Maktabgacha ta'lim


Download 1.54 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1474498
Bog'liq
Zamonaviy tarbiyachi imidji-WPS Office


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi 2-bosqich 2-MT21-guruh talabasi Bozorboyeva Durdona Bahodir qizining "Tarbiyachining kreativligi va kompetentligi" fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: Zamonaviy tarbiyachi imidji
Reja:
1.Tarbiyachining odob va madaniyati.
2.Pedagogik nazokat.
3. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli.
Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir.
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz.
Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi.
Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi.
Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim.
Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi - siymo, - timsol, - qiyofa va - obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida - joziba, - maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi.
Imidj - aniq bir insonga bo‘lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ekt qiyofasidir.
Pedagogik imidj - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikdir.
Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati.
1. Gavdani tutish - to‘g‘ri tutish (yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim - ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi.
4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi.
6. Mimika - his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlayotgan nuqtaga gapga mosligi
7. Pantomimika - qo‘l,oyoq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar.
8.O‘z hissiyotini boshqara olish malakasi. Tarbiyachi pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik
kompetentlik va kreativlik asoslari. – T.: 2015.
2. Axmedjanov M.M., Xo‘jayev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat. Buxoro
davlat universiteti, 2014.
3. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -
T.: 2006.
4. Fayzullayeva N. Pedagogik bilimlar - o‘qituvchi kasbiy mahoratining nazariy
asosi // Uzluksiz ta’lim j. - T.: 2006. 6-son
5. Muslimov N.A., Usmonboyeva I. Innovasion ta’lim texnologiyalari. - T.: 2016.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling