Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomollashtirish chora tadbirlari to’G’risida


Download 85.51 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi85.51 Kb.
#1488753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Жамолдинова Нилуфар КИ


MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNI TAKOMOLLASHTIRISH CHORA TADBIRLARI TO’G’RISIDA”GI 3995-SONLI QAROR VAZIFALARI
REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Maktabgacha ta`lim va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda rahbar madaniyati.

  3. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomollashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 3995-sonli qaror vazifalari.



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta kurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda tutadi. Ilg‘or texnologiyalarning keng o‘zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashti-rilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarning yaratilishi, o‘quv-tarbiya jarayonining didaktik jihatdan ta’minlanishi ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirishga asos bo‘lmoqda.
Uzluksiz ta’limning poydevori hisoblangan umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va yetarli sharoitlarni yaratish maqsadida "2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida"gi farmon, qabul qilingan qator hukumat qarorlari umumiy o‘rta ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o‘zgarishlarga asos bo‘lish bilan birgalikda mazkur sohaning rahbar va pedagogik xodimlariga o‘ziga xos talablarni belgilab berdi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalaridan biri - umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni yaalakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o‘kituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirishdir. Mazkur tamoyilga jiddiy munosabat bilan e’tibor qaratadigan bo‘lsak muassasa rahbarlari uchun juda katta mas’uliyat, talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini e’tirof etamiz. Jumladan, pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularda ishga bo‘lgan tashabbuskorlik - ijodiy munosabatni shakllantirish, moddiy va ijtimoiy-psixologik rag‘batlantirish tizimini yaratishga muassasa rahbarlarining tizimli yondashuvi zarur ekanligiga iqror bo‘lamiz.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezident I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi hamda 2005 yil 7 fevral kuni Oqsaroy qarorgohida Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ma’ruzalarida mamlakatimizda demokratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi bosqichma-bosqich izchil harakatning konseptual yo‘nalishlarini alohida ta’kidlab, yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantikiy yakuniga yetkazish muammolarining asosiy yechimi - boshqaruv tizimini erkinlashtirish ekanligini e’tirof etdi. Bunda rahbar xodimlarning mas’uliyati va o‘z ishining nechog‘lik ustasi bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Mazkur fikrga asoslanib- aytish mumkinki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ta’lim muassasalari boshqaruvi tizimini ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy o‘zgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan, o‘ziga va o‘z ishiga nisbatan talabchan, maktab, oila va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan, o‘z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi hamda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la ishga sola biladigan rahbarlarning faoliyat ko‘rsatishini talab qilmoqda.
«Bugungi kunda maktab rahbarlari boshqaruv funksiyalarining integrativ sifatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: maktab boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirish; rahbarlik uslublaridan korporativ foydalanish; boshqaruv tamoyillarini o‘zlashtirish va qo‘llash; boshqaruvni maktab faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirish asosida belgilashni ko‘rsatadi»1.

Download 85.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling