlarini qanoatlashtirishga mo‘ljallanadi. Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayoni, ishlash, yetishtirish, ta’mirlash va shu kabilarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat — ISO 9000 xalqaro standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, «mahsulot — faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi. Mahsulotning yaratilishi, sotilishi va iste’molida yoki ishla- tilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishi, sotilishi va iste’moli yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilish» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi. «Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, u vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi. Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishi- ning ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chi- damliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar). Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, u mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlari hamda birxillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarning majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati uni tashkil etuvchi dvigatel, shpindellar, bolt va gaykalar, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘liq. Mahsulot sifati — o‘zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlan- tiruvchi, uning yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki bir necha xossa- larining darajasini aniqlash sifat ko‘rsatkichlari yordamida baho- lanadi. Bunda ulkan ko‘p xildagi mahsulotlar turlarini tavsiflovchi turli xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari ham ko‘p bo‘ladi. Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehti- yoji, maqsadi va topshiriqqa asosan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi. Mahsulotning tadiiy ifodalanishi, shaklning to‘g‘riligi, kompo- zitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi. Download 248.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling