Malakali psixolog nazariyotchi va amaliyotchi sifatida. Psixologiya tarixi faniga kirish


Download 451.55 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi451.55 Kb.
#1522478
Bog'liq
3-slayd psix xizmat

Mavzu:Malakali psixolog nazariyotchi va amaliyotchi sifatida.Psixologiya tarixi faniga kirish.

Psixolog shaxsiga qo’yilgan talablar?

Tushunchalar tahlili metodi


Tushuncha

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lumot

Psixologik maslahat-

Psixodiagnostika

Psixokorreksi
ya

Psixokorreksiya - Psixologik tuzatish turlaridan biri psixologik yordam, psixologik rivojlanishning optimal modelga mos kelmaydigan xususiyatlarini maxsus psixologik ta'sir vositalari yordamida tuzatishga qaratilgan faoliyat; shuningdek - insonda uning ijtimoiylashuvi va o'zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashishini oshirish uchun zarur psixologik fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat.

Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:

1.Bolalar, o`qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir, o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.

2.Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.

3.Ma'muriyatga, bolalar, o`quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik o`sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g`amxo`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o`zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.

4.Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o`quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.

4.Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o`quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.

5.Maslahat berish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo`lishi mumkin.

Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko`proq vaqt ichida chet elda rivojlanib bormoqda. Bunga A. Binening ishlari asos bo`lib xizmat qiladi. Alfred Bine 1905 –yilda Fransiya ta’lim vaziri taklifiga binoan birinchi bolib 6 yoshli bolalar uchun (Aqliy yosh)IQ testini chiqdi.

Shaxslararo muloqotda savol berish katta o`rin tutadi. Shu bilan suhbatdoshlar bir-birlarini chuqurroq anglaydilar. Savol berayotgan shaxs savol yordamida kerakli ma'lumotni aniqlashtiradi. Savol berish suhbatning asosiy qismi hisoblanadi. Savol berish ham san'atdir, uni mashaqqatli san'at sirlarini o`rgangandek o`rganish, bilish talab etiladi.

Uyga vazifa


Download 451.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling