Malakaviy amaliyot


Download 137.18 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi137.18 Kb.
#237299
Bog'liq
amaliy1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

geodeziya,kartografiya va kadastr yo’nalishi

172-guruh tolibi matkarimov baxtiyorning

MALAKAVIY AMALIYOT” FANIDAN



17-AMALIY ISH

Маvzu: VILOYAT YER TUZISH VA KUCHMAS MULK

KADASTRI KORXONASI ISH VAZIFALARINI O’RGANISH
Topshirdi: Matkarimov B

Urganch 2020-yil

Viloyat yer tuzish va kuchmas mulk kadastri korxonasi ish vazifalarini urganish.

Bu yilgi amalyoyt dasturida biz Viloyat yer tuzish va kuchmas mulk kadastri korxonasi ish vazifalarini O’rganish, korxona vazifalari xuquq va majburiyatlari bo’limlari o’rganiladi keyin korxonadagi mexnat muxofazasi buyicha texnika xavsizligi kanday olib borilishi o’rganiladi.

1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yilning 2 iyunidagi "O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida"gi qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqildi.

2. Bino va inshootlarga bo‘lgan mulkiy huquq va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasiga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak (bundan buyon bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish).

Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy shaxslarga mulkiy huquq va boshqa ashyoviy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining hududida bo‘lgan barcha bino va inshootlar davlat hisobiga olinishi va kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

3. Bino va inshootlarni hamda ular haqida tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshiriladi:



  • tumanlar va shaharlardagi ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlari tomonidan turar joy bo‘lmagan bino va inshootlar qismida;

  • tumanlar va shaharlardagi texnik inventarizatsiya byurolari (BTI) tomonidan turar joy binolari va inshootlari qismida;

  • Adliya vazirligining organlari tomonidan garov to‘`risidagi shartnomalar qismida.

4. Bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) bino va inshootlar kadastr daftarida, turar joy binolari va inshootlari qismida – tuman (shahar) reestr daftarida amalga oshiriladi.

Bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish texnik inventarizatsiya byurolari tomonidan amalga oshirilgan hollarda ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘`risidagi ma’lumotlarni tegishli ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatiga bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda topshiradilar.

5. Bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ma’lumotlari bino va inshootlar davlat kadastrining asosini tashkil qiladi.

6. Bino va inshootlar davlat kadastri axboroti va ma’lumotlarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga ega.

7. Ko‘cha, tor ko‘cha, maydon bo‘yicha alohida tartib raqamiga ega bo‘lgan mustaqil yer uchastkasidagi butun bino va inshoot, unga yaqin turgan yordamchi imoratlar bilan birga umumiy mulkchilik ishtirokchilarining sonidan qat’iy nazar ro‘yxatdan o‘tkazish ob’ekti hisoblanadi.

Daha yoki boshqa turda solingan imoratlar mavzeida bunyod etilgan umumiylashtirilgan fond binosi, inshooti mustaqil ob’ekt sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Turli yordamchi imoratlar (garajlar, saroylar, yozgi oshxonalar va h.k.) asosiy bino yoki inshootdan mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Bir nechta yuridik shaxslarga umumiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan bino, inshoot mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ko‘p xonadonli uylar, shu jumladan yakka tartibda imorat soluvchilarning turar joy-qurilish jamoalariga tegishlilari fuqarolar nomiga mazkur imorat soluvchilar jamoasi har bir ishtirokchisining familiyasini, ismini va otasining ismini, unga xususiy mulk huquqida biriktirilgan xonadon raqamini, uning foydali maydoni o‘lchamlarini reestr daftarida ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

8. qurilishi tugallangan va foydalanish uchun qabul qilingan bino va inshootlar ularga xizmat qiluvchi yer uchastkalari bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bino yoki inshootga xizmat qiluvchi yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy, egalik yoki foydalanish huquqi mazkur Yo‘riqnoma tartibida alohida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Bino va inshootlar qurish uchun doimiy egalik, umrbod meros qilib olish egaligi, doimiy foydalanish maqsadida ajratilgan yer uchastkalarida ko‘tarilgan vaqtinchalik imoratlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

9. Agar bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq bino va inshootlar bo‘lsa, u holda fuqarolarning tegishli o‘zini boshqarish organi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan bu bino va inshootlar uchun yer uchastkalari ajratib berilgandan so‘ng har bir mustaqil yer uchastkasiga ega bo‘lgan bino va inshoot ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Agar yer uchastkasini taqsimlashning amaliy jihatdan imkoni bo‘lmasa, u umumiy foydalanishda qoladi, har bir bino va inshoot esa mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

10. Ko‘p xonadonli turar joy binosining har bir xonadoni ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Turar joy-qurilish shirkatlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar tegishli shirkat nomiga shu shirkat a’zolarining ro‘yxatini ilova qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.




Download 137.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling