Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish


Download 35.45 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.45 Kb.
#1057341
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Soyibova D Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish (4)


Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish
Soyibova D.B.


O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari dahlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi. 2018 yilning 9 yanvarida — O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini qabul qilish orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
2017-2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu doktrinada mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirilgan. Mudofaa doktrinasi, xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoit yaratadi. Ushbu hujjat oshkora xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Mudofaa doktrinasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilarimiz — Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Xalqlarimizning tarixi, madaniyati, an’analari, diniy e’tiqodining mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning muhim poydevori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan: boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, bundan harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari mustasno; xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmadan, agar u harbiy-siyosiy blok etib o‘zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o‘zida saqlab qolish; mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi; harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand bo‘lishi; yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish; Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona to‘g‘risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik; o‘z hududida chet el harbiy bazalari va ob’ektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi; xalqningma’naviy-axloqiy qadriyatlariga va o‘ziga xos madaniy urf-odatlariga tayanish.[1]
O‘zbekiston Respublikasi tinchliksevar siyosatni olib borar ekan, harbiy mojarolarning oldini olishda faol ishtirok etishni ustuvor vazifalardan biri deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: a) milliy darajada: davlat harbiy tashkilotining o‘z maqsadiga muvofiq harakat qilishga shayligini saqlab turish; o‘z mudofaa sanoati kompleksini va uning ilmiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish; ijtimoiy institutlarga va hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishga, shuningdek davlatning ichki ishlariga aralashish maqsadida aholining ommaviy ongiga axborot-mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan ilg‘or texnologik yechimlarni va boshqa yechimlarni qo‘llash; b)mintaqaviy darajada: mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlikning eng muhim muammolarini hal etish, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashish, transchegaraviy oqarsuv resurslaridan foydalanish masalalarini hal etish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonlarini tugallash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga hamda tabiiy va texnogen xususiyatdagi transchegaraviy tahdidlarga e’tibor qaratish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni kurish; mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka tashqi hamda ichki tahdidlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni neytrallashtirish, ekstremizm, terrorizm, uyushgan hamda transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro hamfikrlik va amaliy hamkorlikni mustahkamlash; mintaqa davlatlari o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish, ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash;v) xalkaro darajada: Birlashgan Millatlar Tashkilotining, boshqa xalqaro tashkilotlar va institutlarning xalqaro xavfsizlikni ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarida ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining uzoq muddatli manfaatlaridan kelib chiqqan holda manfaatdor mamlakatlar bilan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va saqlab turish hamda davlatlararo o‘zaro manfaatli, mustahkam aloqalarni yo‘lga quyish; ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik borasidagi global sa’y-harakatlarga ko‘maklashish; ekstremizm va xalqaro terrorizm ko‘rinishlarining oldini olish va ularga chek qo‘yish; xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish. Amalga oshirilgan va oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq Qurolli Kuchlarimiz bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieyov ta’biri bilan aytganda, "jamiyatimizning ajralmas bir qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining kafolatiga, harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanmoqda".
Shu bilan birga, mintaqamiz va butunjahondagi bugungi murakkab, tez o‘zgarayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, ayniqsa, Afg‘onistondagi istiqboli ancha mavhum bo‘lgan hozirgi holat bilan bog‘lik tarzda xavfsizlikka qarshi real va ehtimol tutilayotgan xavf-xatarlarning kuchayib, narkoagressiya, xalqaro terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlarning miqyosi tobora kengayib borayotgani Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash borasidagi choralarni yanada kuchaytirishni taqozo etmokda.
Shavkat Mirziyoevning Prezident xuzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yilning 10 yanvarida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimidagi islohatlarning istiqbollariga to‘xtalib, kuyidagilarni alohida ta’kidladi: "Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bo‘lishimiz, O‘zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish buyicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur".
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni tashabbusi bilan "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylarining tashkil etilishi Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlash qatorida, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va o‘qitishda muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilganligi esa, yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilgan bunday muhim ishlar natijasida armiya mardlik va matonat, sadoqat maktabiga aylanmoqda. Xulosa qilib aytganda, xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz dahlsizligining mustahkam qalqoni bo‘lmish armiyamiz harjihatdan qudratli, qurol-yarog‘ va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo‘lmasligi lozim.
Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini har tomonlama mustahkamlash hududlarimiz daxlsizligi, jamiyatimizdagi xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashning eng muhim sharti va kafolati ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Markaziy Osiyo Mintaqasida va butun butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda bu masalalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shuni inobatga olgan holda, biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning dastlabki davridayoq tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashni faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab oldik. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bu boradagi vazifalar turkumiga quyidagilar kiritildi:
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
Davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
Axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
atrof-tabiiy muhit, aholi sogʻligʻi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish, Mazkur vazifalarni roʻyobga chiqarishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida keyingi yillarda bir qancha qaror va farmonlar, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan milliy armiyamiz shakllantirildi. Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yoʻlida ishonchli kafolat boʻlib kelmoqda.
Bugungi kunda harbiy boshqaruvning samarali tizimi shakllantirildi, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta koʻrib chiqildi, qoʻshinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha oʻta muhim loyihalar amalga oshirildi. Qurolli Kuchlar tarkibida turli qoʻshinlarning oʻzaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilishini taʼminlash yoʻlida muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tariximizda birinchi marta oʻz mohiyatiga koʻra noyob harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berdi. Eng muhimi, u “Armiya bir tanu bir jondir” degan hal qiluvchi tamoyilni amalda taʼminlashga xizmat qilmoqda. Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo Yangi asosga oʻtkazildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy ofitser kadrlar yurtimizdagi harbiy xizmatchilar umumiy sonining atigi 0,6 foizini tashkil etardi. Ofitserlarni tayyorlash esa uchta harbiy bilim yurtida va bor-yoʻgʻi uchta harbiy mutaxassislik boʻyicha olib borilar edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qoʻshimcha ravishda yangi, zamonaviy harbiy taʼlim muassasalari tashkil etildi, kursantlarni oʻqitish tizimi esa koʻp tarmoqli asosda yoʻlga qoʻyildi. Yuqori boʻgʻin qoʻmondonlik ofitserlarini tayyorlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha eng zarur vazifalar samarali hal etilmoqda. Bu borada, ayniqsa, Qurolli Kuchlar akademiyasi gʻoyat muhim oʻrin egallab kelmoqda.
Mintaqamizda OCHIQLIK va milliy manfaatlarni oʻzaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan siyosatni amalga oshirish doirasida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy Osiyo va dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini oʻrnatdi va mustahkamlamoqda. Soʻnggi yillarda biz bir qator qoʻshma oʻquv mashgʻulotlarini birgalikda oʻtkazdik. Shuningdek, yuqori darajadagi harbiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etdik, tezkor va jangovar tayyorgarlik borasida tajriba almashdik. Bizning tobora kuchayib borayotgan bunday hamkorligimiz bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni, Markaziy Osiyo deb atalmish umumiy uyimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning muhim omiliga aylanib bormoqda. Dunyodagi standartlar darajasida tashkil etilgan uzluksiz harbiy taʼlim tizimi izchil rivojlanmoqda. Hozirgi paytda yangidan tuzilgan, mohiyat eʼtibori bilan noyob boʻlgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari aloqa harbiy instituti mamlakatimizdagi zamonaviy oliy taʼlim muassasalari qatoridan munosib.
Mamlakatimiz mudofaa salohiyati va harbiy qudratini yanada mustahkamlash boʻyicha aniq va manzilli ishlarni davom ettiramiz — Shavkat Mirziyoyev
— Eng avvalo, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqib, tizimli amalga oshiramiz — dedi Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP syezdida. — Shu bilan birga, mamlakatimizni havo hujumidan himoya qilish tizimi ham, davr talablaridan kelib chiqib, yanada kuchaytiriladi.
Chegaralarimiz xavfsizligini zamonaviy kommunikatsiya vositalari va texnik inshootlarni keng qoʻllash orqali, yanada mustahkamlaymiz.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytiramiz.
Ikkinchidan, tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida soʻnggi besh yildagi saʼy-harakatlarimiz natijasida, mamlakatimizning xalqaro maydonda ochiq, ishonchli va tashabbuskor davlat sifatidagi maqomi va obroʻsi keskin oshdi.
Biz Markaziy Osiyo mintaqasida oʻzaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qoʻshnichilik va strategik sheriklik ruhidagi yangi siyosiy muhitni yaratishga muvaffaq boʻldik.
Oddiy fuqarolarimizni uzoq yillar qiynab kelgan koʻplab muammolar yechildi, doʻst va qardosh xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldilari tobora kuchaymoqda.
Bu – bizning eng katta yutugʻimizdir.
Qoʻshnilarimiz bilan savdo hajmi besh yilda 5 barobar koʻpaydi, birgalikda yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Mintaqa davlatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuvlari muntazam oʻtkazilmoqda.
Bundan tashqari, dunyoning qudratli davlatlari va boshqa strategik hamkorlarimiz bilan yangi formatdagi amaliy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashida aʼzo sifatida faol qatnashmoqdamiz.
Bu ijobiy jarayonlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilmoqda.
Biz, tizimli va puxta oʻylangan, pragmatik tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyamizni bundan keyin ham, faol davom ettiramiz.
Avvalambor, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika va transport, madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqamiz.
Kelgusi besh yilda oʻzaro savdo aylanmasi hajmi kamida 2 barobar oshiriladi.
Sanoatda qoʻshimcha qiymat yaratish boʻyicha yaxlit zanjirlarni va kooperatsiyani mustahkamlaymiz.
Transport sohasida tashqi savdo uchun, “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlari kengaytiriladi.

Download 35.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling