Maktab direktori: Fayziyeva Feruza Mardonovna Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Elmonova Lola Rahmatullayevna


Download 15.07 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.07 Kb.
#1529901
Bog'liq
TAVSIFNOMA


NavDPIning 14.04.2022 - yildagi 241 k/b-sonli buyrug'iga asosan NavDPI Jismoniy madaniyat fakultetining 2-A guruhi talabasi Kenjayev Ilhomjon Qurbonnazarovichga Navoiy shahar 3-sonli FFCHO’ITMning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Elmonova Lola Rahmatullayevna tomonidan.
TAVSIFNOMA
14.05.2022-yil Kenjayev Ilhomjon Qurbonnazarovich 18.04.2022 dan 14.05.2022 gacha bizning maktabimizda pedagogik amaliyot davrini o'tadi. Bu davrda tajribali o'qituvchilarimizni darslariga metod o'rganish uchun o'tayotgan mavzularini o'quvchilarga qanday yetkazish usullarini o'rgatish maqsadida tahlillarga kirib , o'zining tajribasini oshirdi. Buning natijasida 2022-yil 21-aprel kuni 4-"A" sinf o'quvchilari bilan Yengil atletika sport turning “Turgan joyidan uzunlikga sakrash” mavzusida o’tkazilgan ochiq darsni kuzatib o'z tajribasini yanada oshirdi. Kenjayev Ilhomjon Qurbonnazarovich dars jarayonida ko'rgazmali qurollar hamda sport o'yinlarga kerakli sport anjomlari va xavfsizlik qoidalariga to'g'ri rioya qilish sirlarini bilib oldi. Darsda o'quvchilar o'zlarini tutishlari , epchilliklari va berilgan topshiriqlarni a'lo darajada bajarganliklarini dars tahlilida ko`rib bilim malakasini yanada oshirdi. Shu qisqa muddatda, amaliyot davrida 4-sinf o'quvchilari darslarini kuzatib, dars o'tish usullari, dars o'tish metodikalarini o'zlashtirib oldi. Kenjayev Ilhomjon Qurbonnazarovich bilimli, mehnatsevar, tinmay izlanuvchi, tirishqoq, o'qituvchilikka xos bo'lgan barcha fazilatlar egasi ekanligi bilan jamoada hurmat qozondi. Kelajakda biz maktab ma’muriyati Kenjayev Ilhomjon Qurbonnazarovich ajoyib inson, bolalarga mehr qo'ygan, mehribon ustoz, o’z kasbining og'ir va yengilligiga bardosh beradigan, mas'uliyatli pedagog bo’lib chiqishiga ishonch bildiramiz.


Maktab direktori: Fayziyeva Feruza Mardonovna

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Elmonova Lola Rahmatullayevna
Download 15.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling