Manzar abdulxayrov. An’analarga esh, yangilanishga tashna


Download 181.39 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi181.39 Kb.
#1089080
Bog'liq
cho\'lpon


MANZAR ABDULXAYROV. AN’ANALARGA ESH, YANGILANISHGA TASHNA

Cho‘lpon she’riyatida an’anaviylik
Milliy adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan so‘z san’atkori Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon poeziyasi an’anaviylikka esh bo‘lgan, adabiyotimiz tarixidagi katta o‘zgarishlar davri she’riyatidir. Bu shoirning adabiy-estetik qarashlarini tushunish, she’rlari zamiridagi ramziy ma’nolarni teran ilg‘ash va ularga munosabat bildirishdan avval, Alisher Navoiy hazratlari she’riyatiga bir nazar tashlab o‘tish joiz. Zero, “Adabiyotning xususiyati, mazmuni hamda vazifasi haqida bag‘oyat ma’nodor bir ta’rif Navoiyning she’riyatga qarashini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiqdan-ochiq ifodalaydi”(M.Shayxzoda. G‘azal mulkining sultoni. T., 1972, 195-bet ). Illo, Navoiyning an’anaviy, xalqona ohangga boy, ko‘ngil nidosi bilan bitilgan an’anaviy she’riyati tajribalaridan ulgi olish har bir ijodkor uchun yuqori samara berishi sir emas.
Har bir millat she’riyatining xalqaro nufuzi milliy qadriyatlari mezonlariga tayanishi, chinakam an’anaviylik asosida shakllanish tarzi bilan belgilanadi. Zotan, millat shoirining badiiy uslubi, she’riyatidagi poetik obraz, ramzlarning rivoji, bardavomliligi milliy an’analar zamirida yangi-yangi jihatlarning kashf etilishi bilan bog‘liq adabiy jarayondir. Xususan, Navoiy hazratlari o‘z she’riyatida an’anaviylik va ramz-ishoralarni qo‘llashga izchil va teran yondashgan. Aslida bunday yondashish milliy adabiyotda an’analar uzluksizligini ta’minlovchi mezon hamdir.
Ayni shu ma’noda Cho‘lponning “Ulug‘ Hindiy” maqolasidagi an’anaviy mumtoz she’riyatimizga daxldor quyidagi xitobiga baholi ­qudrat munosabat bildirib o‘tish joiz ­ko‘rinadi:
“Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni o‘qiyman: bir xil, bir xil, bir xil!
Ko‘ngil boshqa narsa – yangilik qidiradir: Botu, G‘ayratiy, Oltoy, Oybek, Julqunboylarni o‘qiymen, quvontiradir, xolos! Ular mening uchun yong‘on chiroqlar bo‘lsa, mening ertam uchun! Avloniy, Tavallo, Siddiqiy va Hakimzodalarni o‘qimaymen, o‘qimaymen, meni shu holga solg‘on o‘shalar!...” («Adabiyot nadur». T., “Cho‘lpon”, 1993, 57—58-betlar).
Shoirning ushbu ramziy xitobi – an’anaviylikka munosabati adabiyotshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinayotir. Bu talqinlarni rivojlantirib aytish lozimki, shoirning ramz va go‘zal badiiy tafakkurga o‘ralgan sirli, jumboqli ushbu xitobini o‘sha davrdagi ayrim dilozor, adabiy idroki haminqadar qalamkashlarga qarata aytilgan zardasi, deyish ham joizdir. Negaki, ular o‘sha kezlarda zo‘r berib shoir ijodidan siyosiy xatolarni qidirayotgan, uning nomini, ijodini qoralashga urinayotgan edi. Cho‘lponning bu xitobi zamiridagi asl muddao esa barcha ijodkorlarni bir maqsad sari – milliy adabiyot ravnaqi yo‘lida birlashtirishdan iborat edi, xolos. Uning nazdida, she’r jozibasi faqat qofiya, shakl va mazmun uyg‘unligidagina emas, balki undagi poetik obrazning hayotiyligi, haqqoniyligidadir. Eng muhimi, har bir davr she’riyati o‘ziga xos tarzda erkin harakatlanmog‘i va yangilanmog‘i kerak. Demak, Cho‘lpon she’riyati aslida an’anaviylikka esh, yangilanishga tashna she’riyatdir. Negaki, bu davrda xuddi shunday she’riyatga kuchli bir ehtiyoj bor edi. Shuni ham ta’kidlash joizki, shoir she’riyatiga yangi nafas olib kirishda faqat ko‘r-ko‘rona an’analarga tayanib qolish nojoizligini nazarda tutgan. Sobiq sho‘ro davri mafkurasining iskanjasiga tushgan har qanday fidoyi ijodkor bu masalaga ana shunday sirli yondashishi ­tabiiy bir hol edi.
Ma’lumki, shoir she’riyatining zamirida yassaviyona, navoiyona, mashrabona an’anaviy uslub bor. U o‘z poeziyasida mumtoz she’riyatimizga xos poetik an’anaviylik va timsollardan tortib, lafziy va ma’naviy, hatto «tajohulu-l-’orif»(bilib bilmaslikka olish) singari badiiy san’atlardan keng foydalangan. Zero, cho‘lponshunoslikda ta’kidlanganidek, shoirning birgina mashhur “Go‘zal” nomli she’rida qariyb o‘nga yaqin mumtoz adabiyotimizga xos (tazod, intoq, tasbig‘, tashxis, ruju’, mubolag‘a, ig‘roq, tadrij, ishtiqoq, tashbih kabi) badiiy san’atlar qo‘llanilgan. Chunonchi, Navoiy she’riyatiga muhabbati baland shoir o‘z she’rlarida “quyosh”, “oy”, “ko‘k” kabi poetik timsol va ramzlarni qo‘llab, an’anaviylik me’yorlariga rioya qilarkan “quyosh” poetik timsolidan turli ma’nolarda foydalanadi. Masalan, “Qalandar ishqi” nomli she’rida o‘qiymiz:
Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Bir qarashda ushbu misralar ma’nosi ramziy ifodalar talqinisiz ham tushunarlidek ko‘rinadi: xuddi Cho‘lponning adabiyot olamida tutgan o‘rni haqidagi umumiy sharhlardek. Ammo bu she’r sinchkovlik bilan sharhlansa, shoirning badiiy kayfiyati yanada aniqlashadi: Cho‘lpon – Tong yulduzi tungi sayrdan so‘ng, ya’ni quyosh chiqishidan oldin go‘yo ko‘z ilg‘amas darajada yana bir lahza ko‘zga tashlanadi-yu, tezda g‘oyib bo‘ladi. Shoir bu o‘rinda ushbu yulduzning boshqa sayyoralarga qaraganda juda tez, jur’at bilan harakat qilishiga ham ishora etadi. Ya’ni shoir talqinicha Cho‘lpon yulduzi jasorat timsoli hamdir. Bu yerda yana bir ramz ham bor: muhabbat shunday bir ajib tuyg‘uki, undan taralayotgan mehrni faqat quyosh nurlariga qiyoslash mumkin. Bu nurga Tong yulduzi bardosh bera olmasligi ayni haqiqat. Zero, bu misralarda “cho‘lpon” so‘zi nafaqat shoir taxallusi, balki o‘rni ­bilan an’anaviy she’riyatimizga xos poetik obraz – ma’naviy bedorlik ramzidir. Binobarin, bu talqinlardan shoir she’riyati zamirida kuchli bir milliylikka vobasta ­an’anaviy izdoshlik borligi aniq seziladi. Ayni shu ma’noda Alisher Navoiyning ­«Navodir ush-shabob» asaridagi “Agar ishqing havosida yog‘ar har jola tosh o‘lsun, Nishona har biriga, dermen, ushbu xasta bosh o‘lsun” ­matlai bilan boshlanadigan 504-g‘azalidan bir ­baytni g‘azalning umumiy mazmuni sharhi ­bilan birga keltiramiz:
Quyoshni bo‘lmas, ey gardun, ul oyg‘a aylamak tashbih,
Og‘iz gar zarra, Cho‘lpon – ko‘z, yangi oy anga qosh o‘lsun.
Avvalo, ushbu baytdagi eng xarakterli “cho‘lpon” so‘ziga e’tiborni qarataylik. Bu so‘z Alisher Navoiy asarlarida “yorug‘ tong yulduzi”, “go‘zal”, “chiroyli”, “porloq” singari ma’nolarda qo‘llanilgan. Umuman, mumtoz adabiyotda “Cho‘lpon” – “Zuhra”, “Nohid” nomlari bilan ham yuritiladi. U quyosh sistemasidagi katta sayyoralardan biri, Yerga eng yaqin, Quyoshdan hisoblaganda ikkinchi sayyora. Forsiy rivoyatlarga ko‘ra esa, Cho‘lpon-Nohid afsungar Horut va Morut oshiq bo‘lgan ayoldir.
Ushbu baytda «muroatu-n-nazir», ya’ni «mutanosib» (bir-biriga mos va monand so‘zlarni bir baytga jamlash; masalan, quyosh va oy, ko‘z va qosh singari so‘zlar) badiiy san’ati qo‘llanilgan. Ya’ni ushbu baytda quyosh va oy so‘zlari “gardun” so‘zi orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bu san’at mumtoz adabiyotda «tanosub», «talfiq», «tavfiq», «iytilof» deb ham yuritiladi (Atoulloh Husayniy. Badoyi’u-s-sanoyi’. T., 1981, 232-bet).
Shoirning poetik talqinicha, agar ishq tufayli osmondan do‘l yog‘sa, mayli, toshga aylansin. Falak quyoshdek keladigan tillalarni hadya etsa ham men ularni rad etaman. Ey yor, sening quyoshdek mehring oshiqlar qalbini qizdiradi. Quyoshni, Tong yulduzi-ku tong yulduzi, balki oyga ham tashbih qilib bo‘lmaydi. Mayli, tashbihda senga bir yo‘l ko‘rsatay. Agar sen yorning og‘zini bir zarra deb bilsang, uning shahlo ko‘zini Cho‘lpon yulduzi, qoshini esa yangi chiqqan oyga qiyos qila qol?!
Bu o‘rinda Navoiy “cho‘lpon” so‘zini go‘zallik timsolida qo‘llash barobarida soniyada minglab chaqirim yo‘lni bosib o‘tadigan tez uchar sayyora – Cho‘lpon vafo, muhabbatda hech qachon quyoshdek vazmin bo‘la olmasligini poetik ramzlarda ifodalaydi. Ayni shu ma’nolarni nazarda tutsak, Cho‘lponga bu misralar tanish bo‘lishi ehtimoli ko‘pdir. Zotan, shoir she’riyatidan boy an’ana va ulug‘ yangilanishlarga xos navoiyona mumtoz uslub ufurib turadi.
Navoiy hazratlari g‘azallarida oshiqning holati qanchalar zabun bo‘lishidan qat’iy nazar, uning ruhi samolar qadar yuksak ekani go‘zal shoirona tashbih vositasida tarannum etiladi:
Kuydurub, ey ishq o‘ti, gardung‘a sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yanglig‘ ko‘kka yetkurdung meni.
«Badoe’ ul-bidoya» devonining ”Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni, Ravshan aylab jumlai olamni, kuydurdung meni” matlai bilan boshlanadigan 745-g‘azalidan keltirilgan mazkur bayt ma’nosiga asoslanib aytish joizki, Cho‘lpon she’riyatida ham Navoiy she’riyatiga xos yuksak ishqqa uyg‘un timsol va xalqona ohang ustunlik qiladigan an’anaviylik mavjud. Faqat kamdan-kam san’atkorgina ulug‘ shoirning ijodiy mahoratidagi betakror uslubiga yangicha ruh, ohang qo‘sha olishi, ya’ni uni san’atkorona bardavom ettira olishi mumkin. Ana shunday baxt Cho‘lponga nasib etgan.
Mazkur mulohazalarimizni atoqli adib Oybekning: “Simvolist shoir (Cho‘lpon nazarda tutilgan – M.A.) Navoiyni eng yuqori darajaga qo‘yib, uning butun metodlarini o‘rganishga qistab, shuning bilan birga bizning yosh yozuvchilarimizga simvolistikani o‘rgatib keldilar. Navoiy yo‘lida suyagi qotg‘on Cho‘lponni tekshirib, shuning uchun undagi uslub va shaklini o‘rganishga kirishadilar”, degan fikr ham tasdiqlaydi. Shuningdek, ustoz Ozod Sharafiddinov ham “Cho‘lponni anglash”, “Adabiyot yashasa – millat yashar” nomli maqolalarida shoir shaxsiyati va she’riyati haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tgan. Xususan, Cho‘lponning doimo va har qanday og‘ir vaziyatda ham o‘z metin e’tiqodiga sodiq qolgan, “g‘oyaviylik”, “partiyaviylik” degan illatlardan yuqori turgani ham ishonarli tarzda bayon etilgan. Albatta, Cho‘lpon ijodiyoti borasidagi bunday ma’lumot va talqinlar boshqa adabiyotshunos olimlarimizning ilmiy ishlarida ham mavjud. Ularning izlanishlarini davom ettirish esa, ayni muddaodir.
Xullas, 20–30-yillar o‘zbek milliy adabiyotidagi an’anaviylik, she’riyat zamiridagi timsol va ramzlarning yangicha takomili Cho‘lpon she’riyatida o‘z aksini topdi. Endilikda ana shu she’riyat mohiyatini to‘la anglashga ehtiyoj ortayotir. Ko‘rinib turibdiki, bu – shoir shaxsiyatiga doir adabiy manbalarni yanada teran, shoir she’riyatiga xos navoiyona an’anaviylik xususiyatlarini keng miqyosda o‘rganishni taqozo etadi.
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 40-sonidan olindi.

Choʻlpon sheʼriyatida mumtoz obrazlar


28.01.2018 05463 marta koʻrilgan.

Kirilda | Lotinda


Poetik obrazlar maʼlum ijodkorlar tomonidan ishlanib, qiyomiga yetkazilsa ham muayyan adabiy muhit doirasida shakllanib, mukammallik kasb etadi va maʼlum vaqt oraligʻida anʼanaga aylana boradi. Jamiyatdagi insonlar tafakkurining oʻzgarishi bilan poetik obrazlarda ham yangilanish sodir boʻladi[1]. XIX asrning soʻnggida yashab ijod etgan shoirlar ijodida poetik obrazlar sof dunyoviy, milliy, ijtimoiy asosga qurila boshlandi. Shu bilan bir qatorda mumtoz anʼanaviy sheʼriyat taʼsirida oʻzlashgan obrazlar tarkibida, ularni qoʻllanilish doirasida ham evrilish, yangilanishlar yuz berdi. Ayrim shoirlar sheʼriyatida poetik obrazlar sof dunyoviy, boshqalarida esa sof milliy, ijtimoiy asosga qurila boshlandi. Bu jarayon ijodida yorqin aks etgan shoirlardan biri Abdulhamid Choʻlpondir. Ayniqsa, shoirning XX asr boshlarida yaratgan asarlarida poetik obrazlarning yangilanishi, ularning yangicha talqinlarda qoʻllanishi koʻzga tashlanadi. Bu borada professor Dilmurod Quronovning “Biz Choʻlponni haqli ravishda yangicha ijodkor deb ataymiz… Ayni paytda hech bir ijodkor, hatto eng buyuk isteʼdod sohiblari-da oʻzini voyaga yetkazgan xalq madaniyati taʼsiridan butkul uzilib ketolmaydi. Tabiiyki, Choʻlpon sheʼriyati ham quruq joyda yuzaga kelgani yoʻq, mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi anʼanalari unga asos boʻlib xizmat qildi. Buni, xususan, Choʻlpon sheʼriyatida “oshiq” va “yor” obrazlari talqinida ham kuzatamiz…[2] degan fikrlari oʻrinli. Anʼanaviy poetik obrazlar: “oshiq”, “maʼshuqa”, “raqib”, “doʻst” shoir sheʼriyatida yangicha talqinlar: birinchidan, shoir eʼtiqodi, isteʼdodi tabiati va uning yangilikka intilish niyati bilan bogʻliq holda; ikkinchidan, ijtimoiy hayot talablari va mavjud ziddiyatlarni yengishga harakat tarzida yuzaga chiqdi.

Mumtoz adabiyotda eng koʻp qoʻllangan, Choʻlpon ham eʼtibor qaratgan poetik obrazlardan biri oshiq boʻlib, bu obraz jadid sheʼriyatida keng miqyosda tadqiq etilgan. U “bulbul”, “qul”, “koʻngil”, “jon”, “daraxt” kabi poetik timsollar bilan tanosubiy munosabatda keladi. U qaysi koʻrinish yoki timsol vositasida ifodalanmasin baribir “oshiq” timsoli orqali shoirning “men”i tasvirga olinadi:


Keng dalada kiyik oʻynar,

Kiyik koʻzin yigit oʻylar,

Kiyik koʻzi koʻngil tortar,

Oshiq koʻrsa dardi ortar.

Shoir istiora vositasida yorni “kiyik” timsoli orqali poetik idrok etadi, keng dalada oʻynayotgan kiyik, bu oʻz yurtida emin-erkin yurgan maʼshuqadir. Kiyik koʻzli yor oshiq dilini tortadi va buni koʻrgan oshiqning dardi ortib, uning muhabbati yanada alangalanadi[3]. Shoirning xulosasiga koʻra, Tangri sevgini yaratgan ekan, u bek, xonlarning oʻrdalarida maskan tutishi, dushmanlar bilan yovlashishi uning “hunar”i emas. Mumtoz adabiyotdagi muhabbat mavzusi Choʻlpon sheʼriyatida erk timsolida oʻzining yangicha talqinini topadi. Yaʼni sevgi dala-yaylovlarga tarqalgan boʻlib, u erklilikni yoqtiradi, shuning uchun ham kiyik timsoli va “yaylov” majozi keladi.

“Poʻrtana” sheʼrida oshiq obrazi anʼanaviydek tuyulsa-da, nozik didli, tez fahmli oʻquvchi boshqa bir maʼnoni ham topa oladi.

Koʻpiklar… u oppoq, sanoqsiz koʻpiklar

Yulduzdek jimirlab turalar,

Koʻpiklar… u kichik, chiroyli koʻpiklar

Oshiqning koʻnglidan uralar…

Bu yerdagi “oshiq” shoirning oʻzi. Asarning oʻtgan asrning 20-yilida yozilganiga eʼtibor beradigan boʻlsak, bolsheviklar tomonidan berilgan vaʼdalar asli puchligi, rus bosqinchilik siyosatining boshqacha koʻrinishi ekanligini ziyolilarimiz keyinroq tushundi. Bizningcha, ushbu sheʼr ham mana shunday idrokning bir namunasidir. “Oppoq”, “sanoqsiz” koʻpiklar – millatimizga berilgan yolgʻon vaʼdalardir. Achinarlisi shundaki, ular “oshiq”ning koʻnglidan urganligidir. Negaki, xalq hali oʻzining holini idrok qila olish imkoniyatiga erishgan emas. Zamon va tuzum oʻrtasidagi nomutanosiblik, xalqni zoʻrlik bilan savodsizlik botqogʻiga itarish natijasi oʻlaroq xalq oʻzligidan judo boʻlgan. Shuning uchun ham “oshiq” obrazi orqali shoir siymosi namoyon boʻlib, u mustabid tuzum qarshisida zohiran ham botinan himoyasiz xalq holiga achinadi. Choʻlpon soddadil elning yangi bir qiyofasini, ishonuvchanligini yuqoridagi kabi yashirin maʼnolar orqali ochib berarkan, poʻrtana timsoliga qoʻshimcha maʼno yuklaydi. Endi poʻrtana mumtoz sheʼriyatdagi anʼanaviylikdan uzoqlashib, haqsizlikka qarshi isyonkor timsolga aylanadi. Natijada sheʼr oʻch olishga chorlovchi soʻzlar bilan yakunlanadi: “Koʻp ezgan dushmandan, past jondan Oʻchni ol, oʻchni ol, oʻch ol…”

“Sharq qizi”da “oshiq” soʻzi oʻz maʼnosida ham, koʻchma maʼnoda ham koʻzga tashlanadi:

Aytalarkim, sovuq, shumli qora qish

Oʻtib ketib, kelmish chiroyli bahor.

Gulga oshiq boʻlib, sayrar emish qush,

Gul ham ul qushlarga nozlanib qarar.

Bulbulning gulga oshiq boʻlishi adabiyotimiz uchun anʼanaviydir. Lekin sheʼrning ikkinchi bandida boshqacharoq oʻxshatmaga duch kelamiz:


Aytalar, dalada yer beti tamom

Koʻm-koʻk duxobadan koʻylaklar kiymish.

Xoʻrozlar chaqirib, yuzin ochsa tong,

Saboning labini oshiqlar emmish…

Xoʻsh, saboning labini emayotgan oshiqlar kim? Bu ham erkni kutayotgan xalq timsolidir. Qishda bahorga intiq yerlar yashil baxmal – duxoba kiygan fursatni kutayotgan millat bu.

Shoir sheʼriyatida “maʼshuqa” obrazi ham oʻziga xos tasvirga ega. “Maʼshuqa” obrazining “Tangri”, “xalq”, “maʼrifat”, “malak”, “xayol” shakllari mavjud. Bu shakllar bevosita ijtimoiy-ilohiy mazmunni ifodalashda shoirga qoʻl keladi. Uning “Oʻzbegim” sheʼrida quyidagi lavha chizilgan:

Soʻlqildab kelasan, oʻzbegim,

Maʼrifat otiga otlanib,

Bir miri topgan boladay –

Ogʻzingni irjaytib… suyunib.

Dunyoda hamma xalq qiziqqan

Gavhardek bebaho ot edi.

Hurriyat boʻlganda sen kelding,

Minayin semirgan otga deb,

misralarida shoirning alamli kechinmalari oʻz aksini topgan. Maʼrifat otiga otlanishga daʼvat shoir ijodidagi maʼshuqa obrazini ifodalaydi. Maʼrifat oʻz nomiga koʻra Yaratgan bilan bogʻliq. Ammo shoir bu oʻrinda “maʼshuqa” obrazi orqali Ollohni emas, ijtimoiy oʻzlikni yoqlaydi va unga intiladi.


Xayol, xayol… Yolgʻiz xayol goʻzaldir,

Haqiqatning koʻzlaridan qoʻrqaman.

Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir,

Olovimni alar uchun yoqaman.

Goʻzal xayol, kel, boshimda gul oʻynat,

Manim istak-tilagimni erkalat!

Sheʼr mazmunidan bilish mumkinki, lirik qahramon ruhiyatida xayol poklik ramzi. U haqiqatga eltuvchi koʻprik – agar u toza dilda makon tutgan boʻlsa. Shuning uchun ham shoir xayol ummoniga gʻarq boʻladi. Shoir uchun xayol ijtimoiy hayot iztiroblaridan forigʻ boʻlish vositasi emas, maʼshuqaga yetishish uchun “oshiq”ning yagona yoʻli. Aks holda shoir ongli boʻla turib, insonlar tilida soʻzlashishga qodir boʻlmagan yaratiqlar bilan tillashmagan boʻlardi. U butun koinot mehvari boʻlmish – inson, yaʼni oshiq. Uning tilagi sof. Xayoli esa yorga yetishishga koʻmak beruvchi doʻstdir. Bu timsol (xayol) Umar Xayyom, Pahlavon Mahmud, Lutfiy singari ijodkorlarda ham ana shu mazmunda kelgan. Ammo mumtoz shoirlar ijodidagi xayol Choʻlponnikidan farqli. Bu shoirlarning yori biror shaxs yoki Yaratuvchi Haq boʻlsa, Choʻlponning yori haqiqat, istiqlol va erk. Shu bilan birga mustabid tuzum zugʻumida oʻrtanayotgan millat.

Ayni yoʻnalishda Choʻlpon sheʼrlaridagi “maʼshuqa” obrazi talqinida uni vatanga mengzash, yor muhabbati orqali diyorga boʻlgan munosabatni ifodalashni professor Dilmurod Quronov shunday qayd etgan: “Mumtoz sheʼriyatimizda faol qoʻllaniladigan mazkur ramzlarga Choʻlpon yangi maʼno yukladi: uning talqinida “yor” – yurt ozodligi-yu, “oshiq” – erkka tashna koʻngil. Yaʼni, mutasavvif shoirlar intilgan maʼnaviy estetik ideal Haq boʻlsa, Choʻlpon intilib yashagan ijtimoiy-estetik ideal yurt ozodligi boʻlib qoldi. Bundan anglashiladiki, Choʻlpon ijodiyotidagi ramzlar, asarlari qatidagi botiniy mazmun mumtoz sheʼriyatimizdan turtki olgan holda tushunilishi lozim. Zero, Choʻlpon tasavvuf sheʼriyatidan nafaqat quruq shaklni, ruhini-da oʻzlashtirgandek”[4].

Badiiy adabiyotda “doʻst” obrazining eng koʻp qoʻllanilgan varianti “koʻngil” boʻlib, uni har bir ijodkor oʻzicha talqin qilgan. Hazrat Navoiy sheʼriyatida “koʻngil” soʻzining arabcha – qalb, forscha – dil kabi muqobillari boʻlgani holda ayni mana shu turkiy soʻzni juda koʻp qoʻllagan va har bir gʻazal yoki boshqa janrdagi asarining ichki mohiyatidan kelib chiqqan holda oʻzgacha talqin bergan. Lutfiy gʻazallarida esa, koʻngil oshiq hayotini boshqaruvchi, hayot sirlarini ochuvchi deb qaralgan. Shuning uchun ham bu timsolni talqin qilgan olimlar “koʻngil” soʻzi shaklan oʻzgarmasa-da, matnda oʻz mohiyatini oʻzgartira borganini taʼkidlaydilar:


Suyuningiz:

koʻpdan beri zindonda

Quyosh koʻrmay, zaxlab qolgan koʻngillar…


“Koʻngil” degan soʻzni tilga olish yoki koʻngil hayotiga tegishli fikrlardan sheʼr yaratishni ijtimoiy anʼanalar, hurlik bilan bogʻliq koʻrinishi Choʻlpon sheʼriyatiga xos.


Koʻngillarga qora toldi, sezmadim,

Sezdim sening ketganingni koʻngildan…

Insoniyat koʻnglidan ketgan maʼshuqa bu – erk. Shoir nazdida elimiz erksizlikka koʻnikib ketishgan. Gʻaflatda qolgan “koʻngil”da maʼshuqaning siyrati qolmagani millatni qullik girdobida qoldirdi. Mutelik ularning turmush tarziga aylanib qoldi. Nafaqat shoir, balki millatning har bir vakili buni sezib turadi, ammo bunga qarshi biror chora qoʻllamaydi. Aksincha, shu qismatga ham rozi.


Ilk avval koʻzimi ishq ila ochdim,

Ishqing maydoniga qonimi sochdim.

Ishqsiz oʻlkalardan u onda qochdim,

Na zamon bogʻladim zunnor ishqi.

Ishq bir necha ming yillik milliy va mumtoz adabiyotimiz taraqqiyotida qoʻllanilib kelingan anʼanaviy poetik timsollardan biri. Chunki u, birinchidan, inson oʻzligini anglashi va Haqqa yetishishidagi asosiy vosita – doʻst mazmuniga ega boʻlsa, ikkinchidan, majoziy dunyo neʼmatlari bilan bogʻliq, oʻzida “shavq”ni mujassam etgan raqib sifatiga ham ega. Va bu timsol turli ijodkorlarda turlicha talqin etilgan. Choʻlpon oʻzining usmonli shevasida yozgan “Ishq” sheʼrida ham bu timsoldan muvaffaqiyatli foydalangan boʻlishiga qaramay, uni butunlay yangicha maʼnoda qoʻllaydi. Lirik qahramon “Ishq deya ayrildim dindan, imondan” deydiyu, lekin bu yerdagi ishq na-da majoziy ishq va na-da ilohiy ishqni nazarda tutadi. Tutqun oʻlkadagi tutqun millat oshiq timsolida kelsa, “erk” maʼshuqa sifatida tarannum etiladi.


Sodda dil bunlardan na maʼni anglar.

Bilmaz kuch oʻldugʻun izhor ishqi, –

deya yakunlanayotgan sheʼr oshiq ishqining izhori, maʼshuqa, yaʼni erkka erishuv jarayoni “kuch oʻldugʻuni” soddadil oʻquvchi sezmasligi mumkin, biroq erkka erishuv jarayoni hech qaysi millat va hech qaysi mamlakatda sokin kechgan emas. Choʻlpon butun eʼtiborni ana shu kuch, yaʼni erk uchun kurashga qaratgan. Shoir ijodida “oshiq” obrazi orqali millat, “maʼshuqa” deya erk, “raqib”da mutelik, “doʻst” sifatida koʻngil birlamchi qoʻyilib, bu obrazlarning yangi shaklda zamonaviy sheʼriyat nuqtai nazaridan talqin qilinishi, jamiyat, millat tafakkurini oʻzgartirishga chogʻlangan shoir dunyoqarashi bilan bogʻliq.

Shoir “Suygan choqlarda” sheʼrida murojaat etgan anʼanaviy poetik obrazlardan yana biri “bulbul” timsoli boʻlib, unga lirik qahramon qalb kechinmalari singdirilgan:

Gunafshalar qulogʻimga madhingni

Soʻzlab-soʻzlab charchadilar, bitmadi…

Alamzada bulbul yigʻlab, kechalar

Alamingning soʻngin tamom etmadi.

Mumtoz sheʼriyatdagi bulbul odatda, kechalar alamli yigʻlasa ham oʻz dardini aytib, yaʼni gul ishqida oshiqligidan nolon yigʻlar edi. Shoir bu oʻrinda bulbul timsolining mumtoz sheʼriyatdagi vazifasini saqlab qolgan boʻlsa ham, biroq uning talqinidagi bulbul oʻz dardini emas, shoir maʼshuqasining hikoyasini alamli soʻylab, bu hikoyani aytib tamom qila olmaydi. Shoir tasavvuridagi qismatni falsafiy ifodalashda “bulbul” timsolidan foydalangan:


Koʻzingdagi hikoyaning mazmunin,

Shoir boʻlsam, aytib-aytib yigʻlardim.

Oʻshal, eski jarohatli qalbimni

Satrlarning nashtari-la tilardim.

Choʻlpon “eski jarohatli qalb” sifatida asrlar boʻyi ezilgan, jafozada va mehnat bilan kun koʻrgan xalq dardini nazarda tutadi, natijada yor koʻzidagi hikoyaning “mazmuni” millat dardi ekani maʼlum boʻladi. Millat holiga achinish bilan birga xalq qalbi jarohatli ekanini anglaydi. Shoir bu timsol orqali anʼanaviy obraz “oshiq”ni tasvirlasa ham u faqatgina yor ishqida kuygan jafokor emas, balki millat va elning aʼzosi sifatida u bilan darddosh boʻlgan insondir. Shuning uchun sheʼrning soʻnggi bandida bulbulning musiqali ovozi faqat oʻz sevgisini emas, balki dardli elning hasratini ifodalashga qaratiladi.

Koʻringanidek, Choʻlpon sheʼriyatida koʻhna adabiyotdagi yuzlab anʼanaviy obrazlardan faqat ayrimlarigina ishtirok etgan boʻlsa ham ular mumtoz timsollarning aynan takrori boʻlib qolmadi, balki zamon talablari asosida yangilandi. Shuningdek, baʼzi anʼanaviy timsollar mohiyatan mumtoz xususiyatlarni saqlab qolgan boʻlsa-da, ularni ichdan yangilashga, yangicha maʼno qatlamlarini ochishga xizmat qilganligi kuzatiladi.

Muqaddasxon TOJIBOYEVA


“Sharq yulduzi” jurnali, 2016–8


[1] Xrapchenko M.B. Gorizontiʼ xudojestvennogo obraza. M.: 1984.

[2] Quronov D. “Yoʻl esdaligi”da tagmaʼno qatlamiga doir // Sharq yulduzi. 1998. 1-son. B. 162.

[3] Yorning koʻz, gul, dil degan talqinlari mavjud boʻlib, kiyik koʻzli yor timsoli ham uchrashi mumkin, biroq yorga kiyik sifatida murojaat etish va uni shu timsol orqali anglatish jadid sheʼriyatida birgina Choʻlpon sheʼrlariga xos.

[4] Quronov D. “Yoʻl esdaligi”da tagmaʼno qatlamiga doir // Sharq yulduzi. 1998. 1-son. B. 162.

Mavzu: Cho’lpon she’riyatida Sharq mavzusi.

Reja:

Cho’lpon hayoti va ijodiga bir nazar.



Cho’lpon she’rlarining mavzu doirasi.

Cho’lpon she’riyatida Sharq mavzusi.


Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon 1898- yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan.

Taniqli jurnalist va yozuvchi Moʻminjon Muhammadjonov “Turmush urinishlari” kitobida qayd etishicha, Choʻlponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus oʻgʻli (1874–1929) oʻz davrining yetuk ziyolisi, maʼrifatparvar kishisi boʻlgan. U “Rasvo” taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan, devon yaratgan.

Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li Andijonning obro’li kishilaridan bo’lib, savdogarchilik bilan shug’ullanar edi. U o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan hisoblanar, o’zi ham she’rlar yozib turardi. O’sha davrda bo’lajak shoirning otasi o’zi yozgan hajviy she’rlaridan devon tuzganligi haqida ma’lumot bor.

Cho’lponning onasi Oysha aya garchi savodli bo’lmasa-da, o’g’lining ijodiga katta ta’sir ko’rsatgan. Chunki u xalq qo’shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina bahramand bo’lgan.

Ota o’g’lini rus-tuzem maktabida ham o’qitdi. Bo’lajak shoir o’zbek, turk, fors, arab, rus tillarini puxta biladigan o’qimishli kishi bo’lib yetishdi. Kuchli iste’dod, o’qish – o’rganish tufayli Abdulhamidning she’rlari 16-17 yoshlarida “Turkiston o’lkasi” gazetasida chop etildi.

Choʻlpon avval eski maktabda, soʻngra madrasalar va rus-tuzem maktabida tahsil olib, arab, fors va rus tillarini mukammal oʻzlashtiradi. Mutolaa yoʻli bilan turk, nemis va ingliz tillarini oʻrganadi. Sharq va Gʻarb ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Saʼdiy, Hofiz, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk soʻz sanʼatkorlari ijodini mehr bilan oʻrganadi. Choʻlpon dunyoqarashi va ijodining shakllanishiga XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati katta taʼsir koʻrsatgan.

Choʻlponning ijodi 1913–1914 yillardan boshlangan, u avval “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik” va, nihoyat, “Choʻlpon” taxallusi bilan ijod qildi.

Shoirga “Choʻlpon” taxallusini buyuk maʼrifatparvar istiqlolchi Munavvar qori Abdurashidxonov bergan. Choʻlpon ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida oʻz xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning dastlabki asarlari “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona” kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan “Shoʻro” jurnalida nashr etiladi. Choʻlponning “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Buxoro axbori” kabi gazetalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Choʻlpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. Bu borada uning, ayniqsa, “Adabiyot nadir?”, “Muhtaram yozuvchilarimizgʻa” kabi maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol oʻynadi.

U 1914–1917 yillarda yaratgan “Qurboni jaholat”, “Doʻxtir Mahammadiyor” singari hikoyalari, “Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar” singari maqolalarida madaniyat va maʼrifat targʻibotchisi sifatida maydonga chiqdi.

U oktabr toʻntarishidan keyingi yillarda hayotda sodir boʻlayotgan xush va noxush oʻzgarishlarni qalamga oldi. “Yoʻlda bir kecha”, “Sharq poyezdi keldi”, “Sharq uygʻongan”, “Quturgan mustamlakachilar”, “Yoʻl esdaligi” singari oʻnlab ocherk va publitsistik maqolalarida chor mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf vakillari yetkazgan jabru jafolarni, fuqarolar urushi davrida roʻy bergan fojialarni tasvirladi.

Choʻlpon 1922–1935 yillarda oʻzining “Uygʻonish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi toʻrtta sheʼriy toʻplamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib “Joʻr” kabi sheʼriy toʻplamini tayyorladi. Ammo “Soz”i chop etiladi-yu, “Joʻr” toʻplami qatagʻonlik tuzogʻiga ilinib, qolib ketadi. Shoirning toʻplamlari orasida “Buloqlar” (1923) alohida ajralib turadi.

Toʻplam besh boʻlimdan iborat boʻlib, ular “Sharq uchun”, “Sezgilar”, “Sevgi”, “Qora yoʻllar” va “Qor qoʻynida” deb nomlanadi. Shoirning oʻzi qayd etishicha, mazkur sheʼriy guldasta “jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq oʻlkalariga” bagʻishlangan. Jumladan, “Amalning oʻlimi” sheʼrida shunday misralarni oʻqiymiz:

Koʻnglimda yigʻlagan malaklar kimlar,

Sharqning onalari, juvonlarimi?

Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar,

Qullar oʻlkasining insonlarimi?

Choʻlpon 1925- yilga kelib, “Muhit kuchli ekan, egdim boʻynimni” deya ijtimoiy qarashlarini oʻzgartirishga majbur boʻlganligini eʼtirof etadi. Ammo shunga qaramay, shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq sheʼriy asarlar el-yurt baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi uchun kurashning yorqin solnomasi desa boʻladi. Garchi vaqti-vaqti bilan uning tuygʻu va tafakkurida tebranishlar kechgan boʻlsa-da, aslida, milliy istiqlol uchun kurashdan zarracha qaytmaydi. Jumladan, “Tilak yoʻlida” sheʼrida:

Ketgan yoʻlim toʻgʻri yoʻldir, ketamen,

Qanday toʻsiq mone boʻlsa, oʻtamen,

Men ketamen, tilak, deya ketamen,

Hech tilaksiz quruq jonni netamen?

Bir jon ekan, mayli qurbon etamen!.. –

deya el-yurt, ona Vatan yoʻlida qurbon boʻlishdan ham qaytmadi.

Choʻlpon yetuk lirik shoirgina emas, balki “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda”, “Qor qoʻynida lola” kabi oʻnlab hikoyalar, “Kecha va kunduz” (1936) kabi ajoyib roman ham yaratgan isteʼdodli adibdir. U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning “Xalil farang”, “Choʻrining isyoni” kabi kichik pyesalari, “Oʻrtoq Qarshiboyev”, “Mushtumzoʻr” kabi dramalari hamda koʻp vaqt sahnadan tushmagan “Yorqinoy” pyesalari mashhur boʻlgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda “Hujum” dramasini yaratgan.

Choʻlpon mohir tarjimon sifatida V. Shekspirning “Hamlet” fojiasini, A. S. Pushkinning “Dubrovskiy” qissasi va “Boris Godunov” pyesasini, M. Gorkiyning “Ona” romanini va boshqa koʻplab asarlarini oʻzbek tiliga oʻgiradi. Cho’lpon tarjimon sifatida Shekspir, Blok, M. Gorkiy, Txokur kabi mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari ham xalqimiz ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shdi.

Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho’lpon ijodining yo’nalishi bo’lib qoldi.

Cho’lpon she’riyati hech kimga o’xshamagan samimiylik, jozibador, ta’sirchanligi, tuyg’ularini ranginligi bilan o’zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi.

Cho’lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari 1935 – 37 – yillarda yaratilgan “Kecha va Kunduz” nomli birinchi o’zbek roman – diologiya (ikki kitob) ining muallifidir. Romanning 2-kitobi Cho’lpon qamalgandan so’ng yo’q qilingan.

Shoirni “millatchi” sifatida 1937- yilning 13-iyulida sevimli shogirdi Usmon Nosirdan 1 kun avval qamoqqa olishdi. Qiynoq, tahqirlardan so’ng 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida o’zbekning daho shoiri otib tashlandi.

O’limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi.

Choʻlponning asarlari uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan keyin 1991-yili “Yana oldim sozimni” nomi bilan nashr etildi.


1991- yil 25- sentabrda Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. 1997- yili adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning koʻplab asarlari yangidan nashr etildi va u haqda ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon milliy ozodlik uchun kurash yoʻlida koʻrsatgan matonati va buyuk xizmatlari, oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 1999- yilda “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlandi.

Cho’lponning ijodi ancha vaqt o’quvchilardan berkitib kelindi.

Cho’lpon o’zbek she’riyatining yorqin siymolaridan edi, shu bois o’tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she’riyatimiz osmonida qayta porlay boshladi.

Endi har nafasda yana kuyaman,

Faqat majnun bo’lib elni sevaman.

Unga hurmat bilan bo’yin egaman,

Boshimni u uchun dorga qo’yaman.

Bu haroratli misralar shoir qalamiga mansubdir.

“Ko’ngil” she’rida milliy uyg’onishga da’vat, erk, hurriyatga chaqiriq ohanglari barq urib turadi, sodda she’rdir.

1922-yilda yozilgan.


Ko’ngil, sen bunchalar nega

Kishanlar birla do’stlashding?

Na faryoding, na doding bor

Nechun sen buncha sustlashding?
Harorat dilni og’ritmas,

Tubanlik mangu ketmasmi?

Kishanlar parchalanmasmi?

Qilichlar endi sinmasmi?


Tiriksan, o’lmagansan

Senda odam, senda insonsen.

Kishan kiyma, bo’yin egma,

Ki sen ham hur tug’ilg’onsen!


1921-yilda “Xalq” she’rini yozadi. She’rda xalqning o’z haq – huquqini tiklashga qurbi yetishi, har qanday qarshiliklarni yengishi mumkinligini kuyunib aytadi. Tili boshqa-yu, dili boshqa siyosatdonlarni ogohlantiradi.

Xalq istagi, ozod bo’lsin bu o’lka,

Ketsin uning boshidagi ko’lanka.

Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar.

Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar,

O’z yurtini har narsaga to’q etar ...

“Kuz” , “Men va boshqalar”, “Go’zal” kabi she’rlari barchaning diqqatini o’ziga tortadi.

Cho’lpon o’z she’rlarida ko’chimdan unumli foydalanadi. “Buzilgan o’lkaga”, “Binafsha” …

Binafsha – shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko’katga, yoki nimagadir qaratilgan ko’chim.

Eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi. Grek tilidan olingan metafora so’zi ko’chim, ko’chirilish ma’nolarini anglatadi.
Ko’chim ko’rinishlari:

Istiora – o’xshatish.

Ramz – timsol, simvol – o’zbek adabiyotida:

May – hayot ramzi;

Gul – ma’shuqa ramzi;

Burgut – mag’rurlik;

Chumoli – mehnatsevarlik.
Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifoda
Haq yo’li, albatta, bir o’tilg’usi …

Cho’lpon taxallusi bilan she’riyatning ajoyib namunalarini ijod qilgan Abdulhamid Sulaymon 1897-yilda Andijonda hunarmand dehqon oilasida dunyoga kelgan. U avval eski maktabda, keyinchalik Andijon va Toshkentdagi madrasalarda o’qiydi. 16-17 yoshlaridayoq yaxshigina ma’lumotga ega bo’lgan Abdulhamid ijod qila boshlaydi.

Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li Andijonning obro’li kishilaridan bo’lib, savdogarchilik bilan shug’ullanar edi. U o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan hisoblanar, o’zi ham she’rlar yozib turardi. O’sha davrda bo’lajak shoirning otasi o’zi yozgan hajviy she’rlaridan devon tuzganligi haqida ma’lumot bor.

Cho’lponning onasi Oysha aya garchi savodli bo’lmasa-da, o’g’lining ijodiga katta ta’sir ko’rsatgan. Chunki u xalq qo’shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina bahramand bo’lgan.

Ota o’g’lini rus-tuzem maktabida ham o’qitdi. Bo’lajak shoir o’zbek, turk, fors, arab, rus tillarini puxta biladigan o’qimishli kishi bo’lib yetishdi. Kuchli iste’dod, o’qish – o’rganish tufayli Abdulhamidning she’rlari 16-17 yoshlarida “Turkiston o’lkasi” gazetasida chop etildi.

Cho’lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo’lgan cheksiz muhabbat yorqin ko’rininb turardi. U xalqni ozod va baxtli ko’rishni istardi. Buning uchun odamlarning jaholat uyqusidan uyg’otish, ma’rifatdan, ilmu fandan bahramand qilish kerak, deb hisoblardi. Ayni paytda rus bosqinchilari millatning ma’rifatli bo’lishiga keng yo’l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo’lmasligi shoirga ayon edi.

Shu bois Cho’lpon 1917 – yilning fevralida Rossiyada sodir bo’lgan inqilobga katta umid bilan qarardi. Lekin bu inqilob Turkiston o’lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o’zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo’lga kiritiladigan ne’matdir.

O’sha yilning oktabrida ro’y bergan to’ntarilish esa shoirning so’nggi umidlarini ham so’ndirdi.

Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho’lpon ijodining yo’nalishi bo’lib qoldi.

Cho’lpon she’riyati hech kimga o’xshamagan samimiylik, jozibador, ta’sirchanligi, tuyg’ularini ranginligi bilan o’zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi.

Cho’lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari 1935 – 37 – yillarda yaratilgan “Kecha va Kunduz” nomli birinchi o’zbek roman – diologiya (ikki kitob) ining muallifidir. Romanning 2-kitobi Cho’lpon qamalgandan so’ng yo’q qilingan.

1926-yillarda “Yorqinoy” dramasi yaratildi. Asar badiiy jozibasi jihatidan ham, mavzu nuqtai nazaridan ham hozirgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotmay kelmoqda.

Cho’lpon tarjimon sifatida Shekspir, Blok, M. Gorkiy, Txokur kabi mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari bilan xalqimiz ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shdi.

Shoirni “millatchi” sifatida 1937- yilning 13-iyulida sevimli shogirdi Usmon Nosirdan 1 kun avval qamoqqa olishdi. Qiynoq, tahqirlardan so’ng 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida o’zbekning daho shoiri otib tashlandi.

O’limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi.

Cho’lponning ijodi ancha vaqt o’quvchilardan berkitib kelindi.

Cho’lpon o’zbek she’riyatining yorqin siymolaridan edi, shu bois o’tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she’riyatimiz osmonida qayta porlay boshladi.

Endi har nafasda yana kuyaman,

Faqat majnun bo’lib elni sevaman.

Unga hurmat bilan bo’yin egaman,

Boshimni u uchun dorga qo’yaman.

Bu haroratli misralar shoir qalamiga mansubdir.

“Ko’ngil” she’rida milliy uyg’onishga da’vat, erk, hurriyatga chaqiriq ohanglari barq urib turadi, sodda she’rdir.

1922-yilda yozilgan.


Ko’ngil, sen bunchalar nega

Kishanlar birla do’stlashding?

Na faryoding, na doding bor

Nechun sen buncha sustlashding?

Harorat dilni og’ritmas,

Tubanlik mangu ketmasmi?

Kishanlar parchalanmasmi?

Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o’lmagansan

Senda odam, senda insonsen.

Kishan kiyma, bo’yin egma,

Ki sen ham hur tug’ilg’onsen!

1921-yilda “Xalq” she’rini yozadi. She’rda xalqning o’z haq – huquqini tiklashga qurbi yetishi, har qanday qarshiliklarni yengishi mumkinligini kuyunib aytadi. Tili boshqa-yu, dili boshqa siyosatdonlarni ogohlantiradi.


Xalq istagi, ozod bo’lsin bu o’lka,

Ketsin uning boshidagi ko’lanka.

Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar.

Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar,

O’z yurtini har narsaga to’q etar ...

“Kuz” , “Men va boshqalar”, “Go’zal” kabi she’rlari barchaning diqqatini o’ziga tortadi.

Cho’lpon o’z she’rlarida ko’chimdan unumli foydalanadi. “Buzilgan o’lkaga”, “Binafsha” …

Binafsha – shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko’katga, yoki nimagadir qaratilgan ko’chim.

Eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi. Grek tilidan olingan metafora so’zi ko’chim, ko’chirilish ma’nolarini anglatadi.

Ko’chim ko’rinishlari:

Istiora – o’xshatish.

Ramz – timsol, simvol – o’zbek adabiyotida:


May – hayot ramzi;

Gul – ma’shuqa ramzi;

Burgut – mag’rurlik;

Chumoli – mehnatsevarlik.

3. Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.

M: “Maymun bilan najjor”, “Toshbaqa bilan chumoli”.

Ikki kitob muallifi Cho’lpon “Kecha va Kunduz” romanini 1935-1937-yillarda yaratgan. Bu roman o’zbek millatining badiiyatda aks etgan solnomasidir.

Romanda aks ettirilgan voqea 1-jahon urushi endigina boshlangan kezlarda O’zbekistondagi viloyatlardan birida bo’lib o’tadi.

Romandagi qahramonlardan birining: “Biz yaqindagina eshon to’poloni bo’lib o’tgan joydan uncha olisda emasmiz” degan so’zlariga qarab, voqea Andijon viloyatining Dukchi eshon qo’zg’aloni bo’lib o’tgan Marhamat tumaniga yaqin bir joyda bo’lib o’tgan deb aytishimiz mumkin.

Bu davr o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm ostida ezilgan davri edi. Mahalliy boylar bu davrda rus mustamlakachilari bilan og’iz - burun o’pishib, o’z xalqining tarixiy taraqqiyoti haqida emas, uni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qoloqlikdan xalos etish to’g’risida emas, balki o’zlarining rohat-farog’atlari, moddiy farovonliklari haqidagina jon kuyuntirishar edi! Feodal tuzum va mustamlakachilik sharoitida xalq to’g’risida o’ylovchi, uning qiyin, mashaqqatli hayotini yaxshilash haqida qayg’uradigan biron siyosiy kuch mavjud emas edi. Yozuvchi ana shu tarixiy davrni badiiy tasvir va tahlil etish maqsadida asarni yozgan. Bu voqea Zebi timsolida ochib berishga qaratilgan.

“Kecha va Kunduz” romaninig markazida Zebi, Akbarali, Miyoqub turadi, ularning o’zaro munosabatlari, to’qnashuvlari, taqdirlari roman syujetining asosini tashkil etadi.

Cho’lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko’rsatadi. Uning tomirlarida navqironlik jo’sh uradi, ko’nglida esa tevarak-atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga, bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat hokim! U hali hayotning achchiq-chuchugini ko’rmagan. Zebining murg’ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig’dira olmaydi.

Zebi 4 devor ichida kishini erksiz qiluvchi havolardan nafas olib ulg’aydi. U ko’proq otasidan qo’rqadi.

Otasi Razzoq so’fi o’z uyining qabristonlar qadar jim-jit bo’lishini istaydi. U xotin-halaj oldida til qaldiratishni ravo ko’rmaydi.

Zebini hayotsevar qilgan omillardan bittasi – uning jarangdor ovozi.

Zebida o’zbek ayollariga xos fazilatlarjamlangan. U poklik, go’zallik, tozalik va navqironlik timsoli.

Akbarali-mingboshi, belida kumush kamar, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor demaydi.

Cho’lpon Akbarali obrazi orqali mustamlaka Turkistondagi idora usulini, to’ralar va mahalliy amaldorlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi ko’rsatgan ko’rsatgan.

Romandagi Miryoqub – ancha murakkab obraz. U aslida savodsiz, gazetalardan bexabar, dunyo ishlariga ko’p ham qiziqtirmaydigan, rus tilim ham tuzuk-quruq bilmaydi. Shunga qaramay, ishning ko’zim biladigan o’ta tadbirkor odam. Shuning uchun “Epaga” degan laqab orttirgan. U aralashgan ish bilmay qolmaydi. Pul topish yo’llarini yaxshi biladi.

Miruyoqub hayotning ko’pgina turfa xil voqealariga ro’para keladi va har gal ularning mag’zini chaqishga intiladi. Hayot uning qarshisida bir-biridan murakkab jumboqlarni ko’ndalang qo’yadi.miryoqub ularga javob izlaydi.

“kecha va kunduz” hayotiyligi va samimiyligi bilan, mazmunining teranligi bilan, qahramonlar xarakterining butunligi va to’kisligi bilan umrboqiy asarlar sirasiga mansub.

Bu roman bosilib chiqqandan so’ng, oradan ko’p o’tmay Cho’lpon qamoqqa olinadi. Uning nomini, ijodini targ’ib etish qat’iyan man qilinadi. Bu ahvol 1956 – yilgacha davom etadi.

O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’ngina Cho’lpon adabiyotimiz saflariga qaytdi.

Uning ehtirosli, jo’shqin, teran asoslari bugungi kunimizda juda hamohang.

Istiqlol dardi (Cho�lponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji)


DILMUROD QURONOV

.... risola ustida ishlarkanman bot-bot rahmatli bobomni esladim: u kishi �bosmachi� o�tgan, surgunlarda bo�lgan... Bobomning o�tmishi tufayli men � sovet pionerining ko�nglida ne-ne iztirobu alamlar kechgani o�zimgagina ayon. Bizga �qora� bo�lib ko�ringan o�tmish oramizda tubsiz jar bo�lib yotardi go�yo... Rahmatli o�tmishidan mutlaqo gap ochmas, endi o�ylasam, bizning tushunishdan ojizligimizni anglardi, chamasi... Bugun, Cho�lpon ruhiyatini anglashga intilish asnosi bobomni-da tushungandek bo�laman, ko�ngilda og�riqli bir armon cho�nglashib boradi...

Ushbu risolani ehtirom ila bobom Mulla O�rinboy Azizbek o�g�li xotirasiga bag�ishlayman...
Muallif

Hozirda milliy uyg�onish davri deb atayotganimiz o�tgan asr boshidagi Turkiston ijtimoiy hayotini yillar davomida mustahkam to�g�on-la tushovlangan asov daryoning o�sha to�g�onni qo�porib, shiddat-la oquviga mengzagimiz keladi. Zero, botindagi qudratning zohiriy ko�rinishi bo�lmish bu shiddat elning qalb ko�zi tiyrak o�g�lonlari dilidagi asriy umidlarni quvvatlantirib, ularni buyuk maqsadlar sari ilhomlantirgan edi. Millatning tarixiy taqdirini belgilovchi davrlarning har kuni asrlarga tatigulikdirki, vijdonli kishilarning bunday paytda shiddatli hayot oqimidan chetda turishlari aslo mumkin bo�lmagan hodisa. Bu narsa, ayniqsa, ijod ahliga tegishdir. Bunday davrlarda yashagan ijodkorlar uchun shaxsiylik va ijtimoiylik chegaralari mavjud emasdek, ularning qalbi jamiyat hayotidagi o�zgarishlarga hamohang urayotgandek. Aytish mumkinki, ijodkor davr ijtimoiy hayotining barometriga aylanadi: zamondoshlarni ertangi kun havosidan, izg�irinu quyoshli kunlardan ogoh etib turishlikni o�zining vazifasi deb biladi. Albatta, bugungi kun yuksakligidan turib ularning ijodiga turlicha baho berishimiz mumkin. Ayrimlarimiz �shu tufayli ham ularning aksar asarlari vaqt sinoviga dosh berolmadi�, desak-da mumkin. Biroq, mulohaza qilaylik, o�zimizni ularning o�rniga qo�yib ko�raylik. O�sha ijodkorlar qarshisida ikki turli yo�l mavjud edi: yo mangu mavzularga qo�l urib boqiylikka bo�ylovchi asarlar yaratish va yo kunning dolzarb muammolariga munosabat bildirish orqali millat, Vatan kelajagiga ta�sir etish. Shu xil tanlov imkoniyati yuzaga kelganida ko�plab ijodkorlarimiz, hatto buyuk iste�dod sohiblari-da, butun kuchu iqtidorlarini ikkinchi maqsadga yo�naltirdilar. Ana shunday fidoyi ijodkorlardan biri, shubhasiz, Abdulhamid Cho�lpondir.

Zamona zaylini yaxshi tushungan, ilm-ma�rifatni qadrlagan bo�lg�usi shoirning otasi, anchagina taraqqiyparvar inson, madrasa ko�rgan shoirta�b savdogar Sulaymonqul Yunus o�g�li farzandining �zamona iqtizosincha� bilim olishiga ayricha e�tibor bilan qaraydi. Shuning natijasi o�laroq, yosh Abdulhamid oila muhitidayoq nafaqat Turkiston, balki Ichki Rusiya va Turkiyada chop etilgan jadid nashrlariga mushtariy bo�lish, ularni muntazam kuzatib borish imkoniga ega bo�ladi. Yosh Cho�lponning dunyoqarashi o�sha gazetalar ta�sirida, aniqrog�i, jadidchilik g�oyalari ta�sirida shakllanadi, u o�zini qurshagan ijtimoiy muhit hayotini, o�zi guvoh bo�layotgan voqea-hodisalar mohiyatini jadidchilik ruhidan kelib chiqib tushunadi va baholaydi. Shu bois ham otasidagi she�riyatga muhabbatni yuqtirgan Cho�lpon ijodining avvalidayoq o�zining ijodiy kredosini aniq belgilab olgan, butun kuch-g�ayratini �millatni uyg�otish� maqsadiga sarf etish, bu yo�lda badiiy so�zni vosita qilishga qaror bergandi. Cho�lponning matbuotdagi ilk chiqishlari qatorida sanaluvchi �Adabiyot nadir?� va �Muhtaram yozg�uchilarimizga� nomli mo��jazgina maqolalari ayni shundan dalolat beradi. Cho�lpon �Adabiyot nadir?� nomli maqolasida badiiy so�z san�atining xossalaridan so�z ocharkan, asosiy e�tiborni uning ijtimoiy hayotdagi o�rni, vazifalariga qaratadi. Yosh adibning fikricha, �Adabiyot yashasa millat yashar. Adabiyoti o�lmag�on va adabiyotining taraqqiysiga chalishmag�on va adiblar yetishtirmag�on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o�ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo�lur�.

Ko�rinadiki, Cho�lpon tushunchasidagi adabiyot millatni inqirozdan saqlashi, uning taraqqiy etishiga xizmat qilishi darkor. Muallif ommaning adabiyotga befarqligidan, hatto o�tmishda yaratilgan �ta�rix umumiylarni o�qub anglamoqdin� yiroqligidan tashvish chekadi. Cho�lpon Ovro�po xalqlaridagi adabiyotga tamomila o�zgacha munosabat haqida havas bilan yozadi, ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot masalasida ilgarilab ketishi omillaridan birini ayni shunda ko�radi. Muallif havasli nigohini Ovro�podan yurtiga o�girib ko�radiki, bunda ulamoyu eshonlar �to�n kiymak�, avom �choyxonalarga chiqub choy ichmak�, ziyolilar esa �Ovro�po kiyimliklariyu qiymatlik papiro�slar�dan zavq olayotirlar. Ayni shu ma�naviy qashshoqlanish tufayli �kundan kunga ruhimiz tushub, keladirg�on istiqbolimizga umidsiz qaraymiz�, deb hisoblaydi Cho�lpon. Maqolada adabiyotning �o�tkur yurak kirlarini yuvadurg�on toza ma�rifat suvi� sifatida zarurligi uqtiriladi, pirovardida �Adabiyot o�quyluk, adiblar yetishturayluk!� degan chaqiriq yangraydi. Etiborli jihati shundaki, Cho�lpon ayni paytda �agarda �bayoz� va bema�ni bir-ikkita kitoblar bilan qolsak� inqirozga uchraymiz, deya ogohlantiradi. Anglash mumkinki, Cho�lpon maqolasida nazarda tutilgan adabiyot � yangicha adabiyot, shu bois ham �adiblar yetishturayluk!� chaqirig�iga alohida urg�u beriladi, adiblar yetishtirish masalasining dolzarbligi qayta-qayta takrorlanadi. Xo�sh, muallif bu o�rinda qanday adabiyotni nazarda tutadi? Bu savolga qisman �Muxtaram yozg�uchilarimizg�a� nomli maqoladan javob topishimiz mumkin.

Mazkur maqolasida Cho�lpon ahli qalamga murojaat qilib, ularni �millatning eng tanqid qilinaturg�on o�rinlarida aralashub yurmak�ka chaqiradi. Chunki �aralashub yurulsa, andag�i so�zlarni, odamlarni o�rganmoqqa bo�ladirki, kitob betlariga ko�chirib yozmoqqa materiyollarning eng asllari xalq orasidan olinadur�. Bu gaplarni, o�zining e�tirof etishicha, Cho�lpon Ovro�po yozuvchilarining tajribalariga tayanib aytadi: ular �o�zlarining yaxshi yomon odatlari orasida yurubdular, so�ngra qo�llarig�a qalam olub, yaxshisini yaxshi, yomonini yomon ko�rsatub yozubdurlar�. Anglash mumkinki, adiblarni hayotga chuqurroq kirib borishga undashdan ko�zlangan maqsad milliy turmushni teran tahlil etib, �yaxshisini yaxshi, yomonini yomon ko�rsatub� beruvchi haqqoniy adabiyotni yuzaga keltirish ekan. Yozuvchining bu xil adabiy-estetik qarashlari �Doktor Muhammadiyor� hikoyasida ham o�z aksini topgan. Hikoya qahramoni Muhammadiyor Petrogradda ekanida �Turkistonning madrasa shogirdlari hayotidan olub �Umrlik shogirdlar� nomli bir ro�mon yozdi. Ro�mon o�n ikki juz� bo�lub, Turkistonda xanuz shundog� milliy maishatdan oling�on katta ro�mon chiqmag�on edi... Bu ro�mon shunday mohirona yozilg�on ediki, madrasada qirq-ellik yil turganda ham shundog� yaxshi va shogirdlarning madrasada o�qumay samovarlarda davr surayotganlarini yozmoq mumkin emas edi�. Muhammadiyor Cho�lpon xayolidagi adib ideali, shu bois ham u ijodda o�z �yaratuvchisi�ning adabiy-estetik qarashlariga muvofiq harakat qiladi. Yosh adib o�z qarashlarini qahramoni vositasida ifodalashning o�zi bilan qanoatlanmaydi chog�i, satr ostida izoh berib, fikrini ochiqroq anglatishga jazm etadi: �Ushbu ro�mon (ya�ni, �Umrlik shogirdlar�� D.Q) xayoliy va yo�qdir. Faqat 12 juz� bo�lmasun va 6 juz� bo�lmasun, 3 juz� qilub bo�lsa ham shul ismda yuqorida ta�rif qiling�on ruhda bir ro�mon yozmaklarini muharrirlardan o�tinaman.

Xudo muharrirlarimizga g�ayrat bersun!�

Yuqorida yuritgan mulohazalarimiz yosh Cho�lpon asr boshidagi Turkiston ijtimoiy sharoitida adabiyotning beqiyos katta ahamiyat kasb etishini ta�kidlarkan, tamomila yangi � realistik adabiyotni nazarda tutgan, degan to�xtamga yetaklaydi. Rus va Yevropa adabiyoti namunalari bilan yaxshigina tanishgan yosh adib realistik adabiyotning jozibasini, uning ijtimoiy hayot muammolarini anglash va anglatish imkoniyatlarini teran his qiladi, ayni shunday adabiyot yaratish, uning vositasida millatni ma�rifatli qilish niyatlarini diliga tugadi . Cho�lponni adabiyot maydoniga yetaklagan ayni shu nekbin niyatlar uning butun ijodiy faoliyatini yurgizgan �motor�, buyuk adib �ijodining qalbi� bo�lib qoldi.

Cho�lponning matbuotda e�lon qilingan ilk asarlaridayoq millatning ma�naviy qashshoqlanishiyu yurtining tutqunligidan yuragi pora bo�lgan, o�zining buyuk armonlariyu dardlarini ommaga yuqtirib, uni mavjud holatdan chiqishga da�vat qilayotgan bezovta qalb egasi bor bo�yini ko�rsatib turadi. Uning matbuot yuzini ko�rgan ilk asari �Turkistonli qardoshlarimizga� deb nomlanuvchi she�rdir. Agar badiiyat nuqtai nazaridan qaralsa, she�r anchagina zaif, uslubiy g�alizliklaru vazndagi saktaliklar yaqqol ko�zga tashlanadi. Albatta, boshlovchi shoir uchun bu nav kamchiliklar tabiiy ham. Biroq biz ko�proq boshqa jihatni o�ylab, maqsadimiz Cho�lpon qarashlaridagi o�zgarishlarni, uning diliyu ongida kechgan ziddiyatlarni kuzatish orqali ruhiyatini tushunishga intilish bo�lganligi vajhidan badiiyat masalalarini imkon qadar chetlab o�tishga harakat qilamiz. Alalxusus, mazkur she�rda Cho�lpon, o�zi aytmoqchi, �millatning eng tanqid qilinaturg�on o�rinlari�ni ko�rishga intiladi, ularni tasvirlash orqali omma qarshisiga ulkan ko�zgu qo�ymoqchi bo�ladi go�yo. She�rning boshidayoq:

Ilmu ma�rifat ham xunardan qoldi mahrum bizni xalq,

Ma�rifatsizlik balosiga yo�liqqon bizni xalq,�

deya o�zining asosiy xulosasini beradi-da, endi shu da�voning isboti, sharhiga o�tadi. Shoirning fikrlarida hali yarq etib ko�zga tashlanuvchi originallik ko�rilmaydi, u aksariyat jadidlar kabi o�ylaydi, mavjud ahvolni umuman jadidchilik nuqtai nazaridan baholaydi. Xususan, ahillikning yo�qligidan, millatning �boshiga shuncha kulfatlar kelsa ham ibrat olmasligi�dan, farzandiga ilm berishdan ko�ra ko�proq to�y-hashamga e�tibor beruvchi otalardan zorlanishlar o�sha davr jadid nashrlarida bot-bot takror etiluvchi gaplar edi. Biroq, e�tibor berilsa, shu she�rning o�zidayoq Cho�lpon uchun ijtimoiy dardning shaxsiylanib ulgurganini sezish mumkin. Uning �bir kishi millatparast o�lsa deyurlar dahri deb�, �to�g�ri yo�lga boshlasang egri xohlar bizni xalq� degan satrlarida tom ma�nodagi shaxsiy kechinmalar botinday tuyuladi bizga. Zero, Cho�lpondek hissiyot kishisi jadidchilik g�oyalari bilan o�zi gurillab yongani holda yon-veridagilarning mudroq qalblarida ham shu olovni yoqmoqni niyat qilgani, o�zi uchun kutilmagan holda loqaydlik, befarqlikka to�qnash kelgan bo�lishi ehtimoldan xoli emas. Balki shuning uchundir, she�rda biroz xafalik aralash alam, umidsizlanish kayfiyati zuhur qiladi. Bunday holatda o�z foydasini o�zi anglamagan kishilardan zada qalbning:

Kes so�zingni, ey qalam, bas muncha faryoding yetar,

Ko�p baqirsang og�zingga toshlarni otgay bizni xalq,�

deya o�ziga xitob etishi, alamli fig�oniga biroz arazlagannamolikka o�xshash ohanglarning-da ilakishib kelishi tabiiydek ko�rinadi. O�ylashimizcha, she�rda kuzatilgan kayfiyat birmuncha vaqt yosh Cho�lpon dilida ustuvor bo�lgan. Shu bois ham oradan bir oylar o�tar-o�tmas chop etilgan �Qurboni jaholat� hikoyasida ham shu xil kayfiyat sezilib turadi.

Avvalo shuni aytish kerakki, Cho�lponning ilk hikoyalari qahramonlari hali to�la ob�ektivlashib ulgurmagan, ya�ni ular bilan muallif orasidagi masofa doim ham saqlanmaydi, adib ko�pincha o�zining o�y-fikrlarini ularning tilidan aytishga harakat qiladi. Cho�lponning o�zi kabi, hikoya qahramoni Eshmurodning qarashlari ham gazetalar ta�sirida shakllangan: o�zi yashayotgan muhit sharoiti bilan kelisholmayotgan, bu tarzda yashab bo�lmasligini chuqur his etgan yigitni na otasi, na tengdoshi Mo�minjon va na boshqalar tushunadi, u o�zini yakkalangan, shu bois ham muhit qarshisida juda ojiz sezadi. Ayni shu ojizlik hissi Eshmurodning umidlarini so�ldiradi, ruhiga tushkunlik soladi: �G�azitaning qay yeriga qarasa turkistonli bechoralarning ilmsiz va hunarsiz holda maishat qilganlariga taassuf qilib yozadur. Yana diqqat... Yana hafalik... Bu bizning Turkistonimiz g�aflatdan uyg�onurmu? Yo�qmi? Biz bunday holda bo�lsak bitamiz... inqiroz topamiz... O�qug�anlarimizni kofirga hukm qilamiz. Ammo o�z bolalarimizning odati vahshiyonalariga deyar so�zimiz yo�qdir. Biz bu holda bo�lsak kishi qatoriga sanamaylar. Ovro�polilardan odati qabixalarini kasb qilurmiz. Ammo madaniyat, funun va sanoi�lariga ko�z yumub tururmiz. Biz odam bo�lmaymiz... bitamiz... inqiroz bo�lamiz... Oh, jaholat!!! Bitduk, bitduk... O�lduk, tirilmaymiz�. E�tibor bering-a, Eshmurodning o�ylaridagi ko�p o�rinlar �Turkistonli qardoshlarimizga� she�ridagi qarashlar bilan mushtarak. Biroq she�rning lirik qahramoni bilan hikoya qahramoni kayfiyati ruhiyasida yaqinlik bo�lgani holda, ularning mutloq mosligi haqida gap ham bo�lishi mumkin emas. Nega? Eshmurodning ruhiy iztiroblari yolg�izlanib qolgani, o�ziga hammaslaklar topolmaganiyu faoliyatsizligi tufayli chuqurlashadi. Qahramonidan farq qilaroq, Cho�lpon faol ijtimoiy harakatga kirishgan, o�zi bilan hammaslak kishilar-la yaqin aloqada edi2. Bundan anglashiladiki, tushkunlik kayfiyati Cho�lpon ruhiyati uchun, garchi bot-bot takrorlanib tursa-da, epizodik hodisa bo�lgani holda, Eshmurod ruhiyatining turg�un sifatiga aylanib qolgan.

Ko�rinadiki, Cho�lpon Eshmurod obraziga qisman �o�zini� singdiradi: vaqti-vaqti bilan dilini chulg�ovchi tushkunlik kayfiyatini qahramon ruhiyatiga o�tkazib, bu holatni ijodiy rivojlantiradi � faoliyatsizlik, ham undan o�sib chiquvchi yolg�izlik fojiasini ko�rsatishga intiladi. Bu esa, bir tomondan, muallifning qahramonlaridan uzilishga intilayotganini, ikkinchi tomondan, unda katta ijodiy quvvat mavjudligini ko�rishga imkon beradi.



Cho�lponning ikkinchi hikoyasi �Doktor Muhammadiyor�ning boshlanishida �Turkistonning qorong�u go�shasida, ... nomlik uezdni shaharda� degan so�zlarga duch kelamiz. Ayni paytda, sarlavha ostidayoq muallif hikoyaga �xayoliy� deb ta�rif beradi. Asarning boshlanishidayoq ko�zga tashlanuvchi bu xil ziddiyat uning tabiatini ochib beradi: Cho�lpon o�zi bilgan real muhit fonida ideal qahramonni � o�quvchi omma ibrat olishi lozim bo�lgan faol shaxsni harakatlantiradi. Ya�ni, hikoya voqealari kechayotgan ijtimoiy muhit �Qurboni jaholat�dagi muhitga monand, qahramoni esa Eshmurodning tamom aksi. Umuman, Cho�lpon o�zi tasvirlayotgan muhitga munosabatini ifodalash uchun qarshilantirish usulidan unumli foydalanadi. Biroq, shunisi borki, qarshilantirilayotgan tomonlarning har ikkisi doim ham matnda zuhur qilmaydi: ulardan biri �tekst�da ko�rilsa, ikkinchisi �kontekst� (davr muhiti, adibning shu davrda yozgan boshqa asarlari) dan anglashiladi. Deylik, o�g�lini ilmli qilishga astoydil bel bog�lagan Xoji Ahmad avvalgi hikoyada ko�rganimiz Eshmurodning �nodon va johil� otasiga qarshi qo�yiladi. Yoki Muhammadiyorning birinchi ustozini olib ko�raylik. Hikoyadagi ko�p o�rinlar muallimning jadidchilardan ekaniga ishora qiladi: Ufa madrasai Oliyasini bitirgani, kiyinishiyu tashqi qiyofasi (�ba�zi boylar muallimning qiyofasini ko�rgan hamon eshigidan kirg�uzmasdan haydamakda�), ziyo tarqatish yo�lidagi fidoiyligi. Fidoiyligi shunchalarki, ilmga chanqoq shogirdining o�qishini davom ettirishiga yordam berishlarini so�rab �shahar mo�tabaroni huzurlariga� bosh urib boradi. Jadid ziyolisining bu fazilatlarini Cho�lpon hayotda o�zi guvoh bo�lgan va matbuotda tanqid qilgani mudarrislarning manfaatparastligi (�Bahor avvallari�), axloqiy tubanligi (�Madrasalarimiz ahvoli�)ga qarshi qo�yadi. Ayni paytda, adib o�qitishning samarasidan so�z yuritib, muallimning bir yildayoq shogirdini �butun ahkomi islom, tarix va jo�g�rofiyolarni mukammal biladi�gan darajaga yetkazganini yozadiki, bu bilan usuli jadidaning usuli qadim qarshisida afzalligini ta�kidlab o�tadi.

Cho�lpon el ichida Muhammadiyordek iqtidorli yoshlarning ko�pligiga ishonadi, ularning ro�yobga chiqishiga moddiy qiyinchiliklaru jamiyatdagi madaniy-ma�rifiy saviyaning pastligi � johillik imkon bermayotir, deb hisoblaydi. Keng yurtda Muhammadiyorning o�qishini davom ettirishiga yordam beruvchi biror kishi topilmayotgan bir paytda �shaharda katta to�ylar bo�lmakda, qimorbozlar, mastlar bir-birlarini pichoqlashub, inson qonlari �jaholat!!! jaholat!!!� deb oqmaqda edi!... Birdan-bir bo�lg�on shogirdlarga yordam jamiyati aqchasizlikdan to�xtag�an edi!� Yosh adib o�z yurtida ko�rayotgani bu ahvolni Bokudagi ahvol bilan chog�ishtirib ko�rishga undaydi o�quvchisini. Muhammadiyor Bokuga kelib, �Jamiyati xayriya�ga murojaat qilgach, �biroz a�zolar maslahat qilg�onlaridan keyin Muhammadiyorni oliy tahsiligacha jamiyat o�z hisobidan o�qutmoqqa qaror berdi�. Cho�lpon shu o�rinda �o�z vatanidan va o�z vatandoshlaridan yordam ko�rmagan Muhammadiyor Boku yoshlarining himmatlari ila umidiga yetushdi� deb yozarkan, gaplarida havas va o�kinch ohanglari zuhur qiladi. Biroq bu kayfiyat alamzadalikka yetaklamaydi, chunki Cho�lpon ham, qahramoni Muhammadiyor ham avvalo �vatan menga nima berdi?� deb o�ylaydigan xudbinlardan emaslar. Shu bois ham Cho�lpon o�qishini davom ettira boshlagan Muhammadiyor haqida �eng muqaddas amaliga yetdi. Endi oz bo�lsa ham o�zini xor qilgan vatan va vatandoshlariga xizmat qilajak edi� deb yozadi. Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishlikni muqaddas burch sanagan adib qahramonini ham shunga muvofiq talqin qiladi. Muhammadiyor qaerda bo�lmasin, mana shu muqaddas burchni unutmaydi, shu bois ham o�zi katta obro�-e�tibor topgan Bokuni-da qo�yib, vataniga �qo�ldan kelgan qadar xizmat qilmoq� uchun Turkistonga qaytadi. Uzoq yillik ayriliqdan so�ng yurtiga qaytayotgan Muhammadiyor o�zi ko�rgan mutaraqqiy mamlakatlar � Italiya, Frantsiya, Shveytsariyadagi hayot tarzi bilan Turkiston hayotini qiyoslab iztirob chekadi. Endi u ko�nikib qolgan manzaralar o�rnida �pastgina hashak va loydan yasalgan binolar va onlarda safil bir holda yashagan musulmonlar! Topganin bachcha, uloq, ichkilikka ham domla-eshon va boylarga shaldiratub to�n va zarboblar bergan, boylar qo�lida bir qul hukmida bo�lib yurgan o�zbeklar, qozoqlar, turkmanlar� namoyon bo�ladilar. Chog�ishtirish uning dilida umidsizlik hosil qiladi, chunki �ko�bni bilgan, ko�bni ko�rgan� Muhammadiyorga �razolat va safolat� qo�ynida yashayotgan xalqining �taraqqiy va tamaddunlarini ko�rmak� nechog�li og�ir masala ekanligi ayon edi. Muhammadiyor yaxshi biladiki, ona yurtining �buyuk-buyuk, yashil-yashil tog�lari Isveycharadan kam emas edi. Nahr-nahr oqib turg�on suvlari va nima eksa shuni olsa bo�ladurg�on mahsuldor tuproqlari ila Amriqodan hech kamligi yo�q edi�. Biroq ayni paytda bu yurt �ilmsiz boylari, johil �olim�lari, yolg�on eshonlari va isrofning koni bo�luv ila hech narsaga o�xshamas edi�. Ko�ramizki, Muhammadiyorning fikricha, Turkistonning taraqqiy etishi uchun barcha tabiiy imkoniyatlar muhayyo, biroq shu imkoniyatlarni ro�yobga chiqarishi mumkin va lozim bo�lgan omma jaholat qo�ynida, shu bois ham o�z foydasini o�zi anglaganicha yo�q. Agar �xalq o�z foydasini anglasa�, ya�ni, maorifga jiddiy e�tibor bersa, Yevropa dorilfununlarida bolalarini o�qitib zarur mutaxassislar yetishtirsayu ularning �har biri o�z vazifalarinda turib ishlarin tartibi ila yurguzsalar va xalqimizning foydasini kuzatsalar, naqadar oliy va naqadar go�zal bo�lur edi!� Muhammadiyorning mazkur nurli xayollariga-da umidsizlik soya soladi, chunki �bunlarning bo�lishiga ko�zi yetmaydi� uning. Ko�rib turganimizdek, muallif qahramoni ongidagi umid va umidsizlik kurashini bir tomonga hal qilmaydi � masalani ochiq qoldiradi. Buning sababi, fikrimizcha, hikoya ustida ishlayotgan Cho�lponning o�zida shu xil ziddiyatning mavjud bo�lganligidadir. Da�vomizni asoslash uchun Cho�lponning �Doktor Muhammadiyor�dan salgina ilgari yozilgan �Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik� nomli maqolasiga murojaat etamiz. Maqolaning ilk jumlalaridayoq yuqorida ko�rganimiz Muhammadiyorning o�ylariga hamohang o�rinlar ko�zga tashlanadi: �Butun Rusiyada manbatlik (hosildorlik D.Q.) jihatidan vatanimiz Turkistonning ilg�orda ekanligi hammaga ma�lumdir. Va hatto butun dunyoda manbatlikning birinchisi Amriqo bo�lsa, bizning Turkiston ham ikkinchi sanaladur�. Maqolani yozish paytida Cho�lponni shunchalar unumdor yerlarni makon tutgan xalqning nechun bunchalar harob yashashi o�yga toldirgan ediki, keyincha xuddi shu narsa Muhammadiyorning o�ylariga ko�chadi. Turkiston dehqonlarining ayanchli ahvoli, muallifning fikricha, �ekin mashinalari�ning ishlatilmasligi va shu bois mehnat samaradorligining kamligi bilan izohlanadi. Jamiyatdagi jamiki illatlar ildizini johillikda deb tushungan Cho�lpon dehqonlarning �ekin mashinalari� ishlatmasligining sababini ham shunda deb biladi. Shu bois ham muammoning yechimi oson ko�rinadi unga: gazeta-jurnallar, yoshlar dehqonlarga �shundog� foydalik narsalarni bildirsalar va tushuntirsalar, xalq turmushini yengillik tarafig�a necha odum otlatqon bo�lur edilar�. Chamasi, Cho�lpon avvaliga maqolani davom ettirishni maqsad qilmagan ko�rinadi, zero, uning davomliligidan dalolat beruvchi biron bir ishora ham yo�q. Biroq oradan birmuncha vaqt o�tgach, adib shu nomda yana bir chiqish qiladiki, unga alohida e�tibor berish maqsadga muvofiqdir: �O�tgan maqolamda,- deb yozadi Cho�lpon,- dehqon qardoshlarimizdan hech birlarining zirorat mashinalari ishlatmaganliklarini yozgan edim. Maqolani yozgandan so�ngra qishloqlarda yurub, o�zum dehqonlar bilan ko�rushub fikr olishdim. Endi alarning fikrlarini o�ylag�on millatparvar kishi ko�zlaridan qonlik yoshlarini oquzmay mumkin emas�. Maqolaning boshlanishiyoq muallif qarashlarida jiddiy o�zgarishlar yuz berganidan dalolat beradi. Dehqonlar bilan uchrashib, ularning dardlari bilan yaqindan tanishgan adib masalaga kengroq yondashish zarurligini chuqur his qiladi. Bu uchrashuvlar ilgari texnikadan foydalanmaslikni johillikdangina deb bilgan Cho�lponga buning boshqa, tubda yotuvchi anchagina jiddiy sabablarini ochib beradi: �durust, ziroat mashinalari foydalik ekan, ammo pul kerak, bizning qo�limizda bo�lsa naqd tayyor pul yo�qdur�, deya e�tiroz bildiradilar unga. Cho�lpon qishloqlarda yurib ko�rgan, bilgan muammolarni, dehqonlarning dardlarini gazeta sahifalariga olib chiqadi: �Paxta eksak g�o�za-poyasigacha, bug�doy eksak somonigacha qarzimiz badaliga xo�jayinlarimiz boylarga olub borub beramiz. Yana ikkinchi ekinga beradurg�on bo�lub boylardan pul olub, qish ichi bola-chaqalarimiz ila avqot o�tkaramiz... Chigitga pul deb borsak, xo�jayinlar so�kub, har turli haqoratlar ila yig�im-terim vaqtida 100 so�m qilub berishga o�rtacha 40-50 so�m pul beradurlar...� Qishloqda yurib ko�rganlari, dehqonlardan eshitganlari Cho�lponni o�zini anchadan beri qiynab kelayotgan muammolarning hal etilishi oson bo�lmasligiga amin qiladi. Ya�ni hayot bilan chuqurroq tanishishi barobari adib o�zining ko�proq gazeta-jurnallar ta�sirida shakllangan qarashlarini konkretlashtirish, aniqlashtirish ehtiyojini seza boshlaydi. Ayni shu narsaga urinish maqolaning uchinchi qismi (ya�ni, shu nom ostidagi uchinchi chiqish)da ham yaqqol ko�zga tashlanadi. Cho�lpon mazkur chiqishida �Turkistonga taraqqiy davri kirgandan beri� gazetalarda �Ilm kerak! O�qimoq kerak!� deya qichqirib kelingani, shu qichqirish natijasi o�laroq �O�qumoq va o�qutmoq ishlari sekin bo�lsa ham oldinga bosgani�, gazeta-jurnallar chop etilib turganiyu �hamma shaharlarda �yangi usul� maktablar ochilganini� ta�kidlaydi.

Biroq, adibning fikricha, boshqa bir muhim masala ham borki, u haqda �yozg�uchi ham, o�qug�uchi ham yo�q�. Cho�lpon o�quvchilar e�tiborini, xususan, maslakdoshlari e�tiborini mana shu muhim masalaga qaratmoqchi bo�ladi: �hayxot, ziroat ishlarimiz tamom harob! harob! harob!.. Oldinga bir odum otulgani hech ko�rulgani yo�q. Bir tanob yer qishloqda ming so�mga chiqdi. Ammo yer dehqonda emas, millatga, xalqg�a iona bermay tek saqlab yotadurg�on boylarda. Oh, shul bizni tamom kuyduradur�. Cho�lpon o�z fikrlarini asoslash uchun o�n-o�n besh yil ilgarigi maorif va ziroat ishlaridagi ahvolni qiyoslaydi: birida oz bo�lsa-da oldinga siljish, ikkinchisida orqaga ketish bo�lganini ko�rsatishga harakat qiladi. Cho�lpon o�z mulohazalarini odatdagidek murojaat bilan yakunlaydi: �Yozayluk, qarindoshlar, ziroatdan! Yozayluk, qarindoshlar, iqtisoddan! Alar bo�lsa, maktab ham bo�lur, ilm ham bo�lur. Dehqonlar boylar qo�lidan, qullik, asirlikdan qutulsa, hammasi bo�lur. Yozayluk, qarindoshlar!..� Ko�rinadiki, Cho�lpon jadid ma�rifatchiligi mavqeida turgani holda millatni taraqqiy ettirish uchun ilmu irfonning o�zi kifoya emasligini, buning uchun jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish zarurligini anglay boshlagan. Ayni paytda, Cho�lpon ma�rifat va iqtisod munosabatini o�zgacharoq (�alar bo�lsa maktab ham bo�lur, ilm ham bo�lur�) tushuna boshlaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun esa ijtimoiy munosabatlar (�dehqonlarni qullik, asirliqdan qutqarish�)ni o�zgartirish, isloh qilish darkor.

Eng muhim nuqta � islohni qay yo�sin amalga oshirish masalasida Cho�lpon hali tugal bir fikrga ega emaski, bu narsa uning ongida ziddiyatli o�ylar kurashi, izlanish jarayoni kechayotganidan dalolatdir. Yuqorida aytganimizdek, ayni shu jarayon Muhammadiyorning o�ylarida o�z aksini topgan. Shu bois ham Muhammadiyor �xalq o�z foydasini anglasa� deya surgan xayollarining-da amalga oshishga ishonolmaydi. Cho�lpon qahramoni ruhiyatidagi umidsizlikni izohlab yozadi: �Chunki borgan sari orqaga ketmakdamiz... taraqqiy asari ko�rulmasdan, bir taraqqiyga o�n tadanniy tayyor turadir�. Cho�lpon qahramonining nima uchun �ko�zi yetmasligi�ni izohlamoqchi bo�lgani holda nima uchun o�zining ko�zi yetmayotganini izhor qiladi. Shu o�rinda adib qahramoni ruhiy holatini izohlayotganini, baski, jumlalar shunga muvofiq bo�lishi lozimligini unutib qo�yadi go�yo. Aytmoqchimizki, yuqoridagi gap mazmun jihatidan uzoq vaqt yurtidan ayro yashagan odamga emas, ko�proq shu yurt qozonida qaynayotgan kishiga � Cho�lponning o�ziga taalluqlidir.

Vujudini kemirib yotgan umidsizligu ongidagi keskin ziddiyatlarga qaramay, Muhammadiyor yurtiga qaytib ma�rifatchilik harakatiga astoydil kirishadi, o�zining kichkinagina shaharchasida ulkan ishlarni amalga oshiradi. Ko�ramizki, Cho�lpon ibrat uchun yaratayotgan qahramonini o�zgacha talqin qilolmaydi, chunki uning o�zida kechayotgan ziddiyatli izlanishlar hali yechimini topgani, qarashlari yaxlit tizim holiga kelganicha yo�q. Ya�ni, qarashlari birmuncha �so�l�lashgani holda Cho�lpon jadid ma�rifatchiligi mavqeida qoladi.

Jadidchilik harakati millatni ma�rifatli qilish, taraqqiy ettirish orqali erishishni ko�zlagan bosh maqsad yurt ozodligi, ISTIQLOL bo�lganligi ayon. Biroq o�sha davr sharoitida bu maqsadni oshkor etish, xususan, chor tsenzurasi ko�rigidan o�tuvchi nashrlarda istiqlol g�oyalarini ochiq-oshkor ifodalash mumkin bo�lmagan hodisa edi. Shunga qaramay, gazeta-jurnal sahifalaridan bot-bot shu g�oyaning uchqunlari sachrab turardiki, bu uchqunlar omma yuragida shu buyuk g�oya olovini yoqishga qaratilgandi. Bu o�rinda biz, avvalo, keyincha millatchilik deb qoralangan millatparvarlik ruhini nazarda tutmoqdamiz.

Cho�lponning ilk asarlaridayoq o�z millatining qullik asoratida qolganidan, zabun va abgor ahvolidan ezilib, iztiroblari chidab bo�lmas og�riq darajasiga yetayozgan bezovta qalb ko�zga tashlanadi. Adibni o�rtagan dard uning millat haqidagi mulohazalarida, qahramonlarning o�ylariyu voqea-hodisalar tasvirida jigar qonidek silqib turadi. Qahramoni Muhammadiyor �ilm va ma�rifat ila dunyoga nom chiqarg�on Turkistonning� ayanch ahvolini ko�rib �hafachilikdan sil kasaliga yo�luq�qani kabi, Cho�lpon ham yosh chog�idayoq millat dardi bilan og�rigandiki, davosi topilmagan bu dard uni umrbod azoblab, ayni kuchga to�lgan paytida mahv etilishiga sabab bo�lgandi.



Ma�rifat nuridan qalb ko�zi ochilgan, ko�p narsani anglagan Cho�lpon uchun har qadamda millatdoshlarining kamsitilishini, tahqirlanishini ko�rib turishlik, ularni himoya qilishga ojizligini tuyub yashashlik bag�oyat og�ir edi. �Doktor Muhammadiyor�ning qator o�rinlarida ayni shu narsaning aks ettirilishi ham fikrimizni dalillaydi: �qo�rqinch manzaralar bunda andin ham ziyoda hukm surmoqda edi: bir musulmon birisi bilan urushub burni qonag�on, bir musulmonni po�ezd ma�murlari tutib olub uradirlar... Muhammadiyor chidayolmadi. Po�ezdning tashqarisiga chiqub� ketdi. O�ylashimizcha, Cho�lponning bir-biri bilan mushtlashayotgan va ayni paytda o�zgalar tarafidan kaltaklanayotgan musulmonlar haqida bir joyning o�zida yozishi bejiz emas ko�rinadi. Keyinroq adib Muhammadiyor yaratgan ro�monda �ilmsiz boylarning poytaxt no�mirlarinda til bilmay, ilm bilmay va ajnabiylar tarafindan o�zlariga qiling�on haqoratlar g�oyat mohirona suratda ko�rsatilg�on�ligini yozadi. E�tibor bering-a, Cho�lpon oddiy kishilarning kaltaklanishidan qanchalik iztirob cheksa, boylarning haqoratlanishidan ham shunchalik iztirobga tushadi. Nega shunday? Axir �millatga iona bermay bosib yotadigan�, koni isrof to�ylar qilgani holda ma�rifatga qayishay demaydigan, dehqonlarni xonavayron qilayotgan boylarni nafrat-la tanqid qilgan ham Cho�lpon edi-ku? Ha, shunday. Lekin gap millat masalasiga borib taqalganida, Cho�lpon boyu kambag�al, yaxshiyu yomonga ajratib o�tirmaydi, bunday qilishlikka dil tubida ardoqlagani � milliy istiqlol g�oyasi imkon bermaydi. Boz ustiga, uning birmuncha �so�l�lashgani ham aslida milliy istiqlol va taraqqiy yo�llarini izlash natijasi, ularga yetishni tezlatish orzusining mahsuli sifatida yuzaga kelgandi. Millatdoshlariga yetgan ziyon-zahmat adibning yuragiga nashtarday botadi: �shaharda katta bir o�t chiqub, musulmon mahallalaridan 6-7 mahalla kuyub, musulmonlar sohiblari ko�chalarida och-yalang�och qoldilar. O�rtada bir armani magazini kuygan bo�lsa ham, armani magazinini istraxavayt qildirganidan zarar oz edi. Oh, bizning musulmonlar-chi? Bizning musulmonlar istraxavaytning nimaligini bilmaydurlar edi. Bilganlari harom, deb qildurmagan edilar... Bu hollarni ko�rganda odam qandog� chidab turolsun? Qaysi vijdon bunga taxmil etsun?..� Muhammadiyor ko�zi bilan ko�rilgan bu hol ham, aslida, Cho�lponning armonlari, iztiroblarini qarshimizda namoyon qiladi. Adib boshpanasiz qolgan musulmonlar qismatiga dildan achingani holda, ularning islom ahkomlarini mutaassiblarcha tushunishlariga kuyadi. Aksariyat yurtdoshlarining yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitiga ko�nikib ketolmayotganlari, bundan o�zgalar ustalik bilan foydalanayotganlarini ko�rib o�rtanadi. Axir, �bir armani, Qofqozning qorong�u go�shalaridan kelub, istansada do�kon ochub, boy bo�lub, ikki o�g�lini hukumat maktablarida� o�qitsa-yu, shu yurt egalari mavjud imkoniyatlardan foydalana olmasalar! Yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida aql va tadbir bilan ish yuritish lozimligini yaxshi bilgan Cho�lpon maqolalaridan birida: �Har kuni gazetalarda �faloniy sindi�, �faloniyni vekseli protest bo�ldi, do�koni pechatlandi� deganga o�xshash qo�rqinchli xabarlarni o�qib eshitmoqda va ko�rib bilmoqda bo�lsak ham, ammo ibratlanmaymiz. Sababini hech tekshirmaymiz. Yolg�uz �bozor kasod� deb o�taberamiz. Ammo bozorni kasodlig�iga nima sabab ekanligini tekshirmaymiz�,- deb yozadi. Cho�lpon millatdoshlarining iqtisodiy bilimlarni egallashlarini, ajnabiy korchalonlar bilan rostmana raqobat qila oladigan tadbirkoru tujjorlar yetishishini orzulaydi.

Biroq hayotda buning aksini ko�rayotgani, yangicha sharoitda hamon eskicha ish yuritayotgan, bilimlarini oshirish tugul elementar iqtisodiy bilimlarga ham ega bo�lmagan yurtoshlarining tez-tez sinishlari, ajnabiy korchalonlarga, katta firmalarga �em� bo�lib ketayotganlari uni chinakam tashvishga soladi. Shu bois ham adib mazkur masalaga ayricha e�tibor beradi, yuqorida ko�chirma keltirganimiz �Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik�, �Vatanimiz Turkistonda temir yo�llar� nomli maqolalari bilan ommaning e�tiborini unga jalb etmoqchi bo�ladi. Yangi temir yo�llar qurilishi munosabati bilan yozilgan keyingi maqolasida Cho�lpon dastlab yer masalasiga to�xtaladi. U o�quvchilarni �temir yo�lning bormog�i ila tanobi 100 so�mlik yerlar albatta 1000 so�mga chiqishi�dan ogoh etadi, pulga qiziqib yer sotish nojoizligini ta�kidlaydi. Chunki �zamonamiz shundog� zamondurki, tirikchilik bilan raqobat qilmoqg�a, maishat zulmidan qutulmoqg�a qo�lda yer bo�lmoq kerakdur�. Yersiz qolgan dehqonlar fojiasi bilan yaxshi tanish bo�lgan Cho�lpon ularning safi kengaymasligini istaydi. Sodda dehqonlar masalaning iqtisodiy jihatlarini tushunishlariga ko�zi yetmaganmi, har tugul, adib o�zgacharoq yo�l bilan-da fikrini singdirishga intiladi: �O�zimiz dunyoga yalang�och ko�yincha kelib, onamiz � vatanimiz, tuprog�imiz bizni boqar, rizq berar, katta qilar, dunyoda yashatar. Ul onani sotganlar, albatta, ne�matning qadrini bilmagan, kufroni ne�mat qilg�on bo�lurlarki, ko�b yomon gunohga botarlar�.

Temir yo�llarning o�tkazilishi yurtni obod qilishi, chekka joylardagi hayotni jonlantirishi, �qishloqlarga ham madaniyat� olib kirishini o�ylab quvongani holda Cho�lpon qishloqlilardan �Ovrupo mo�dasi�ga uchmaslikni o�tinadi: �Ovruponing mo�dasi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!� Ayni paytda adib: �Ovruponing maktab, madrasa, ilm-fan, san�at, hunarga o�xshash madaniyatlari sizlarni ozod, ma�mur, olim qilub, johillikdan, asorat-qulliqdan qutulturadur�, -deya ta�kidlaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga ayricha e�tibor bera boshlagan Cho�lpon o�zlashtirilishi lozim bo�lgan madaniyatlar sirasiga �hunar�ni kiritarkan, bu so�zga ko�p ma�no yuklayotgandek, uni keng ma�noda tushunayotgandek ko�rinadi bizga. Fikrimizcha, adib bu o�rinda Yevropaning taraqqiyotda ilgarilab ketishiga imkon bergan qator omillar: ishlab chiqarishu ish yuritish madaniyati, xo�jalikni boshqarish usullari, qishloq xo�jaligiyu sanoat texnikasi va texnologiyasi kabilarni nazarda tutadi.

�Farg�ona temir yo�lida bir suyunadurg�on ish� borki, u haqdagi gapni Cho�lpon atayin maqolaning oxirgi qismiga qoldiradi. Adibni quvontirgan narsa Andijon stantsiyasi qurilishini pudratchi sifatida mahalliy ishbilarmonlarimizdan Abdulla Hamidullaevning olganidir. Cho�lpon bilan suhbat chog�ida pudratchining ukasi �shundog� katta muassasalarning foydasini ovrupolilar ko�rub, ularning qo�liga o�tib ketayotganiga ichlari achishgan�idan qurilishni olishga jazm qilganlarini aytadi. Yosh adib o�zi orzulagandek ajnabiy korchalonlar bilan raqobatlasha oladigan, muhimi, millat haqida qayg�uradigan o�ziga maslakdosh odamni topadi. Ularning suhbatida yana bir muhim masala ko�tariladi: �istansalarga armani va ruslar kelub o�turmoqdadur. Bechora musulmonlar bo�lsa yerlarini oylik qilub bermoqdalar. Hozirda ijaraga bersalar, bora-bora oz pul bilan sotub ham qo�yarlar. Vagzalga yaqin yerlarda, istansa atrofida endi g�ayrimillat ko�runmoqqa boshladi�. Suhbatdoshlarni millatdoshlarining eng obod va gavjum, demakki, tijorat ishlarini yurgizishga, tadbirkorlik bilan shug�ullanishga keng imkoniyatlar beruvchi joylardan chetlashib qolayotganlari, turli yo�llar bilan chetlashtirilayotgani tashvishga soladi. E�tibor bering: na jadid ma�rifatchisi bo�lmish Cho�lponda va na kattagina sarmoyador bo�lmish suhbatdoshida masalaga tor �sinfiy manfaat� nuqtai nazaridan yondashish kuzatilmaydi. Chunki ularning har ikkisi ham asoratda qolgan millat vakillari sifatida bir maqsadni � milliy istiqlolni ko�zlaydilar.

Albatta, milliy istiqlol endigina shakllanayotgan milliy burjuaziya uchun keng imkoniyatlar ochishi tayin edi. Biroq buni kommunistik mafkura tarafdorlari kabi �tor sinfiy manfaat� sifatida talqin qilishlik haqiqatga xiyonat qilishlikdan boshqa narsa emas edi. Sababki, shakllanayotgan milliy burjuaziya manfaatlari Turkiston sharoitida umumxalq manfaatlariga ko�p jihatdan mushtarak edi. Cho�lpon Abdulla afandidek aql va tadbir bilan ish yuritadigan, o�z foydasi bilan birga millat manfaatini ham ko�zlaydigan ishbilarmonlarning ko�payishi yurtini obod, ozod va ma�mur qilishiga ishonadi. Shu bois ham maqola oxirida o�sha ishonch ruhi bilan yo�g�rilgan da�vat yangraydi: �Abdulla afandidek namuna ko�rsatg�uchi fidokor savdogarlarimizdan ibrat olub, vatanimizning boyligini, tijoratimizning foydalarini chetlar cho�ntagiga solmasdan va bermasdan, o�z cho�ntagimizda olub yurmakimiz kerakdur.

Bizga shundog� ishlarga kirishmoqg�a vaqt!.. Biz ham insonmiz, insondek yashayluk!..� Cho�lponning da�vatida izhor etilgan niyat � �vatan boyligini chetlarga bermaslik� mustamlaka sharoitida to�la amalga oshishi aslo mumkin emas. Aks holda mustamlaka qilishdan ne naf? Albatta, buni Cho�lpon ham yaxshi biladi, lekin chor tsenzurasi imkon bergan darajada bo�lsa-da dilidagi ardoqli orzusini ifodalash payidan bo�ladi. Shu ma�noda, �biz ham insonmiz, insondek yashayluk!� deya yangragan adib nidosini �biz ham millatmiz, millatdek yashayluk!� tarzida tushunish to�g�riroq bo�ladi nazarimizda. Ko�ramizki, Cho�lpon yo�li bilan ozodlik, hurlik, milliy istiqlol g�oyasini ilgari suradi, zero, �insondek yashash� uning uchun avvalo ozod va hur yashashlikdir.

Yuritgan mulohazalarimiz Cho�lponning adabiy-ijtimoiy faoliyati avvalidagi qarashlari haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradiki, tasavvurimizni lo�ndaroq ifodalashga harakat qilamiz. Tanglayi Istiqlol va Taraqqiy deya ko�tarilgan Cho�lponning manglayiga shu ikki so�z yurak qoni bilan bitilgandiki, bular uning butun hayoti davomidagi izlanishlariyu aldanishlari, quvonchlariyu armonlari, jozibasiyu fojiasini, qo�ying-chi, hayotining mazmunini belgilaydi. Shunga ko�ra, keyingi mulohazalarimiz, kuzatishlarimiz asosida ham adibning armoniga aylangan shu ikki tushuncha yotadi, zero, ularsiz Cho�lpon ruhiyatini tushunish ham dushvordir.

Ma�lumki, 1915 yil o�rtalariga kelib Cho�lpon faol qatnashib turgan jadid nashrlari, xususan, �Sadoi Turkiston� va �Sadoi Farg�ona� gazetalari to�xtab qolgan edi. Shu bois ham, taasufki, adibning to 1917 yil o�rtalarigacha yozgan narsalari qo�limizda yo�qki, orada o�tgan ikki yil mobaynidagi qarashlar tadrijini izchil kuzatish imkoniyatidan mahrummiz. Cho�lponning mazkur tanaffusdan keyin matbuotdagi ilk chiqishlaridan biri sifatida 1917 yil 10 avgustda �Hurriyat� gazetasida e�lon qilingan �Qofqoziyaga ketgan Farg�ona hay�atidan� nomli ochiq xatni ko�rsatish mumkin. Xat ostiga uch kishi imzo chekkan bo�lsa-da, chamasi, uning asosiy muallifi Cho�lpon: uslub shunga ishora qiladi. Xatning mazmunidan adibning fevral inqilobidan so�ng qaynoq ijtimoiy-siyosiy faoliyatga sho�ng�igani seziladi. Fevral inqilobidan keyingi ijtimoiy-siyosiy vaziyat jadidlar ko�zlagan maqsadlarni amalga oshirish uchun birmuncha qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgan edi. Buni teran anglagan jadidlarning ijtimoiy faolligi ortgan, xususan, Farg�ona vodiysida Turkiston muxtoriyatini ta�sis etish yo�lidagi harakatlar avj olgan edi. Cho�lponning kavkaz turklari bilan aloqa bog�lash uchun jo�nagan delegatsiya tarkibida bo�lishi uning mazkur harakat faollaridan bo�lganligini ko�rsatadi. Muallifning aytishicha, �poezdning lip-lip qimillashi, taq-taq taqillashi orasinda� yozilgan xatning boshlanishida: �El qurultoyi ila shahar idoralari saylovi yaqin, balki shahar idoralari saylovi bo�lub turadir.

Baxtimiz, taqdirimiz, yozish-yozmishimiz qartaga qo�yiladir. Yo yutub, dunyoda tinch va hur yashash uchun asoslar qururmiz, yo yutqazub, dunyoda yana ilgarigiday siqilub-ezilishga mahkum bo�lurmiz� deyiladi. Ko�rinadiki, Cho�lpon maslakdoshlari kabi bo�lajak qurultoy va saylovlarga katta umid bog�laydi. Demokratik saylov yo�li bilan mustaqillikka erishish imkoniyatining yuzaga kelgani adibni benihoya ruhlantirganidan bo�lsa kerak, xatning har satrida hayajon barq urib turgandek. Cho�lpon saylovchilar diqqatini bo�lajak qurultoy va saylovlarga jalb etarkan1, ularning yurt, millat taqdirida nechog�li muhimligini alohida turtib ko�rsatadi. Cho�lponning inqilobgacha yozgan asarlarida turkchilik g�oyasi ochiq-oshkor ifodalanmagan bo�lsa, endi bu g�oya maqsadga yetishning birlamchi shartlaridan biri sifatida talqin etiladi: �Bunday bir zamonda so�ngisidan (ya�ni, mustamlakadan � D.Q.) qutulish uchun har tarafda tarqalg�on turklarning, Turon bolalarining birlashmaklari lozim�. Albatta, turkchilik g�oyalarining bu qadar aktuallashuvi zamon talabi bilan yuzaga keladi: jadidchilar Rusiya imperiyasi tarkibidagi turkiy xalqlarning birlikda mustaqillik uchun harakat boshlashi qarshi tomon shashtini susaytirishini yaxshi bilganlar. Ya�ni, mazkur g�oyaning aktualligi ikki-uch yil ilgarigi holatga nisbatan beqiyos ortgan edi. Etiborli jihati shuki, Cho�lpon qarashlarida muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda yetakchi masalaning o�zgarib turishi kuzatiladi: ma�rifat yoyish � iqtisodni rivojlantirish � turkchilik g�oyasi. Garchi xatda �maqsad � birlashishlik, turklik!� degan shior oldinga tashlansa-da, aslida gap ko�proq hamkorlik haqida boradi: �Qofqozda bizdan, Turkistonda Qofqozdan, Volga bo�yidan bizda, bizdan Volga bo�yidan hay�atlar, vakillar bo�lushga kerak. Boshqa tarafdan kelurg�a hozir vaqt nomunosibdur�. So�nggi jumla diqqatni tortadi: uni qanday tushunmoq lozim? Mualliflar Rossiya bilan urush holatida turgan Turkiyani nazarda tutadilarmi? Ehtimol. Biroq bu o�rinda boshqa masala nazarda tutilgan bo�lishi ham mumkin. Ma�lumki, 1917 yildagi har ikki inqilobdan keyin ham Turkistonning boshqaruv organlarida g�ayri millat kishilarining salmog�i ortiq bo�lib qolavergan edi. O�ylashimizcha, bu o�rinda ko�proq shu masala qo�yiladi: o�z yurtimizni o�zimiz boshqarishimiz lozim, boshqalarning kelishi nomunosibdir.

Nihoyat, yuqoridagi xat mualliflari katta umid bog�lagan el qurultoyi � IV Turkiston umummusulmon s�ezdi 1917 yilning 26-29 noyabrida Qo�qonda to�planib, Turkiston muxtoriyatini e�lon qildi. Cho�lpon muxtoriyatni quvonch bilan qarshiladi, zero, bu uning o�ziga-da bot-bot ushalishi dushvor tuyulganidan diliga armon kukunlarini sepib kelayotgan orzuning ro�yobga chiqishi edi. Muxtoriyat gimni deyishga arzigulik �Ozod turk bayrami� she�rida muallifning o�sha kunlardagi ko�tarinki ruhi, g�ururiyu iftixor tuyg�ulari barq urib turadi:

Ko�z oching, boqing har yon!

Qardoshlar qanday zamon!

Shodlikka to�ldi jahon!

Fido bu kunlarga jon!

Cho�lpon endi ezilgan, xo�rlangan xalq haqida emas, ozodlikka erishgan, o�zligini taniy boshlagan millat haqida kuylaydi. Shu bois ham baralla �Nomusli, vijdonlimiz!� deya oladi, zero, uning tasavvurida erk deya chiqolgan, o�z haq-huquqlari himoyasiga yaragan millatgina nomusli va vijdonli sanalishi mumkin, xolos. Cho�lponni quvontirgan narsa muxtoriyat e�lon qilinganining o�zigina emas, ko�proq u ochayotgan istiqbol: endilikda �Taraqqiyga yo�l ochuq! Jaholatga yo�l yopuq!� bo�lishi, �yurakdan dog�larning, vatan bog�idan zog�larning ketishi�, bu yurtda �hurriyatning bayrog�u adolatning o�rtoq� bo�lishi. Demak, Cho�lpon yurtining buyuk kelajagini, adolat tamoyillari asosga qurilgan jamiyatda ozod va hur yashayotgan mutaraqqiy xalqni tasavvur qiladi, muxtoriyat e�lon qilinishini esa o�sha kelajak tomon qo�yilgan ilk qadam deb biladi.

She�rning nomlanishidayoq ko�zga tashlanuvchi turkchilik g�oyasi naqorat vositasida qayta-qayta ta�kidlab ifoda etiladi:

Turkistonli shonimiz, turonli unvonimiz,

Vatan bizim jonimiz, fido o�lsun qonimiz!

Cho�lpon talqinida Turkiston muxtoriyatining e�lon qilinishi nafaqat shu zaminda yashayotgan, balki butun dunyoga tarqab ketgan �Turon bolalari�ning umumiy bayrami. Zero, �Turk beshigi Turkiston�da vujudga kelgan muxtoriyat turkiy olamni, umuman, mazlum Sharqni uyg�otuvchi bong, barcha ezilgan millatlarni istiqlol uchun kurashga chorlovchi mayoq, deb tushunadi muallif.

Ahmad Zakiy Validiyning malumot berishicha, Cho�lpon 1917-18 yillarda bir guruh turkistonliklar bilan Orenburgga borib, u yerda Boshqirdiston hukumati raisining kotibi vazifasida ishlagan1. Albatta, Cho�lpon va bir guruh maslakdoshlarining Boshqirdistonda ishlashi turkchilik g�oyalarining, xususan, yuqoridagi xatda kuzatganimiz qarashlarning amaldagi tadbiqi edi. Taassufki, adib faoliyatining ayni shu bosqichi hali yaxshi o�rganilgan emas, bu davrda yozilgan asarlari ham topilganicha yo�q. Chamasi, Cho�lpon Boshqirdistonga 1917 yilning oxirlarida, muxtoriyat e�lon kilinganidan keyinroq jo�naganu, u yerda bir yildan mo�lroq turgan ko�rinadi. Har holda, uning Turkiston matbuotida faollashuvi 1919 yilning o�rtalariga to�g�ri keladi. Cho�lpon faoliyatining Boshqirdiston davriga mansub asarlardan biri sifatida �Qizil bayroq� she�rini ko�rsatishimiz mumkin. Mazkur she�r Oktyabr inqilobining bir yilligi arafasida �Ishtirokiyun� gazetasida e�lon qilingan edi. To�g�ri, bu she�r 1917 yilning aprelida yozilgan, degan ma�lumotlar ham bor2. Biroq, o�ylashimizcha, she�rning mazmun-mohiyati fevral inqilobidan keyingi dastlabki oylar ruhiga, xususan, shu paytdagi Cho�lpon ruhiyatiga mos emasdek ko�rinadi bizga. Chunki she�rda burjua-demokratik inqilobi tabiatidan ko�ra ko�proq oktyabr to�ntarishi ruhiga mos satrlar bitilgandir:

Siz, burjuylar, kibor sinflar, yaqin kelmang bayroqqa,

Siz emasmi ilgaridan uning qonxo�r dushmani?!..

Qizil bayroq qip-qizil qon, u qon ishchilar qoni,

Kibor sinflar u qonlarni to�kkan zolim jallodlar...

Aytmoqchimizki, garchi inqilobdan ilgariyoq Cho�lpon qarashlarida birmuncha �so�llashuv� kuzatilgan bo�lsa-da, 1917 yilning aprel oylarida adib hali bu qadar �qizillashmagan� edi. Nega? Ma�lumki, fevral inqilobidan so�ng beqiyos darajada jonlanib ketgan Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida qarashlar rang-barangligiyu keskin g�oyaviy kurash hukm surgandi. Hatto, umumiy maqsadlari bitta � Istiqlol va Taraqqiy bo�lgan jadidlar orasida ham shu maqsadga qay yo�sin erishish kerak, qaysi siyosiy kuchlar bilan ittifoqda harakat qilish mumkin, hozirgi sharoitda qay tipdagi davlatchilik qurilishi maqsadga muvofiq... kabi qator taktik va strategik masalalarda turlichalik yaqqol ko�zga tashlanadi . Cho�lpon bu davrda muxtoriyatni yoqlab chiqqan Munavvar qori, Behbudiy, Obidjon Mahmudov, Ubaydulla Xo�jaev kabi jadidlar bilan hamfikr bo�lgan. Ahmad Zakiy Validiy xotiralarida ma�lumot berilishicha, �bir qancha shaharlarga borib� targ�ibot ishlari olib borgan faol muxtoriyatchilar orasida �yosh o�zbek shoiri Cho�lpon� ham bo�lgan , u �saylov qonuni masalalari bo�yicha kurashimizni juda chiroyli bir doston qilib yoz�gan. Ko�ramizki, xotiranavisning bu gaplari yuqoridagi xatda ifoda etilgan fikrlarga hamohang keladi.

Bu mulohazalarimiz Cho�lpon oktyabr inqilobi yuz bergan paytda butunlay boshqa g�oyalarga oshufta bo�lib yashaganini ko�rsatadi. Shunga ko�ra, bizningcha, �Qizil bayroq�ning keyinroq 1918 yilda yozilgani haqiqatga yaqinroq keladi. Agar she�rni Orenburg davri mahsuli deb qarasak, u holda ayni shu davrda Cho�lpon qarashlarida jiddiy o�zgarishlar yuz berganini sezishimiz mumkin bo�ladi. Aytmoqchimizki, Boshqirdistonda ekanida Cho�lponning oktyabr inqilobiga munosabati o�zgargan. Xo�sh, bunday deyishimizga asos bormi? Albatta, buni hujjat bilan dalillashdan ko�pincha ojiz qolamiz, biroq tasavvurimizni ishga solishimiz mumkin. Avvalo, Cho�lpon Orenburgda ekanida katta umid bog�lagani Turkiston muxtoriyati mahv etildi. Mash�um 1918 yil fevralidagi Qo�qon voqealarining bevosita shohidi bo�lmagan Cho�lpon muxtoriyatning mag�lubiyatga uchrashi sabablarini hissiyotga berilmasdan, xolis mushohada qilish imkoniga ega edi. Ehtimol, muxtoriyat g�oyasiga qo�shilmagan, uni amalga oshirish mumkin bo�lmagan hodisa deb hisoblaganlarning da�volarini idrok tarozusiga solib ko�rgandir? Ehtimol, muxtoriyatning kuchga kirolmaganiyu mag�lubiyatida o�zi yaxshi bilgan ichki ziddiyatlaru o�zaro kelishmovchiliklar oqibatini mulohaza qilgandir?.. Xullas, nima bo�lganda ham Cho�lpon � hayotini muayyan maqsadga bag�ishlagan odam, shu maqsad sari intilishlik uning uchun hayot mazmuniga aylangan. Shunday ekan, u tarixu taqdirning og�ir zarbasidan tezroq o�nglanishi, o�sha maqsadga yetishishning boshqa yo�llarini qidirishi lozim, bu uning uchun ichki zaruriyat. Cho�lponning shu davrda yaratilgan �Sharq nuri� nomli she�ri uning izlanishlari qay tomon boshlaganini tasavvur qilish imkonini beradi.

She�r mashhur tatar inqilobchilaridan biri, islomni kommunizm g�oyalari bilan kelishtirishga intilgan Mullanur Vohidovning o�limi munosabati bilan yozilgan. She�rning quyidagi satrlariga diqqat qilaylik:

Insonlikka saodatning birdan-bir

To�g�ri yo�lin ko�rsatuvchi Marksdi.

Biroq Sharqqa qutulishning yo�lini

Ko�rsatuvchi ulug� dohiy sen eding,

Sendek kishi Sharq eliga tansiqdi...

Avvalo shuni yodda tutish lozimki, Cho�lpon bu she�rni qandaydir majburiyat orqasida yozgan emas: nimaiki deyayotgan bo�lsa chin dildan aytadi. Dastlabki satrlardanoq muallifning marksizmga munosabati yaqqol ko�zga tashlanib turibdi: Cho�lpon bashariyatni �saodatga yetaklovchi birdan-bir to�g�ri yo�l� deya uqdirilayotgan marksizmga tayyor retsept, qotib qolgan dogma deb qaramaydi, unga ijodiy yondashish zarurligini chuqur his qiladi. Shoirning tushunishicha, marksizm Sharqda ko�r-ko�rona qo�llanmasligi kerak, aksincha, bunda Sharqning o�ziga xos xususiyatlari, sharq mamlakatlarining ijtimoiy taraqqiyot darajasi albatta e�tiborda tutilishi lozimdirki, buning uchun ta�limotning o�zi shunga moslanishi darkor. Cho�lponning musulmon sotsialistlari rahnamosi Mullanur Vohidovni �Sharqqa qutulishning yo�lini ko�rsatuvchi ulug� dohiy� deb atashi ham shundan dalolat beradi. Ko�rinadiki, qarashlarida ilgaridan birmuncha �so�l�lik mavjud bo�lgani, ikkinchi tomondan, yurtini ozod ko�rish istagi Cho�lponning Orenburgda ekanida sotsialistik g�oyalarni o�ziga xos tarzda qabul qilishiga asos bo�ladi. O�ziga yo�rgakda tekkan Istiqlol va Taraqqiy dardiga davoni shoir endi shu ta�limotdan topmoqchi bo�ladi, tabiiyki, shu g�oya uchun amalga oshirilgan Oktyabr inqilobiga munosabati ham o�zgaradi.

�Sharq nuri�da Cho�lponning 20-yillar she�riyati, publitsistik chiqishlarida markaziy o�rin tutgan Sharq mavzusi ilk bor qalamga olingan edi. Shoir bilgan �Sharqning tarixi bir bet bo�lsin oq satrni ko�rmagan�; uning qay burchiga qaralsa �yo�qlik, o�lim, zulm, qarg�ish� to�lib toshgani ko�riladi. Cho�lpon �chetlar panjasida ko�zi yoshli� Sharq haqida kuylarkan, tabiiyki, vatani Turkistonni undan istisno qilmaydi. She�rdan olingan ayrim satrlarning mazmuniga e�tibor qilsak: �Sharqning qaysi burchagini (ya�ni, istisnosiz � D.Q.) qarasang�, �Sharqni boshdan-oyoqqacha yurarding�, �U dushmanlar butun Sharqning dushmani�... fikrimizning to�g�riligiga qanoat hosil qilish mumkin bo�ladi. E�tiborli jihati shundaki, Cho�lpon qayg�urayotgan zamin hududi tobora kengayib boradi: Turkiston � Turon bolalari � mazlum Sharq. Albatta, bu avvalo shoirning hayotiy tajribasi ortgani, dunyoda yuz berayotgan hodisalar mohiyatini chuqurroq anglay boshlagani bilan bog�liqdir. Biroq, bu o�rinda masalaning ikkinchi muhim jihatini aslo nazardan qochirib bo�lmaydi. Gap shundaki, Cho�lpon Sharq dardini yonib kuylagan inqilobdan keyingi dastlabki yillardayoq turkchilik g�oyalarining istibdodga qarshi kurash ruhidan yaralganini inkor qilib, uni millatchilikning bir ko�rinishi sifatida baholashlar, �panturkizm� atalmish soxta, hodisa mohiyatiga mutlaqo nomuvofiq istilohlarni o�ylab topishlar boshlanib bo�lgan edi. Ko�ramizki, Sharq mavzusi, bir tomondan, masalaning kengroq qo�yilayotganidan dalolat bo�lsa, ikkinchi tomondan, vatan ozodligi g�oyasini ifodalashning mumkin bo�lgan yagona vositasi ham edi. Fikrimizni dalillash maqsadida H.Olimjonga murojaat qilamiz: �Hind ixtilolchilari� va �Chin sevish�ning yozilish vaqti 1920 yillarga, Turkistonda Sovetlarning mahkamlana boshlagan vaqtiga to�g�ri keladi. Bu vaqtda Fitrat o�zining qarashlarini inqilobning birinchi-ikkinchi yillarida yozilgan �Temur sag�anasi�da ifoda qilganiday ochiq va yalang�och ifoda qila olmaydi, chunki ortiq millatchilik aksil inqilobining qanotlari qirqila boshlagan va millatchilar Sovetlarga qarshi ochiqdan-ochiq kurashdan niqoblanishlarga o�tgan va o�ta boshlagan edilar�.1 Avvalo, H.Olimjonning fikrlariga kichkinagina aniqlik kiritish lozim: Fitratning tilga olingan asarlari aslida �inqilobning birinchi-ikkinchi yillarida� yozilgan edi. Buni �Chin sevish�ning 1920 yilda sahnalashtirilganiyu �Hind ixtilolchilari�ning xuddi shu yil Berlinda nashr etilganidan ham bilsa bo�ladi. Ko�rinadiki, o�sha vaqtdayoq �mavzuda Hindiston hayotiga ketsa ham, mazmunda tamom Turkistonda qoladi�gan asarni yozgan Fitrat fikrlarini ifodalash uchun, H.Olimjon aytmoqchi, niqoblanishga majbur edi. Mazkur mulohazalarimiz, bizningcha, Cho�lponning Sharq mavzusida yozilgan she�rlariyu publitsistik chiqishlarini matndan kengroq tushunish va talqin qilish lozimligini ko�rsatadi.

Fevral inqilobidan keyingi qariyb ikki yil vaqt davomida ijtimoiy-siyosiy faoliyat qozonida obdon qaynab, hayotiy tajribasi ortgan, qarashlarida yuqoridagicha o�zgarishlar yuz bergan Cho�lpon 1919 yil boshlarida Turkistonga qaytib keladi. Adibning maslakdoshlari � jadidlarning shu yillardagi faoliyati haqida yana H.Olimjondan o�qiymiz: �Siyosat bobidan surilib chiqqan, fevral inqilobi davridagi jonsarak urinishlari xayolga aylangan o�zbek burjua ziyolilari butun kuchni madaniy adabiy maydonga tashladi. Ular, taxminan, butun gazeta va jurnallarga o�rinlashib oldilar.

Maktab-maorifning asosiy shahobchalari ularning qo�lida qoldi. Adabiy maydon va adabiy tashkilotlarga o�z changallarini solib, ularni millatchilik mafkurasiga xizmat qildirdilar�2. Muallif munosabatini e�tibordan soqit qilsak, bu o�rinda biz uchun muhim ma�lumotlar borligi ayon bo�ladi. Ko�ramizki, jadidlarning so�l qanoti yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy sharoitda kurash taktikasini o�zgartirgan: ular sotsialistik g�oyalaru sotsialistik inqilob yuzaga keltirgan jamiki imkoniyatlarni �xayolga aylangan urinishlari�ni ro�yobga chiqarish � Istiqlol va Taraqqiy maqsadiga xizmat qildirish payida bo�lganlar.

O�zining tergovga bergan ma�lumotiga ko�ra, Cho�lpon 1919 yil boshlarida Toshkentda Fitrat bilan uchrashadi. Bu paytda Fitrat boshchilik qilgan �Chig�atoy gurungi� faoliyati boshlangan bo�lib, Cho�lpon ham unda ishtirok qiladi. Keyinroq, 1927 yilda Fitrat �Chig�atoy gurungi� bevosita siyosat bilan mashg�ul bo�lmoqni istamadi, yolg�iz til, imlo, adabiyot bilan shug�ullandi�1 deb yozsa-da, haqiqatda maslakdoshlarni birlashtirgan bu gurung boshqa muhim masalalarga ko�z yumib turmaganligi aqlga tayin, albatta.

Aytmoqchimizki, o�ngu so�lligidan qati nazar, barcha jadidlar uchun umumiy bo�lgan milliy istiqlol va taraqqiy masalalarini gurung ishtirokchilari hech yo�q tor doirada muhokama qilganlar, fikr almashishganlar. Yuqorida aytganimizcha, kurash taktikasi ayni shu uyushma bag�rida yetilgan bo�lishi ham ehtimoldan xoli emas. Har holda, Cho�lponning �Chig�atoy gurungi�da ishtirok etishiyu besh yilga yaqin umrini � ijodi gurkiray boshlagan, �Go�zal�ga o�xshagan she�rlar yaratilgan davrni muttasil jurnalistlik ishiga bag�ishlashi orasida aloqa bordek ko�rinadi bizga.

�Ishtirokiyun� gazetasining 1919 yil 6 mart sonida �Qizil baynalminal� nomli she�r e�lon qilindiki, buni vataniga qaytgan Cho�lponning matbuotdagi ilk chiqishi sifatida ko�rsatish mumkin. Aslida ilgariroq, 1918 yil oxirlarida yozilgan she�r ruhi Cho�lponning uni e�lon qilgan vaqtdagi ruhiyati va qarashlariga mos edi, albatta. Bir qarashda nomlanishining o�ziyoq she�rning �qizil�ligidan darak berib, u haqda muayyan xulosa chiqarish imkonini berayotgandek. Biroq xulosaga shoshilmasdan, she�r mazmuniga durustroq e�tibor qilinsa, o�zgacharoq manzaraga duch kelamiz. Xuddi �Sharq nuri�da ko�rganimizdek, bunda ham Sharq mavzusi ishlanadi, biroq, avvalgi she�rdan farq qilaroq, �Qizil baynalmilal�da Sharqu G�arb ziddiyati ochiqchasiga ifoda etiladi: �Ko�mir kabi bulutlari yot ellar, Ul ellarning qulligida ezilgan Sharq ellari...�. E�tibor bering-a, shoir sotsialistik ta�limotga muvofiq �Sharqni G�arb burjuaziyasi ezmoqda� deyayotgani yo�q, uning talqinida ezilgan Sharq va ezuvchi G�arb bor, xolos. Bir qarashda bu fikrimizni quyidagi satrlar inkor qilayotgandek tuyulishi ham mumkin:

Sharq ellari asir kabi ishlaylar

Bir hovuch ham kelmaydigan xalq uchun...

Sharqli kishi qatiq yesa non topmas

Bir hovuchlar yemagiga nom topmas...

Ko�rinadiki, �bir hovuchlar� deyilganda aynan ekspluatator sinflar nazarda tutiladi, deya ettiroz qilinishi mumkin. Xo�sh, unda nima sababdan shoir �sharq ellari bir hovuch ham kelmaydigan xalq uchun� ezilib ishlaydi, deb yozadi? Bu jo�ngina uslubiy g�alizlikmikan? O�ylashimizcha, yo�q. Cho�lpon, avval ham aytganimizdek, sotsializm g�oyalariga xayrixoh bo�lgani holda uning qarashlari bolshevizmdan jiddiy farqlanadi. Tabiiyki, bolsheviklarning nashr afkori bo�lmish �Ishtirokiyun�da e�lon qilinadigan asarda asl niyatning birmuncha pardalanishi, H.Olimjon aytmoqchi, niqoblanish zarur edi. Ko�rinadiki, shoir, bir tomondan, bolsheviklarda urf bo�lgan iboralar (ezilgan, eziluvchi, �bir hovuchlar�)ni ishlatishga majbur, ikkinchi tomondan, ularga yangicha ma�no yuklagani holda Sharq ozodligi, milliy ozodlik g�oyalariga xizmat qildirishga intiladi.

Cho�lpon Sharqning ayanch ahvolidan so�zlarkan, �nahot uning qutulishiga yo�l yo�q bo�lsa?� degan savol qo�yadi-da, o�zi javob beradi unga:

Ilgarida bo�lmasa ham endi bor,

G�arb ustida bosh ko�targan ulug� kuch.

Ul kuchdir kim, mazlumlarga yo�l ochar,

Zolimlarga na�ra tortar:

- O�ch, o�ch, o�ch!.

Tabiiyki, shoir �ulug� kuch� deganida oktyabr inqilobini nazarda tutadi. Biroq, she�rning umumiy ruhidan kelib chiqilsa, �mazlumlar� va �zolimlar�ning kontekstual ma�nosi kengayadi. Ya�ni, bu o�rinda �mehnatkashlar� va �ekspluatatorlar�gina emas, ko�proq Sharq va G�arb nazarda tutilgani anglashiladi. Ayniqsa, she�rning yakunlovchi bandi Cho�lponning oktyabr inqilobiga munosabatini, qarashlaridagi o�ziga xoslikni yorqinroq tasavvur qilishimizga imkon beradi:

Bir yildirkim, ko�k yuzida tug�ildi,

Qizil qonlar orasidan �qizil oy�,

Bir tarafdan qahr, zulmat quvildi,

Sharqni yana ul qizil oy qutqargay!..

Ortiq yetar ezilganing, ey Sharq!

Qanot qoqib oyga qarab yuksal,

Asirlikdan qutulmoqqa zo�r shart:

Qo�lda yarog�, tilda �Baynalmilal�!

Cho�lpon oktyabr inqilobi o�z yurtidagi �qahr, zulmat�ni quvishi, Sharqni asoratdan qutultirishiga ishonadi. Lekin bu o�rinda muallif �inqilobni eksport qilish� yoxud o�sha paytda bolsheviklarning butun xayolini egallagan �jahon revolyutsiyasi�ni nazarda tutmaydi, yo�q. Oktyabr inqilobi shoir nazarida mudroq Sharqni uyg�otishi, uni kurashga chorlashi lozim, xolos. Chin ma�nodagi ozodlikka esa Sharq, jumladan Turkiston xalqlari �qanot qoqib oyga qarab yuksal�salar, �qo�lda yarog�u tilda �baynalmilal� bilan kurashga kirsalargina erishishlari mumkin. Bir qarashda bu fikrimizda ichki ziddiyat mavjuddek: axir, Turkiston xalqlarining �oy�ga qarab intilishlariga na hojat? Axir shoirning o�zi Turkiston ko�kida �oy� porlaganiga bir yil bo�ldi, deb turibdi-ku? Bu xil e�tirozlarda jon bo�lishi mumkinligini inkor qilmagan holda she�rni yuqoridagicha talqin qilishga moyilmiz. Albatta, buning uchun she�rning o�zidan asos topishimiz lozim, aks holda talqinda sub�ektivizmga yuz tutgan bo�lamiz. Ho�sh, she�rni bizchasiga talqin qilishga imkon beruvchi unsurlar, ishoralar bormi? Bizningcha, bor. Avvalo, shoir �G�arb ustida bosh ko�targan ulug� kuch� haqida yozadiki, buni Turkiston ko�kida porlagan oy sifatida tushunishga shoshilmay turaylik. Ikkinchidan, qarshimizga bir savol qo�yaylik: nima uchun �qizil oy�? Xo�sh, oyga qizil deb sifat berilgani faqat uning �qizil qonlar orasidan� balqib chiqqani uchunmi? Unda nega shoir �Sharqni yana ul qizil oy qutqargay� deya ta�kidlab qaytaradi? Shu o�rinda she�rning boshiga qaytishimiz maqsadga muvofiq ko�rinadi. Shoir havoning buzuqligidan, ko�k yuzidagi �ko�mir kabi qop-qora. bulutlar�dan boshlaydi gapni. Keyin esa:

Havo buzuq... To�g�ri, Sharqning havosi

Necha yildir juda yomon buzulgan...

Ko�k yuzida qator-qator chizilgan

Ko�mir kabi bulutlari yot ellar...�

deb yozadi. Bizningcha, Cho�lponning she�r boshlanishidayoq ramzni qanday tushunish lozimligiga ishora qilishi bejiz emas: u o�quvchisini sergak torttirishga, keyin ham ramziy timsollar kelishidan ogoh etishga harakat qiladi go�yo. Agar �Qizil oy�ni ham ramziy timsol deb qarasak, uning mano diapazoni, shubhasiz, ancha kengayadi. Avvalo, shoir inqilobni quyoshga (bu narsa ko�proq rasm edi) emas, oyga mengzamoqda. Oy esa, ma�lumki, musulmon dunyosi ramzlaridan biridir. Oyning sifatlovchisi bo�lmish �qizil� esa, o�z navbatida, sotsialistik g�oyalar ramzi bo�lib chiqadi. Demak, aytish mumkinki, Cho�lponning yuqorida ko�rganimizcha qarashlari � sotsialistik g�oyalarni Sharqda o�ziga xos tarzda tatbiq etishu ularni islomiy qadriyatlarga muvofiqlashtirish mana shu ramz vositasida ifodalanadi. Cho�lponning 1919 yil sanasi qo�yilgan yana bir asari �Temirchi� deb nomlanadi. She�riy yo�lda yozilgan mo��jazgina dramatik ko�rinishda muallif oddiy mehnat kishisi � temirchi hayotidan foje bir lavhani jonlantiradi. Temirchining yaratganga iltijosidayoq:

Qabul qilgin tilagimni, tangrim,

Baquvvat qil bilagimni, rabbim!

Shu bilakning kuchi bilan o�n jon

Topib yeydur kechungunday osh-non...�

Cho�lpon bilak kuchiyu peshana teri bilan mashaqqatli kun kechirayotgan ming-minglab yurtdoshlari taqdirini umumlashtiradi. Cho�lpon o�quvchi ko�z oldida og�ir mehnatdan toliqqan, och qolgan bolakayning zorlanishlariyu dilbandining qiynalganini ko�rib yuragi achishgani holda kech bo�lganiga-da qaramay ishga undashga majbur otaning iztiroblarini jonli gavdalantiradi. Shu holatda bolaning qo�li kuyib, yordamchisiz qolgan g�amboda ota qo�lini mayib qilib oladi. Shoir temirchi tilidan o�zini doim o�ylatib kelgan savolni o�rtaga tashlaydi:

Nega muncha ezadursan qulingni?..

Shunday boylar bo�larkim,...

bir necha yil ishlamas, och qolmas.

Men bechora ishlamasam, topmasam,

Uy ichimda o�n jon bordur...

Bir burda non topilmas...

Muallif konkret hayotiy lavhada ijtimoiy turmushdagi adolatsizlikni tasvirlash orqali uni adolat asosiga qayta qurish zaruratini ta�kidlab ko�rsatadi. Cho�lpon xalqning yashash sharoitini yaxshilamasdan, uni �maishat qulligi�dan qutqarmasdan turib chin ma�nodagi taraqqiyga erishib bo�lmasligini juda yaxshi biladi, zero, ijodining avvalidayoq dehqonlar hayoti bilan tanishib bu zaruratni teran anglagandi ham. Asarning �mehnatkash inqilobining ikki sana davri munosabati-la� degan bag�ishlov bilan chop etilishi ham muallifning inqilobga xayrixoh munosabatidan dalolatdir, albatta. Biroq, unutmaslik lozimki, tahlilga tortganimiz ikkala she�r Cho�lponning oktyabr inqilobiga munosabati g�oyat ziddiyatli bo�lganidan darak beradi. Bir tomondan, inqilobning mehnatkashlarni ozod qilish shiori bilan chiqqani uning qarashlariga, taraqqiy maqsadiga muvofiqday, ikkinchi tomondan, yangi sovetlar hukumati Turkistonga chin ma�nodagi mustaqillik berish niyatidan yiroqligini muxtoriyatni qonga botirganidayoq oshkor qilib qo�ygan edi. Cho�lpon Boshqirdistonda hukumat raisiga kotiblik qilganida ham, yurtiga qaytib Turkiston hukumati boshqaruvi hamon mustamlakachilar qo�lida qolayotganini ko�rganida ham, kundalik turmushda ham, qo�ying-chi, har qadamda keyingi fikrni quvvatlovchi dalillarga duch keladi. Qarashlari nechog�li ziddiyatli bo�lmasin, bu davrda adib uchun istiqlol maqsadi birlamchi bo�lib qolaverdi. Ayni paytda, Cho�lpon yurtining taqdiri hal bo�layotgan vaqtda bir chetga chiqib turishlikni o�ziga ep bilmadi. U o�zining millatga eng ko�p foydasi tegishi mumkin bo�lgan jurnalistika sohasida ishlab, mavjud imkoniyatlar doirasida ezgu maqsadlarining amalga oshishini yaqinlashtirish yo�lida xizmat qildi. Cho�lponning yangi hukumat maorif, madaniyat sohalarida olib borayotgan ishlarni quvvatlab, goho ularni rivojlantirish umidi bilan tanqid qilib yozgan �Qizil Sharq poezdi keldi�, �Sho�rolar hukumati va sanoe nafisa�, �Gimnazistkalar�, �Faryod� kabi maqolalari fikrimiz dalilidir. Adib xalqning ma�rifatli bo�lishi kelgusidagi istiqlol uchun kurashda, ijtimoiy hayotni isloh qilishda nechog�li muhimligini bilgani sababli ham �qizil� shiorlaru gaplardan, �qizil� mushohadalardan cho�chib yoxud hazar qilib o�tirmadi, ishga foydasi tegsa bas, degan aqidadan kelib chiqdi. Tabir joiz bo�lsa, Cho�lponni uzoq manzilni ko�zlab yo�lga chiqqan yo�lovchiga mengzash mumkindek: yo�lovchi o�ziga ozroq bo�lsa-da yo�ldosh bo�lgan aravaga chiqdi, �aravasiga chiqqandan keyin ashulasini ham aytdi�-yu, lekin yo�lini yaqinlashtirgani foydaga qoldi. O�ylashimizcha, Cho�lponning 1920 yillarda yozilgan ayrim maqolalariyu she�rlarini shu yo�sin tushunilsagina qarashlar tadrijidagi mantiqiy izchillik kuzatilishi mumkin bo�ladi.

Cho�lponning vaqtli matbuotda e�lon qilingan she�rlarining aksariyat qismi uning she�riy to�plamlariga kiritilgan emas. E�tibor berilsa, shoir 1926 yilgacha uchta she�riy to�plam chop ettirgani holda, ulardan �qizil� ruhdagi she�rlar kamdan-kam o�rin olganligini ko�rish mumkin bo�ladi. Nega? Biz buni ikki asosiy sabab bilan izohlamoqchi bo�lamiz: birinchidan, Cho�lpon she�r va she�riy yo�lda yozilgan publitsistikani farqlagan, she�riyatga ancha yuksak talablar qo�ygan; ikkinchidan, vaqtli matbuotda e�lon qilingan she�rlarining aksariyatida �aravakash� ashulasiga �xirgoyi�si qo�shilib turgan xolos. Bunga amin bo�lish uchun shoirning 20-yillar avvalida yozilib to�plamlariga kiritilgan she�rlari bilan to�plamlardan joy olmagan ayrim she�rlarini qiyoslab qo�yish kifoya.

Cho�lponning bu davrda yaratgan she�rlarida fikru tuyg�ularni ramzlar vositasida ifodalashga moyillik kuchaydiki, buning ildizlarini yuqorida ko�rsatib o�tdik. Aytish mumkinki, �niqoblanish� zarurati Cho�lpon she�riyatining o�ziga xos ifoda yo�sini, betakror uslubiyu poetik tafakkur tarzining shakllanishiga turtki bergan ko�rinadi. Ifoda yo�sinining ramziyligi �Tortishuv tongi� (1920) nomli she�rda ham yaqqol ko�zga tashlanadi:

Yenggan qo�shin boshlig�idek gerdayib

Botgan quyosh bulutlarning ostidan

Bosh ko�tarib chiqmoq uchun tirisha:

Shuning uchun beri yoqda irjayib

kulishurlar,

Unga qarshi qarshidan

Yig�lov, siqtov, tovush, g�avg�o, xarxasha.

Tabiiyki, she�r ruhidan kelib chiqilsa, �quyosh� bu o�rinda istiqlol, milliy ozodlik ramzi ekanligi anglashiladi. Shoir �botgan quyosh� deganida istiqlol uchun kurashdagi mag�lubiyatni, xususan, muxtoriyatning mahv etilishini nazarda tutadi. Muallif ishonadiki, quyosh manguga botmaganidek, istiqlol uchun kurash ham to�xtamaydi: endilikda o�sha �botgan quyosh� qaytadan bosh ko�tarib chiqmoq uchun tirishayotir � �tortishuv tongi� boshlanayotir. Keyingi satrlarda Cho�lpon ko�tarila boshlagan �quyosh�ga turlicha munosabatni tasvirlaydi: �beri yoqda irjayib kulishurlar�. Kimlar ular? Muallif gapning egasini atayin tushirib (ellipsis) qoldirsa-da, mustamlakachilarni, istiqlol dushmanlarini nazarda tutayotgani ayon, zero, tanlangan so�zlarning uslubiy bo�yoqlari (�irjayib�) ham shunga ishora qiladi. Shoir �ko�pdan beri zindonda quyosh ko�rmay zaxlab yotgan ko�ngillar�ni o�zi bilan quvonishga undaydi. Ayni paytda, �kishanlarni yasovchi ustalar�, �boshqalarni �tubanlar� deb atovchi xo�jalar� qayg�ursinlar, chunki ularning �yoz boshining qoridek� eriydigan, yo�q bo�lib ketadigan kunlari yaqinligiga ishonadi, ishontiradi. Shoirning bu ishonchi:

Chiqadirgan quyoshni siz behuda

Etak bilan to�smoq uchun tirishmang,�

degan xitobida yana bir parda yuqoriroq jarang topadi. Istiqlolning muqarrar g�alabasiga qatiy ishonch ruhi nimadan oziqlanadi? O�ylashimizcha, uni oziqlantiruvchi bir necha ildiz bo�lgan. Avvalo, Cho�lpon shu yillarda, ayniqsa, Farg�ona vodiysida jonlana boshlagan milliy ozodlik harakati � bosmachilikning ilk bosqichiga katta umid bog�lagan ko�rinadi. Hartugul, keyinroq shoirni bosmachilarga xayrixohlikda, millatchilarning yig�inlarida �Farg�ona vodiysida gullar ochilmay, bulbullar sayramay qo�ygan�ligi haqida g�amboda she�rlar o�qiganlikda ayblaganlari1 butkul asossiz deyishimiz ham unchalik to�g�ri bo�lmasa kerak. Zero, bu davrda Cho�lpon ham boshqa maslakdoshlari kabi xalqni mana shu harakat tevaragida jipslashtirish, kuchlarni jamlagan holda bosh maqsadga safarbar etish payida bo�lganligi ehtimoldan xoli emas. Shu bois ham Cho�lpon �Ulug� yo�lda� (1920) nomli she�rida:

Yo�limizda cho�llar, suvlar, dengizlar,

Bosguvchisin tanib bo�lmaslik izlar.

Shul izlarni bosib, dengizlar kechib,

Buyuk amal bilan boramiz bizlar, �

deb yozadiki, bu satrlarda yuqoridagi fikrning to�g�riligiga dalolat bordek ko�rinadi bizga. Cho�lpon erkka eltuvchi �ulug� yo�l�ga kirganlar diliga jo qilib borayotgan �buyuk amal� � istiqlol maqsadi �yo�llardagi dengizlardan ulug�roq� ekanini, baski, bu yo�ldan qaytish bo�lmasligini ta�kidlaydi. Shoir ishonadiki, endi �Ezilganlar tilak tilar bu yo�li (bu safar,�D.Q.) burungidan to�lug�roq�, ya�ni �ezilgan(xalqlar,�D.Q.)lar� niyatida ancha qat�iylashganlar. Shu bois ham:

Mahkam qilib bog�lanilgan kamarlar!..

Tezroq!

Qanot!


Qushlar yanglig� uchaylik,

Keng cho�llardan, dengizlardan kechaylik

Sharqning eski chigalini yechaylik!.�

deya da�vat qiladi shoir. Cho�lpon Sharqning �eski chigali�ni yechish uchun ulug� yo�lga chiqqan, bu �buyuk amal� yo�lida belni mahkam bog�laganlar orasida o�zining ham borligidan, �biz� deya olganidan haqli ravishda faxr etadi. Albatta, �biz� deganida u avvalo o�ziga eskidan hammaslak bo�lgan jadid millatparvarlarini nazarda tutadi, zero, bu paytlarda shoir o�zini ulardan ayri tasavvur ham etmagan. Cho�lpon ayni shu 1920 yilda yozilgan �Mahmudxo�ja Behbudiy xotirasiga� nomli she�rida ma�naviy ota ruhiga murojaat etib �chizgan yo�lingdan yiroq ketmay, qimirlamay yuraman� deydiki, bu ham yuqoridagi fikrning dalilidir. Istiqlol yo�lida kurashning turli yo�llaridan foydalanayotgan jadidlar esa bu vaqtda bosmachilik harakatini markazlashtirish, sharq xalqlari, xususan, turkiy xalqlarning milliy ozodlik harakatlarini muvofiqlashtirish uchun intilayotgan edilar. Jadidlar sovet hukumati tomonidan tashkil etilib, 1920 yilning 1-5 sentyabr kunlarida Bokuda o�tkazilgan Sharq xalqlari kongressidan ham o�z maqsadlari yo�lida foydalanishni niyat qilganlar, albatta. Qizig�i shundaki, Cho�lponning to�plamlaridan joy olgan 1920 yilga mansub she�rlarining ayrimlari Bokuda yozilganligi qayd etib qo�yilgan. Cho�lponning Bokuda bo�lishi kongress ishiga qay darajada aloqadorligi (har holda, shoirning bitta she�ri ostiga 1920 yil avgustida Bokuda yozilgani qayd etilgan) haqida ma�lumotga ega emasmiz, biroq undan ko�p narsa kutgani ravshan. Hazar esdaligi tarzida yozilgan �Yorug� yulduzga� she�rining lirik qahramoni yurtning tutqunlikda ekanidan ezilgan, buning sabablarini anglashga intilayotgan odam. Cho�lpon she�riyatida �yulduz� qo�pincha maqsad ramzi sifatida kelishini e�tiborga olsak, shoirning �yorug� yulduz� bilan sirlashishi bejiz emasligi seziladi. Ya�ni, �sirlashish� aslida shoirning o�z qalbiga murojaati, iztirobli izlanishlarining bir parchasi sifatida namoyon bo�ladi. Shoir turli �Falokatlar ko�rgan bobolarning istiqlolning qimmatini bilmagan�idan, so�ng zamondagi xonlar �el va yurtni saqlash uchun tuzukkina chora-tadbir ko�rmagan�idan o�kinadi, natijada hozirgi avlod asoratda yashaydi, deb hisoblaydi:

Biz yo�qsillar boshqalarga qul bo�lib,

Chet oyoqlar tovonida ezildik.

Har yaramas, har buzuqning tagida

Alam tortgan, jabr tortgan biz edik.

Lirik qahramon kayfiyatida ko�tarinkilik, da�vatkorlik sezilmasa-da, e�tiborga molik bir jihat yaqqol ko�zga tashlanadi. U yulduzdan qancha �achchiq bo�lsa ham to�g�ri so�zni yashirmasdan� aytishini o�tinadi. Zero, u o�ziga yupanch izlayotgan odam emas, aksincha, o�tmishdagi xatolarni anglashga intilayotgan odam. Xatolarni anglashlik unga o�tmishni qoralash yoxud bobolarni yanish uchun emas, balki ularning endilikda takrorlanmasligi uchun zarur. Bu esa qahramonning kelajak oldidagi javobgarlikni teran idrok etishidan, ko�nglidagi aldamchi sokinlik ostida qudratli po�rtana yashiringanidan dalolatdir. Darvoqe, �Po�rtana�(1920) she�ri ham Boku turkumining mantiqiy davomi deb qaralishi mumkin. Zero, garchi she�r Toshkentda yozilgan bo�lsa-da, unda Bahri Hazar taassurotlari aks etadi. Cho�lpon bu she�rda ham ramziy ifoda yo�siniga sodiq qoladi:

Po�rtana qo�zg�oldi, po�rtana yurdi,

Po�rtana o�zini qirg�oqqa urdi.

Po�rtana oldida bir kema ko�rdi

Ichida zich odam... o�ynatdi, surdi.

Avvaliga dengiz manzarasi tasvirlanayotgandek tuyulsa-da, she�rni o�qigan sari zohiriy manzara zamiridagi ramziy ma�no ochilib boraveradi. Dunyoni ostin-ustin qilayozgan inqilob, erk deya qo�zg�algan omma qudratini shoir po�rtana timsolida tajassum toptirayotgandek. Shu asno she�rda yana bir muhim timsol � �ko�zlari kiyikni ko�r qilgan�, �yuzlari oylarni botirgan� go�zal maydonga chiqadi. Po�rtananing o�zida suyub �oq ko�pik ichida oqayotgan� go�zalni:

Dam ko�kka irg�itib, dam tortar ko�ksiga

Shu yo�lda o�ynatur qizni,

Kuldirib ul nurlik yuzni,

Suydirib ul oxu ko�zni,

Qul qilib sizni ham bizni...

Barchani, avvalo shoirning o�zini maftun etayotgan, shu bois ham bir-biridan latif sifatlarla alqanayotgan go�zal erk, ozodlik ramzidir. Maftunkor go�zalning paydo bo�lishi dengiz po�rtanasi tasvirining ramziy ma�nosini o�zgartiradi: endi u �oshiq� qalbining ifodasiga aylanadi. Erksevar qalb qudrati shunchalarki, �Ko�tarsa boshini ko�klarga tegadir. Bulutlar, chaqmoqlar dahshatda�. Biroq shunchalar qudrati-la po�rtana jimjit, o�yida �qo�zg�alish degan so�z� bo�lmagani holda �qiyomat uxlaydir�. Nega? Chunki:

Bu mahshar, qiyomat, po�rtana, to�lqinlar �

Hammasi yo�qsilning ko�nglida.

Bir damda dunyoni kuydirur vulqonlar

Ojizning u o�tlik dilida...

Cho�lpon �yo�qsil� deganida, yuqorida ham aytilganidek, kambag�al bechoralarnigina emas, barcha mustamlaka zulmi ostida ezilgan ellarni nazarda tutadi. Po�rtananing qo�zg�alish degan o�y xayolida bo�lmagani holda uyquda (agar �qizil� ma�noda tushunilsa, mantiqqa ham haqiqatga zid hol yuzaga keladi, chunki �qizil po�rtana� she�r yozilgan paytda aslo uyquda emas edi) ekanligi ham shundan dalolat beradi. She�r nihoyasiga yaqin shoir o�z niyatini oshkor etadi, po�rtana �mening ko�nglim, g�alvani, janjalni, to�polon, qo�zg�alish, chuvalash, isyonni suyadir� deya tan oladi. Ko�ramizki, Cho�lpon o�quvchisiga, avvalo, erksevar qalblar qo�zg�alishi � po�rtananing nechog�li buyuk qudratga egaligini ko�rsatadi, so�ngra o�zidagi kurashga tashnalikni unga yuqtirmoqchi bo�ladi, shundan keyingina xitob qiladi:

O�yna, ey po�rtana, to�xtama, quvvat ol,

Chog� kelgach, erinib yotma, uxlama,

bo�lmasin yo�qlama.

Ko�p ezgan dushmandan,

past jondan

O�chni ol, o�chni ol, o�ch ol!

Xitobdan yaqqol seziladiki, Cho�lpon she�r yozilgan 1920 yilda istiqlol uchun kurashga fursat yetgan, buning uchun zarur sharoit yetilgan deb hisoblaydi. U bugunmi-erta Turkistondagi mazlum xalqlarning po�rtanadek bosh ko�tarishiga, ezuvchilarini uloqtirib tashlashiga ishonch bilan yashaydi. Tabiiyki, bu ishonch shoirning jadidchilar bu yo�lda olib borayotgan sa�y-harakatlardan yaxshi xabardor bo�lgani, kuchga kira boshlagan milliy ozodlik harakatiga katta umid bog�laganidan tug�ilgandir. Cho�lponning ko�pchilikka tanish bo�lgan �Kurash� she�ri o�zining mazmuniyu ruhi jihatidan �Po�rtana�ga yaqin turadi. She�rning ostiga uning 1921 yilda Toshkentda yozilgani qayd etilgan. Agar Cho�lponning 1921 yil may oyining oxirida Buxoroga jo�nagani hamda u yerda bir yil ziyodroq ishlagani e�tiborga olinsa, �Kurash�ning taxminan shu yilning boshlarida yozilgani anglashiladi. �Po�rtana�da kuzatilgan ishonch ruhi �Kurash�ning ilk satrlaridayoq bo�rtib turadi:

Chaqirguvchi, o�kirguvchi bir tovush

Botirlarning jon so�ragan tovshidir.

Yiqitguvchi, ag�darguvchi qo�zg�alish

Yaqindagi zo�r kurashning boshidir.

Cho�lpon bu kurashdan chetda turganni dushman ataydi, �yo�qsildagi imon toshib ketgan�i uchun ham uning bag�oyat keskin kechishiga, murosa bo�lishi mumkin emasligiga ishonadi. Shu bois ham shoir masalani o�ta keskin, hamletchasiga qo�yadi:

Ulug�, qattiq ag�darguvchi bu kurash.

Yo bor bo�lish, yo yo�q bo�lish:

� Yo�q yarash!..

Cho�lponning masalani bunchalar keskin qo�yishi yurtiga yetkazilayotgan zahmatning ozurda dilida chidab bo�lmas og�riqqa aylanganidandir. Shoir ona shahri Andijon tomonlarga borganida gullagan vodiyning xarob etilgani, yurtdoshlari mehnati-la obod qilingan qishloqlarni boyqushlar makon tutganini o�z ko�zi bilan ko�radi; tul qolgan juvonlar, yetim-esir bolalar, farzand dog�ida yuragi pora bo�lgan ota-onalarning faryodlarini o�z qulog�i bilan eshitadi; bosmachilikka qarshi kurash bahonasida qatli om qilingan qishloqlar, qizil qo�shin sodir etgan xunrezliklar haqida eshitib biladi... Bularning bari shoir qalbini larzaga soladi, yurak qoni bilan yozgani �Buzilgan o�lkaga� she�ri dunyoga keladi.

Cho�lpon talqinidagi yurt makoniy tushunchagina emas, yo�q, u � his qila biladigan mavjudlik, azob, quvonch, nafrat hislari unga aslo yot emas. Bu yurtning yovlardan bezganligi shunchalarki, tog�lardan tushayotgan suvlari �yig�lar kabi inglaylar�, �Yov... bormi? deb to�rt tarafni tinglaylar�. Bu yurtning yovlariga nafrati shunchalarki, zilol buloqlari shifobaxsh suvlarini chaqirilmagan �qo�noqlar�dan qizg�onarlar. Cho�lpon yaratgan yurt timsolida mushfiq onalar � borlig�ini farzandlariga beg�araz bag�ishlay oladigan, yaxshiyu yomon kunlarni farzand orqasidan ko�radigan, azobiyu quvonchi farzandlari tufaylidan keladigan... � tajassum etilgandek. Shu ma�noda shoirning beadaddek tuyuluvchi �nega, nima uchun�lari yurt � onaning �yarali tanlarini ko�rmayotgan�, �ko�zining yoshlarini so�rib olish�ga yaramayotgan farzandlarga qaratilgandir. E�tibor qilinsa, shoirning o�tli nafratu alamlarida birozgina tushkunlik asarlari ham zuhur qilayotgandek ko�rinadi:

Nima uchun ag�darilgan, yiqilgan,

Og�ir tojniig zahar o�qi ko�ksingda?

Nima uchun yovlaringni bir zamon

Yo�q qilgudek temirli o�ch yo�q senda?

Mustamlaka siyosati davom etgani holda unga qarshi chinakam kuchning yo�qligi shoir dilini o�rtaydi. Bunda endi �Po�rtana� yoxud �Kurash� dagi ruh sezilarli darajada susaygan. Nega? Chunki ilgari Cho�lpon �yorug� yulduz� bilan sirlashgan bo�lsa, endi ona yurt bilan dardlashadi: uning xayolidagi va hayotdagi mavjud hol orasida ulkan farqlar ko�zga tashlanadi. Shoir o�zi �Po�rtana�da orzu qilgan qudratni, ommaning erk deya bir yoqadan bosh chiqarishini, �yo�qsildagi imonning toshib ketishi�ni aksariyat yurtdoshlarida ko�rmaydi. Orzu umidlarining sarobga aylanayozgani Cho�lponni iztirobga soladi, buning natijasi o�laroq 1921 yil o�rtalariga qadar yozgan she�rlarida mahzun ohanglar, tushkunlik kayfiyati ustunlik qiladi. Shoirning shu vaqtda yozilgan �Yong�in� nomli she�rida �ko�nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar� deyishi ham fikrimizni dalillaydi. �Yong�in� she�riga gazeta xabaridan �Talanmagan, yiqilmagan yer yo�q. Go�daklar nayza boshida...� degan parchaning epigraf qilib olinishi yurtdagi vayronaligu xunrezliklar shoir ruhiyatiga nechog�li qattiq ta�sir etganini ko�rsatadi:

Shunday katta bir o�lkada yonmagan,

Yiqilmagan, talanmagan uy yo�qmi?

Bir ko�z yo�qmi qonli yoshin to�kmagan,

Butun ko�ngil umidsizmi, so�ndimi?

Shoir alam bilan qayd etayotgan haqiqatlar zamirida endi avvalgidek kurashga, qo�zg�alishga undash emas, o�zining ham yurtining ojizligidan o�kinish ohanglari kuchliroq keladi. O�zi orzulagan ommaviy qo�zg�alishni ko�rmagan Cho�lpon �Mo�minlarning oq vijdoni, imoni, sham so�nganday tinsizgina so�ndimi?� deya o�kinch-la o�yga toladi. Zero, uning e�tiqodida imon tushunchasi vatanga muhabbat tushunchasi bilan esh keladi, �hifzul vatan minal imon� � vatanni himoya qilmoq iymondandur, deb biladi. Cho�lpon �Po�rtana�, �Kurash� she�rlarida ko�rganimizdek qo�zg�alish shiddatiga nechog�li maftun, erk uchun kurashga nechog�li tashna bo�lmasin, avvalo, shoir, hassos qalb sohibi edi. Begunoh to�kilgan qonlar esa, har vaqt bo�lganidek, eng avval shoir qalbini so�roqqa tutadi:

Qilichlarning tillarida qizil qon

Buloqlaring suvi yanglig� toshdimi?

Yalang bola, yalang go�dak, ma�sum jon

Nayzalarning boshlaridan oshdimi?

Ayni shu davrda Cho�lpon �begunoh to�kilayotgan qonlardan biror natija bo�larmikan? Ko�zlagan maqsadimiz to�kilgan qonlarga arzirmikan?� degan andishalarga borgan ko�rinadi. Har holda, xuddi shu vaqtlarda yozilgan �Yorqinoy� pesasining qahramoni isyonkor Po�latning kurash nihoyalangach ham ko�p narsa o�zgarishsiz qolayogganini ko�rib, �Muncha qon to�kishning nima keragi bor edi?� deya o�yga tolishi ham bejiz emas edi. Aytmoqchimizki, bu payt Cho�lponning hayot yo�lini yoritib turgan �yorug� yulduz� anchagina xira tortgandi. Shoir ko�ngli milliy ozodlik harakatining keng quloch yoyishiga, ommaviy tus ola bilishiga ishonolmay qolgandi. Cho�lpon dilidagi umidsizlik avj pardasiga ko�tarilgan davr mahsuli sifatida �Amalning o�limi� she�rini ko�rsata olamiz. She�rning:

Kenglik xayollari uchdimi ko�kka?

Butun umidlarni yovlarmi ko�mdi?

Mangu tutqunlikka kirdimi o�lka?

Xayolda porlagan shamlarmi so�ndi?�

degan satrlari yuqoridagicha o�ylashimizga asos beradi. Shoirning iztiroblari yurt qayg�usida chekkan ohlari �o�tidan chiqqan shu�lalar� yurtdoshlari �ko�kragidan bir joy topmagan�i, aksariyatining qalblari hamon uxlayotganligi sababli ham kuchayadi. U o�zi ardoqlagan �erklik yulduzi�ning nuridan har bir mazlum dilida bir �iz� qolishiga ishonardi, biroq haqiqatda bunday bo�lib chiqmadi. Shu bois ham shoir:

U bir iz, ko�zimning nurlaridan ham

Yuksakdir, men uni o�pmak istayman,

Agar topilmasa bu yurtlardan ham

Ko�chib yiroqlarga ketmak istayman,�

deb yozadi. Aytish kerakki, bu shunchaki iddao emas edi. Cho�lponning �Yo�l esdaligi� safarnomasi shunday deyishimizga asos beradiki, uni adibning bungacha ko�rib o�tganimiz asarlari, uning hayot yo�li haqida aytilgan fikrlar kontekstida talqin etsak, bunga amin bo�lishimiz mumkin ko�rinadi...

Avvaldan aytish joizki, �Yo�l esdaligini� faqat shartli ravishdagina safarnoma deb atashimiz mumkin. Zero, uning odatdagi safarnomalardan jiddiy bir farqi bor: bunda erksevar ruhning ko�ngil tor ko�chalari bo�ylab mashaqqatli safari qalamga olinadi � real yo�l va real manzil badiiy niyat ijrosida muhim bo�lmagani uchun ham adib ularni konkretlashtirmaydi. Asarni shartli ravishda bo�lsa-da safarnoma janriga mansub deyishga asos beruvchi jihatlari ham yo�q emas: konkretlashtirilmagan bo�lsa-da, �yo�l� obrazining mavjudligi, uning markazida sayyoh-muallif obrazining turishi. Xo�sh, nima uchun adib safarnoma janrini tanladi? Mazkur savolga javob berish uchun Cho�lpon ijodiy merosiga yana bir qurgina nazar solishimizga to�g�ri keladi.

Aytish mumkinki, hech kim makoniy va davriy o�zgarishlarni yo�lga chiqqan kishichalik o�tkir his qilmasa kerak. Tabiiyki, makoniy va davriy o�zgarishlar yo�lchi ruhiyatiga-da muayyan ta�sir o�tkazadi, dunyoqarashida muayyan o�zgarishlar yasaydi. Dono xalqimizning �yurgan daryo, o�tirgan bo�yro� degan purhikmat maqoli ham bejiz to�qilmagan. Ehtimol shundandir, og�zaki va yozma adabiyotda o�sish-o�zgarishda ko�rsatilayotgan qahramonlar ko�pincha yo�lga chiqadilar. Cho�lpon ijodiyotida ham yo�l obrazi ko�pincha shu xil botiniy parallellar o�tkazishga xizmat qiladi. Adibning ilk ijodidayoq �yo�lsizlik�dan qiynalayotgan va �yo�lga chiqqan� qahramonlar taqdiri qalamga olingan edi. �Qurboni jaholat�dagi siqiq muhitda bo�g�ilgan Eshmurod ijtimoiy-ma�naviy ehtiyojlarini qondirish yo�lini topolmaganidek, safarga ham otlanmagan edi. Uning ziddi o�laroq, izlanayotgan Muhammadiyor safarga chiqadi va shuning muqobilida o�zgaradi. Shunga o�xshash holni �Kecha� romanida ham kuzatamiz: o�z oilasining biqiq muhitida ezilgan Zebi ham safarga chiqadi. Biroq Zebining safari �bir yozilib kelish� maqsadidagina bo�lganidan, safar chog�ida ruhiyatida boshlangan o�zgarishlar mantiqiy nihoyasiga yetmaydi. Zebidan farq qilaroq, Miryoqub chiqqan yo�l oldinga qarab yuradi � u hayotini o�zgartirishni niyat qilgan. Ehtimol shuning uchundir, �Kecha�da u ortiga, ya�ni, o�z muhitga qaytmaydi, Cho�lpon uning yo�li muayyan manzilga yetishiga ishora qiladi go�yo. O�ylaymizki, shu mulohazalarimizning o�ziyoq Cho�lpon nasriy ijodida �yo�l� obrazi qahramonlardagi ma�naviy-ruhiy o�sish-o�zgarishning botiniy muqobili(paralleli) ekani haqidagi da�vomizni dalillaydi. Shunisi ham borki, Cho�lponning �Yurt yo�li�, �Ishq yo�li�, �Menim yo�llarimda�, �Uch-to�rtta yulduz�, �Sozim� kabi qator she�rlarida ham yo�l motivi hozir. Ularning barini umumlashtiruvchi jihat shuki, yo�lga chiqqan yo�lchi � lirik qahramonning ko�zlagan aniq manzili bor: u yo yorni istab, yo yorug� bir yulduzni ko�zlab yo�lga chiqqan; yorga yetish umidi kesilganida yoki yulduz xira tortganida yo�lchi o�rtanadi va aksincha. Aytish mumkinki, Cho�lpon she�riyatida �yo�l� obrazi maqsad � milliy ozodlik va taraqqiy yo�lidagi kurash ramzi sifatida talqin etiladi. Bundan anglashiladiki, Cho�lpon o�z ruhiyatidagi ziddiyatli kurash, o�zgarish jarayonini ifodalash uchun safarnoma janrini tanlagani bejiz emas: u xos o�quvchisining �yo�l� obrazidagi yuqoridagicha ma�nolar bilan yaxshi tanishligini, baski, bu narsa uning asardagi botiniy ma�nolarni anglashiga asos bo�lishini yaxshi biladi.

Cho�lpon mazkur safarnomasini �Bilim o�chog�i� jurnalida e�lon qilarkan, sarlavha ostida �1921 yil 27 may� sanasini qayd etadiki, bundan ayni shu kuni yo�lga chiqqani anglashiladi. Safarnomaning birinchi qismi �Ko�ngilsiz chiqish� deb nomlangan bo�lib, uning boshlanishidayoq �bu kezuvimning qanday totli umidlar orqasida bo�lg�onini bilganim holda...� degan so�zlarga duch kelamiz. Xo�sh, gap qanday �totli umidlar� haqida borayotir? Bu savolga javob berish uchun adib biografiyasiga murojaat qilishimiz darkor. Ma�lumki, 1921 yilning iyunidan Cho�lpon �Buxoro axbori� gazetasi muharriri vazifasida ishlay boshlagan edi. Safarnomada yo�l konkretlashtirilmagan bo�lsa-da, uning Zarafshondan o�tganligi anglashiladi. Shunga ko�ra asarda adibning Buxoro safari aks ettirilgan, degan fikrga kelish mumkin. Aytish kerakki, amirlik tugatilgandan keyin jadidlar Turkiston mustaqilligi uchun kurashda yangi tashkil topgan Buxoro Xalq Respublikasi katta imkoniyatlar tug�dirishi mumkin, deb hisoblaganlar. Shu bois ham ko�p o�tmay Buxoroga jadidchilik harakatining ko�zga ko�ringan vakillari to�plana boshlaydilar va bir tomondan, yangi jumhuriyatni mustahkamlash, ikkinchi tomondan, Turkiston mustaqilligiga erishish yo�lida astoydil harakat boshlaydilar. Jumladan, Buxoro hukumatining rahbarlaridan biri bo�lmish Fitrat tomonidan �Buxoro axbori� gazetasiga muharrirlik qilish uchun taklif qilingan Cho�lpon ham qalami bilan shu yo�lda xizmat qilishi lozim edi. Chamasi, adib maslakdoshlarining uzoqni ko�zlagan maqsadlaridan hali yo�lga chiqmasidanoq voqif bo�lganu, ko�nglidagi so�nishga kelgan umid yana porillab yongan ko�rinadi. Shu bois ham adib �totli umidlar�ni diliga jo aylab Buxoro safariga otlanadi. �Yo�l esdaligi�da adib ruhiyatidagi tushkunlikning umidvorlikka aylanishi ramzlar vositasida ifoda etiladi. Yo�lga chiqqanidan so�ng sayyoh-Cho�lpon xayol haqida o�y surib, u haqda ilgariroq yozgan she�rini eslaydi:

Xayol...xayol... yolgiz xayol go�zaldir,

Haqiqatning ko�zlaridan qo�rqaman...

Adib o�zining �Yo�l esdaligi�ni yozish arafasidagi ruhiy holatini shu satrlarda yorqin ifodalaydiki, buni tasavvur etish uchun yana kontekstga murojaat etish zarur.

Yuqorida aytganimizdek, Cho�lpon ruhiyagidagi tushkunlik xayol va haqiqat orasidagi ulkan tafovutdan yuzaga kelgandi, shu bois ham u �haqiqatning ko�zlaridan qo�rqadi�: ko�rayotganlarini �haqiqat� deya tan olishga ko�ngli chopmaydi, ko�nglida �erklik yulduzi� qoldirgan �iz� orzularidan voz kechishga yo�l qo�ymaydi.

Ko�ngli umid va umidsizlik orasida talosh bo�lib turgan damlarda uni xayol qutqaradi: �Ul menim eng umidsiz, eng qiynalg�on, eng ezilg�on choqlarimda kelib boshimdan silar, siypar, yupatar, erkalatar edi�. Ko�ramizki, yaqin o�tmishida xayolot olami Cho�lponni �haqiqatning ko�zlari�dan yashiradigan, uning o�ksik ko�nglini ovutadigan yagona bir go�sha edi. Endi esa Cho�lpon-sayyoh uchun xayolning ahamiyati o�zgargandek: �Qorong�ilik menim umid bilan porlag�on ko�nglimni o�zining qo�rqinch quchog�lari orasiga olib o�churmakchi bo�ladir, ko�nglum esa xayolning ko�kidan tushkusi kelmaydir�. Aytish kerakki, bu o�rinda �qorong�ilik� ham ramziy ma�noga ega. Cho�lpon maslakdoshlarining Buxoro bilan bog�liq bo�lgan niyatlariyu bu yo�ldagi sa�y-harakatlaridan voqif bo�lgach, �ko�ngli umid bilan porlagan�i ayon. Biroq bir bora aldangan ko�ngil endi ehtiyotkor bo�lib qolgan � unga shubhayu gumonlar-da yot emas. Adib ko�nglidagi umid bilan shubhayu gumonlar kurashini ramzlar (daraxtlar �bir to�p xayol-vahm�, �yog�dusiz xira chirog�lar�, �qorong�idan qo�rqub, g�ujum bo�lub, berkinib yotqon daraxtlar�) vositasida ifodalaydi. Shubhayu gumonlar kuchayib borgani sari ko�ngil �qorong�iliqqa sanoqsiz qarg�ishlar yuboradi�, biroq ular �qorong�iliqning �vahm�larini tag�in-da kuchaytirib, uning azamatini tag�in-da orttirar edi�. Qorong�ilik quyuqlashib borgani sari sayyoh dilidagi umidni bor kuchi bilan quvvatlantirishga intiladi. Biroq u qancha zo�r bermasin, qorong�ilik quyuqlashaveradi, borliqdagi tabiiy jarayonni o�zgartirishga qodir bo�lmaganidek, ko�ngliga ham buyruq berishga ojiz qoladi. Shu asnoda safarnomada yana bir muhim obraz paydo bo�ladi: �Mo��minlar yotar choqlarida, o�zlarini uyquga berar choqlarida Alloh nomini aytib yotalar, o�zlarini uyquning kuchli qo�llari orasiga ko�mar edilar.

Men-da butun istagim, butun tilaklarim bilan sevganimning ismini aytdim va qorong�ilikning chuqur qa�riga otildim...�

Ko�ramizki, Cho�lpon uchun Buxoroga bog�lagan umidlari hamon �qorong�ilik� � ularning amalga oshish-oshmasligini bilmaydi, shunday bo�lsa-da, ma�shuqasi � yurt ozodligi orzusini diliga tukkan holda dadil qorong�ilik quchog�iga kirib boradi. Bungacha yuritgan mulohazalarimiz safarnoma kontekstida �ma�shuqa� � yurt ozodligi ramzi sifatida kelayotganiga ishontira oladi, deb o�ylaymiz. Boz ustiga, Cho�lponning bir qator she�rlarida ham �ma�shuqa� � ayni shu ma�noda talqin etilgani yaqqol ko�zga tashlanadi.

Biz Cho�lponni xaqli ravishda novator ijodkor deb ataymiz. Sirasi, shoirning �o�zbek adabiyotiga yangi to�n kiygizgan�i1 o�z zamondoshlari tomonidan-da e�tirof etilgan. Ayni paytda, hech bir ijodkor, hatto eng buyuk iste�dod sohiblari-da, o�zini voyaga yetkazgan xalq madaniyati ta�siridan butkul uzilib ketolmaydi. Tabiiyki, Cho�lpon ijodiyoti ham quruq joyda yuzaga kelgani yo�q, ming yillar bilan o�lchanuvchi mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an�analari unga asos bo�lib xizmat qildi. Buni, xususan, Cho�lpon she�riyatida �oshiq� va �yor� obrazlari talqinida ham kuzatiladi. Mumtoz she�riyatimizda faol qo�llanilgan mazkur ramzlarga Cho�lpon yangi ma�no yukladi: uning talqinida �yor� � yurt ozodligiyu �oshiq� � erkka tashna ko�ngil. Ya�ni, mutasavvuf shoirlar intilgan ma�naviy-estetik ideal HAQ bo�lsa, Cho�lpon intilib yashagan ijtimoiy-estetik ideal YuRT OZODLIGI bo�lib qoldi. Bundan anglashiladiki, Cho�lpon ijodiyotidagi ramzlar, asarlari qatidagi botiniy mazmun mumtoz she�riyatimizdan turtki olgan holda tushunilishi lozim. Zero, Cho�lpon tasavvuf she�riyatidan nafaqat quruq shaklni, ruhni-da o�zlashtirgandek. Shu bois ham shoir talqinidagi yorga muhabbat �ilohiy bir muhabbat, ishq�(�Aldanish�)dirki, vujudiga sut bilan kirganu yurak qoniga aylangan:

Ilk avval ko�zimni ishq bilan ochdim,

Ishqning maydonina qonimi sochdim... (�Ishq�)

Albatta, bu satrlarda �anodin qay kuni tug�dim, sening ishqing bilan yondim� deya xitob etgan Mashrab ruhini tuymaslik mumkin emas. Ayni paytda, bu esini taniboq ma�shuqasiga ko�ngil bergan, �zunnori ishq�(�Ishq�)ni bog�lagan onidan ma�shuqasiga eltadigan yo�lnigina �haq yo�l� (�Sozim�) deb bilgan Cho�lponning o�z izhoridir. Ma�shuqasi hajrida yashayotgan Cho�lpon-oshiq uchun uning vasliga intilmak hayot mazmunidirki, o�zini shu yo�ldagi bir darvesh, qalandar(�Ishq yo�li�, �Qalandar ishqi�) his qiladi. Cho�lpon yor vaslini �pok istakli kuch� (�Yurt yo�li�) bilangina istash mumkin, bu yo�lga kirgan kishi �najotni o�zligini unutishu yorga singib ketish�(�Ishq yo�li�)da ko�rmog�i kerak, deb hisoblaydi. Shu bois ham o�zining ayrim yo�ldoshlarida �dil buzuq�(�Yotoqdan�)ligini ko�rib o�rtanadi. E�tiborli jihati shundaki, qalbida shu buyuk ishq bilan yashagan shoir uning zarralarini satrlar qatiga joylarkan:

So�ylarkan tillarim na yomon so�zlar,

Yozarkan qalamim na hazin og�lar,

Soddadil bunlardan ne ma�ni onglar,

Bilmaz-ku o�ldug�in izhor ishqi,�

deb yozgan edi. Ko�rinadiki, Cho�lpon o�zining �ishq izhori�ni har kim ham anglay olmasligini biladi, hammaga dardini to�kkani holda chinakam hamdard bo�la biladiganlarning ozligini teran idrok qiladi. Shu mulohazalarga tayangan holda biz Cho�lponning aksar she�rlarida xos o�quvchiga mo�jallangan ramziy qatlam mavjud va unda yurt ozodligi mavzusi poetik talqin etiladi, deb hisoblaymiz.

Demak, Cho�lpon ijodiyoti kontekstidan kelib chiqqan holda �Yo�l esdaligi�da paydo bo�lgan ma�shuqa obrazi yurt ozodligi ramzi ekanligiga yana bir karra ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ma�shuqa obrazining paydo bo�lishi bilan �qorong�iliq� chekinadi: ilgari ma�shuqasiga yetish umidi tamom kesilgan, unga hatto xayolot olamida-da joy topilmay qolgan damlarda cho�kib qolgan ruh erk epkinidan havolanib tiriladi go�yo. Ma�shuqasiga yetish uchun kurashdan to�xtamaslik zarurligini qaytadan idrok etib, butun borlig�ini sevgisiga baxshida etishga chog�langach, �qorong�iliqning quchog�idagi esiriklik, xushsizligimdan endi o�zimga keldim� deya e�tirof etadi. Endigina o�ziga kelgan sayyoh ko�zi tushgan manzara ham, tabiiyki, uning ayni paytdagi kayfiyatiga mos: �Qizdirg�uchi quyosh yo�q, qora-zahar bulutlar ham yo�q. Ko�k allaqanday chuchmal bir tusda turar edi�. Avvalo, bir ruhiy holatdan ikkinchisiga o�tayotgan sayyoh ruhiyatida shu xil oraliq, biroz chuchmal vaziyatning bo�lishi tabiiy ko�rinadi. Ikkinchi tomondan, o�ylashimizcha, parchaga yuklangan ramziy ma�no ham sayyoh ruhiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma�lumki, Cho�lpon ijodiyotida �qora bulut� ko�proq mustamlakachilar, yurtining erkini bo�g�ib yotganlar ramzi sifatida talqin qilinadi. Yuqoridagi parchada �qora bulut�ga �zahar� sifatlovchisi qo�shilganki, bu, bizningcha, ifodaning ma�no doirasini ancha kengaytiradi. Zero, muallif munosabatini yaqqol ifodalab turgan bu sifatlash faqat �qora bulut�lardan zada kishigagina taalluqli bo�lishi mumkin. Shunday tasavvur tug�iladiki, go�yo sayyoh �qora bulut�larning yo�qligidan xursand, shu tufayligina erkin nafas olayotgandek. Holbuki, gap faqat bahorning o�zgaruvchan havosi haqida borganida, bu xil munosabat ortiqchadek tuyulishi mumkin edi. Shu o�rinda davr kontekstiga murojaat qilib, Buxoro Xalq Jumhuriyati mustaqil davlat tuzilmasi sifatida dunyoga kelganini, hartugul, o�zining ilk bosqichida mustaqil bo�lganini eslash joiz. Cho�lpon bu o�rinda �qora bulut�lardan forig� yurt tomon borayotganini, shu bois ham umidlari tobora yuksalayotganini aytmoqchi emasmikan?.. Fikrimizcha, parchadagi �qizdirguchi quyosh� birikmasi ham shu xil andishani birmuncha quvvatlaydi. Ma�lumki, inqilobdan keyingi dastlabki yillardayoq oktyabrni quyoshga mengzashlik adabiyotda rusum bo�lib ulgurgandi. E�tiborli jihati shundaki, Cho�lpon she�riyatida oktyabrga nisbatan shu xil tashbeh qo�llanilmagan. Faqat bittagina she�rida, mashhur �Qalandar ishqi� g�azalining maqta�sida shoir shu ramzga murojaat qiladi:

Muhabbat osmonida go�zal Cho�lpon edim, do�stlar,

Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.

Cho�lponning qator she�rlari (�Yurt yo�li�, �Men qochmadim�, �Uch-to�rtta yulduz� va boshq.)da erk, ozodlik, milliy istiqlol ramzi sifatida YuLDUZ olingan. Ya�ni, maqta�ning ramziy mazmuni shoir taxallusining asl ma�nosi � �yulduz� bilan bog�liq. G�azalning ramziy ma�nosini anglash uchun shoirning u yozilgan paytdagi ruhiy holatini tasavvurimizda tiklashga (yuqorida bu paytni bir qur tasavvur qilganmiz) urinib ko�rish darkor. Bilamizki, fevral inqilobidan so�ng Cho�lponning ijtimoiy faolligi benihoya ortgandi. Sababki, shoir yuzaga kelgan sharoitda yurtining demokratik yo�l bilan ozod bo�lish imkoniyati mavjudligiga chin dildan ishondi, muxtoriyatchilik harakatiga katta umid bog�ladi. Cho�lpon faol muxtoriyatchilar bilan birga Turkistonning turli shaharlariga borib tashviqot ishlarini olib bordi yonib va yondirib yashadi. Mavjud sharoitda Rusiya imperiyasi tarkibidagi turkiy xalqlarning mustaqillik yo�lida baqamti harakatigina durustroq natija berishi mumkin, deb hisoblagani tufayli shoir turkchilik g�oyalarini harakat dasturi deb bildi. Cho�lponning Kavkaz turklari bilan aloqa bog�lash uchun jo�nagan Farg�ona hay�ati tarkibida bo�lishi, Qo�qonda muxtoriyat e�lon qilinishi bilanoq Orenburgga jo�nashiyu Boshqirdiston jumhuriyatini mustahkamlash orqali o�z yurti ozodligiga ko�shish qilishni niyat etgani ham shundan dalolatdir.

Biroq, taassufki, shoirning osmon qadar umidlari yerparchin bo�ldi: bolsheviklar hukumati Qo�qon muxtoriyatini qonga botirdilar. Boshqirdistondagi sa�y-harakatlaridan ham natija chiqmagach, shoir 1919 yil boshlarida yurtiga qaytdiki, �Qalandardek yurib dunyoni kezdim topmayin yorni, Yana kulbamga qayg�ular, alamlar birla qaytdim-ku�, deya nola chekishi shundandir. �Qalandar ishqi� g�azalini shoir ayni shu xil ruhiy holatda yozgan ediki, maqta�ning ma�nosi shu kontekstda konkretlashadi. Ya�ni, bu o�rinda shoirning �muhabbat osmoni� � yurt ozodligi uchun kurash yo�lini yoritib turgan yulduzni yerga botirgan �quyosh� � oktyabr inqilobiga munosabati o�z ifodasini topgan. Fikrimizni quvvatlantirish uchun Cho�lponning �Men qochmadim� nomli she�riga to�xtalib o�tish joiz. Muhimi shundaki, mazkur she�r �Yo�l esdaligi� bilan deyarli bir vaqtda yozilgandir. Ikkinchi tomondan, �Men qochmadim� she�ri noma(poslanie) janriga mansub bo�lib, unda shoir o�zining Buxoroga jo�nashini qaynoq ijtimoiy hayotdan qochish deb baholagan �Toshkentdagi o�rtoqlariga� murojaat qiladi. Tabiiyki, bu o�rinda eskidan aloqada bo�lgan kishilar orasida �muloqot konteksti� mavjudligini nazarda tutmoq lozim bo�ladi. Ya�ni, bu o�rinda shoirning fikrini ishora bilangina ifodalash imkoniyati kengayadi. Shu jihatdan quyidagi satrlarga e�tiborni tortamiz:

Men yangilar o�lkasidan sinmagan

Bir qanotni taqib olib qo�zg�aldim:

Shu yo�limda yaproqlari so�lmagan

�Yosh yog�och�ning soyasida to�xtaldim.

Albatta, Cho�lpon �yangilar o�lkasi� deganida qizil Turkistonni nazarda tutgani yaqqol anglashiladiki, u yerda shoirning bir qanoti singan. Shu bois ham �tilakni izlayotgan� shoir yana �yo�l�ga chiqib, �yosh yog�och� Buxoro jumhuriyati soyasida to�xtalgan. E�tiborli jihati shuki, Cho�lpon �yosh yog�och�ning yaproqlari so�lmaganligini ayricha ta�kidlaydi. Ya�ni, �yosh yog�och� bilan �yangilar o�lkasi� qarshi qo�yilayottani e�tiborga olinsa, keyingisining yaproqlari so�lgan, uni �qizdirg�uchi quyosh� so�ldirgan degan ma�no kelib chiqadi. Baski, shoir u daraxt soyasida qizdirguchi quyosh taftidan omon topolmaydi, undan qutulish uchun �yosh yog�och�ning soyasiga kelgan. Demak, �Yo�l esdaligi�da ko�rganimiz �qizdirguchi quyosh� ramzini ham shu yo�sin tushunilgani to�g�riroq bo�ladi. Zero, hukumat gazetasi muharriri vazifasida ishlagan Cho�lponning Buxoro hukumati bolsheviklarga yaqinlashib, keyingilarning mavqei kuchaya boshlaganida muharrirlikni tark etgani ham shu fikrni quvvatlaydi. �Qizdirguchi quyosh� va �qora bulut�larning yo�qligi sayyoh umidini kuchaytiradi, safarnomaning hissiy tonalligi o�zgaradi. Endi uning markazida sayyoh-oshiq turadiki, uning xayolini ma�shuqa vasligina band etgan. Tevarak-atrofiga oshiqona boqqani uchun ham u har neda �yor� aksini ko�radi, har ne unga �yor�ni eslatadi. Aytish kerakki, bu o�rinda ham tasavvuf she�riyatining muayyan ta�siri seziladi. Sayyoh ruhiyatida umidvorlik kuchayishi sababli ham �otsiz aroba�lari uchib borayotgandek tuyuladi unga, ko�z oldida �uchmoh manzarasi� namoyon bo�ladi:

�Qizil lolalardan birikkan tengiz keng edi.

Butun borlig�imni o�ziga o�rab, chulg�ab tortar edi.

Qizil tengiz � sevgi.

Uning menim sevgi yo�limda uchrashi sevgimning

umidli, sof, oppoq ekanligini ko�rsatar edi�.

Ko�ramizki, bu o�rinda Cho�lpon ramzning ma�nosiga o�ziyoq ishora qiladi: uning uchun �qizil tengiz � sevgi�. Aytish kerakki, Cho�lpon ijodiyotida dengiz goh o�zida beadad qudratni jam etgan isyonkor qalb, goh esa erk uchun kurash (�Po�rtana�, �O�tli suv�) ramzi sifatida talqin qilinadi. Adibning dengizni sevgi deb atashi bejiz emas: uning tushunishicha, yorga yetish uchun kurashning o�zi sevgi, adib o�tli ohlardan nari o�tmaydigan sevgini tan olmaydi, uning tasavvuridagi sevgi faollikni taqozo qiladi. Kurash � sevgining jozib bir o�ti borki, u yana sayyohning butun borlig�ini chulg�amoqchi bo�ladi. Yana deyishimizning boisi shuki, bundan yarim yillar ilgari u �Karashma dengizin ko�rdim, na nozlik to�lquni bordir, Halokat bo�lg�usin bilmay, qulochni katta otdim-ku�, deya nola chekkandi. Ya�ni, kurashda halokat topib �yo�lni yo�qotgan� chog�lari kurashchanlik ruhidan ayrilgan bo�lsa, endi yana o�sha ruh unga qaytayotir. Sayyoh dilida sevgi o�ti kuchaya boshlaganidan �bir bulbul bo�lsa edi-da, gul tengizining qizil to�lqunlariga qo�nub, ishqimning og�ir bir nag�masini sayrasa edi� deb orzulaydi. Ilgari, �Qalandar ishqi�da shoir �uning gulzorida bulbul o�qib qon ayladi bag�rim� deya ko�zidan yoshlar to�kkan bo�lsa, endi bulbul nag�masi kurash ruhini ishqqa to�yintirish, uni quvvatlantirish uchun zarur. Ko�ramizki, Cho�lpon ijodiyoti kontekstida �Yo�l esdaligi�ning bu qismi �Qalandar ishqi� bilan kontrastli munosabatga kirishadi.

Qalbi ishq bilan to�lgan Cho�lpon-sayyohning ko�zi tushganki narsa uning yurti, ma�shuqasi haqidagi o�ylarini chuqurlashtiradi. Zero, ko�rayotganlarining mohiyati vijdonli kishini shunga undamasligi ham mumkin emasdek. Sayyoh �vafo ko�rmagan oshiqning ko�ngliday buzg�unlikka uchragan Jizzax shahri�dan chiqib, tog� tomon yo�l solganlarini aytadi. Shu qisqagina jumla bilan Cho�lpon xos o�quvchisini yaqin o�tmishga, 1916 yil voqealariga qaytaradi. Erk uchun kurashning avvalgi safida turgan Jizzaxning chor qo�shinlari tomonidan vayron etilganiyu erkning hanuz orzuligicha qolayotgani adibga yuqoridagicha ramziy tashbeh qo�llash imkonini beradi. Cho�lpon talqinidagi yurt makoniy tushunchagina emas, balki his qila biladigan mavjudlik ekanligini (�Buzilgan o�lkaga�) yuqorida ta�kidladik. Shu bois ham adib Jizzax timsolida vafosiz sevgidan yuragi sadpora oshiqni ko�radi, unga o�zini hamdard, dardiga malham izlashlikni burchi deb biladi, o�quvchisining-da shu xil o�ylashini istaydi. Yuqoridagi ramziy tashbehning yana bir muhim funktsiyasi shuki, u sayyoh ruhiyatidagi yana bir burilishni asoslashga xizmat qiladi. Vayrona shahar manzaralari qalbida og�riq uyg�otgan sayyoh Jizzaxdan chiqqach-da undan forig� bo�lolmaydi: u yurtining o�tmishi, tarixiy qismati haqida o�ylaydi: �Bir sharq shoiri �Tog�lar, go�zal yurtimni saqlag�uchi devorlar kabi�, degan edi, men esam:

Yuksak tog�lar menim ba�zan aldag�on

Xayolimday yuksaklarga o�smishlar.

Xayolimni haqiqatlar to�smishdi,

Biroq tog�ning yuksalishini qanday

kuchlar to�smishlar?- dedim...�

Ko�ramizki, Cho�lponni tog�larning nega yuksala olmaganiyu yurtini asoratdan saqlab qololmagani o�ylatadi. Sirasi, adib hanuz na ko�nglidan va na tabiatdan javob ololmayotgan bu savollarni ilk ijodidayoq o�rtaga tashlagandi. Yurtidan chiqib ketayotgan Muhammadiyorning �Ey, Chingiz va Temur askarlarini ko�rgan qop-qora tog�lar! Ey, vatanim Turkistonning eski davrini ko�rgan tog� bobolar!� deya xitob qilishi, keyinroq she�rlaridan birida lirik qahramonning �yovlarning el ko�ksida ishrat surishi�ga olib kelgan �otalarning tarixdagi xatosin� surishtirib suhbatdoshi yorug� yulduzni savollarga ko�mib tashlashi (�Yorug� yulduzga�) ham yuqoridagicha savollar Cho�lponni anchadan beri o�ylatishidan dalolatdir. Mazkur bobning �Tog�lar va ularning go�zallik va hunukliklari� deb nomlanishida ham chuqur ma�no botindir. Sayyoh e�tirof etadiki, �yiroqdan chiroylik bo�lib ko�ringan va kichkinagina deb o�ylangan tog�lar yaqin yetgach dev gavdasiday kengaygan, vahmimday o�sgan edi�. Cho�lpon yurtining o�tmishiga mardona nazar tashlagani uchun ham uni butun go�zalligiyu buyukligi, dahshatu xunukliklari bilan ko�ra oladi. Ya�ni, adib har vaqt tarix haqida o�ylarkan, yurtining buyuk o�tmishi bilan faxrlangani holda (�Sharq nuri�), uning �so�ng davri� shon-shavkatdan nechog�li mosuvo(�Yorug� yulduzga�) ekanligini ham teran idrok eta oladigan darajada xolis tura biladi. Shu tufayli ham u ko�rgan buyuk cho�qqilar tepasida �olbosti�lar o�tirgandek tuyuladi; har lahza qurbon istab uchib yurgan �qora lochin, uziqara sor va yirtqich cho�zaxot�larni ko�rib yuragi seskanadi uning, dahshatga tushadi. Biroq shunisi ma�lumki, o�tmishga bu xil munosabat kelajak oldidagi ulkan mas�uliyat hissini tug�diradi: sayyoh-oshiqning muhabbati havas yoxud mutaassiblarcha berilish emas � anglangan ijtimoiy-shaxsiy zaruratdir. Mas�ullikni teran his qilgani uchun ham sayyoh-oshiq aldanishdan kelgan iztiroblarni, og�ir o�ylaru lahzalik qo�rquvni yengib, yana ma�shuqa xayoliga berilaveradi. Cho�lpon-sayyoh ruhiyatidagi shu xil burilish kapalak obrazi vositasida ifodalanadi. Erk oshig�i sayyoh bilan gul oshig�i kapalakni bir xil dard birlashtiradi, ikkisi oshiqlar tilida so�zlashadilarki, bunda qalblar tutashadi. Kapalak so�ylagan ishq ertagi sayyoh dilida vasl ishtiyoqini yanada kuchaytiradiki, u ham o�zining �qizil lola�sini o�ylaydi. Albatta, sayyoh uchun kapalak visol baxtining mujassam ifodasi. Biroq, o�ylashimizcha, kapalak obrazining mazmun-mohiyati shu bilangina cheklanmaydiki, bunga quyiroqda yana qaytamiz.

Vujudi ishqqa to�lgan sayyoh Zarafshonni quyoshga oshiq tog� ko�z yoshlaridan yaralgan, deb ta�riflaydi. Ayni paytda, ko�z yoshlarining o�zlari ham zo�r dengizga oshiqlar, biroq faqat �ulardan baxtli bo�lg�onlari tengizning quchog�iga tushalar, baxtsizlari dalalarda yerga singib yo�q bo�lub ketarlar�. Zarafshon haqidagi bu nav o�ylar Cho�lpon-sayyoh mushohadalarini yana bir muhim masalaga taqaydilar:

�Men-da qochqon ma�shuqamni quvib boraman, yetayinmi, quchog�iga kirayinmi yo yerga, yo�qliqg�a singib bitayinmi?

Ko�kdagi bulut, oq bulut parchalari ustida qizil lolalar ochilg�on edi.

Qizil lolalarning qizil tuslari kun botish yoqda ko�k yuziga sochilg�onlar edi�.

Bir qarashdayoq sayyoh qarshisida tanlov imkoniyati paydo bulgani anglashiladiki, avvalo, uning qanday sharoitda yuzaga kelganiga diqqat qilish lozim. Ilgariroq yuritgan mulohazalarimizdan kelib chiqilsa, safarnoma kontekstida �qizil lola� ma�shuqa, �qizillik� kurash ramzi sifatida kelayotgani ravshan. Sayyoh qizil lolalarning �qizil tuslari� kun botish tomonda yoyilganini aytadi. Agar safar yo�nalishini, sayyohning ayni patda Zarafshondan endigina o�tganini e�tiborga olsak, kun botish tomonda Buxoro joylashgani ham aniq bo�ladi. Demak, tanlov imkoniyati sayyoh Buxoroga yaqinlashganida paydo bo�ladiki, bu bevosita uni Buxoroga chorlagan maqsad bilan bog�liqdir. E�tibor berilsa, shu o�rinda sayyoh diliga yana ozmi-ko�pmi umidsizlik soya solganini sezish qiyin emas. Biroq, o�ylashimizcha, bu umidsizlik avvalgilaridan birmuncha farq qiladi, chunki u sayyoh dilida insonga xos ojizlikning vaqtincha ustunligi mahsulidir. Zero, butun borlig�ini kurashga bag�ishlagan sayyohni ayni damda �kurashning natijasini MYeN ko�ra olamanmi, yo�qmi? O�zim uchun ham yashashim kerak-ku!� qabidagi andishalar chulg�aydi. Ya�ni, �o�zlik�dan ko�pdan beri uzilib, �ko�plik� ichra botib ketgan�(�Men qochmadim�) Cho�lpon ruhiyatida bu lahzalarda �o�zlik� bosh ko�taradi. Inson bolasining, ayniqsa, Cho�lpondek bir necha yillik orzu-intilishlarida �yolg�iz aldanishni ko�rgan bir banda�(�Yupanmoq istagi�)ning yana qaynoq faoliyatga sho�ng�ish arafasida shu xil o�ylarga berilishi tabiiy ko�rinadi bizga. Ikkinchi tomondan, ayni shu xil o�z qalbini taftish etish, meditativ mushohadaga berilishlik lirik turning xos xususiyatlaridanki, bu narsa �Yo�l esdaligi�ning janr xususiyatlari haqida ilgari aytgan fikrlarimizni tasdiqlaydi.

Cho�lpon-sayyoh dilidagi chigalliklar yechimini yana tabiatdan izlaydi, uning ruhida kechgan ziddiyatli olishuvda umidning uzil-kesil g�alaba qilgani botayotgan quyoshga boqib surgan o�ylarida o�z ifodasini topadi:

�Menim umidim ham shu quyosh kabimi botar?

Meni sevgim ham shu quyosh kabimi bitar?

Qo�rqamen...

Yo�q, bu quyosh bugun botar, yana ertaga bosh ko�tarib chiqar.

Biroq dunyo shu dunyo, tabiat shu tabiat,

borliq shu borliqdir.

Menim umidim ham shu chog�da quyosh bilan birgami botar?

Yo�q, ul ba�zan botar, uning ham shunday kechi bor,

yana tongi kelgach bosh ko�tarib chiqar.

Biroq sevgi o�shal sevgi, ishq shul ishq,

muhabbat shul muhabbat, ul manguga botmas!�

O�zining hayotiy tajribasiga tayanib, qalb tug�yonlariga quloq tutgan holda lirik-falsafiy mushohadaga berilgan Cho�lpon dil tubida botin beshak haqiqatni inkishof etadi: umid mash�aladek porillab yonishi yoxud so�nishi mumkin, lekin �sevgi� � yurt ozodligi, erkinlik istagi boqiydir. Shu bois ham u yurtining qachondir bir kun ozod bo�lishiga ishonadi, o�zgalarni-da shunga ishontirishga intiladi. Ayni shu ishonch tufayli ham sayyoh: �Menim sevgim ham qalbimda qizg�aldoq lola bo�lub ochilmish, tanamga qizg�ish tuslarini tarqata boshlamish edi�,- deya e�tirof etadi. Shu o�rinda sayyoh yana �kapalak bilan lolaning birlashgani�ni esga soladiki, mazkur obrazning mazmun-mohiyati oydinlashadi. Kapalak qisqagina umri hali zamon tugashini bilgani holda gul ishqi bilan yashaydi, uning uchun oshiqlikning o�zi baxt, zero, sevgi uning uchun hayot mazmuni, uning uchun gul ishqida yonib yashashgina hayotdir. Sayyoh dilidagi chigalliklarni yozishda shu jajji maxluqdan ibrat olganidek, uni o�zgalar uchun-da ibrat qilib ko�rsatmoqchi bo�ladi.

E�tiborli jihati shundaki, safarnomaning so�nggi bobi �Chin birlik� deb nomlanadi: ma�shuqa vaslini izlab yulga chiqqan oshiq unga yetishadi, ikkisi chin ma�nodagi birlikni his etadilar. Kuramizki, �Yo�l esdaligi�ni yaratishda Cho�lponning tasavvuf adabiyotidan ta�sirlanishi nafaqat unda ishlatilayotgan ramzlar, balki asarning kompozitsion qurilishida ham yaqqol ko�zga tashlanadi. Biroq, yuqorida aytdikki, Cho�lpon-sayyoh uchun real yo�l emas, erksevar ruhning ruhiyat manzillarida turli sinovlarga dosh berib, har ne o�zga tashvishlardan forig� bo�lishi, tozarishi muhimroqdir. Ya�ni, sayyoh oshiqning �chin birlik�ka erishuvi, �sevgi�siga tamom singib ketgani adibning ruhiyatini kemirgan tushkunlikni yengib Buxoroga kelishiyu butun kuch-quvvatini ma�shuqasi � yurt ozodligi uchun kurashga safarbar etishning ramzidir.

Cho�lponning Buxorodagi harakatlarga katta umid bog�lagani �Men qochmadim� nomli she�rida, uning �tilak yulduzi�dan ko�z uzmayman degan e�tirofida yanada yaqqol ko�zga tashlanadi. To�g�ri, bu yulduzni goh-goh �qora bulut� qoplaydi, shunday bo�lsa-da �yana uning yuzi ko�rinib, ko�zlarimni qamashtirib qo�yadir� deb yozadi shoir. Ko�rinadiki, Buxoroga kelganidan keyingi dastlabki vaqtlarda Cho�lpondagi umidvorlik hissi ancha yuksalgan. She�rning yakunidagi �Men tilakni izlayman, Qanot kuchlik, borgan sari tezlayman!� degan so�zlar ham shundan darak beradi.

Tabiiyki, Cho�lpon o�zi shunchalar katta umid bog�lagan Buxoro jumhuriyatining asoslarini mustahkamlash yo�lida ham muharrir, ham publitsist sifatida astoydil harakat qildi. Uning maqolalari ko�proq oddiy xalqning siyosiy ongini o�stirish, jumhuriyatning mohiyatiyu afzalliklarini unga anglatish, davlatni boshqarishda xalqning roli va ta�sirini oshirish maqsadlariga qaratildi. Jumladan, �Hukumat qurultoyi� nomli maqolani olib ko�raylik. Cho�lpon yozadi: �Yosh jumhuriyatimizning ismi �Xalq Sho�rolar Jumhuriyati�dir. Bu ism uch muhim va ulug� so�zdan murakkabdir: �xalq�, �sho�ro�, �jumhuriyat�! Mana shu uch ulug� so�zni bizga tafsir etguvchi narsa oldimizdagi qurultoydir. Bu qurultoyda �xalq�(massa)ning �jumhur�i, ya�ni aksariyati tarafidan yuborilg�on vakillar �sho�ro�, ya�ni mashvarat qilib mamlakatimizning asosiy qonunlarini, shakl idorasini muzokara va hal qilurlar�.

Keltirilgan parchaning o�ziyoq Cho�lpon sodda tilda yozishga, har bir masalani ikir-chikirigacha mufassal tushuntirishga intilganini ko�rsatadiki, bu narsa yuqoridagicha maqsadlar bilan izohlanishi mumkin. Muallif xalqni qurultoy vakillarini saylashga jiddiy ahamiyat bilan qarashga chaqiradi, chunki: �Xalqning tinchligi bilan tinchsizligi, Vatanning saodati bilan falokati, hukumatning intizomi bilan buzuqligi shul qurultoy natijasida muqarrar bo�lur�. Aytish kerakki, Cho�lpon bu gaplarni mavhum �jumhuriyat� tushunchasining mazmun-mohiyatidan kelib chiqibgina aytmadi, yo�q. U xalqning faollashuvi, yosh jumhuriyat atrofida jipslashishi nechog�li muhimligini o�zining hayotiy tajribasida ko�rib anglagan edi. Turkistondagi milliy ozodlik harakati ommaviy tus olmagani uchun ham avj ololmayotganini bilgan, Buxoro jumhuriyatini keng omma astoydil qo�llamasa, zarur bo�lsa uni qo�lda qurol bilan himoya qilishga shay turmasa, uzoqqa borolmasligiga ko�zi yetgan Cho�lpon o�zining eng mashhur asarlaridan sanalmish �Xalq� she�rini shu yerda yozgani ham bejiz emas. She�rning so�nggi bandida muallif hukumatdagi vakillarga, o�zining maslakdoshlariga xitoban:

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!�

deb yozadi. She�rning qurilishi � avvaliga xalqning beqiyos qudrati ta�rif etilishiyu oxirida yuqoridagicha chaqiriqning yangrashi Cho�lponning maqsadi xalq sha�niga madhiya aytish bo�lmaganini ko�rsatadi. Shoir ta�riflagan kuch-qudratga ega bo�lishi uchun xalqning qo�zg�alishi (�Xalq qo�zg�alsa kuch yo�qdurkim, to�xtatsun...�) taqozo qilinadi. Shu bois ham muallif xalq ichiga borishga, uning qudratini o�ziga anglatib, unga tayanishga chaqiradi. Cho�lpon hissiyot kishisi, shu bois ham osmon qadar orzu-umidlar qo�ynida yashaydi, ularga yetish uchun mavjud imkoniyatlarni qo�pincha hissiy mushohada etadi, ularga juda katta umid bog�laydi. Biroq qator-qator aldanishlar natijasida u maqsadga yetishish oson emasligini, bu yo�lda hali ko�p mashaqqatli dovonlar borligini tobora teran idrok etib boradi.

Shoirning 1921 yil oxirlarida yozilgan �Yurt yo�li� she�rida shunga dalolat qiluvchi satrlar bor:

Uzoq... og�ir yo�lga chiqqan yo�lchimen,

Bu yo�llarda qilog�uzim yulduzdir.

Men yurtimning pok istakli kuchimen,

U yulduzning tugalishi kunduzdir.

Ko�ramizki, �uzoq� so�zidan keyin ishlatilayotgan ko�p nuqta sifatning darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ayni paytda, lirik qahramon yo�lning uzoq va og�irligini anglagani holda undan qaytish fikridan yiroq, chunki yo�l nihoyasida yorug� kunlar kelishiga imoni komil. O�zini �yurtning pok istakli kuchi� deb hisoblagan shoir tomirlarida kechmishlarning qoni gupurayotganiyu bilaklariga kuch to�lib borayotganini his qiladi, ayni paytda, �oyoqlari tolgani�ni ham yo�lakay e�tirof etadi. Qiziq, nega endi she�r nihoyasida ham yo�ldan qaytmasligini yana qayta ta�kidlayotgan Cho�lpon �oyoqlari tolgani�ni aytadi? O�ylashimizcha, mazkur savolga shu davrda yozilgan she�rlar qatidan javob topishimiz mumkin. Butun vujudi bilan ishga sho�ng�igan Cho�lpon 1921 yil oxirlarida xastalanib, yangi yilning boshlarini kasalxonada o�tkazgan. To�plamlardan joy olgan to�rtta she�rning kasalxonada yozilgani qayd etilganki, ularning sanalariga diqqat qilinsa, shoirning 1922 yil yanvar oyi boshlaridan fevralning o�rtalarigacha davolangani anglashiladi. Aytish kerakki, xastalik davrida yozilgan she�rlarda biroz tushkunlik asarlari zuhur qiladi. Albatta, bunda kasallikning ham ma�lum ta�siri bor, biroq tushkunlikni shuning o�zi bilangina izohlash kamlik qiladigandek ko�rinadi. Tushkunlik kayfiyati, ayniqsa:

Og�riq oldi, qayg�i oldi, zor oldi,

So�nik ko�zli, bag�ri ezik yor qoldi,�

satrlari bilan boshlanuvchi �Yotoqdan� nomli she�rda bo�rtibroq ko�zga tashlanadi. She�rdagi �Oq deb, pok deb yurganlarda dil buzuq� degan satr, fikrimizcha, ayricha e�tiborga moliqdir. Yurt ozodligini �yor�, unga intiluvchini �oshiq� deb bilgan shoir yorga yetishmoq uchun oshiq dilining boshqa har narsadan forig� bo�lishini, oshiq kerak bo�lsa o�zligidan-da kechishi lozimligini shart qilib qo�yadi. Ehtimol shuning uchundirki, shoir �men yurtimning pok istakli kuchimen� deya faxr etadi. Shu xil e�tiqod bilan yashagan Cho�lpon, baxtga qarshi, Buxoro hukumatidagi shaxslarda, o�zining jadid birodarlarining barida ham hamma vaqt pok niyatni ko�rolmay qoladi. O�sha paytda Buxoroda bo�lgan A.Z.Validiy hukumatdagi yetakchi shaxslar haqida to�xtalib: �Oralarida qarama-qarshiliklar bo�ldi. Avvalo Fayzulla bilan Abdulqodir orasidagi ziddiyat millionerlar orasidagi eski o�zaro kelishmovchilik asorati bo�lsa kerak. Keyinroq bu kelishmovchilik kuchayib, kengayib ketdi. Bundan qizillar foydalandi�1,- deb yozgan edi. Tabiiyki, hukumat gazetasi muharriri bo�lib turgan Cho�lpon bu kelishmovchiliklardan bevosita yoki bilvosita xabardor bo�lib turgan. Shoir ulug� maqsad yulida shaxsiy manfaatning, shaxsiyatparastligu eski gina-kuduratlarning nechog�li katta g�ov bo�lishi mumkinligini chuqur his qilib o�rtangan, �dili buzuq� birodarlaridan noligan. Bu kelishmovchiliklarning shoir ruhiyatiga qattiq ta�sir qilgani she�rning so�nggi satrlarida ochiqroq ko�zga tashlanadi:

Alam oldi, firoq oldi, qon oldi,

Amal qoldi... Ko�zi yoshli jon qoldi.

E�tibor qilinsa, �amal qoldi...� deya ko�p nuqta qo�yayotgan shoir dili buzuqlar tufayli eski maqsadning aro yo�lda qolayotganini iztirob bilan ta�kidlayotganini, shu bois ham ko�zi yoshli ekanini anglash qiyin emas.

Cho�lponning �Buxoro axbori�da atigi olti oygina muharrirlik qilgani ham, avvalo, uning yosh jumhuriyatga bog�lagan umidlari yuqoridagicha sabablarga ko�ra susaygani bilan izohlanishi mumkin. Biroq, fikrimizcha, buning birmuncha jiddiyroq sabablari ham bo�lgan. Cho�lpon gazetaning 1921 yil 3 noyabr sonida �Tarixdan� nomli she�rini e�lon qilganki, bu she�r shunday o�ylashimizga asos beradi. She�rning ilk satrlariyoq Cho�lponning yuz berayotgan voqealarga munosabatini oshkor etadi:

Qorong�i kech... Ko�k yuzida yulduzlarmi otilg�on?

Yo�qsa elning baxtimidir �ko�lanka�ga sotilg�on?

Cho�lpon Buxoro jumxuriyatining sovetlarga yaqinlashuvini, kommunistlar firqasi olib borayotgan siyosatni �el baxtini sotmoq� deya baholaydiki, shu tufayli ham bu yerga kelganidan beri xayol ko�kida porlagan yulduzi so�ngan, bunda ham �qorong�i kech� hukmronligi boshlangan. Ruhiyati yaqinligidan bo�lsa kerak, mazkur she�r ko�p jihatdan �Buzilgan o�lkaga�ni yodga soladi:

Uzoq yo�lning ozg�in, kuchsiz yo�lovchisi daraksiz,

Nima uchun bu yo�llarda oy yog�dusi keraksiz?

Nima uchun to�fonlarni qonatg�uchi olov yo�q?

Nima uchun el sopqoni topa olmas kuchli o�q?

Nima uchun shuncha jonlar hur o�lkada �ozod� qul?

Nima uchun yo�lchilarga ko�rsatilmas to�g�ri yo�l?...

Qizig�i shundaki, Cho�lpon �Xalq� she�rini yozganiga to�rt oy to�lmay turib �hur o�lkada �ozod� qul� bo�lib yashayotgan, sopqoniga �kuchli o�q� topishdan ojiz el haqida yozadi. O�z qarashlariga muvofiq holda, shoir buni xalq boshida turganlarning to�g�ri yo�l ko�rsatishga ojizligi bilan izohlaydi. Buxoro jumhuriyati mustaqilligining nomigagina bo�lib qolgani, �uzoq yo�l� � Turkiston mustaqilligi yo�lovchilarining daraksiz ketgani Cho�lponni hammasidan ortiq achintiradi. Xuddi shu ijtimoiy-siyosiy sharoitda, bir oy mo�lroq o�tgach, Cho�lpon kasalxonaga yotadi va shu ko�yi gazetadagi faoliyatini ham to�xtatadiki, buning tub sabablari she�rning so�nggi misralarida o�z ifodasini topgan:

Bu yaramas!� deya og�zim ochilmasdan bir buyruq:

�Mundog� achchiq fig�onlarga bu o�lkada luzum yo�q!�

Qorongi kech... Ko�k yuzida yulduzlarmi otilg�on?

Yo�qsa menim �ohlarim�mi bo�g�izimda tutilg�on.

Ko�ramizki, Cho�lponning �Buxoro axbori�dan ketishi, birinchi navbatda, so�z erkinligiga tajovuz qilina boshlagani bilan bog�liqdir. Bunday siqiq sharoitda gazetada ishlashidan na istiqlol maqsadiga va na xalqi uchun biror naf ko�rmagan shoir muharrirlikdan ketgan ko�rinadiki, uning fidoyiligidan yana bir bora shohidlik berayottan mazkur fakt ko�pchilik uchun ma�naviy saboq bo�lsa arzigulikdir.

Cho�lpon 1922 yil mart oyida Toshkentga kelib, bir-ikki Buxoro safarida bo�lganini aytmasak, bir yildan ziyodroq shu yerda ishladi. Avvaliga, tabiiyki, shoir ruhiyatida Buxoro taassurotlarining ta�siri kuchli bo�lib turadi. Uning mart oyida Toshkentda yozilgan �Shu kunda� nomli she�rida:

Istagingga yetar ekan qanotlaring sindimi,

ey ko�nglimning bulbuli?

Senga qarshi kulib turgan go�zal chechak tindimi,

tashladimi bir yo�li?�

degan satrlarining uchrashi ham shundan. Biroq Cho�lpon ruhiy faoliyat kishisi bo�lganligidan o�zining orzu-umidlaridan ayro yashay olmaydi. Zero, u o�zi ko�ngil bergan �yor� � yurt ozodligini �unutmoq uchun sevmagan�: �Ko�ngilga yoshlikdan o�zlashgan qayg�i to go�rga kirguncha tashlaya olmas�,- deb yozadi shoir �Javob� nomli she�rida. Shoirning g�amboda ko�ngli o�ziga yupanch izlaydi, biroq bu yupanch uning orzu-umidlarini unuttirishi emas, aksincha, umid yulduzini yanada charog�on etishi lozim. Shu bois ham �Yupanmoq istagi� she�ridagi:

Turmushda, xayolda... har bir narsada

Yolg�iz aldanishni ko�rgan bu banda

Borliqqa qarg�ishlar yog�dirgan banda,

Balki yupatgusi u achchiq so�zlar?�

qabilidagi iztirobli o�ylar adog�ida Cho�lpon:

O�ylagan o�ylarga ko�ngil yupanmas

Ko�ngilning istagi o�y bilan qonmas,

Aytarlar bu tunda yorug� sham yonmas,

Chaqmasa gugurtni asl o�g�illar... �

degan xulosaga keladi. Shoir hamon yurt ozodligi uchun zo�r kurashning qo�zg�alishiga, Turonzaminda �asl o�g�illar� yitib ketmaganiga ishonadi, ishongisi keladi. Shoir ruhiyatidagi shu xil ishonch �Qo�zg�alish� she�rining butun mazmun-mundarijasiga singdirib yuborilgan. She�rning lirik qahramoni o�zini va millatini haqir ko�rgan, to qiyomatga qadar o�z qo�lida qullikda ushlab turishni istagan �xo�jalar�ga qarata �Kishanlaring zang bosgandur, sergak bo�lkim uzilur!� deya xitob qiladi, chunki �bog�liq qulning bosh ko�targan kuch� ekaniga ishonadi. She�rdagi qat�iyat, keskinlik �Kurash�dagidan aslo kam emas: �Yo bitarman yoki sening saltanating buzilur!�

Toshkentda ekanida Cho�lpon jurnalistika sohasida, ayniqsa, barakali ijod qildi. U o�zining eski aqidalariga sodiq qolgan holda yangi hukumat maorif, madaniyat sohasida olib borayotgan ishlarni qo�llab-quvvatladi, bu boradagi kamchiliklarga murosasiz munosabatda bo�ldi. Shunga qaramay, Cho�lponning bu davrdagi jurnalistik ijodida Sharq mavzusi yetakchi o�rin tutdi. Adib Sharq mamlakatlaridagi milliy ozodlik harakatlarini, G�arb fotihlarining ularni daf etish yo�lidagi xunrezliklariyu siyosiy hiyla-nayranglarini yoritish orqali o�quvchi omma ongiga ta�sir qilishni ko�zlagan edi, desak mubolag�a bo�lmaydi. Shu o�rinda fikrimizni asoslash uchun birmuncha orqaga qaytishimiz joiz. 1920 yilda Cho�lpon Fitratning Hindiston hayotidan olingani holda Turkiston dardlaridan bahs etuvchi �Chin sevish� pesasining sahna talqini haqidagi maqolasida: �Xalqimiz buyuk armonli, sof adabiy narsalarga ham tushunib keladir. Bu o�zbek sahnasining zo�r yengishi, bundan foydalanuv kerak�,� degan xulosaga kelgan edi. Aytmoqchimizki, adib Sharq mavzusi haqida yozarkan, ziyrak gazetxonning satrlar orasidagi �buyuk armon�ni ilg�ay olishiga umid qilgan.

�Yunonistondagi o�zgarish� nomli maqolasida Cho�lpon bu mamlakatda sodir etilmish saroy to�ntarishining mohiyatini ochib beradi: �masala Vanadilus bilan Konstantinning o�rtasida emas, Angliya bilan Frantsiya o�rtasidadir�. Katta siyosat maydonidagi bu xil hiyla-nayranglarga yaxshi tushunib qolgan muallif o�zlarining maqsadlari yo�lida o�zga xalqlaru mamlakatlar manfaatlarini mensimaydigan davlatlarga, �buyuk davlatchilik� siyosatiga nafratini ifodalaydi. Cho�lponning shu yillarda yozilgan qator maqolalarida Yunonistonni vosita qilgan holda Turkiyaning mustaqilligiga tahdid bo�layotganidan xavotirlanish hissi sezilib turadi. Tabiiyki, mazkur sharoitda muallif Yunonistonga xayrixoh bo�lolmaydi, ayni paytda, buning chuqurroq sabablari ham bor: �Yunonistonda qanday hukumat bo�lmasin, kimgina ish boshiga kelmasin, �Ulug� Yunoniston� mafkurasi butkul ko�milmas. Buning uchun tublik o�zgarish � miya o�zgarishi kerakdir. Boshqa ellarga ham o�z erklari bilan o�z tuproqlarida tinch yashamoq huquqini e�tirof qila olaturg�on hukumat lozimdir�. Aminmizki, Cho�lpon bu o�rinda sovetlar Rossiyasida hamon davom etayotgan �buyuk davlatchilik� siyosatini nazarda tutgan. Zero, Turkiston muxtoriyatining tugatilishi, Buxoro jumhuriyati mustaqilligiga rahna solinayotganiga guvoh bo�lgan Cho�lpon o�zgacha o�ylashi ham mumkin emasdek. O�quvchi esa uzoq Yunoniston tafsilotlarini yurtida bo�layotgan hodisalar bilan bemalol qiyoslash imkoniga ega, chunki u ham inqilobdan keyingi Turkiston sharoitida �buyuk davlatchilik� illatlarining �qanday hukumat bo�lmasin butkul qo�milmas�ligi, buning uchun �miya o�zgarishi� zarurligiga amin bo�lgan.

�Oktyabr inqilobi va Sharq dunyosi� nomli maqolasida Cho�lpon butun Sharq olamida boshlangan milliy ozodlik harakatlari haqida jo�shib yozadi. Muallif Sharq dunyosining o�tmishdagi zabun ahvolidan so�zlagach, oktyabr inqilobining kurashga, uyg�onishga chorlovchi bong bo�lganini, mazlumlar dilidagi qutulish umidi ortganini e�tirof etadi: �Oktyabr inqilobidan burun Sharq dunyosi asir edi, qul edi. Ham bu qullikdan qutulish umidini yuzdan to�qson to�qquz yo�qotgan edi.

Oktyabr inqilobidan keyin Sharq dunyosi uyg�ondi. Qutulish yo�llariga kirishdi, ham bir qismi bilfe�l qutuldi. Qolg�on qismi ham qutulish yo�liga yugurmakdadir. Qutulishning yorisi bo�lg�on qutulish umidi yuzda to�qson to�kqiz ortdi.

Yashasun Oktyabr inqilobi! Yashasun Sharq ozodligi!�

Ko�ramizki, Cho�lpon oktyabr inqilobi va Sharq ozodligini bir-biriga aloqadorlikda ko�radi, sirasi, uning inqilobga iliq munosabatda bo�lishi ham shundan. Biroq kishi diliga andisha soladigan o�rni �bir qismi bilfe�l qutuldi� deyilayotganidir. Nahotki Cho�lpon o�sha bir qism ichiga Turkistonni ham qo�shayotgan bo�lsa? O�ylashimizcha, yo�q. Cho�lpon �bir qism�ni atayin konkretlashtirmagan, aks holda, Turkistonni ham shu qatorda sanashiga to�g�ri kelur edi. Maqola yozilgan paytda esa xorijiy Sharq mamlakatlaridan Afg�onistongina mustaqillik e�lon qilgandi. Demak, �bir qism�ni sho�ro o�quvchisi o�zicha, Cho�lpon nazarda tutgan o�quvchi o�zicha anglashiga imkon bor edi. Fikrimizni dalillash uchun Cho�lponning shu maqola bilan deyarli bir vaqtda yozilgan �Kishan� she�riga murojaat qilishimiz mumkin. She�r nihoyasida shoir yozadi:

Kishan, gavdamdagi dog�ing hanuz ham bitgani yo�qdir,

Faqat butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!..

Modomiki, Cho�lpon �butkul qutulish� umidida yashayotgan ekan, demak, u yurtini ozod deb hisoblay olmaydi, bu fikrdan yiroq bo�lgani holda sho�ro matbuotida o�z qarashlarini yo�li bilan ifodalaydi.

Ilgari aytganimizdek, Cho�lponning 20-yillar ijodida she�riy yo�lda yozilgan publitsistik asarlar ham talaygina. Shulardan bittasi, 1922 yil oxirida yozilgan �Istiqlol� she�ri Cho�lpon sho�ro matbuotida e�lon qilgan asarlar ko�p hollarda tagma�no kasb etishi haqidagi fikrlarimizni yanada mustahkamlaydi: O�zining keskin tanqidiy ruhi bilan mazkur she�r, dadil aytishimiz mumkinki, o�tkir siyosiy pamflet darajasiga ko�tariladi. Shoir she�rga ingliz siyosatchisi Kerzonning �Turkiyaga biz istiqlol beramiz� degan gapini epigraf qilib oladi-da, boshdanoq ushbu siyosiy ikkiyuzlamachilik, nayrangni fosh etishga kirishadi:

Kirzo�n to�ra istiqlolni tarqatadur bemalol,

Shuning uchun bilmoq kerak: u qandog�i istiqlol.

Dastlabki satrlardayoq o�quvchi ko�z oldida Kirzo�n to�raning go�yo sochqi sochayotgandek �istiqlol� tarqatayotgan holatini tasvirlarkan, Cho�lpon o�zi uchun muqaddas tushunchani siyqalashtirayotganlarga, zamona zo�rlariga munosabatini yashirmaydi. Turkiyaga in�om etilmish istiqlolni tasvirlarkan, shoir o�quvchi ko�z oldida sadaqa etilgan istiqlol karikaturasini chizib beradi:

U shundoq bir istiqlolkim, Turkiyaga berilmish,

Uni olgan Turkiyani ko�ramizkim, hur bo�lmish:

Poytaxti Istambulga to�lib olgan angiliz,

Turk xalqidan u yerlarda na bir asar, na bir iz.

Sultonini qurchoq qilib o�lturg�izib qo�yganlar,

Qanotini sindirganlar, patlarini yulganlar.

Har harakat qilig�iga qorovullar qo�yganlar,

Biroz erkin tushunganning ko�zlarini o�yganlar...

E�tibor bering-a, Cho�lpon o�zini xuddi voqea-hodisalarning jonli guvohidek tutmayaptimi? Shunaqaga o�xshaydi, biroq buning hech bir ajablanarli joyi yo�q. Zero, yurt boshidagi �sulton�ning pati yulinganiyu har bir harakatiga qorovul qo�yilgani, erkin fikrlovchilarning quvg�in qilinishi, eng muqaddas joylarning toptalishi � bular bari Turkiyaninggina emas, ayni paytda Turkistonning ham dardlaridir. Bu xil umumiylik, ayniqsa, tubandagi satrlarda yanada yaqqolroq ko�zga tashlanadi:

Anato�li boshdan oyoq kuydirilgan, talangan,

Turk yurtida turklar uchun hech bir narsa qolmagan.

Turk yurtini turkdan saqlash angilizlar qo�lida,

Pulemyotlar, zambaraklar istiqlolning yo�lida...

Olis Turkiya haqida yozayotgan Cho�lpon �yiqilmagan, talanmagan uy�i qolmagan yurtini, uni haqiqiy egalaridan �himoya� qilish uchun o�zga hududlardan jalb etilgan qizil qo�shinni, istiqlol deya chiqqanlar yo�lida g�ov bo�lib turgan pulemyotu zambaraklarni bir lahza bo�lsin xayolidan nari etmaydi. In�om etilayotgan �istiqlol�ning neligini obdon anglatgach, Cho�lpon she�rini yana xitob bilan yakunlaydi:

Kirzo�n to�ram, biz bilamiz u qandog�i istiqlol,

Oladigan ahmoq bo�lsa, berabering bemalol!..

E�tibor berilsa, shoirnnng �biz� deyayotgani she�rning umumiy kontekstiga nomuvofiqligini sezishimiz mumkin. Zero, bunga qadar, garchi Cho�lpon o�zini go�yo voqealarning jonli guvohiday tutsa-da, til unsurlari chetdan kuzatuvchiga mos tarzda shakllantirilgan edi (�poytaxti�, ya�ni, uning poytaxti; �sultonini� � uning sultonini, �boshlarida� � uning boshlarida va boshq.). Fikrimizcha, Cho�lpon she�r nihoyasida �biz� tilidan gapirar ekan, bir tomondan, chin ma�nodagi istiqlol uchun kurashayotgan turk vatanparvarlarini, ikkinchi tomondan, hamon �butkul qutulish� umididan voz kechmagan o�zi va maslakdoshlarini nazarda tutadi.

Cho�lpon dilidagi umidvorlikni nechog�li quvvatlantirishga intilmasin, ruhiyatiga ilgariroq ingan umidsizlik kayfiyati 1922 yilda ham bot-bot bosh ko�tarib, ko�nglida iztirob qo�zg�ab turgan ko�rinadi. Shoir atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarni mushohada qilib, odamlardagi umumiy kayfiyatni o�rganib, o�zi ko�zlagan maqsadning tobora uzoqlashib borayotganini his qilgan, chog�i. Zero, bu vaqtda uch-to�rt yil davom etayotgan urush harakatlaridan sillasi qurigan aksariyat kishilarda �nima bo�lsa bo�lsinu, tinchlik qaror topsa bas� degan fikr muqimlashib qolayozgan edi. Cho�lpon shu xil umidsizlik, avvalo, o�z dilida g�imirlagan umidsizlik bilan olishib yashagandek:

Ko�ngil sen bunchalar nega

Kishanlar birla do�stlashding?

Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen buncha sustlashding?

Fikrimizcha, borgan sari avjlanayotgan umidsizlik hurujlariga zo�r bilan dosh berib turgan shoirning �Kishan kiyma, bo�yin egma, Ki sen ham hur tug�ilg�onsen� degan hayqirig�i nafaqat o�zgalarga, balki eng avval uning o�ziga, o�z ko�ngliga qaratilgandir. Zero, umidsizlikka bo�y bergisi kelmayotgan shoir beshak haqiqatni takrorlash bilan o�ksik ko�nglini ovutishni, unga ruhiy madad berishni istasa ne ajab?! Shu o�rinda Cho�lpon ruhiyatidagi umidsizlikni quvvatlantiruvchi yana bir omil haqida to�xtalib o�tish joiz. Shoirning o�z vaqtida e�lon qilinmasa-da, zamondoshlari xotirasida bizgacha yetib kelgan she�rlaridan biri Anvar poshshoning o�limi munosabati bilan yozilgan, deb hisoblanadi. Bizga bu she�rdan tubandagi parchagina ma�lum:

Eng so�nggi umidni qonga bo�yagan,

Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan?

Faryodim dunyoni bo�g�ib o�ldirsin,

Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin...

Agar mazkur satrlar chindan ham Anvar poshsho o�limi munosabati bilan yozilgan, desak, u holda Cho�lpon ruhiyatidagi umidsizlanish ildizlari biroz ochilgandek bo�ladi. Gap shundaki, yuqorida aytganimdek, Cho�lponning umidlarini yashnatgan omillardan biri milliy ozodlik harakati � bosmachilikning avj ola boshlagani edi. Ayni paytda, maslakdoshlari kabi Cho�lpon ham bu harakatni markazlashtirib, har biri o�z boshicha ish ko�rayotgan guruhlarning kuchlarini jamlagan holda yagona maqsadga yo�naltirilsagina undan naf tegishi mumkinligini teran idrok etgan. Chamasi Anvar poshsho timsolida Cho�lpon Turkistondagi milliy ozodlik harakatini birlashtirish yo�lidagi intilishlarga katta umid bog�lagan. Taassufki, shoirning bu umidlari �qonga bo�yalgan�idek, buyuk sarkardalar yetishgan Turonzaminda o�sha paytda mavjud kuchlarni birlashtira olgudek boshqa bir kuchli shaxs ham maydonga chiqmadi. Tabiiyki, bu narsa shoir dilidagi umidsizlik kayfiyatini kuchaytirdi. Shunga tayanib, Cho�lponning eng mahzun asarlaridan biri bo�lmish �Aldanish� she�ri ham, garchi yozilgan sanasi aniq ko�rsatilmagan bo�lsa-da, 1922 yilning avgustidan keyin yozilgan, deyishimiz mumkin. E�tiborli jihati shundaki, she�r sarlavhasini muallif ruscha �razocharovanie� so�zi bilan izohlagan, ya�ni, uni umidlaru ishonchning barbod bo�lishi ma�nosida tushunish kerakligiga ishora qilgan. Lirik qahramon �besh yillik yonish�lari nihoyasida ortiga o�girilib, �Ko�zimga ko�ringan sarobmi edi, Men shunga aldanib tog�larmi oshdim� deya o�yga toladi. Cho�lpon go�yo o�zining besh yillik umrini � 1917 yildan to she�r yozilgan davrgacha bo�lgan hayotini sarhisob etadi. Yo�q, shoir ko�ngli o�zi bor kuch-quvvatini bag�ishlagan, yetishiladigan kunlari yaqin deb o�ylagan maqsadni sarob deyishlikka osonlikcha ko�nmaydi:

Qo�limni tegizdim... Odam edi-ku,

Ko�zimda o�ynagan bir nur edi-ku,

Sezgim-da sog�, tetik, bardam edi-ku,

Bo�ynimga qo�l solgan bir hur edi-ku.

Darhaqiqat, Cho�lpon fevral inqilobidan keyingi yillarda tarix Turkistonning ozod bo�lishi uchun qulay imkoniyatlar yaratganiga dildan ishongan, shu bois ham yigit yoshidayoq ko�ngil bergani bo�lmish �yor�ni � yurt ozodligini �ilohiy muhabbat, ishq bilan sevgan�di. Biroq besh yillik sa�y-harakatlar, �yonish-kuyishlar� zoega ketganida shoir:

Oh, endi bildimkim, barchasi xayol,

Barchasi bir totli, rohat tush ekan.

Ket, yo�qol ko�zimdan, haqiqat, yo�qol,

Bag�rimga botmoqda og�uli tikan,�

deya nola chekadi. Ko�ramizki, sarlavha ostida berilgan izohning mohiyati ayni shu satrlarda ochiladi. Shoir shu choqqacha ko�nglida ardoqlab kelgan ishonchu umidlarining bor yo�g�i xayol, rohat tush bo�lib chiqqanini e�tirof etishga majbur. Shu bois ham mavjud haqiqatni ko�rishni, uni tan olishni istamaydi. Ayonki, haqiqatni tan olishni istamaslik ko�ngilning �sevgi�yu umidlarni butkul so�nishdan saqlash ilinjidagi ojiz isyonidir. Biroq ilgarilari bu narsa shoir uchun birmuncha oson kechgan bo�lsa, endi ko�z oldida turgan haqiqatni �quvish� tobora qiyinlashib boradiki, shoirning:

Chindan-da ko�nglimda sevgi o�tlari,

Cho�g�siz o�chib qolgan shamdek so�ndimi?

Chindan-da men bu kun sevmasmi bo�ldim?

Chindan-da muhabbat o�timi so�ndi?�

deyishi ham shundandir. Cho�lponning �Aldanish�dan keyingi she�rlarida endi o�zlikdan kechib �ulug� yo�l�ga kirgan qalbning da�vatkor na�rasi, komil ishonch ruhi bilan yo�g�rilgan kurashga chorlov deyarli ko�rilmaydi. Endi ularda ko�proq umidlari chilparchin bo�lgan qalb iztiroblari akslanadi, darz ketgan ko�ngil shishasining har vaqt ham uyg�unlasha olmaydigan turfa jaranglari eshitiladi. Hatto, bir qarashdan isyon ruhining ayni o�zi bo�lib ko�rinuvchi �Bas endi� she�rida ham, tan olish kerak, yovlarga nafrat va ojizlik hislari baqamti keladi. Zero, nafrat va qat�iyatlilik tajassumi bo�lib yangragan �Yetar, bas, chekdan oshqondur. Bu qarg�ish, bu haqoratlar!� hayqirig�idan so�ng:

Qo�limda so�nggi tosh qoldi,

Ko�ngilda so�nggi intilmak,

Ko�zimda so�nggi yosh qoldi,

Kuchimda so�nggi talpinmak! �

degan satrlarning kelishi ham o�sha nouyg�unlikning yorqin ifodasidir. Mohiyatan, ko�nglining butun talpinishlari umidning butkul so�nib bitishiga yo�l qo�ymaslik ilinjidan yuzaga keladi. To�g�ri, shoir �Qo�limda so�nggi tosh qoldi, Yovimga otmoq istayman! Ko�zimda so�nggi yosh qoldi, Amalga yetmoq istayman!� ham deydi. Biroq endi bu istak avvalgidek ishonch bilan yo�g�rilmagani uchun ham �istak�ligicha qoladi. Seziladiki, Cho�lpon o�zi intilgan maqsadga yetish imkoniyatlari qo�ldan boy berilganini teran idroq qiladi, lekin buni osonlikcha tan olishni istamaydi � erkka tashna qalb bunga ko�naqolmaydi.

Tabiiyki, shoir qalbi nechog�li sarkash bo�lmasin, mavjud haqiqatni butkul tan olmay o�tishi ham mumkin emas. Cho�lpon ruhiyatidagi ayni shu burilish uning �Men ham sevaman� nomli she�rida o�z ifodasini topadi. Aytish mumkinki, mazkur she�r �Aldanish�ga javob tariqasida yozilgandir. Zero, �Aldanish�da o�z ko�nglini savollarga ko�mib tashlagan shoir ularga, xususan, ularning eng muhimi �Chindan-da men bukun sevmasmi bo�ldim?� degan savolga javob ololmagandi. Cho�lpon o�zining o�tgan kunlari �yigitlik ko�karib yashnagan� damlarini, �yorug� yulduz�lardan �sevgi kutib� o�tkazgan, butun borlig�ini o�sha sevgiga qurbon qilgan paytlarini mushohada etarkan, ruhiyatida faylasufona xotirjamlik borday, ilgarigi hayajonli hapriqishlar, ko�tarinkiligu tushkun kayfiyatlar unga tamomila yotday tuyuladi:

Endi u kunlarim o�tib ketdilar...

Endi turmushimda oydin kechlar yo�q.

Vafosiz sevgilar uchib bitdilar...

Angladim: sevgida har ko�ngil buzuq!

Ayonki, birinchi va uchinchi misralar oxiridagi ko�p nuqtalar ortida shoirning �Aldanish� yozilgan paytdan buyon kechirgan holati, iztirobu armonlari yotadi. Cho�lpon ro�yobga chiqmagan orzulariyu besamar ketgan intilishlarini o�ylab achinadi, ayni paytda, bularni amalga oshib bo�lgan fakt sifatida qabul qilishga harakat qiladi. Negaki, u hayotning davom etayotganligini, inson o�tmishi bilangina yashay olmasligini teran idrok qiladi. Shoir endilikda turmushida �oydin kechlar� yo�qligiga befarq emas, albatta, lekin bundan fojia yasash fikridan ham yiroq. Sezamizki, shoirning iztirobli o�ylari uni muayyan to�xtamga olib kelgan: modomiki hayot davom etar ekan, har qanday sharoitda ham hayotini mazmunli qilishga intilish, dilda ezgu maqsadu ko�ngilga ishqni jo aylab yashash lozim. Shu bois ham Cho�lpon:

Ko�nglim quruq emas, yana sevgi bor,

Faqat bu sevgida aldanish yo�qdir,�

deb yozadi. Cho�lpon �endi majnun bo�lib elni sevaman� deydiki, bu o�rinda �avval, istiqlol maqsadi bilan yashaganida kimni sevgan edi?� degan tabiiy bir savol yuzaga keladi. Darhaqiqat, shoir �erklik yulduzi�ga oshiq bo�lganida ham el uchun yashagan, uning saodatini o�ylagan edi-ku? Bu o�rinda bungacha yuritgan fikrlarimiz, talqinlarimiz asossiz bo�lib qolmayaptimikan? O�ylashimizcha, yo�q. Quyida shuni asoslashga urinib ko�ramiz.

Esingizda bo�lsa, Cho�lpon Buxoroda ekanidayoq �oq deb, pok deb yurganlarda dil buzuq�ligidan noligan edi. Endi esa u �sevgida har ko�ngil buzuq�ligini anglaganini e�tirof etadi. Ya�ni, Cho�lpon umidlarining barbod bo�lishida erk deya maydonga chiqqanlarning bari ham �pok istakli kuch� bo�lolmaganini bosh sabablardan biri deya tushunadi. Zero, oraga manfaati shaxsiyaning aralashuvi natijasida maqsad uzoqlashibgina qolmadi, bundan jabru sitam ko�rgan avvalo el-yurt bo�lib qoldi. Ilgari Cho�lponga katta umidlar baxsh etgan milliy ozodlik harakati ham u o�ylagancha yakdil qudratli kuchga aylanolmadi, bunda ham, avvalo, guruh boshliqlari � qo�rboshilar orasidagi o�zaro kelishmovchiliklar, shaxsiyatparastligu manfaati shaxsiya pand berdi. Yakka-yakka holda, o�z boshicha harakat qilayotgan guruhlar endi mustahkamlanib ulgurgan qizil qo�shinga jiddiy havf sololmaganidek, o�rtadagi qonli to�qnashuvlardan jabr tortgan � yana xalq edi. Hozirda, o�tmishga munosabatimiz o�zgarayotgan paytda bu mulohazalarimiz kimgadir erish tuyular, ehtimol. Biroq, unutmaylikki, o�sha guruhlarda ham insonlar faoliyat kursatishgan, baski, insonga xos ojizliklar ularga ham yot emas edi. Ya�ni, aytmoqchimizki, bu guruhlar aslo xunrezliklarga, talonchilikka yo�l qo�ymagan deyishlik noto�g�ri bo�lur edi. Shu o�rinda o�sha paytlarda Cho�lpondan biroz yoshi ulug�roq bo�lgan, bosmachilik harakatida ishtirok etib, keyincha surgunlarda bo�lib qaytgan rahmatli bobomni eslagim keladi. Bobom u davr haqida deyarli gapirmasdilar, chamasi, bizning tushunmasligimizni anglardilar. Har tugul, bir bora ancha keskin tarzda: �Ha, bosmachilar to�g�ri yo�ldan chiqib o�g�ri bo�lgunlaricha ular bilan bo�lganman!� � deganlari hamon esimda. Nazarimda, bu gapning mohiyatini, uning zamiridagi iftixoru o�kinish hissini endi-endi idrok qilayotgandek bo�laman...

Cho�lpon Farg�ona vodiysida urush harakatlaridan xonavayron bo�lgan elni, dahshatli ochlikdan qirilayotgan go�daklaru qariyalarni o�z ko�zi bilan ko�radi, ayni paytda, hozirgi holida milliy ozodlik harakati maqsadga olib borolmasligini, uning elga foydasidan ko�ra ziyoni ko�proq tegishini teran idrok qiladi. Shu bois ham Cho�lpon 1923 yilda Andijonda chiqarilgan Farg�ona fronti shtabining nashri bo�lmish �Darxon� gazetasida ishlaydi, bosmachilikni tugatish ishiga qo�shish qiladi. Shoir mazkur harakat tom ma�nodagi milliy ozodlik harakati sifatlariga ega paytda u haqda biron satr salbiy fikr aytmagan, aksincha, uni quvvatlagan bo�lsa, endi hozirgi holatini qoralaydi. Ravshanki, bunda ham Cho�lpon vayronagarchiligu xunrezliklardan bezgan xalq manfaatini ko�zlaydi.

Aytish kerakki, Cho�lpon uchun yoshlikdan ko�zlagan maqsadni mavridi yetilguncha orqaga surib qo�yish, ko�proq bugunning tashvishi bilan yashash majburiyatini tan olishlik oson kechmagan. Biroq, taassufki, shart-sharoitlar ko�pincha insonning ezgu intilishlaridan ustun keladi. Shoirning 1928 yilda yozilgan �Somon parcha� nomli she�ridagi:

Muhit kuchlik ekan, egdim bo�ynimni,

Chaqmoqdek yaltirab o�chish yo�q endi,

Yolg�on xayollarga ko�chish yo�q endi,

Oqishning yo�liga soldim o�zimni,�

degan satrida sharoit oldida ojiz qolgan qalb iztiroblari zuhur qiladi. Shoir dilini kuni-kecha erishilishi muqarrar tuyulgan yurt ozodligining �yolg�on xayol�u �boshi berk ko�cha�ga aylanib qolgani, endilikda har ishni birdek �haq� deb borishga majburligi ezadi. U o�zini zo�r dengiz qo�ynidagi somon parcha his qiladi, ayni choqda:

Jimgina boradi kirsiz ko�nglimda

Erkin ko�piklarning allaqanchasi,�

deb yozadi. Darhaqiqat, Cho�lpon dilidagi erkka tashnalik, istiqlol umidining izsiz yo�qolib ketishi mumkin emas: ko�nglidagi �erkin ko�piklar� keyingi she�rlarida ham bot-bot yuzaga qalqiyveradi. Biroq endi shoir oldingidek kurashga chorlamaydi, uning imkoniyu ixtiyorida qolgani, �Qushning hadigi� nomli she�rida o�zi topib aytganidek:

Uning butun tasallisi: to�lib-toshib sayramoqdir,

Ko�m-ko�k dala-o�rmonlarni eslab-eslab yig�lamoqdir,

yig�lamoqdir!.. �



xolos. Biroq bu yoshlar, muxoliflarining da�volariga zid o�laroq, motam yoshlari emas edi, yo�q. Zero, Cho�lpon dilini sitib chiqayotgan ko�z yoshlaridan o�zga qalblarda �chechaklar unishi�ga, �haq yo�li� qachondir bir kun albatta o�tilishiga beshak ishonardi...

Ezgu maqsadlarini dil tubiga cho�ktirgan Cho�lpon borliqni boricha qabul qilishga, mavjud imkoniyatlarni xalqining turmushini yaxshilash, taraqqiy qildirish maqsadlariga xizmat qildirishga astoydil bel bog�ladi. Xolislik haqqi aytish kerakki, yurtda bir qadar osoyishtalik o�rnatilgach, shoirning xasta dilini ovutguchi ayrim o�zgarishlar ham ko�zga tashlana boshlagan edi. Xususan, yangi hukumat maorif, madaniyat, sog�liqni saqlash borasida olib borayotgan ishlar unga dalda berdi. Xuddi shu vaqtlarda boshlangan mahkamalarni tubjoylashtirish ishlarini ham Cho�lpon iliq qarshi oldi, bunda, chamasi, milliy siyosatning ham birmuncha to�g�ri izga tushayotganini ko�rdi. Biroq shoirning tiyran qalb ko�zlari mohiyatga qaratilgani bois ham sho�rolarning og�iz ko�pirtirib aytayotgan gaplari boshqayu, amaldagi siyosati boshqacha bo�layotganini ravshan ko�rib turardi. Adibning 1924 yilda yozilgan �Vayronalar orasidan� nomli safarnomasida ayni shu xil kayfiyat o�zining yaqqol ifodasini topadi. Andijondan O�sh va Jalolobodga qilingan safar davomida muallif o�zi guvoh bo�lgan eng xarakterli voqealarni, ko�zi tushgan narsalarni qayd etib boradi. Biroq safarnomani faktlarning oddiygina qaydi deya olmaymiz, zero, unda faktografik va tahliliy qatlamlar yonma-yon boradi. Asar markazida turuvchi sayyoh-muallif obrazi shu ikki qatlamning uyg�un birikuvini ta�minlaydi. Bu yo�llardan ilgari ham ko�p bor yurgan sayyoh mushohadasi hozirgi mavjud faktlar bilangina qanoatlanmaydi: u o�zi bilgan o�tmishga bot-bot qaytadi, chog�ishtirishga intiladi. Yurt qayg�usida yashayotgan adib tafakkuri vaqt chegaralarini buzib yuboradi. Adib biron faktni keltirar ekan o�tmishni eslaydi, mulohaza qiladi, uning o�ylari qatida esa doimo kelajak tashvishi botin bo�ladi. Cho�lpon keltirayotgan faktlar reallikdan olingani ayon, biroq buni oddiygina naturalistik qaydlar ma�nosida tushunmaslik lozim. Zero, faol ijodkor shaxs sifatida Cho�lponning o�z qarashlari, orzu-intilishlari, bir so�z bilan aytganda, ijtimoiy-estetik ideali mavjud edi. Demakki, tanlanayotgan faktlar ham o�sha idealga mos, birinchi galda adibning qarashlariyu xulosalarini ifodalashga xizmat qiladilar. Yurtining kecha va bugunini qiyoslarkan, adib urush keltirgan vayronaliklarni ko�rib eziladi, urush asoratlari bartaraf etilayotganini, yaratish davri boshlanayotganini ko�rib dili taskin topadi. Biroq yo�l davomida duch kelgani ayrim faktlar uni chinakam tashvishga soladiki, ularni keltirish bilan o�quvchini yurtining ertasi haqida jiddiyroq mushohada qilishga undaydi. Cho�lpon Xo�jaobod paxta punktida �bir Zubov degan xazinachi bor ekan, uning eng shirin gapi ko�cha so�kishlarining o�rtacharog�i ekan� deya alamli istehzo bilan yozadi. Muallif Zubovning mahalliy aholiga haqoratomuz muomalasi haqida xabar berarkan, qiziq bir faktni gazetxon e�tiboriga havola qiladi. Gap shundaki, mahalliy aholi shikoyatlariga asosan, O�sh hukumati (ya�ni, o�sha paytdagi uezd hukumati) Zubovni chaqirtirganida, u �ish vaqti borolmayman� deydi-da, bormay qo�yaqoladi. Qizig�i shundaki, �paxta ma�rakasi(kompaniya�D.Q.)ga zarar kelmasin, deb O�sh hukumati ham o�zicha bir narsa qilmasdan, muzofot mahkamalariga havola qilibdur�. Ko�ramizki, bu o�rinda Cho�lponni oddiy bir kassirning mahalliy hukumatni mensimasligigina emas, o�sha hukumatning hazinachi �ulug� og�a�lardan bo�lgani uchun-da hech bir ta�sir qilolmasligi hayratga soladi. Boz ustiga, uezd hukumati paxta kompaniyasiga zarar yetishidan qo�rqib masalani yuqoriga oshirar ekan, demak yuqori idoralar avvalo paxtani talab qiladi, uni yetishtiradigan xalq sha�ni esa ikkinchi darajali masala. Shu o�rinda satr orasida Cho�lponning �bu mustamlakachilik siyosatining ayni o�zi emasmi?� degan tashvishli savoli ko�zga tashlanadi. Zero, muallifning umidi ham shu aslida: u o�zi aytmagan, aytolmagan gaplarni ziyrak gazetxon uqib olishiga ishonadi. Yoki boshqa bir o�rinda Cho�lpon �poezd ichida g�alati-g�alati ajoyibot, qiziq sirlar, tubjoy xalqqa qilinayotgan muomalalarni toza tomosha qildik� deb yozadi. Qarangki, bundan o�n yil muqaddam, 1914 yilda �Doktor Muhammadiyor� hikoyasida tasvirlagan narsalarni muallif deyarli o�zgarishsiz ko�radi, faqat endi oldingidek tasvirlash imkonidan mahrum! Cho�lponning 1924 yilda yozilgan maqolalaridan birini �Quturg�on mustamlakachilar�, boshqa birini �Istirohat mustamlakasi� deb atagani bejiz emas, zero, u o�sha eski siyosatniig davom etayotganiga guvoh edi.

Cho�lpon milliy siyosatning qay tomon borayotganini nozik ilg�aydiki, buni �Qalamning toyilishi� nomli maqolasida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Maqolada masalaning qo�yilish tartibiyoq o�quvchini muayyan xulosaga yetaklaydi. Cho�lpon avvalo Moskvadagi Bosh paxta komitetining xabarnomasida �O�rta Osiyo va Qofqoziya jumhuriyatlari tuprog�ida unaturg�on paxtani �o�rus paxtasi� (russkiy xlopok) deb� atalganiga qarshi chiqadi. Xo�p, adib buni oddiygina �qalam toyilishi�ga yo�yishi, sobiqlardan chiqqan bironta mutaxassisning qilmishi deb tushunishi ham mumkin. Biroq �Turkpravda�da e�lon qilingan bir suhbatda muxbir: �Pamir(Murg�ob)ni nimaga �o�rus Pamiri� (Russkiy Pamir) deb atadi ekan? Agar �Xitoy Pamiri�, �Angliz Pamiri� degan atamalar bor, bu ham bir jug�rofiy atama demakchilarmi? Unda Turkistonni ham �o�rus Turkistoni�(Russkiy Turkestan) desunlar, �Xitoy Turkistoni� degan atama ham bor...� � deya hayrat va istehzosini yashirmaydi. Ko�ramizki, Cho�lpon bularni aslo tasodifiy hol deb qaramaydi, aksincha, buning zamirida sho�ro hukumatining ikkiyuzlama milliy siyosatini ko�radi. Ayniqsa, maqola nihoyasida bu ikkiyuzlamachilik yanada ravshanroq ochiladi. Cho�lpon gazetxon e�tiborini Toshkentda nashr etilgan �Statistika solnomasi�dagi: �Turkistonni olg�on o�rus podshohlari uni mustamlaka qilmoq uchun muayyan reja bilan, iqtisodiy zarurat orqasida olg�onlari yo�q.... Shuning uchundirkim, Turkistonni olg�ondan keyin chor hukumati uni nima qilishini bilmay, hayron qolg�on edi...� � degan da�voga qaratadi. E�tibor berilsa, da�voning zamirida Turkistonning bosib olinishiga olib kelgan tub sabablarni xaspo�shlashdan chuqurroq ketuvchi maqsad botinligini sezish mumkin. Avvalo, iqtisodiy maqsad ko�zlanmagan bo�lsa, demak, Turkistonning bosib olinishi xayrlik maqsadlarda, deylik, �madaniyat kiritish� uchungina bo�lgan, degan xulosalarga puxta zamin tayyorlanadi. Ikkinchidan, modomiki Turkiston Rossiya uchun foydasiz ekan, uning Rossiya tarkibida bo�lishi avvalo, o�zi uchun zarur, ya�ni, na eski va na yangi mustamlakachilik siyosati haqidagi gaplarga o�rin yo�q. Esingizda bo�lsa, sobiq ittifoq parchalanishi arafasida ham mazmunan shunga yaqin, �O�zbekiston Rossiyaning boqimandasi� qabilidagi da�volar ko�tarilgan edi.

Ko�rinadiki, sho�rolarning milliy siyosati keyincha og�ishib ketgan emas, boshdanoq muayyan reja asosida olib borilgandir. Cho�lpon bu xil ikkiyuzlamachilikni nozik ilg�aydi, �qizil� gaplarga tayanib bo�lsa-da, o�z fikrini ifodalaydi: �Bu toyilg�on qalam o�zining shu toyilishi bilan Oktyabr inqilobining birinchi kunidan beri qilinib kelayotqon da�volarning ustiga katta bir qora chiziq chizmoqchi shekillik!� Cho�lpon yangi hukumatning dekretu qarorlari bilan amaliyot orasida katta tafovutlar borligiga, so�z va ish birligining yo�qligiga ko�p bor amin bo�ladi. Jumladan, �Chimkent xatlari� nomli maqolasida u yerdagi tubjoylashtirish ishlariga to�xtalib: �Uezd ijroqo�mida yuqorida aytib o�tilgan bir musulmon xotun bor, sarkotibning unvoni (familiyasi) ham tub joy xalqnikiga yaqinlashibroq eshitiladi. Sho��ba mudirlari orasida tub joyliqlar bor. Qolg�onlarining hammasi ovrupolik o�rtoqlarimiz. Bu yerda hatto tub joy xalq tilida yozilg�on arizalarni qabul qilmaslar emish, degan gapni eshitdim. Lekin sho�rolar xukumatining 8-yili mundoq latifa(aneqdot)larga ishonadurgan ahmoq yo�qdur, deb o�ylayman�,� deb yozarkan, istehzoli kulgidan yana o�zini tiyolmaydi.

Tabiiyki, bu xil latifanamo maynavozchilik asosiga qurilgan siyosat mahsullarini ko�rgan Cho�lpon qalamidan yana mahzun kuylar to�kiladi. Biroq, unutmaylikki, siyosatda ustasi farang bo�lgan o�rtoqlar shoirning ko�z yoshlaridan �chechaklar unishi� mumkinligini uning o�zidan-da yaxshiroq bilardilar. Yo�q, hurriyat deya maydonga chiqqan o�rtoqlar shoirning hazin ovozini bo�g�ishni o�zlariga ep ko�rmadilar, ular bu ishni o�zlari tarbiyalab yetishtirgan mahalliy kadrlarga ishonib topshirdilar, xolos. Avvaliga Cho�lponni �ko�k shoiri�, �ziyolilar shoiri�, �o�tmishga yuz burgan yig�loqi shoir� deb ta�riflay boshladilarki, bu keyinroq qo�yiladigan jiddiy ayblovlar uchun asos hozirlashdan boshqa narsa emas edi. Tabiiyki, Cho�lpon qalbidagi tug�yonlarini yurtdoshlari anglamayotganlaridan, anglashni istamayotganlaridan o�kindi, �men ko�k shoiri emasman� deya she�rlar bitdi. Taassufki, uni hatto ko�ngil mulki fuqarolari bo�lmish shoirlar-da tushunmaydilar, tushunishni istamaydilar. Cho�lpon o�zini yig�loqiliqda ayblaganlardan biri bo�lmish Botuga javoban yozgan �Tan berdim� nomli she�rida:

Bizlar faqat o�tganlarga bog�lanib,

O�tganlardek asta-asta yo�q bo�ldik,

�Ko�ngil� dedik, ko�ngillarda �kul� bo�ldik...

O�tganlarning kafaniga chulg�onib.

U olovli ko�zlaringga qarasam,

Hamma yondan uchib chiqqan uchqunlarni sanasam,

Isyon o�qi o�lik tanga kirmasin,

Otguvchisi tosh �

Vatandosh bo�lmasin!..�

degan dardli satrlarni bitadi. El-yurt dardi bilan yashagan shoirni o�ziga tosh otguvchilarning vatandoshlari ekanligi o�rtaydi. Bu-ku, 1925 yildagi ahvol, oradan ikki yil o�tgach, Cho�lponni �yo�qsil xalq shoiri emas� deb e�lon qilganlarida, ijodini xalq uchun zararli deb topganlarida, madaniyat xodimlarining� qurultoyidan shu xalqning �ziyoli� vakillari quvib solganlarida qanday ruhiy iztiroblar girdobida qolgan bo�lsaykin?!.. Boshqa bir buyugimiz A.Qodiriyni bir yil ilgari �odil� sud vositasida ma�nan o�ldirganlar Cho�lponni-da shu ko�yga solish uchun Qurultoyni tanlagan edilar. Hatto, respublikaning o�sha paytdagi rahbarlaridan biri bo�lmish A.Ikromov ham o�z nutqi bilan Cho�lponga tosh otuvchilar tegirmoniga suv quydi. Shoir o�z boshida to�planayotgan qora bulutlarning chinakamiga havf sola boshlaganini his qiladi, chor-nochor taslim bo�lishga chog�lanadi: Qurultoy rayosat hay�atiga �E�tizor� yozib, �tushunmaslik� orqasida yo�l qo�ygan xatolariga, ya�ni shu el, shu yurt qayg�usi bilan yashaganiga tavba qiladi, butun kuch-quvvatini �xatolarini ishchi-dehqon ko�nglidan ketkazish�ga sarflashga va�da beradi.

Qurultoy chaqirilgan 1927 yildan keyin Cho�lpon matbuotda juda kam ko�rinadi, biroq uning nomiyu �cho�lponchilik� degan yangi adabiy-siyosiy istiloh gazeta-jurnal sahifalaridan tushmay qoladi. Ayni paytda, Cho�lpon qarshisida �xatolarini ishchi-dehqon ko�nglidan ketkazish�, o�zining �tuzalayotgani�ni ko�rsatishdek kattakon majburiyat ham turardi. Tabiiyki, shoir imkoni tug�ildi deguncha shu majburiyat orqasida yozilgan she�rlarini e�lon qilishga harakat qildi. Qizig�i shundaki, Qurultoydan keyin yozilgan �O�n yil� nomli she�rida Cho�lpon hayotida ilk bor yurtini ozod deb ataydi:

O�n yil bo�ldi, zanjirlarni uzib tashladik,

Ozod elda yorqin turmush qura boshladik...

Bu kun bayram! Ozod o�lka o�ynab kuladi.

Bu kun bayram! Qizil bayroq so�ylab turadi...

Shoirning bungacha kuzatganimiz asarlaridagi qarashlarga tamoman zid fikrning tomdan tarasha tushgandek yuzaga kelishi ham she�rning majburiyat orqasida yozilganidan dalolatdir. Biroq, professor O.Sharafiddinov aytmoqchi, Cho�lpon endi �qanday asar yozmasin, hammasi beistisno �g�oyaviy zararli, millatchilik ruhidagi asar� sifatida baholana boshladi� . Respublika kommunistlari yo�lboshchisining nutqidan ruhlangan, madaniyatchilar qurultoyining fatvosini olgan adabiy tanqidchilikning hurujlari kuchaygandan kuchayib bordi. Bu ham yetmagandek, 30-yillarning boshidagi haybatli sud jarayonlarida goho ishora bilan, goho ochiqchasiga Cho�lponni tilga olib o�tdilar � navbat senga kelyapti, deya ogohlantirmoqchi bo�ldilar uni. Mana shunday og�ir vaziyatda Cho�lpon F.Xo�jaev maslahati bilan Moskvaga jo�nadi: shoirning o�z tevaragidagi gap-so�zlar biroz bosilguncha yurtidan yiroqda bo�lib turishi maqbul ko�rilgan edi...

Hozirgi o�quvchi ko�p ham xushlamaydigan �Soz� to�plamidagi she�rlarning aksariyati yuqoridagicha majburiyat orqasida dunyoga kelgan edi. Cho�lpon mazkur to�plamning �ochqich�i bo�lmish �Yana oldim sozimni� nomli she�rida shunga sezilar-sezilmas ishora ham berib qo�ygan:

Bir necha yil qantargach

Yana oldim sozimni,

Endi aytib yig�lamas

Ko�ngildagi rozimni...

O�ylashimizcha, Cho�lpon she�rni �endi aytib yig�lamas ko�ngildagi rozimni� degan satri uchungina yozgandek. E�tibor berilsa, ayni shu satr she�rning mazmuniy-mantiqiy to�qimasiga uyg�un singishib ketmagani yaqqol seziladi. Bir qarashda bu satr shoirning muholiflariga qaratilganki, �yig�lamas� so�zining o�zidan turtki olib ham she�rning davomini e�tiborga olgan holda uni quyidagicha tushunish mumkin: �xo�p, meni yig�loqilikda ayblagandilaring, endi yig�lamayman. Chunki sovet voqeligining afzalligini anglashim barobari �ko�nglimdan kudurat ko�tarildi�, endi sozimdan faqat �shan kuylar�gina to�kilajak...� Biroq, she�rni faqat shu yo�sin tushunishimizga �ko�ngildagi rozimni� birikmasi xalaqit beradi. Aytmoqchimizki, Cho�lpon o�zi aytmoqchi bo�lgan fikrni pardalaydi, birgina satr yordamida botiniy ma�nolarga ishora qiladi. Ya�ni, bu satrlar birinchi galda shoirning chin muxlislariga qaratilgan, muallif ulardan uzr so�raydi guyo: �Sizlarga aytadigan gaplarim, �ko�ngil rozim� bor edi-yu, afsus, aytolmayman...�

O�zining siqiq muhitdagi holatiga Cho�lpon �Yangi men� she�rida juda yaxshi ta�rif beradi:

Millionlarning biri kabi

Men ham quvnoq, men ham shanman,

Kechmishlarning o�limiga

Qahqahalar solgan menman.

She�rdagi soxta ko�tarinkilik zamirida erki bo�g�ilgan, �millionlarning biri kabi� yashash, fikrlash va so�zlashga mahkum etilgan isyonkor qalbning iztiroblari, alamli kinoyasi botindir. Zero, o�zining �yangi men�i tom ma�nodagi �menlik�dan tamomila yiroqligini chuqur his qilgan shoir o�z o�quvchisining sarlavha bilan she�r mazmunidagi nomutanosiblikni ilg�ab olishiga umid qiladi, o�zini tushunishini va kechirimli bo�lishini istaydi.

To�plamning boshidan joy olgan ikki she�rida o�zining chin muxlislariga shu yo�sin uzrini izhor etgachgina Cho�lpon millionlarning biri sifatida yozgan she�rlarini joylashtiradi. Keyingi she�rlarda har yili kuzak inqolobni sharaflashni o�ziga burch deya biluvchi, �xalqlar otasi�ni Lenin ishining davomchisiyu ichimizda �eng yaxshimiz va eng saramiz� deya madh etuvchi, o�quvchi ommani sinfiy xushyorlikka chaqiruvchi lirik qahramon bo�y ko�rsatadiki, bu endi shoirning o�zligidan ayro tushgan �yangi men�idan boshqa narsa emas...

Xolis bo�lishga intilsak, sovet voqeligida Cho�lponni chin dildan quvontirgan ulkan o�zgarishlar ham bo�lganligini e�tirof etishimizga to�g�ri keladi. Biroq bu o�zgarishlar shoirni nechog�li quvontirmasin, masalaning tub mohiyatiga qaragani uchun ham u mavjud voqelik bilan to�la kelisholmas edi. Sababki, shoirning tiyran qalb ko�zlari kundan-kunga mustahkamlanayotgan tuzumning ko�pchilik uchun qorong�u chizgilarini ilg�ar, bu chizgilar unga elining o�zi orzulagan saodatidan xayrli fol ochishiga imkon bermas edi. Yuragi dardga to�lgan Cho�lpon endi borliqning faqat nurli jihatlarinigina kuylay olar, millat qayg�usida o�tkazilgan salkam yigirma yil mobaynida iztirobli o�ylashlaridan tug�ilgan gaplari bo�g�zida qotgan edi. Hayotining ayni shu pallasida Cho�lpon �Kecha va kunduz�ga qo�l urdi, bosib o�tilgan yo�lni qahramonlari bilan yana bir karra, endi har bir qadamini o�ylab bosib o�tishga jazm qildi. Zero, inqilob arafasidagi Turkiston voqeligining badiiy tahlili adibga yurtining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tendentsiyalarini kuzatish va shu asosda zamonasini tushunish imkonini beribgina qolmasdan, dilidagini aytishning yagona yo�li ham edi. Shu ma�noda �Kecha va kunduz�ning yozilishi Cho�lpon uchun ijtimoiy-shaxsiy zarurat ediki, uni chin ma�nodagi �ehtiyoj farzandi�, buyuk san�atkorning �oqqush qo�shig�i� edi, degimiz keladi...

Biroq shunisi borki, Cho�lponning 30-yillarda yozilgan she�rlari ruhidan kelib chiqilsa, �Kecha va kunduz� dilogiyasini ham adib o�zini �oqlab� olish maqsadida yozishga kirishgan, degan fikr tug�ilishi tabiiy. Zero, romanda shunga dalolat qiluvchi qator jihatlar ko�zga tashlanadi. Jilla qursa, romanning nomlanishini olaylik. Bir qarashdayoq hammasi ravshandek: inqilobdan avvalgi hayot � �Kecha�, keyingisi ��Kunduz�. Qissadan chiqadigan hissa ham qip-qizil: �Yashasin inqilob! Yashasin inqilob bergan hurlik va saodat!..� Biroq ko�ngil bunga ko�naqolmaydi, u Cho�lpondan boshqa narsani kutadi. Zero, ulkan iste�dod sohibi bo�lmish Cho�lpon hayotni badiiy tadqiq qilarkan �oq-qora� sxemasidan imkon qadar qochganiga, katta badiiy haqiqatlarni inkishof etishga intilganiga ko�proq ishongimiz keladi. Yo�q, bu Cho�lponni oqlash yoki ulug�lashga intilish emas, aslo: u bunga sira muhtoj ham emas. Sirasi, bu ishonch ko�proq o�zimizga kerak. Usiz tarix taqozosi bilan qo�ymijoz bo�lib qolgan millatimiz ichidan-da sherlar yetishganiga ishonishimiz dushvor, usiz �Cho�lpon� deyilganida ko�ksimizning faxru g�ururga to�lishi ham bekor. Bu ishonch ko�proq bizga � yangi yo�l boshida ortiga o�girilib, chamalab-ikkilanib turgan avlodga � yuqorisiga o�rlanayotganimiz narvonning hamma poyalari butligiga ishonishimiz, sobitqadam bo�lishimiz uchun zarur. Shu vajhdan ham ko�nglimizda milt etgan ishonchni asrab-avaylab, uni imkon qadar mustahkamlashga harakat qilamiz.

Yuqorida amin bo�ldikki, haqiqatni ochiq-oshkor aytolmaslik Cho�lponday olovqalb, tanglayi yurt va millat qayg�usi bilan ko�tarilgan shoirni o�rtagan. Mustabid tuzum jamiyatni o�rgimchak to�riday qoplagan bir davrda yozilgan bir maqolasida adib shunday deydi: �Podshohlar, sultonlar, xonlar va beklarning qamchilaridan qon tomgan zamonlarda, xalq ko�pchiligi o�z dardini bir yulg�un bachkisiga ham ayta olmagan davrlarda, xalqning og�ir ahvolini, mamlakatning qora kunlarini, ko�pchilik fuqaroning dard va hasratlarini bironta saroy yoki xalq qizig�i chiqib �hazil� yo�li bilan yedirib yuborar edi (ta�kiddar bizniki,� D.Q.)�.

E�tiborli jihati shundaki, bu so�zlarni Cho�lpon �Kecha va kunduz� ustida qizg�in ishlayotgan bir vaqtida yozgan. Qadim xalq san�ati namoyondalariga chuqur hurmat va ajib bir havas bilan qaragan adib nahot o�z dardini �yo�li bilan yedirib yuborish�ni o�ylamagan bo�lsa? Albatta, o�tmish bahona zamonasiga topib baho bergan Cho�lpon buning uchun o�sha qiziqlardek �boshi ketishi� yoki �oq uylik (badarg�a)� qilinishi mumkinligini yaxshi bilgan. Biroq, boshqa bir narsa borki, u adibni ruhlantiradi, jur�atu jasorat beradi unga: �Faqat ularning (qiziqarning,�D.Q.) og�izlaridan chiqqan buyuk haqiqatlar haqiqatgo�y shoirlarning o�lmas asarlari kabi xalq ko�ngliga yozilib qolardi, muchallardan muchallarga ko�chardi�1. Bu so�zlarni foniy dunyodagi barcha narsa o�tkinchiyu, faqat HAQ va HAQIQATgina boqiy ekaniga imon keltirgan odamgina yozishi mumkindek ko�rinadi bizga. Cho�lpon shu e�tiqod bilan yashaganki, uning ko�z oldimizda Qaqnus qushdek qayta bo�y tiklashi ham shu tufaylidandir...

Romanning nomlanishiga kelsak, S.Husayinning tergovda bergan ma�lumotiga ko�ra, Cho�lpon �O�tmish tug�risida yozyapti deb ayblamasliklari uchun romanni shunday (ya�ni, �Kecha va kunduz� � D.Q) ikkiga bo�lishga majbur bo�lgan�ligini2 aytgan. Ko�ramizki, roman ustida ishlayotgan adib zarur ehtiyot choralarini ko�rishga, dardini oshkora aytmasdan, �yo�li bilan yedirib yuborish�ga intilgan. �Kecha va kunduz� haqida yozuvchi hayotligida e�lon qilingan yagona taqrizda unga quyidagicha ayb taqaladi: �Cho�lpon jadidlarni tasvirlaganda niqoblanadi, jadidlarga to�g�ridan-to�g�ri o�z tili bilan harakteristika bermasdan, bu vazifani asardagi kishilarga yuklaydi. Cho�lponning qahramonlari jadidlarni maqtab, ko�klarga ko�taradi�.3 Taqriz mualliflari haqlar: chindan ham romanda jadid savdogar paydo bo�lishi bilan Cho�lpon hikoyachilikni o�zidan soqit qiladi. Negaki, taqrizchilar talabicha �to�g�ridan-to�g�ri o�z tili bilan xarakteristika� berilsa, uning uchun birgina yo�l � jadidlarni �sovet yozuvchisi� pozitsiyasidan turib qoralashgina qolur edi. O�z-o�zidan ayonki, agar Cho�lponning niyati o�zini oqlab olishgina bo�lganida, �niqoblanish�ning hech bir zarurati qolmas, aksincha, �niqoblanish� o�sha niyatga zid kelur edi. Shu o�rinda romandagi boshqa bir jihatga ham e�tiborni qaratgimiz keladi: adib Akbarali, Miryoqub kabi �yot unsur�larga namoyishkorona salbiy munosabatda bo�ladi (zamona talabi), ayni paytda ularning har birida avvalo insonni ko�rishga, xatti-harakatlarining tub ijtimoiy-ruhiy asoslarini ochishga (realistik san�at talabi) intiladi. Shunisi ham borki, �sinfiylik� og�usi bilan zaharlangan kitobxon uchun mo�ljallangan chizgilar bo�rtib, yuzada qalqib turadi va... tub sabablarni pardalaydi go�yo.

Romanga buyuk proletar yezuvchisi M.Gorkiy so�zlarining epigraf qilib olinishi ham, fikrimizcha, ehtiyot choralarining biridir: �Ma�rifat chog�ishtirib ko�rish bilan hosil bo�ladi, bizning yoshlar esa o�z ko�rganlarini hech nima bilan chog�ishtirolmaydilar, ular kechmishni bilmaydilar va shu uchun hozirgi zamonning nimaligini yetarli darajada ochiq anglayolmaydilar (ta�kid bizniki�D.Q.)�. Biroq, agar epigrafga faqat ehtiyot chorasi deb qarasak ham yanglishgan bo�lib chiqamiz. Nega? Ma�lumki, roman yozilgan paytda yoshlar ongiga soxtalashtirilgan vatan tarixi singdirila boshlangan edi. Bosh tarixchi Stalindan andoza olib yozilgan bu tarix, masalan, sotsialistik inqilob ijtimoiy-tarixiy zaruriyat mahsuli sifatida yuz berganini, hatto, Turkistonda ham inqilob xalqning xohish irodasiga ko�ra amalga oshganini hech bir e�tirozga o�rin qolmaydigan qilib uqtirardi. Ha, bolsheviklar firqasi olis istiqbolni ko�ra olgan edi: o�tmishni soxtalashtirishu zamonani ideallashtirish orqali yoshlar ongini mahv etishga astoydil kirishgan bolsheviklar o�ziga har jihatdan sodiq, har qanday siyosatini so�zsiz qo�llab-quvvatlaydigan �omma� uchun kurashardi. Tan olish kerakki, 30-yillarga kelib mafkuraviy kurashda bolsheviklar deyarli uzil-kesil g�alabaga erishgan edilar. Zero, aksincha bo�lganida shu yillardagi dahshatli qatag�on siyosatini ommaning qo�llab-quvvatlashi ostida o�tkazib bo�larmidi?!.. Bizningcha, shu mulohazalardan kelib chiqilsa, Cho�lpon epigraf vositasida �Kecha va kunduz�da o�zi ko�zlagan g�oyaviy-badiiy niyatga ishora qilgani anglashiladi. Epigrafda ta�kidlanishicha, adib o�tmishni yoshlar hozirgi zamonning qadriga yetsin (u paytlar o�tmish haqidagi aksar asarlar shu ruhda edi) uchun emas, ular �hozirgi zamonning nimaligini� anglasinlar degan niyatda tasvirlashga jazm etgan. Cho�lpon tasvirlagan inqilob arafasidagi Turkiston ijtimoiy voqeligi bolshevistik mafkura singdirayotgan tarixiy �haqiqatlar�ga tamomila zid ediki, adib yoshlar uni �o�z ko�rganlari bilan chog�ishtirib ko�rish� orqali ko�p narsalarning mohiyatiga yeta oladilar, deb umid qilgan.

Xo�sh, Cho�lpon tasvirlagan voqelik rasmiy nuqtai nazardan nimasi bilan farqlanar edi? Avvalo, bolsheviklar inqilob arafasidagi Turkistonda asosiy ijtimoiy konflikt ezuvchi va eziluvchi sinflar orasida edi, deb uqtirganlar. �Kecha�da esa bunga zid o�laroq, asosiy ijtimoiy konflikt feodal asoslar va milliy burjuaziya orasida yotadi, mehnatkash xalq esa ijtimoiy faoliyatdan butkul yiroq. Bu esa Turkistonda sotsialistik inqilobning amalga oshishi tarixiy zaruriyat bo�lganligini inkor qilishdek gap edi. Bolsheviklar inqilobdan ilgari Turkiston ijtimoiy hayotida o�z firqalarining roli katta bo�lganini da�vo qilsalar, �Kecha�da ular loaqal eslab ham qo�yilgan emas. Romandagi uyg�ona boshlagan, ijtimoiy-ma�naviy tadrijga yuz burgan yagona qahramon � Miryoqubning izlanishlari uni jadidchilik harakatiga yaqinlashtirishi ham bejiz emas. Zero, inqilob arafasidagi Turkiston voqeligini qaytadan mushohada etganida ham adib unda xalqini istiqlol va taraqqiyga boshlovchi jadidchilikdan o�zga bironta kuchni ko�rgan emas. Eng muhimi, jadidchilik harakati qoralanayotgan bir paytda Cho�lpon o�quvchi ommada u haqda birmuncha adolatli tasavvur hosil qilishga intilganki, bu adibning tom ma�nodagi ijodiy va grajdanlik jasorati edi. Miryoqubning kundaliklaridagi qaydlar tarzida berilgan jadid savdogar Sh.Xo�jaev so�zlarida jadidchilik harakatining mohiyatiyu ko�zlagan maqsadi muxtasar ifodasini topganki, ularning ayrimlarini keltirib o�tish maqsadga muvofiq:

�Bizdan necha baravar kichkina millatlar mustaqil bir hukumat qurib, o�z davlatlari ila Yevropaning, shu madaniy Yevropaning markazida, ya�ni kindigi singari joyda yashaydi...�

� Ular urush muvaffaqiyatsiz bitsa, o�sha yurtlarning parcha-parcha bo�lib bo�linib ketishidan qo�rqadilar, Russiyani, shu quloch yetmas keng o�lkani, qilich kuchi bilan, qozoq o�risning nayzasi bilan qo�rqitib butun holida qiyomatgacha ushlab qolmoq istaydilar...�

�Siz-biz sog�in sigirmiz, bizning shirin sutimiz bor, ruslar va boshqa ajnabiylar bizni emib yotadilar...�

Qizig�i shundaki, �Kecha�ning 1936 yil nashrida mavjud bo�lgan bu gaplar 1988 yilda, roman �Sharq yulduzi�da qayta e�lon qilinganida olib tashlangan. Negaki, yuzaki qaraganda gap chor imperiyasi haqida ketayotgan bo�lsa-da, o�z vaqtida Cho�lpon �qizil imperiya�ni ham nazarda tutgan va ko�p jihatdan xaq bo�lib chiqqandi. O�sha vaqtda yurtimizda esa boshlagan istiqlol epkinlaridan jiddiy tashvishga tushgan g�animlar, tabiiyki, bu gaplarning o�tib ketishiga imkon bermaganlar. Romanning jurnalda qayta e�lon qilinishi ancha qiyin kechgani1 uning 80-yillar adog�idagi ijtimoiy sharoitda ham aktuallik kasb etgani, mustamlakachilik siyosati asoslariga rahna solishga qaratilgani bilan izohlanishi lozim.

Cho�lpon o�z qarashlarini yo�li bilan ifodalasa-da, �Kecha� o�z muallifining sovet voqeligini to�laligicha qabul qilolmaganini, o�ziga yo�rgakda tekkan istiqlol va taraqqiy dardidan xalos bo�lolmaganini oshkor etdi. Tabiiyki, bunday sarkashlikni sho�ro tuzumi kechirmadi: adibni ma�nan mag�lub etolmagach, jisman mahv etdi. Hatto, oradan 20 yil o�tgach ham, Cho�lponni grajdan sifatida oqlaganlari holda ijodiy merosini egalariga qaytarmadilar: uning ko�z yoshlaridan millionlab qalblarda chechaklar unishi mumkinligidan xavfsiradilar...

Istiqlol dardi bilan yashab, sadpora ko�nglida cho�ng armon bilan ketgan Cho�lponning bezovta ruhi shoyadki endi orom topgan bo�lsa...


Hamalning ot qulog’i ko’rinmas ko’roydin tunlarida safarga chiqqanmisiz? Ana shunda olis-olislarda, ko’z yetmas yerda, nafaqat ko’z, balki ovoz yetmas yiroqda, qop-qorong’u osmonning bir chekkasini bexosdan tilgan chaqmoq borliqni bir lahza yoritib o’tadi. Bir lahzadan keyin olam yana qorong’ulikka g’arq bo’ladi…O’zbek shoiri Cho’lponni o’qiganimda o’sha chaqmoq shu’lasini ko’z oldimga keltiraman (Qozoq adibi Esong’ali Ravshanovning «Cho’lpon» maqolasidan. Maqolani mana bu sahifada o’qishingiz mumkin).

ABDULHAMID CHO’LPON
SHE’RLAR
034
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon (Yunusov) 1897 yilda Andijon shahrida tug’ilgan. Dastlab madrasada (1908—12), so’ngra rus-tuzem maktabida (1912—14) taxsil olgan. Shoirning adabiy merosi she’riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjimalardan iborat. She’riy asarlari «O’zbek yosh shoirlari», «Uyg’onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926) va «Soz» (1935) to’plamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda e’lon qilingan. 20-yillarda yozgan «Oydin kechalarda», «Qor ko’ynida lola», «Novvoy qiz» singari hikoyalari o’zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. «Kecha va kunduz» (1936) romani hamda «Yorqinoy», «Xalil farang», «O’ldiruvchi» (1921), «Sevgi va saltanat», «Cho’pon sevgisi» (1922) kabi p`esalari ham bor (bu asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan). A. S. Pushkin («Boris Godunov», «Dubrovskiy»), I. S. Turgenev («Cho’ri qiz»), I. Franko («Million», «Feruza»), L. Andreev («Gubernator», «Osilgan yetti kishining hikoyasi») singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini katta mahorat bilan tarjima qilgan. Uning tarjimasidagi U. Shekspirning «Hamlet» tragediyasi o’zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi. U 1938 yil 14 iyul` kuni hibsga olinib, ko’p o’tmay, Toshkent shahri atrofida otib tashlangan. Vafotidan so’ng Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va «Mustaqillik» ordeni (1999) berilgan.

034


BUZILGAN O’LKAGA
u7495f174062m.jpg
Ey, tog’lari ko’klarga salom beran zo’r o’lka,
Nega sening boshingda* quyuq bulut ko’lanka?
Uchmoxlarning kavsaridek pokiza,
Sadaflarning donasidek top-toza
Salqin suvlar tog’dan quyi tusharkan,
Tomchilari yomg’ir kabi ucharkan,
Nima uchun yig’lar kabi ingraylar?
Yov bormi, deb to’rt tarafni tinglaylar?
Tabiatning o’tini yo’q o’tida,
Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar
Har qorong’i, qo’rqinch tunning betida
Shifo istab kelmasin der, qo’noqlar.
-Bu nega?
Ayt menga.
Ko’m-ko’k, go’zal o’tloqlaring bosilg’on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi,
Podachilar qaysi dorg’a osilg’on?
Ot kishnashi, qo’y ma’rashi o’rniga
-Oh, yig’i,
Bu nega?

Tumorchalar xamoyillar taqingan,


Dalalarda lola bargi yopingan,
Tog’-toshlarda o’yin qilgan,
Chopingan
Go’zal qizlar, yosh kelinlar qaerda?
Javob yo’qmi ko’klardan-da, yerdan-da,
Xarob bo’lgan eldan-da.
Ot minganda, qushlar kabi uchguvchi,
Erkin-erkin havolarni quchg’uvchi,
Ot chopganda, uchar qushni tutquvchi,
Uchar qushday yosh yigitlar qaerda?
Tog’ egasi – sor burgutlar qaerda?

Sening qattiq sir – bag’ringni ko’p yillardir ezganlar,


Sen bezsang-da, qarg’asang-da, ko’kragingda kezganlar.
Sening erkin tuprog’ingda hech haqi yo’q xo’jalar,
Nega seni bir qul kabi qizg’anmasdan yanchalar?
Nega sening qalin tovshing “ket” demaydi ularga?
Nega sening erkli ko’ngling erk bermaydi qullarga?
Nega tag’in tanlaringda qamchilarning kulishi?
Nega sening turmushingda umidlarning o’lishi?
Nega yolg’iz qon bo’lmishdir ulushing?
Nega buncha umidsizdir turishing?
Nima uchun ko’zlaringda tutashguvchi olov yo’q?
Nima uchun tunlaringda bo’rilarning qorni to’q?
Nima uchun g’azabingni uyg’otmaydir** og’u-o’q?
Nima uchun borlig’ingda bu daraja buzg’unlik?
Nima uchun o’ch buluti sellarini yog’dirmas?
Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?
Kel, men senga qisqagina doston o’qiy,
Qulog’ingga o’tganlardan ertak to’qiy.
Kel, ko’zingning yoshlarini surib olay
Kel, yarali tanlaringni ko’rib olay, to’yib olay.
Nima uchun ag’darilgan, yiqilgan
Og’ir toyning zahar o’qi ko’ksingda?
Nima uchun yovlaringni bir zamon
Yo’q qilg’unday temirli o’ch yo’q senda?
Ey, har turli qulliklarni sig’dirmagan hur o’lka,
Nega sening bo’g’izingni bo’g’ib turar ko’lanka?

MAHMUD XO’JA (BEHBUDIY) XOTIRASI

Jilgisiz qabringni qora tunlarda
Amalimning shamin yoqib, izladim.
Qizil va pok qoning islarin sochgach,
Kuchsiz ko’yi yurishimni tezladim.

Amalimning yulduzi, kim ko’z tikdi


Qora, jirkanch… o’lim qoni yerlarga.
Savol berdim: “Yo’qotganim qayda?”- deb,
O’zimni ham yutmoq bo’lgan yerlarga.

Qo’lidagi tutam-tutam gulini


Qabring topib, sochmoq uchun tirishdi.
Gul o’rniga zahar tilar muhitda
Uning qilgan bu ishlari bo’sh ishdi.

Men-da ojiz – u muhitning oldida


Qabring topib ko’z yoshimni to’kmakka.
Hamda achchiq hiddatim-la ul yerda
Oq kallalik-qora devni so’kmakka.

Shuning uchun yulduz kabi yarqirab,


Elda qolgan isming bilan turamen.
Shul ismni eslab, chizg’an yo’lingdan
Yiroq ketmay, qimirlamay yuramen.

Aziz otam, qo’limdagi gullarning


Motam guli ekanini bilmaysen.
Shodlik guli ko’pdan beri so’lganin,
Yer ostida, pok ruhing-la sezmaysen.

Ana sochdim qalbimdagi gullarni


Termak uchun chaqiramen qo’llarni..

1920


KO’NGIL

Ko’ngil, sen munchalar nega


Kishanlar birla do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og’ritmas,


Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi,
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o’lmagansan,


Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo’yin egma,
Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!..

MEN VA BOSHQALAR


(O’zbek Qizi Og’zidan)

Kulgan boshqalardir, yig’lag’an menmen,


O’ynag’an boshqalar, ingrag’an menmen.
Erk ertaklarini eshitkan boshqa,
Qullik qo’shig’ini tinglag’on menmen.

Boshqada qanot bor, ko’kka uchadir,


Shoxlarg’a qo’nadir, bog’da yayraydir.
So’zlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyini har yerda elga sayraydir.

Menda-da qanot bor, lekin bog’lang’on…


Bog’ yo’qdir, shox yo’qdir, qalin devor bor.
So’zlari sadafdek, tovushi naydek.

Kuyim bor. Uni-da devorlar tinglar…


Erkin boshqalardir, qamalg’on menmen,
Hayvon qatorida sanalg’on menmen.

BARG


Jonlandi, yashardi, ko’kardi qarashim,
O’zimda bir turli erkinlik sezamen.
Ko’nglimda qolmadi shu tinda g’am-g’ashim,
Umidning ipaklik qilini cho’zamen.

Shu chog’da, shu bog’da har narsa yumshoqdir


Har narsa ko’kargan, har narsa yashnaydir.
Shu bog’da, shu chog’da har narsa oppoqdir,
Quyosh-da nurini hovuchlab tashlaydir.

Ariqda suvlarning o’ynoqi qo’shig’i


Shoxlarda uxlagan barglarni uyg’otdi.
Ayniqsa, shamolning u yumshoq sho’xligi
Shoxlarda barglarni titratdi, o’ynatdi.

Qip-qizil qanotli kapalak, yo’lida


Uchratdi chiroyli chizanak qizini,
Kapalak tikilgach, u qizcha qo’lida
Ushlagan yaproq-la berkitdi yuzini.

Oltinli qo’ng’izni bolalar ushlashib,


Ip bilan ko’klarga uchirib o’ynaylar.
Qullikni sevmagan yo’qsilni kuchlashib,
Nimaga o’zining erkiga qo’ymaylar.

Lablarim shu tunda chanqag’an, qizarg’an.


Kavsarning suvidan sharoblar istamas.
Farishta qiliqli, malika qizlardan
Chanqoqni bosuvchi bir o’pich so’ramas.

Ko’klardan malaklar qiz bo’lib tushsalar.


Yana men o’tlarni qo’ynimga qo’ymaymen.
Qo’ynimga to’lsalar, qo’ynimdan toshsalar
Gullarning hidlari… Men sira to’ymaymen.

O’pmaymen shu chog’da farishta – malakni,


O’pamen butoqda titragan bir bargni…

GO’ZAL


Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: «Men uni tushda ko’ramen.
Tushimda ko’ramen, shunchalar go’zal,
Bizdan-da go’zaldir, oydan-da go’zal!..»

Ko’zimni olamen oy chiqqan yoqqa,


Boshlayman oydan-da seni so’rmoqqa,
Ul-da aytadirki: «Qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko’milgan oqqa.
Oqqa ko’milganda shunchalar go’zal,
Mendan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!..»

Erta tong shamoli sochlarin yozib,


Yonimdan o’tganda so’rab ko’ramen.
Aytadir: «Bir ko’rib, yo’limdan ozib,
Tog’u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko’rdim men uni — shunchalar go’zal,
Oydan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!..»

Ul ketgach kun chiqar yorug’liq sochib,


Undan-da so’raymaen sening to’g’ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: «Bir ko’rdim, tushdamas o’ngda.
Men o’ngda ko’rganda shunchlar go’zal,
Oydan-da go’zaldir… mendan-da go’zal!..»

Men yo’qsil na bo’lub uni suyibmen?!


Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo’r ishga berib qo’yubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan «suyukli» shunchalar go’zal,
Oydan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!!!»

BINAFSHA


Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko’chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi? binafsha menmi,
Sevgingga, qayg’ungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,


Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho’zilding?

Binafsha,


Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag’ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so’yla,
U qanday qo’llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?

Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor,


Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalik tortg’uvchi tusing bor,
Ko’nglimga isriqlik to’kmaysan?
Binafsha, yig’lama, binafsha, kel beri,
Qayg’ingni qayg’umga qo’shgil.
Binafsha, sen uchun ko’kragim erk eri,
Bu erdan ko’klarga uchgil.

Binafsha, go’zalim, qayg’ulim, kelmaysan,


Qayg’ung zo’r, qayg’umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.

KO’KLAM QAYG’USI

Ey qorong’i uzun qishning xayoli
Ko’klam chog’i ko’zlarimda o’ynama!
Ayriliqning chidab bo’lmas maloli
Ko’klam, maysa yuzlarida qaynama!

Bir oz… bir oz ko’ngil beray ko’klamda


Shaftolining go’zal, qizil yuziga,
Bir oz… bir oz aldanmayin ko’nglimda
Bosh chiqargan yigitlikning so’ziga.

Qarshimdagi kulib turgan yumshoq qiz


Ko’m-ko’k maysa o’rtasida bir guldir.
Ko’p yig’ladim… yoshlarimni qator chiz
Va qarshimda go’zal qizni bir kuldir!

Ko’klam chog’i … Sayroq bulbul sayramas,


Na uchunkim, tanburimning tili yo’q.
Ul go’zal qiz chin qarash-la qaramas,
Na uchunkim, umidimning yo’li yoq.

Tillarimda har ko’klamning qo’shig’i,


Yuragimda har go’zalning sevgisi,
Ko’zlarimda har qayg’idan bir yig’i,
Yuzlarimda aldanishning belgisi.

Yolg’iz menmi ko’klam chog’i yig’lagan?


Yolg’iz menmi har umidda aldangan?
Yolg’iz menmi ko’kragimni tig’lagan?
Yolg’iz menmi sevinch bilan bo’lmagan?
Ey ko’klamning ko’z tortg’uvchi kelini,
Nima uchun yig’latasan bir meni? …

AMALNING O’LIMI

Ko’nglimda yig’lagan malaklar kimlar?
Sharqning onalari, juvonlarimi?
Qarshimda yig’lagan bu jonlar kimlar?
Qullar o’lkasining insonlarimi?

Na uchun ularning tovushlarida


O’tgan asrlarning ohangi yig’lar?
Na uchun yozmishning o’ynashlarida
Har yurish ko’nglimni nashtardek tig’lar?

Kenglik hayollari uchdimi ko’ka


Butun umidlarni yovlarmi ko’mdi?
Mangu tutqunlikka kirdimi o’lka?
Xayolda porlagan shamlarmi so’ndi?

Kechaning jon olg’ich qorong’uligi,


Najod yulduzini xayolmi bildi?
Shuncha tutqunlarning haqqi, haqligi
Bir hovuch tuproqqa qurbonmi bo’ldi?

Ohimning o’tidan chiqqan shu’lalar,


Sharqning ko’kragida bir topmasmi?
Ko’ksimdan qisilib chiqqan na’ralar,
Uhlagan dillarga kulib boqmasmu?

SUYGAN CHOQLARDA

Go’zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko’zlaringdan o’qidim.
O’qidim-da istiqbolim qushiga
Xayolimdan oltin qafas to’qidim.

Gunafshalar qulog’imga madhingni


So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi…
Alamzada bulbul yig’lab, kechalar
Alamingning so’ngin tamom etmadi

Ko’zingdagi hikoyaning mazmunin,


Shoir bo’lsam, aytib-aytib yig’lardim.
O’shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.

Xayolimning qip-qizildan kiyingan


Parilari, hurlarini ko’rdingmi?
Alamimdan gullar ekkan yo’llardan
Koinotga hayot sochib yurdingmi?

Yo’llaringda she’r aytsa so’lgan barg,


Qulog’imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?

QALANDAR ISHQI

Muhabbatning saroyi keng ekan, yo’lni yo’qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig’ bu xatarli yo’lda qotdim-ku.

Karashma dengizin ko’rdim, na nozlik to’lqini bordir,


Halokat bo’lg’usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do’stlar,


Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul o’qib qon ayladi bag’rim,


Ko’zimdan yoshni jo’ aylab, alamlar ichra botdim-ku.

Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni,


Yana kulbamga qayg’ular, alamlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim, do’stlar,


Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.

BER QO’LINGNI

Ber qo’lingni, shu titragan qo’lim bilan so’ng daf’a
Bir qisayin, so’ngra ortiq u qo’llarga tegmak yo’q.
Ko’zlaringni so’nggi marta tushir xira ko’zimga,
Ko’kragimga kipriklaring so’ng martaba otsin o’q.

Ko’kimizda hanuz uchmay qarab turgan yulduzing


Ko’r yuzini, ayriliqning kuzi bilan sarg’aygan.
Sen ketasan, yulduz uchar, yolg’izlikda tashlangan
O’ksigingga hayot bermas yog’dulari kunduzning.

Ber qo’lingni so’ng martaba, yolg’iz qolgan o’ksukman,


Ot o’qingni so’ng martaba, alam kutgan ko’ksimga.

XAYOLI


Ko’ngildagi muhabbatning uchqunin
Xayolimning bir burchida berkitdim.
Ul uchqunning kuchligidan siynamda
Hech tuzalmas, og’ir yara bor etdim.

Qulog’imga ol baxt, deb eshitilgan


Azonlarni shaytoniy deb o’yladim,
Shuning uchun baxt bergan malakka
Turli-tuman afsonalar so’zladim…

Sochlarini o’ynab turib eshitdi


Va dedikim: «Afsonalar behuda».
Bul so’zlari qulog’imga yetishdi:
«Oqdim, — dedi, — qonli, zardobli suvda…»

Oq-oq, — dedi afsonalar sultoni, —


Sening taxting, baxting unda kutadir.
Ul zardobli, qonli suvlar ostida
Qora kiygan joning jilva etadir.

Ket, ey shayton, bosqiradim… qo’rqaman…


Ket-ket. Qilich singan, qalqon teshilgan.
Ko’rasanmi? Men ezilgan, yotaman,
Ustimga-da balo tog’i yiqilgan.

So’nggi nafas, oxirgi dam, ey malak,


Kel, bir qara, so’ngra yiqilsun falak.

SIRLARDAN…

I

Bir tutam sochlaring mening qo’limda,


G’ijimlab o’paymi, yo tarab ochay?
Sir deb saqlaganing mening qo’ynimda,
Sir deb saqlayinmi, yo elga sochay?

Sochilgan sochingday sochilsa siring,


Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O’zing-ku: Alarda vafo yo’q! — deding,
Nimaga ularni tag’in kutasan?

II

Ochilgan qo’ynimda to’lg’ongan taning,


Ko’nglingdan qilcha ham hid etkazmasa, —
Menga yaqinlashma, ay tirik bo’sa! —
Sevdim deganlaring yolg’ondir sening!..

GALDIR


Men dutor birlan tug’ishg’on, ko’hna bir devonaman,
Ul tug’ishqonim bilan bir o’tda doim yonaman.

Dillarida g’am to’la bechoralarga yorman,


Vaqti xush, g’am ko’rmaganlardan tamom bezorman.

Men dutorning torlariga berkinib olsam agar,


Pardalarning har biri bergay bo’lak g’amdan xabar.

Pardalar uzra yurib turgan odam barmoqlari


Ko’kragimdan ko’p bosar, shundan bo’lur tolmoqlari.

Ikki torni qaqshatib, barmoqlar o’tsa to’xtamay,


G’amli un chiqmas o’shal torlarda Galdir yig’lamay.

Yo’q ishim hokim, amaldor, shohu hoqonlar bilan;


Birgadurman doimo hamdard bolg’onlar bilan!..

Ahli g’amlar men kabi majnunsifat galdir bo’lar,


Shul sababdan bandaning nomini Galdir qo’ydilar.

SOZIM


Nafrat o’lkasidan hijrat qilganman,
Ulfat diyoriga maskan qurganman,
Yuzimni o’t emas, gulga burganman,
Samoviy zavqlarga to’lib turganman
Bulbullar sevgini maqtagan damda!

Chechaklar o’sg’usi ko’z yoshlarimdan,


Bo’g’inlar ung’usi o’ylashlarimdan,
Qalblar yumshag’usi sayrashlarimdan,
Sevgi chamanida yayrashlarimdan
Jannatlar yaratgay tashlangan janda.

Tilingan tillarga qon yugurg’usi,


Bo’shalgan inlarga jonlar kirg’usi,
Tikanli boqchalar chechak ko’rg’usi,
Haq yo’li, albatta, bir o’tilg’usi
Jandalar tanimga tekkan kunlarda!..

* * *


Bir tutam sochlaring mening qo’limda,
G’ijimlab o’paymi, yo tarab-yechay,
Sir deb saqlaganing mening qo’ynimda,
Sir deb saqlayinmi, yo elga sochay.

Sochilgan sochingday sochilsa siring,


Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O’zing-ku «ularda vafo yo’q!» deding,
Nimaga ularni tag’in kutasan?

Ochilgan qo’ynimda to’lg’angan taning


Ko’ngildan qilcha ham hid yetkazmasa,
Menga yaqinlashma, ay, tirik bo’sa!
«Sevdim» deganlaring yolg’ondir sening!.

XALQ


Xalq dengizdir,
Xalq to’lqindir,
Xalq kuchdir,
Xalq isyondir,
Xalq olovdir, xalq o’chdir…
Xalq qo’zg’alsa, kuch yo’qdirkim, to’xtatsin,
Quvvat yo’qkim, xalq istagin yo’q etsin.
Xalq isyoni saltanatni yo’q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi…

Xalq istagi: ozod bo’lsin bu o’lka,


Ketsin uning boshidagi ko’lanka,
Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar,
Yo’qliqni-da, ochlikni-da yo’q etar,
O’z yurtini har narsaga to’q etar…

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,


Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!

* * *


Xayol, xayol… Yolg’iz xayol go’zaldir,
Haqiqatning ko’zlaridan qo’rqaman.
Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir,
Olovimni alar uchun yoqaman.
Go’zal xayol, kel, boshimda gul o’ynat,
Manim istak-tilagimni erkalat!

ХХ асрнинг 10-йилларида адабиёт майдонида тонг юлдузи ўлароқ кўринган ва шу сабабли Фитрат томонидан Чўлпон тахаллуси билан “тақдирланган” шоир ана шу авлод орасидан отилиб чиқиб, ўзбек шеъриятини миллий уйғониш қуролига айлантирибгина қолмай, унинг тили ва услубини, шакл ва воситаларини янгилаб ҳам берди.

002

Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон (Юнусов) 1897 йилда Андижон шаҳрида туғилган. Дастлаб мадрасада (1908—12), сўнгра рус-тузем мактабида (1912—14) тахсил олган. Шеърий асарлари «Ўзбек ёш шоирлари», «Уйғониш» (1922), «Булоқлар» (1923), «Тонг сирлари» (1926) ва «Соз» (1935) тўпламларида, шунингдек, турли газета ва журналларда эълон қилинган. 20-йилларда ёзган «Ойдин кечаларда», «Қор қўйнида лола», «Новвой қиз» цингари ҳикоялари ўзбек адабиётидаги лирик насрнинг дастлабки мумтоз намуналаридир. «Кеча ва кундуз» (1936) романи ҳамда «Ёрқиной», «Халил фаранг», «Ўлдирувчи» (1921), «Севги ва салтанат», «Чўпон севгиси» (1922) каби песалари ҳам бор (бу асарларнинг аксарияти бизгача етиб келмаган). Унинг таржимасидаги У. Шекспирнинг «Ҳамлет» трагедияси ўзбек таржима санъатининг шоҳ намунаси ҳисобланади.


У 1938 йил 14 июл куни ҳибсга олиниб, кўп ўтмай, Тошкент шаҳри атрофида отиб ташланган. Вафотидан сўнг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Республикаси Давлат мукофоти (1991) ва «Мустақиллик» ордени (1999) берилган.

07
ЧЎЛПОН ВА ХХ АСР ЎЗБЕК ШЕЪРИЯТИ


НАИМ КАРИМОВ
Маъруза 1997 йил ноябрида Ҳумболдт номидаги Берлин университетида Чўлпоннинг 100 йиллигига бағишланган анжуманда ўқилган.
08
Кўп асрлик ўзбек шеърияти тарихидаги янги давр ХХ аср билан бошланди. Чўлпон гарчанд 1925 йилга оид “Улуғ ҳиндий” мақоласида ўзбек мумтоз адабиётининг Алишер Навоийдан Муқимийга қадар бўлган намояндаларини назарда тутиб, “Бир хил, бир хил, бир хил”, деган ва “Кўнгил бошқа нарса – янгилик қидирадир”, дея изҳори дил қилган бўлса-да, ўзида ва, умуман, ўзбек шеъриятида янгиликка бўлган эхтиёжни аср бошларидаёқ сезган. Буни Фитрат ҳам, Ҳамза ҳам, Авлоний ҳам сезишган. Аммо ўзбек шеъриятидаги, шеър тузилишидаги ислоҳот аввало Фитрат ва Чўлпон номлари билан боғлиқ.

Чўлпон 1933 йили рус ёзувчиси В.Ян билан қилган суҳбатида Фитратни ўзбек шеър тузилишининг ислоҳотчиси, деб айтган. Ва ислоҳотчи деганда, унинг арабий-форсий шакл ҳамда қолиплардан воз кечиб, жонли халқ тили билан халқ шеърияти вазнларида ёза бошлаганини назарда тутган. Унинг ўзи Фитрат бошлаган ана шу ислоҳотни муваффақият билан давом эттириб ва якунлаб, ўзбек шеърияти тараққиёти тарихида янги даврни бошлаб берган. Бугун биз бу адабий даврни ХХ аср ўзбек адабиёти, деб атамоқдамиз.


Хўш, Чўлпон номи билан бевосита боғлиқ бу ўзгаришлар нимадан иборат? Унинг шеъриятимиз равнақига қўшган ҳиссаси нимада зуҳур бўлади?.. Бундай саволларга жавоб бериш учун Чўлпон “бир хил, бир хил, бир хил” деб таърифлаган адабиётга назар ташлаш жоиз.

Ўзбек мумтоз шеърияти, гарчанд улкан бадиий ютуқларни қўлга киритган бўлса ҳам, ХХ асрдек янги тариҳий даврда бундан бир неча асрлар илгари топилган ва неча асрлардан бери ишлатилавериб сийқаси чиқаёзган шакллардан, тилдан, поэтик тафаккур тарзидан фойдаланиш адабий депсиниш, адабиёт тарихидаги турғунлик бўлурди. Бунинг устига, аср бошларида қўшни мамлакатларда рўй берган инқилобий ҳаракатлар Ўрта Осиё минтақасини ҳам жунбишга келтириб, унинг эскирган ва чириган жимият тизилмасида яшаётганини ошкор қилиб қўйди. Жамиятнинг илғор кучларини уйғотиши ва бирлаштириши мумкин бўлган адабиётнинг ҳам халқ ҳаётидан олислиги маълум бўлиб қолди. Давр жамият ва халқни асрий феодал уйқусидан уйғотишни Маҳмудхўжа Беҳбудий, Фитрат, Абдулла Қодирий, Чўлпон, Ҳамза, Абдулла Авлоний, Тавалло сингари ёзувчилар зиммасига юклади. ХХ асрнинг 10-йилларида адабиёт майдонида тонг юлдузи ўлароқ кўринган ва шу сабабли Фитрат томонидан Чўлпон тахаллуси билан “тақдирланган” шоир ана шу авлод орасидан отилиб чиқиб, ўзбек шеъриятини миллий уйғониш қуролига айлантирибгина қолмай, унинг тили ва услубини, шакл ва воситаларини янгилаб ҳам берди.

Чўлпоннинг шеърий мероси нисбатан катта эмас. “Уйғониш” (1922), “Булоқлар” (1923), “Тонг сирлари” (1926) ва “Соз” (1935) тўпламлари, шунингдек, “Ўзбек ёш шоирлари” (1922) жамоа мажмуасидан, бундан ташқари, вақтли матбуот саҳифаларидан ўрин олган шеърлари 300 тага етмайди.

Бу шеърларнинг ҳаммаси ҳам бир хил баланд савияда эмас. Шу саноқдаги шеърларнинг учдан бир қисмигина катта бадиий қимматга эга. Унинг ХХ аср ўзбек шеърияти равнақига туртки берган шу шеърларида Чўлпон фавқулодда буюк шеърий истеъдодини тўла намойиш этган.

Чўлпон шеъриятининг нафақат ижод аҳли, балки оддий китобхонларга кўрсатган таъсири ҳақида қуйидаги фактни келтириш ўринли. 1929-1930 йилларда миллий истиқлолчилик ҳаракатининг Мунаввар қори Абдурашидов раҳбарлигидаги аъзолари қамоққа олинганда, хуфялардан бири камерада бўлиб ўтган бир суҳбат ҳақида маълумот берган. Андижонлик маҳбуслардан бири ўзи тушган фожиали аҳволнинг сабабчиси Чўлпон эканини айтиб, “Агар Чўлпон ва унинг шеърлари бўлмаганида, мен бу сассиқ камерада ётмаган бўлардим”, деган ва Чўлпонни яратган Парвардигордан ранжиган. Аммо хийла вақт ўтгач, у ўзига келиб, “Яхши ҳам Чўлпон ва унинг шеърлари бор. Уларсиз бизнинг кўзимиз очилмаган бўларди”, -– деб айтган.
Бу, бизнингча, Чўлпон шеърига оддий китобхон томонидан берилган юксак баҳодир.

Чиндан ҳам, 1917 йил инқилоблари арафаси ва 20-йилларда Чўлпон шеърияти туфайли халқнинг бир қисмида Ватан, Миллат, Ҳуррият, Истиқлол ва Миллий тараққиёт тушунчалари пайдо бўлган. Унинг шеърлари шу даврда ҳам, кейин ҳам катта ижтимоий мақсадга хизмат қилган. У бу шеърлари билан бевосита халққа мурожаат этиб, унинг дилидаги дард ва аламларини унга тушунарли тилда ва уни тўлқинтирарли шаклда ифодалаган. Бошқача айтганда, у шеъриятни халққа, унинг ҳаётига, қалбига, изтироблари, азоблари, орзу ва умидларидан иборат руҳий оламига яқинлаштирган. Бу, Чўлпон шеъриятига хос бўлган биринчи хусусиятдир. Иккинчи хусусият шундаки, у нозик қалб ва нозиктаъб шоир сифатида туйғунинг, ҳиссиётнинг шеърий асардаги кучини бениҳоя оширди. Ва, ниҳоят, учинчи хусусият шуки, Чўлпон ўзбек шеъриятида янги вазннинг мустаҳкам ўрин олишига, унинг янги жанр ва шакллар билан бойишига, унинг тилини софлаш, соддалаштириш ва ёрқинлаштириш ишига ката ҳисса қўшди.

Чўлпон шеъриятига хос ана шу тамойиллар бошқа шоирларимиз томонидан турли тарихий-маданий даврда давом эттирилди. Шу маънода Чўлпон анъаналаридан фойдаланиш қуйидаги босқичларга бўлинади:

1. Чўлпон ҳаёт бўлган 20-йиллар.


2. Чўлпон “халқ душмани” деб эълон қилинган 30-50-йиллар.
3. “Хрушчевча илиқлик” даври деб аталган 60-йиллар.
4. Совет жамиятидаги демократик ўзгаришлар даври бўлган 70-80- йиллар.
5. Мустақиллик даври.

Ушбу маърузада* бу даврларнинг ҳаммасини илмий тавсифлаш шарт эмас. Лекин шунга қарамай, баҳсни биринчи босқичдан бошламай илож йўқ.

Шу нарса мароқлики, бу даврда кўзга ташланган икки тамойил совет даври ўзбек шеъриятининг қарийб сўнгги кунларига қадар давом этди ва ўзида шу шеъриятнинг моҳиятини ифодалади. Яъни 20-йилларда, бир томондан, Боту ва Ғайратийлар Чўлпон билан мунозарага киришиб, унинг дунёқарашига қарши чиқишган бўлсалар, Ойбек ва Усмон Носир Чўлпоннинг лирик шоир сифатидаги анъналарини меҳр билан давом эттиришди. Боту ва Ғайратийлар бошлаб берган йўл 30-йилларда катта кўлам касб этиб, социалистик реализмга асосланган ўзбек шеърияти дарёсини ҳосил қилди. Ғафур Ғулом, Ҳамид Олимжон, Уйғун сингари шоирлар шу дарё соҳилида ўсиб улғайдилар. Ойбекнинг “Наъматак”, умуман, “Чимён дафтари” туркумига кирган шеърларининг буржуа лирикаси намуналари деб эълон қилиниши ва бу лирика тарафдорларига қарши курашнинг бошланиши билан Чўлпон “байроқдор”и бўлган ўзбек шеъриятидаги бадиий-услубий тамойил таққа тўхтади. Ойбек ҳам “гражданлик лирикаси” деб аталган расмий шеърият доирасида ижод қилишга мажбур бўлди. Шу зайилда 30-йиллардан 60-йилларга қадар давом этган ўзбек шеъриятидан Чўлпон анъаналари ситиб чиқарилди. Ҳатто Сталин шахсига сиғиниш фош этилиб, Абдулла Қодирий сингари ёзувчилар оқланганларидан кейин ҳам вульгар адабиётшунослик номояндалари Чўлпоннинг ижодкор сифатида оқланишига, демак, “соф лирика”нинг адабиётмиз бағрига қайтишига монелик қилдилар.

Аммо тарих ўз ишини қилади. Сталиннинг ўлими билан совет жамиятида рўй бера бошлаган ўзгаришлар марказдан, тўғрироғи, келажакдан эса бошлаган янги шабадалар ўзбек адабиёти денгизини мавжлантириб юборди. Бирин-кетин уфқда Эркин Вохидов ва Абдулла Орипов ўзига хос шеърияти билан пайдо бўлди. Сўнг Рауф Парфи, Миразиз Аъзам, Усмон Азим, Шавкат Раҳмон, Хуршид Даврон, Мирзо Кенжабек ва бошқалар бодроқдек бодраб чиқдилар. Сиёсий иқлимнинг юмшаши, инсонпарварлик нормаларининг тиклана бошлаши, адабиёт асарлари марказида инсон образи туради, деган эски ҳақиқатнинг эсланиши билан Ғафур Ғулом, Шайхзода, Уйғун, Мирмуҳсин, Асқад Мухтор, Ҳамид Ғулом, М.Бобоев, Рамз Бобожон сингари шоирлар ижодининг ҳаддан зиёд сиёсийлашиб кетгани сезилиб қолди. Шунинг натижаси ўлароқ янги авлод ўз нигоҳини Чўлпонга қаратди. Шеъриятимизда яна Чўлпон руҳи бўй кўрсата бошлади. Бу чўлпонона тамойилнинг қанот ёзишига ёш авлод билан бирга Ойбек ва Миртемир сингари кекса авлод вакиллари муҳим ҳисса қўшдилар.

Агар совет даври ўзбек шеъриятига бугунги кун талаблари ва ҳақиқий адабий мезонлар асосида ёндашилса, асосан Чўлпон руҳига яқин шеърларгина қолади ва шу шеърлар ХХ аср миллий шеъриятимизнинг олтин фондини ташкил этади.

Чўлпоннинг ХХ аср ўзбек шеъриятига таъсири икки хил кўринишга эга. Биринчиси – Чўлпоннинг ҳаётлик пайтидаги таъсири. Совет адабиётшунослиги Ҳамзанинг 20-йиллар адабий ҳаётдаги ўрнини қанчалик қабартиб кўрсатишга ҳаракат қилган бўлмасин, шу даврдаги адабий жараёнга катта таъсир кўрсатган бирдан-бир шоир Чўлпондир. Масалан, Ойбек адабиёт оламига Чўлпоннинг содиқ издоши сифатида кириб келган. Унинг 20-йилларда яратган аксар шеърларидан Чўлпоннинг “ҳид” и уфуриб туради.

Мана бир мисол:

Кузнинг ҳазин, гўзал палласи,


Япроқлардан ерларда гилам.
Бир дам ўтир, кўнглим ғунчаси,
Балки қургай кўзларимда нам…

Тўқимайман бирон сафсата


Куз, муҳаббат, ҳаёт баҳсидан.
Бизнинг учун олтин манзара
Сўзлар буюк руҳлар бахтидан.

Бир дам ўтир, севгилим, қувнай,


Кузнинг ҳазин завқини сурай.

Бу сатрларда Чўлпоннинг “Гўзал” шеъридаги “кундан ҳам, ойдан ҳам гўзал” Аёл тасвирлангандек. Аммо бу Аёл, Чўлпон сингари, Ойбек учун ҳам “баланд дор”. Ойбекнинг лирик қаҳрамони учун шу ажойиб куз палласида у билан ёнма-ён ўтириш ва табиат гўзаллигини бирга туйиш етарли.

Агар Чўлпоннинг лирик қахрамони асосан жамият фарзанди ўлароқ гавдаланган бўлса, Ойбекнинг лирик қахрамони табиат фарзандидир. Чўлпоннинг лирик қаҳрамони ҳатто табиат бағрида ҳам тузум қафасини сезиб, ҳис этиб, бўғилиб туради. Чўлпонга нисбатан бир оз эркин яшаган. Ойбек кўзларига темир панжара кўринмайди. Шунинг учун ҳам у ва унинг лирик қахрамони табиат манзараларидан, воқеликдаги гўзалликдан баҳра олади. Унинг учун энг катта бахт – шу гўзалликни бутун қалби ва вужуди билан сезиш, ўзини табиат фарзанди, деб ҳис этиш. Чўлпон учун эса энг катта бахт эркинлик, руҳнинг ҳурлигидир. Чўлпон ва Ойбек лирикаси ўртасида шундай нозик фарқ бўлишига қарамай, Ойбекдаги гўзаллик туйғусининг “илдизлар”и Чўлпон лирикасига бориб тақалади.

1936 йили Ойбек “Евгений Онегин” шеърий романини Ўзбекистоннинг Чимён деб аталмиш гўзал бир масканида таржима қилган. У, бир томондан, шу қорли тоғлар билан қуршалган табиатнинг фусункор бир парчасидан, иккинчи томондан, Пушкин ижоди сарчашмасидан илҳомланиб, “Чимён дафтари” туркумини яратди. Бу туркумда у Чўлпон бошлаб берган лирик руҳни баланд пардаларга кўтариб, чўлпонона поэтик ранглар билан товланган услубга янги сайқал берди. Бу туркумга кирган шеърларнинг Ҳамид Олимжоннинг шу йилларда ёзган лирик асарларидан фарқи шундаки, бахт-саодат тушунчаси уларнинг бирида табиат, иккинчисида эса жамият билан боғлиқ. Ойбек шу маънода “лирик интермеццолар” муаллифи – буюк Ҳайннриҳ Ҳайнега ҳам яқин.

Модомики Ойбек учун табиат ва гўзаллик бирламчи аҳамиятга молик тушунчалар экан, унинг лирик шеърларида услубнинг чўлпонона бир йўналишда нафосатланиши ҳам табиийдир. Гўзаллик ошуфтаси Ойбек учун юлдузли осмон “юлдузлар чамани” ёхуд “юлдуз-ла тикилган кўк каштаси”, чақмоқнинг эгри-бугри излари эса “чақмоқлар илони”дир. У ўзида нозик туйғуларнинг пайдо бўлишини “ҳислар ғунчалайди” деб айтади; қиш кунларида гиламга тушган ва тебранган қуёш нурини сариқ мушукнинг ўйинига ўхшатади. Бу шарқона тил ва услубнинг ҳам Чўлпон булоғидан сув ичгани сир эмас.

Ойбек – бу Чўлпоннинг ҳар томонлама давоми. У олижаноб инсон сифатида ҳам, шоир сифатида ҳам қарийб барча жаҳон адабиёти классикларинниг таржимони сифатида ҳам Чўлпонни эслатади. У ҳам, шоир Чўлпон сингари, бояги шоирона услубни ўзбек насрига олиб кириб, “Қутлуғ қон” ва “Навоий” романларини яратди.


Ойбек ижодига кўпроқ тўхталганимизнинг боиси шундаки, у Чўлпонлар, Абдулла Қодирийлар “халқ душмани” деб эълон қилинган ва уларнинг асарларини ҳатто ўқиш ҳам жиноят ҳисобланган узоқ йиллар давомида ҳам шеъриятда, ҳам насрда Чўлпон анъаналарини давом эттириб, Чўлпон билан ёш адабий авлодлар ўртасида кўприк вазифасини бажарди.

Ойбекдан фарқли ўлароқ, Миртемир бепоён қозоқ чўлларининг ҳавосини эмиб ўсган.

Чўлпон бармоқ вазнининг турли-туман кўринишлари ва банд шакллари билан бирга ўзбек шеъриятини, Фитратдан фарқли ўлароқ, сарбаст шеърлари – сочмалари билан ҳам бойитган. Агар нозиктаъб Ойбек Чўлпон туфайли, бошқа қатор шакллар қатори, терцет санъатини ҳам эгаллаган бўлса, Миртемирга унинг сочмалари ибратли ва оҳанрабо бўлиб кўринди. У инқилобий давр руҳини ифодалашда сочмадан фойдаланиб, “Шуълалар қўйнида” деган дастлабки китобини яратди. Шу нарса ажойибки, Миртемир кейинчалик ҳам ўз шеърларини дастлаб сочма шаклида (буни шоирнинг ўзи қоралама деб атарди) ёзиб, кейин уни вазнга солган ва қофия билан безаган. Сочма шу тарзда унинг поэтик фикрлаш тарзини белигилаб берган.

001Чўлпоннинг ўзбек шеърияти ва, умуман, маданияти тарихидаги хизматларидан бири таржима санъати билан боғлиқ. Ўзбек адабий тилининг ХХ асрда беқиёс даражада ўзгариши ва “Ҳамлет” сингари буюк асарларнинг барча лисоний жозибасини ўзбек тилида ифодалаш имконияти Чўлпон ва Абдулла Қодирий туфайли содир бўлди. Унинг таржималарида бошқа тилга мансуб бегона қатлам, бегона лисоний унсурлар мутлақо кўринмайди. Масалан, у А.С. Пушкиннинг “Булбул ва гул” шеърини шундай маҳорат билан ўгирганки, худди у ўзбек тилида ёзилгандек таассурот қолдиради. Пушкиннинг бошқа бир таржимони – Миртемир учун Чўлпоннинг шу таржимаси эталон бўлиб хизмат қилган.

У ушбу шеърнинг:

Баҳор чоғда холи боғда бир зулматли тун эрди,


Ғариб булбул фиғон айлаб, “Гулим, раҳм айлагил”, – дерди.
Бироқ ул гул қулоқ солмас эди фарёду афғона,
Фақат ором оларди ноладин тўлғона-тўлғона…

деган сатрларини ёд ўқиб, улардаги вазннинг шарқона нафис мусиқаси ва шу мусиқа мавжларида эркин сузаётган “фарёду афғона – тўлғона-тўлғона” қофиясини юксак шеърий санъатнинг намунаси сифатида идрок этар ва шу шеърнинг том маънодаги ҳаммуаллифи бўлган Чўлпондан сабоқ оларди. Шуни айтиш ўринлики, Миртемир эътиборини тортган “тўлғона-тўлғона” сўзларининг эквиваленти Пушкинда йўқ, лекин Чўлпон таржимага шу сўзларни киритиш билан “Булбул ва гул”нинг ўзбекона руҳ ва ранглар билан товланиб юборишига эришган. Адабий тилимизга Чўлпон туфайли қайта кириб келган “тўлғона-тўлғона” сўзларида ажиб бир халқона оҳанг бор. Ўзбек шеърияти тарихига халқчил шоир сифатида кирган Миртемирнинг адабий манбаларидан бири ҳам, ундаги халқона руҳга озуқа берган замин ҳам Чўлпон ижодидир.

Кўрамизки, Чўлпондан кейинги авлод Ойбек ва Миртемир сиймосида ўзбек шеъриятини яна бир поғона кўтарди ва ана шу юксалиш жараёни, биринчи навбатда, Чўлпон номи билан боғлиқ анъаналар ва бадиий тажрибаларни давом эттириш ҳамда ривожлантириш ҳисобига бўлди. Шубҳасиз, бу жарёнда Ҳамид Олимжон, Шайхзода, Уйғун, Зулфия, Усмон Носир, Амин Умарий сингари шоирлар ҳам иштирок этдилар. Аммо уларнинг аксар қисми лирикадан совет воқелигини тасдиқлаш мақсадида фойдаланди. 1937 йилдан кейин авж олган бу ҳол 60-йилларга қадар давом этди ва шу йилларда ўзбек шеъриятида шиорбозлик, плакатбозлик авж олиб, шеърият санъат тури сифатида инқирозга учради.

Золимлар ўлганда, марҳумлар тирилади, деган гап бор. ХХ асрнинг ёвуз даҳоларидан бири Сталиннинг ўлими билан у барпо этган сиёсий тузум секин-аста нураб, ўзбек адабиёти оёқларидаги кишан парчалана бошлади. Буни янги авлод – Эркин Воҳидов ва Абдулла Орипов авлоди биринчи бўлиб ҳис этди. 1956 йили ёш Э.Воҳидовнинг кейинчалик машҳур бўлиб кетган бир шеъри босилди. “Камтарлик ҳақида” деб номланган бу шеърда 40-50-йиллар ўзбек шеърияти учун бегона бўлган икки жиҳоз – чойнак билан пиёла тасвирланган. Шоир такаббур Чойнак билан камтарин Пиёла образини яратгач, бундай ёзган:

Камтарин бўл, ҳатто бир қадам
Ўтма ғурур остонасидан.
Пиёлани инсон шунинг-чун
Ўпар доим пешонасидан.

Эркин Воҳидов бу шеърдаги ҳар икки жиҳоз билан ўзбек шеъриятига унутилаёзган миллий руҳни қайта олиб кирди. Нафақат бу икки жиҳоз, балки камтаринлик билан боғлиқ ғоя ҳам миллий эди. Айни пайтда шеърда қанчалик мағрур бўлганига қарамай, Чойнакнинг эгилиши – ер сари эгилиши, демак, барча жиҳозлар сингари синиши ва ер тагига кириши мумкинлигига шама ҳам бор эди. Бу шамани сиёсий оҳангдан ҳоли, деб бўлмайди. Чўлпонда бундай шаманинг бўлиши мумкин эмас. У тузумнинг ошкора мухолифи бўлган пайтларида ўз дилидаги нафратини ҳам, ҳуррият ҳақидаги орзусини ҳам асло яширмаган. Аммо у агар 37-йил тўфонидан омон қолганида, эҳтимол, дарду мақсадини матн остига яширган бўлармиди.

Камтарлик ҳақидаги шеъридаёқ миллийликка бўлган майли учқун сочган Э.Воҳидов, кўп ўтмай, аруз вазнида талайгина ғазаллар ёзди. Бу асарлар Чўлпон “бир хил, бир хил, бир хил” деб атаган мумтоз шеъриятдан замонавий нафаси билан, 60-йиллар кишисининг дили ва дидига яқинлиги билан ажралади. Э.Воҳидов бу шеърларида миллий қадриятлар ва миллий тарихга нисбатан бугун бизда авж олган туйғуни 60-йиллардаёқ ботиний ҳис билан туйган ва “Ёшлик девони”га сочиб юборган эди. Ҳатто Гётенинг “Ғарбу Шарқ девони”га кириб борган Шарқ руҳи совет даври адабиётимиздан қувиб чиқарилган эди. Эркин Вохидов ана шу руҳни 60-йиллар шеъриятига олиб кирибгина қолмай, “Ўзбегим” қасидасини ҳам яратди. У билан изма-из, бир йил фарқи билан, Абдулла Ориповнинг ҳам “Ўзбекистон” қасида-достони майдонга келди. Бу ҳар иккала қасидада Чўлпон ҳур ва озод бўлишини орзу қилган, улуғ тарихга ва жаҳоншумул сиймоларига эга бўлган Ўзбекистон куйланган эди.

Баҳс Э.Воҳидовнинг “Ёшлик девони” устида борар экан, у майдонга келган вақтда газета ва журнал саҳифаларида партияни, пахтани, тинчликни олқишловчи, Америка империализмини қораловчи шеърлар дарёси тўлқинланиб турарди. Ана шундай шароитда у арузий шеъриятга хос мусиқий равонлик ва нафосат билан бирга ўзбекона миллий руҳнинг ҳам шеъриятимизда қарор топишига ўз ҳиссасини қўшди. Аруз шеърий санъатлар фавворасини тақозо этувчи шеърий тизилма бўлгани учун “Ёшлик девони”да шоирнинг бой руҳий олами гўзал бир шаклда ифодасини топди.

Чўлпон гарчанд арузнавис салафлари изидан бормай, бармоқ вазнига катта эътибор берган бўлса-да, арузга ҳам ўқтин-ўқтин мурожаат этиб турган. Лекин унинг арузи анаънавий бўлмаганидек, туйғуларида ҳам сийқалик бўлмаган.

Мана, бир мисол:

Боғларда сўлди гуллар, сўлди гуллар, сезмадим,
Қип-қизориб ботди кунлар, ботди кунлар сезмадим.
Қайда қолди қонли кинлар, қонли кинлар сезмадим,
Сочларинг боғлаб олиб, боғлаб олибдир сезгини!…

Э.Воҳидов ғаззалларида шунга ўхшаш туйғулар нафосати ва ифода малоҳати мавжланиб туради.


А.Орипов эса шеъриятга исёнкор шоир сифатида кириб келди. Унинг аксар шеърларида гарчанд ғафурона оҳанглар эшитилиб турса-да, у, моҳиятан, Чўлпон шеърлари билан кўз очган шоир. Унинг илҳоми ана шу икки қутб орасида ҳалигача парвоз қилиб, чўлпонона шеърият сари яқинлашганида, шеърлари ҳиссий теранлик касб этиб боради.

Содда Чўлпон 1921 йили, амирлик ағдарилиб, Бухоро Халқ Республикаси барпо этилганида, “Халқ” шеърини ёзиб, унинг тарих ижодкори сифатидаги ролига катта баҳо берган. Лекин орадан кўп ўтмай, у “Милтираган хира чироқсан, йўқсил, Ел қаттиқроқ келиб урса ўчарсан”, – деб большевиклар миниб олган халққа тўғри баҳо қўйган. Орадан олтмиш йил ўтгандан сўнг ҳам шу халқ табиати ва тақдирида ўзгариш бўлмади. Бундан изтироб чеккан А.Орипов Абдулла Қодирий, Чўлпон сингари фарзандларини асрашга қодир бўлмаган халқни оломон деб атаб, ёзди:

Машраб осилганда қаёқда эдинг?
Лорка отилганда қаёқда эдинг?

Суриштирганмидинг Қодирийни ё


Қалқон бўлганмидинг келганда бало?

Ҳукмлар ўқилур сенинг номингдан,


Тарихлар тўқилур сенинг номингдан.

Нимасан? Қандайин сеҳрли кучсан?


Нечун томошага бунчалар ўчсан?…

Абдулла Орипов, худди Чўлпон каби, бу шеърни маснавийда, худди Чўлпондек “кўч-ўч” қофияларидан фойдаланиб ёзган. Агар халқ кучига бир зум бўлса-да ишонган Чўлпон маслакдошларига мурожаат этиб, “Бутун кучни халқ ичидан олайлик!” – деган бўлса, Абдулла ҳам бевосита халққа мурожаат этиб, “Қачон халқ бўласан, эй сен – оломон?!” деб хайқирган. Бу шоирнинг Чўлпон билан баҳси эмас, балки унинг дардини тушунган кишининг ноласидир.

А. Орипов қалби жароҳатланган ё эски жароҳатлари очилган пайтда шундай чўлпонона кучга эга шеърларини ёзди.

Ўзбек шоирлари Чўлпондан қанчалик узоқлашсалар, унга шунчалик яқинлашмоқдалар. Агар ўша 60-йилларда Э.Вохидов ва А.Орипов авлоди билан бирга Ойбек ва Миртемир ижодида иккинчи баҳор бошланди, десак янглишган бўламиз. Ойбек ўша йиллари ёзган тўртликлари ва улардаги “Ҳақиқат соқовдир, заифдир инсон…” сингари сатрлари билан совет даври фожиаларининг илдизини очиб ташлади. Миртемир Тошбу, Патти каби қаҳрамонлари сиймосида жабрдийда халқ образини яратди. У ўз ижодининг такомилида халқона руҳ билан тўйинган шоирдан халқ дардини дадил ифодалай олувчи, халқ ва юрт дарди билан яшовчи шоир даражасига кўтарилди.

Кекса ва ёш авлод вакилларининг ана шу парвози фонида Асқад Мухтор шеърияти ўзининг янгича ҳарорати, фалсафий мушоҳадаларга бойлиги билан ажралади. Афсуски, биз, ўзбек адабиётшунослари, бу тилга олинган шоирларни ҳанузга қадар жаҳонга бутун куч-қудрати билан кўрсата олмадик. Агар келажакда немис, инглиз, француз… китобхонлари уларнинг энг яхши асарларини она тилларида ўқиш имкониятига эга бўлсалар, ХХ аср ўзбек шеърияти жаҳон адабиётига бир неча буюк шоирларни етказиб берганига имон келтирадилар.

Ҳозирги ўзбек шеъриятидаги Чўлпон анъаналари хусусида сўз борганда, Рауф Парфи номини тилга олмаслик номардлик бўлурди. Унинг ижоди – ҳозирги шеъриятимиздаги соф чўлпонона ҳодиса. Унинг туйғулари қанчалик тиниқ бўлса, шунчалик дардлидир.

Рауф Парфининг дастлабки шеърларига “оқ йўл” тилаган Асқад Мухтор шоирга катта баҳо бериб, бундай ёзган эди: “Лирика ижоднинг энг субъектив турларидан биридир. Рауф Парфи ўз изланишларининг баъзи босқичларида интим ҳисларининг ташқи олам билан боғланишини йўқотди. Субъектив ҳиссиётнинг шеър бўлиши учун бундай боғланиш ришталари жуда муҳим”.

Асқад Мухторнинг кучи шундаки, унинг шеърларидаги интим ҳислар ташқи олам билан узвий боғланган. У туйғуларнинг шу боғланишида юксакликка кўтарилади. Рауф Парфининг кучи эса интим туйғуларининг теранлигида, давр билан эмас, фоже халқнинг жароҳатларидан томаётган қон томчилари билан йўғрилганлигидадир. У ана шу заминда Чўлпон билан уйғунлашиб боради.

70-йиллар миллий шеъриятимизга кириб келган шоирлар қалбида Рауф Парфи қони оз эмас. Усмон Азим, Шавкат Раҳмон, Хуршид Даврон, Мирзо Кенжабек сингари шоирлар ва улардан уч-тўрт кўйлакни ортиқ йиртган Миразиз Аъзам шеъриятимизнинг ҳаётни ҳақиқат кўзлари билан кўришга муҳим ҳисса қўшдилар. Агар Чўлпон миллий уйғониш адабиётининг намояндаси ўлароқ асримизнинг биринчи чорагида халқни уйғотган бўлса, улар худди шундай вазифани 80-йилларнинг ўрталарида ўз олдиларига қўйиб, миллий мустақиллик учун фаол курашдилар. Чўлпон улар учун Йўлчи юлдуз бўлиб хизмат этди.

Бугун ўзбек шеърияти ўз тарихининг янги даврига қадам қўйди. Истиқлол даври шеъриятига хос муҳим хусусиятлардан бири шундаки, миллий рангларга эга бўлиш ва миллий қадриятларни шарафлаш билан бирга миллий ҳақиқатни кашф этиш, инсон қалбини яқиндан ҳис қилиш, унинг теран қатламларига назар ташлаш, ундаги эзгу ва заиф жиҳатларни нурлантириш орқали томошага ўч оломонни халқ даражасига, ўз ғурурини билган, келажакка ёруғ юз билан интилган халқ даражасига кўтаришдир.

ХХ аср ўзбек шеъриятидаги Чўлпон номи билан боғлиқ манзаралар, менимча, шулардан иборат.

CHO’LPON


(1897 -1938)
Haq yo'li, albatta, bir o’tilgusi...

Cho'lpon.



Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug'ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o'g'li Andijonning obro'li kishilaridan bo'lib, savdogarchilik bilan shug'ulla­nar edi. U zamonasining o'qimishli kishilaridan hisoblanar, o'zi ham she'rlar yozib turardi. O'sha davrda bo'lajak shoirning otasi o'zi yozgan hajviy she'rlardan devon tuzganligi haqida ma'lumotlar bor. Cho'lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o'qimish­li bo'lmasa-da, o'g'lining ijodiga katta ta'sir ko'rsatgan. Negaki, u xalq qo'shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina bahramand bo'lgan. Abdulhamid avval eski maktabda o'qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko'rdi. Zamonning talabini ilg'agan Sulaymonqul o'g'lini rus-tuzem maktabida ham o'qitdi. Bo'lajak shoir muntazam shug'ullanishi va tabiiy iste'dodi tufayli o'zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu tillardagi adabiyotlarni puxta biladigan o'qimishli kishi bo'lib yetishdi. Tinimsiz o'qish-o'rganish va kuchli iste'dod tufayli Abdulhamid o'n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she'rlari Turkiston o'lkasi gazetalarida chop etilardi. Ijodkorning iste'dodi ko'lami uning o'z xalqiga bo'lgan muhabbati ko'lami bilan o'lchanadi. Katta iste'dod ko'pincha katta muhabbatdan iborat bo'ladi. Cho'lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo'lgan cheksiz muhabbat yorqin ko'rinib turardi. U xalqini ozod va baxtli ko'rishni istardi. Buning uchun odamlarni jaholat uyqusidan uyg'otish, ma'rifatdan, ilm-u fan­dan bahramand qilish kerak deb hisoblardi. Ayni paytda, rus bosqinchilari millatning ma'rifatli bo'lishiga keng yo'l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma'rifatning, ma'rifatsiz esa erkning bo'lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho'lpon 1917 -yilning fevralida Rossiya impe­riyasida sodir bo'lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o'lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o'zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beri­ladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo'lga kiritiladigan ne'matdir. O'sha yilning oktabrida ro'y bergan to'ntarish esa shoirning so'nggi umidlarini ham so'ndirdi. Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho'lpon ijodining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Minglab yillik an'analarga ega qadimiy o'zbek she'riyatida Cho'lpon o'z yo'lini izladi va hech kimnikiga o'xshamagan, samimiyligi, jozibadorligi, ta'sirchanligi, tuyg'ularning rangin­ligi bilan o'zgalarnikidan ajralib turadigan she'riy olam yarata bildi. Bugungi o'zbek adabiy tili ko'p jihatdan Cho'lpon she'r­lari ta'sirida shakllangan tildir. Cho'lpon mislsiz she'riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o'zbek roman-dilogiyasi­ning muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlarining xotirlash­laricha, romanning ikkinchi kitobi Cho'lpon qamalgan paytda yo'q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Birinchi kitobi «Kecha” egamanlik yillarida qaytadan nashr etildi va ko'pchi­lik o'quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning «O'tkan kun­lar” romani darajasidagi asar sifatida baho oldi. Cho'lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy” dramasi
1 Dilogiya – ikki kitobdan iborat asar.

badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o'z ta'sir kuchini yo'qotmay kelmoqda. Abdulhamid Cho'lpon o'zbek o'quvchilarini jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shekspir, Blok, Gorkiy, Thakur singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqimiz ma'naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Cho'lpon haqiqat va hurlikni e'tiqodiga aylantirgan ijod­kor edi. Shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb e'lon qilgan hukmron tabaqalarga, hukmron millatlarga uning ijodi yoqmas edi. Ular shoirdan xalq baxtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni talab qilishdi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi - Cho'lpon buni qilolmasdi. Shu bois uni o'zi sevgan, hayotini baxshida qilgan xalqqa dushman deb, millatchi deb e'lon qilishdi. Shoirni 1937 -yilning l3-iyulida qamoqqa olishdi. Uzoq qiynoqlar va tahqirlardan keyin 1938­ -yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida o'zbekning buyuk shoiri otib tashlandi. Dahshatlisi shundaki, Cho'lponni o'limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi. Dushmanlarimiz xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo'q qilishga, odamlarimizni ma'naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga shoshilardi. Cho'lpon ijodi namunalari uzoq vaqt mobaynida o'quvchilardan berkitib kelindi. Chunki o'sha vaqtlardagi davlat tuzumi haq gapni aytadigan jasoratli shoir ijodini o'rganishdan manfaatdor emas edi. Lekin haqiqatni umrbod berkitib bo'lmaydi. Quyoshni yashirib qo'yishning imkoni yo'q. Cho'lpon o'zbek she'riyatining yorqin siymolaridan edi va shu bois o'tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she'riyatimiz osmonida qayta porlay boshladi.

GO'ZAL

Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,



Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen,

Ul yulduz uyalib, boshini bukub,

Aytadir: men uni tushda ko'ramen.

Tushimda ko'ramen - shunchalar go'zal,

Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!

Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,

Boshlaymen oydan-da seni so'rmoqqa,

Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa

Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.

Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,

Mendan-da?go'zaldir, kundan-da go'zal!

Erta tong shamoli sochlarin yoyib,

Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.

Aytadir: bir ko'rib, yo'limdan ozib,

Tog'u toshlar ichra istab yuramen!

Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,

Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!

Ul ketgach, kun chiqar yorug'lik sochib,

Undan-da so'raymen sening to'g'ringda.

Ul-da o'z o'tidan bekinib, qochib

Aytadir: bir ko'rdim, tushdamas, o'ngda.

Men o'ngda ko'rganda shunchalar go'zal,

Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!

Men yo'qsil na bo'lib uni suyibmen,

Uningchun yonibmen, yonib-kuyibmen,

Boshimni zo'r ishga berib qo'yibmen,

Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?

Men suygan suyukli shunchalar go'zal,

Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!

XALQ


Xalq dengizdir, xalq to'lqindir, xalq kuchdir,

Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o'chdir...

Xalq qo'zg'alsa kuch yo'qdirkim, to'xtatsin,

Quvvat yo'qkim, xalq istagin yo'q etsin.

Xalq isyoni saltanatni yo'q qildi,

Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi...

Xalq istagi - ozod bo'lsin bu o'lka,

Ketsin uning boshidagi ko'lanka.

Bir qo'zg'alur, bir ko'pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o'ynar.

Yo'qlikni-da, ochlikni-da yo'q etar,

O'z yurtini har narsaga to'q etar...

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!

BUZILGAN O'LKAGA

Ey, tog'lari ko'klarga salom bergan zo'r o'lka,

Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko'lanka?

Ujmohlarning kavsaridek pokiza,

Sadaflarning donasidek top-toza.

Salqin suvlar tog'dan quyi tusharkan,

Tomchilari yomg'ir kabi ucharkan,

Nima uchun yig'lar kabi ingraylar?

Yov bormi, deb to'rt tarafni tinglaylar?

Tabiatning o'tini yo'q o'tida,

Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar,

Har qorong'i, qo'rqinch tunning betida,

Shifo istab kelmasin der, qo'noqlar.

- Bu nega?

Ayt menga.

Ko'm-ko'k, go'zal o'tloqlaring bosilg'on,

Ustlarida na poda bor, na yilqi,

Podachilar qaysi dorga osilg'on?

Ot kishnashi, qo'y ma'rashi o'rniga

- Oh, yig'i,

Bu nega?

Tumarchalar, hamoyillar taqingan.

Dalalarda lola bargi yopingan,

Tog'-toshlarda o'yin qilgan,

Chopingan

Go'zal qizlar, yosh kelinlar qayerda?

Javob yo'qmi ko'klardan-da, yerdan-da,

Xarob bo'lgan eldan-da.

Ot minganda qushlar kabi uchguvchi,

Erkin-erkin havolarni quchguvchi,

Ot chopganda uchar qushni tutguvchi,

Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?

Tog' egasi: sor, burgutlar qayerda?

Sening qattiq sirt-bag'ringni ko'p yillardir ezganlar,

Sen bezsang-da, qarg'asang-da ko'kragingda kezganlar,

Sening erkin tuprog'ingda hech haqqi yo'q xo'jalar,

Nega seni bir qul kabi qizg'anmasdan yanchalar?

Nega sening qalin tovshing «ket» demaydi ularga?

Nega sening erkli ko'ngling erk bermaydi qo'llarga?

Nega tag'in tanlaringda qamchilarning kulishi?

Nega sening turmushingda umidlarning o'lishi?

Nega yolg'iz qon bo'lmishdir ulushing?

Nega buncna umidsizdir turishing?

Nima uchun ko'zlaringda tutashguvchi olov yo'q?

Nima uchun tunlaringda bo'rilarning qorni to'q?

Nima uchun g'azabingni uyg'otmaydi og'u - o'q?

Nima uchun borlig'ingda bu daraja buzg'unlik?

Nima uchun o'ch buluti sellarini yog'dirmas?

Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?

...Kel, men senga qisqagina doston o'qiy,

1 Hamoyillar - qo'ltiq tagidan o'tkazib taqiladigan yomon ko'zdan asrovchi toshli tumor, bezaktosh. 2 Sor - qarchig'aylar turiga mansub yirtqich qush. 3 Qizg'anmasdan - ayamasdan. 4 Qalin tovshing - yo'g'on, qat'iy tovushing.

Qulog'ingga o'tganlardan ertak to'qiy.

Kel, ko'zingning yoshlarini so'rib olay...

Kel, yarali tanlaringni ko'rib olay, to'yib olay...

Nima uchun ag'darilgan, yiqilgan,

Og'ir tojning zahar o'qi ko'ksingda?

Nima uchun yovlaringni bir zamon,

Yo'q qilgunday temirli o'ch yo'q senda?

Ey, har turli qulliklarni sig'dirmagan hur o'lka,

Nega sening bo'g'zingni bo'g'ib turar ko'lanka?


BINAFSHA
Binafsha senmisan, binafsha senmi,

Ko'chada aqchaga sotilgan.

Binafsha menmanmi, binafsha menmi,

Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,

Bir erkin kulmasdan uzilding?

Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,

Yerlarga egilding, cho'zilding?

Binafsha,

Ayt menga,

Kimlardir ularkim,

Ignani bag'ringga sanchalar?

Binafsha,

Bir so'yla,

U qanday qo'llarkim,

Uzalar, hidlaylar, yanchalar?

Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,

Nimaga uzoqroq kulmaysan?

Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,

Ko'nglimga isriqlik to'kmaysan?

Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri,

Qayg'ungni qayg'umga qo'shgil.

Binafsha, sen uchun ko'kragim erk yeri,

Bu yerdan ko'klarga uchgil.

Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan,

Qayg'ung zo'r, qayg'umni bilmaysan,

Menga bir kulmaysan.

KO'NGIL
Ko'ngil, sen munchalar nega

Kishanlar birla do'stlashding?

Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,

Tubanlik mangu ketmasmi?

Kishanlar parchalanmasmi?

Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan,

Sen-da odam, sen-da insonsen.

Kishan kiyma,

Bo'yin egma,

Ki sen ham hur tug'ulg'onsen!

KO'CHIM HAQIDA


Badiiy ijod talabiga ko'ra ayrim so'zlar tashiydigan ma'no boshqa so'zlarga ko'chirilishini anglamay turib, badiiy asarlarni tushunish, undan ta'sirlanish, lazzatlanish va tahlillash mumkin emas. Ko'chim eng ko'p ishlatiladigan badiiy vosita­lar jamidir. Nutqni ta'sirchan qilish maqsadida nutqda: «oltin kuz», «o't yurak», «olov qalb», «tosh bag'ir» kabi iboralar ishlatiladi. Holbuki, har qanday odam ham kuzning oltin emasligini, yurakning alangalanmasligini, jigarning toshdan bo'lmasligini yaxshi biladi. Ammo yuqoridagi iboralar yordamida ifodalan­gan ma'no boshqa so'zlar orqali ifodalansa, gap cho'zilib keta­di va ta'sirchanligi yo'qaladi. Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga» she'rida «Tog' egasi: sor, burgutlar qayerda?» - degan misra bor. Undagi «sor, burgut» so'zlari o'z ma'nosida emasligi sezilib turibdi. Yoki «Binafsha» she'ridagi binafsha timsoli qanday ma'no ta­shiyotgani to'g'risida o'ylab ko'raylik. She'rda shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko'katga qaratilganmi, xo'rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami? Agar so'z ma'nolari­ning ko'chishini anglamasak, she'rning joziba kuchi yo'qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go'zallik go'zallik bo'la olmaydi. Yozuvchilar biror so'zga xos ma'noni boshqasiga yuklar ekanlar, xayollariga kelganday, tavakkaliga ish tutavermaydilar. Bunda narsalar o'rtasida yoki narsa bilan hodisa o'rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o'xshashligi, aloqadorligi bo'lishi shartdir. Bu jihatdan ko'chimlar o'xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o'xshatishda o'xshagan buyum ham, o'xshatilgan narsa ham ifodalangan bo'ladi. Ko'chimda esa ba'zan o'xshagan narsa, ba'zan o'xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma'no birinchisiga ko'chirilgan bo'ladi. Ko'chim qudratli tasvir vositasi bo’lib, u kitobxonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg'ularni bevosita his qilishga, badiiy asar qahramonlar holatini tuyish­ga yordam beradi. Shunday qilib, ko'chim so'zni ko'chma ma'noda qo'llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o'xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko'chirish san'atidir.

Adabiyotshunoslik ilmida ko'chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko'rinishlari bo'ladi.

Majoz adabiy asarda o'quvchiga noaniqroq bo'lgan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgi­lar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo'taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko'chirilishi majozning yorqin namuna­sidir. Ramz ham ko'chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O'quvchi anglashi murakkabroq bo'lgan mavhum ahloqiy sifat­ning shu sifatlarga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi. O'zbek adabiyotida may - hayot ramzi, gul - ma'shuqa ramzi, burgut - mag'rurlik ramzi, chumoli - mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va hok. tarzida qadimdan qo'llanib keladi. Ko'chimning ko'p ishlatiladigan ko'rinishlaridan biri istio­radir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko'chirish orqali badiiy ma'no ifodalanadi. Lekin bu ko'chirishda tashqi o'xshashlik asosiy o'rin tutmay­di. Balki o'xshatilayotgan va o'xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog'lanishga, yaqinlikka, vazifalarda­gi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko'rinishdagi o'xshatish deyish mumkin. Cho'lponning «Binafsha» she'rida «Binafsha, sen uchun ko'kragim erk yeri, Bu yerdan ko'klarga uchgil» tarzida ifo­dalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko'kragim» so'zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so'zi bilan ifoda etilgan.

ABDULHAMID SULAYMON O‘G‘LI CHO‘LPON

Cho‘lpon asarlari mustabid sovet tuzumi davrida o‘zbek adabiyoti bo‘stonidan yulib tashlangani uchun uning ijodini o‘rganish va asarlarini nashr etish ishlarining boshlanganiga ko‘p bo‘lganicha yo‘q. Shunga qaramay, Cho‘lpon hozirning o‘zidayoq xalqimizning eng buyuk va sevimli yozuvchilari qatoridan mustahkam o‘rin egalladi. Ayni paytda, Cho‘lponning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bir qator ilmiy hamda ilmiy-ommabop kitob va risolalar maydonga keldi. Biz bu kitob va risolalar bilan tanishar ekanmiz, Cho‘l-ponning XX asrda o‘zbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shgani, o‘zbek adabiyotini yangi, zamonaviy adabiy janrlar bilan boyitgani, zamonaviy tarjima maktabiga asos solgani, shuningdek, milliy teatrimizning asoschilaridan biri bo‘lganiga amin bo‘lamiz.

Adibning hayot va ijod yo‘li. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning tug‘ilgan sanasi shu paytgacha ilmiy adabiyotlarda 1897-yil deb kelingan edi. Adabiyotshunoslar shu sanani Cho‘lponning tug‘ilgan yili sifatida tanlaganlarida 1937-yilda bo‘lib o‘tgan tergov materiallariga asoslangan edilar. Ammo boshqa mo‘tabar yozma va og‘zaki manbalar uning 1898-yilda tug‘ilganini tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bundan keyin shu sanani Cho‘lponning tug‘ilgan yili, deb belgilashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.

Cho‘lpon Andijonning Qatorterak mahallasida gazlama savdosi bilan shug‘ullanuvchi Sulaymonqul Muhammadyunus oilasida tug‘ildi. Otasi o‘z davrining ilg‘or kishilaridan bo‘lib, Rasvo taxallusi bilan hajviy she’rlar ham yozgan. Ayniqsa, uning qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan gazetalarga obuna bo‘lganligi, o‘g‘lining zamonaviy bilimlardan xabardor bo‘lishini istaganligi Cho‘l-ponning shaxs sifatida shakllanishida muhim omillardan bo‘ldi.

Cho‘lpon madrasa tahsilini ko‘rgach, 1912-1914-yillarda rus-tuzem maktabida o‘qidi. Shu vaqtda «Tarjimon» gazetasi va «Oyna» jurnaliga xabar va she’rlar yo‘llab turdi. 1914-yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida Cho‘lponning «Turkistonli qardoshlarimizga» she’rining e’lon qilinishi esa o‘z mavzusiga ega, o‘zbek xalqining taqdiri ustida kuyinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi.

Cho‘lponning shu yili Toshkentga vaqtincha ko‘chib kelib, «Sadoyi Turkiston» gazetasining muharriri Ubaydulla Xo‘jayev va shu gazetaning mutasaddilaridan biri, Toshkent jadidlarining sardori Munavvar qori Abdurashidxonov bilan uchrashuvi uning keyingi taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu yili Cho‘lpon «Sadoyi Turkiston» gazetasida, yuqorida tilga olingan she’ridan tashqari, ,,Qurboni Jaholat» va «Do‘xtur Muhammadyor» hikoyalarini hamda «Yozg‘uvchilarimizga», «Adabiyot nadur» maqolalarini e’lon qildi. Ya’ni u ayni paytda ham shoir, ham nosir (yozuvchi), ham adabiyotshunos sifatida maydonga chiqdi. Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo‘lib, Munavvar qori unga bejiz Cho‘lpon -Tong yulduzi, degan taxallus bermagan ekan.

Cho‘lpon Andijonga qaytgach, ham «Sadoyi Turkiston», ham «Sadoyi Farg‘ona» gazetalarining muxbiri sifatida faoliyat olib bordi. So‘nggi yillarda topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z oldiga o‘zbek xalqini madaniy qoloqlikdan olib chiqish vazifasini qo‘ygan shoirgina emas, balki andijonlik taraqqiyparvarlarning chor hokimiyatidan xalos bo‘lish maqsadi bilan tuzilgan yashirin tashkilotning ham a’zosi bo‘lgan. Shunday shoirning 1917-yil Fevral inqilobini katta umidlar bilan qarshi olishi, 1917-yil oktabrida Qo‘qonda tuzilgan Turkiston muxtoriyat hukumatini esa butun vujudi bilan olqishlashi tabiiy edi. Cho‘lpon Muxtoriyatning e’lon qilinishida ishtirok etibgina qolmay, uning «Ozod turk bayrami» degan madhiyasini ham yozdi.

Cho‘lpon Muxtoriyatning kuychisi edi. Shuning uchun ham 1918-yilda, Muxtoriyat tugatilgandan keyin, Farg‘ona vodiysining qonga botirilganini ko‘rgan shoir bolshevizmga qarshi nafrat bilan to‘la she’r va ocherklar yozdi. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» singari xalqni mustamlakachi Sovet davlatiga qarshi kurashga da’vat etuvchi she’rlari uning grajdanlik (ruqarolik) jasoratini tasdiqlovchi tarix hujjatlaridir.

Odatda, Sovet davlatining qatag‘on siyosati to‘g‘risida so‘z borganda 30-50-yillarda ro‘y bergan dahshatli voqealargina ko‘z oldimizga keladi. Ammo bolsheviklar o‘zlarining xunrezlik siyosatlarini 1918-yil boshlarida Muxtoriyatning tugatilishi bilanoq boshlab yuborganlar. Shu yili Muxtoriyat rahbarlarining bir qismi qamoqqa olinishdan qochib, xorijga ketgan, qolganlari esa ta’qib ostida yashagan. 1921-yili bolshevizmga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan «Milliy ittihod» yashirin tashkiloti (1918-1926)ning rahbarlari ilk bor qamoqqa olindilar. O‘lka bo‘ylab ta’qib va tazyiq avj oldi. 1926-1927-yillarda yana «milliy ittihodchilar» qamoqqa olinib, ta’qib etildi. 1929-1930-yillarda esa yuzlab ziyolilar, sud va prokuratura xodimlari aksilinqilobchi va millatchi unsurlar sifatida qamoqqa olindilar. Cho‘lpon singari taraqqiyparvar kishilar Davlat Siyosiy Boshqarmasi-mash’um GPUning «hushyor ko‘zlari» ostida yashashga majbur bo‘ldilar.

Cho‘lpon shunday sharoitda teatr, ma’rifat va madaniyat jabhalarida faoliyat ko‘rsatib, xalqning ko‘zlarini ma’rifat nurlari bilan yuvishga urindi. U Maorif komissarligi qoshidagi O‘lka bilim hay’atiga rais, «Buxoro axbori» gazetasiga muharrir, «Turon» teatriga direktor_yoki ,Ishtirokiyun» «Qizil bayroq» va tur-kiston» gazetalarida tahrir hay’ati a’zosi va adabiy xodim (1920- 1923-yillar) bo‘lib ishlaydimi, uning diqqat markazida xalq va mamlakat manfaati bilan bog‘liq masalalar turdi. Cho‘lponning 1922-yilda nashr etilgan «Uyg‘onish» va «Buloqlar», shuningdek, 1926-yilda e’lon qilingan «Tong sirlari» she riy to‘plamlari uning o‘z e’tiqodida qat’iy turgan, o‘z vatanining mustaqil bo‘lishini astoydil istagan shoir ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

Cho‘lponning adabiy ijodi uch muhim tarmoqdan: she’riyat, nasr va dramaturgiyadan iborat. U avvalambor shoirdir. Ammo shu bilan birga, «Vayronalar orasidan», «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» singari ocherk va hikoyalari, «Kecha va kunduz» romani Cho‘lponning mohir yozuvchi bo‘lganidan dalolat beradi.

Jadid adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning namoyandalari bevosita xalq ommasi bilan muloqotda bo‘lish, unga o‘z g‘oyalarini yuqtirish, uni o‘z ortidan ergashtirish maqsadida teatr san’atidan unumli foydalanganlar. Cho‘lpon ham ustozlari izidan borib, ijodining dastlabki davridayoq dramaturgiyaga murojaat etgan, hatto ,,Turon» teatrida direktor, Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida esa adabiy emakdosh bo‘lib xizmat qilgan. U Moskva teatrlari repertuarlarini puxta o‘rgangan va drama nazariyasi bilan yaqindan tanishgan. Cho‘lpon o‘sha kezlarda studiyachilar uchun rus va Yevropa dramaturglarining qator asarlarini tarjima qilish bilan birga, «Yorqinoy» (ilk nusxasi 1920-yilda yozilgan), «Qorovuluyqusi», «Yana uylanaman», «Uzunquloq bobo» singari pyesalarini ham yozgan. Keyinchalik uning «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev», «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda) pyesalari maydonga keldi va Cho‘lpon Hamza va Fitrat bilan birga peshqadam dramaturg sifatida shuhrat qozondi.

Cho‘lpon badiiy ijodning bu uch muhim «tarmog‘»idan tashqari, publitsistika, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va badiiy tarjima «sohalarida ham samarali ijod qildi.Uning, ayniqsa, tarjimon sifatida olib borgan faoliyati o‘zbek adabiyotining ravnaqiga, yangi adabiy janr va shakllar bilan boyishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U. Shekspirning «Hamlet», A.S. Pushkinning «Boris Godunov» va «Dubrovskiy», N.V. Gogolning «Tergovchi», L. Andreyevning «Osilgan yetti kishining hikoyasi», M. Gorkiyning «Yegor Bulichev va boshqalar», «Ona» va boshqa ko‘plab asarlarning Cho‘lpon tomonidan qilingan tarjimasi badiiy madaniyatimiz xazinasiga qo‘shilgan ulkan boylik bo‘libgina qolmay, zamonaviy o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va boyishiga ham bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi.

Siyosiy idoralarning doimiy ta’qibi va tazyiqi, bolshevik tanqidchilarning esa zaharli «qamchi»si ostida yashagan Cho‘lpon umrining so‘nggi yillarida siyosatdan uzoqda turishga qanchalik harakat qilmasin, 1937-yilning vahshiy to‘lqini uni ham o‘z qa’riga tortdi. Endigina 40 yoshga to‘lgan Cho‘lpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda otib tashlandi.

Cho‘lponning she’riy asarlari

Cho‘lponning she’riy ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning nihoyatda nozikta’b, kamtar, xokisor, oliyjanob, tabiat va kishilardagi go‘zallikning kamalak ranglarini ko‘rabiladigan, xalq va uning zarralari bo‘lgan kishilarga ezgulik istagi bilan yashagan insonni ko‘ramiz. Ana shu inson uning lirik qahramonidir.

Odatda, har bir shoir lirik qahramon obrazida o‘zining «men»ini, hayotdan olgan taassurotlari, his-tuyg‘u va kechinmalarini ifodalaydi. Cho‘lpondek mustabid tuzum sharoitida yashagan shoirning faqat bir xil (tabiat yoki sevgi haqidagi) kechinmalarni ifoda etishi aslo mumkin emas. Negaki, uning hayotida baxt va saodat daqiqalaridan ko‘ra, iztirob, g‘am va alam og‘ushida kechgan kunlar oz bo‘lmagan. Mustabid tuzum uning va u mansub bo‘lgan xalqining boshiga ne kunlarni solmagan. Shunday ekan, Cho‘lponning lirik she’rlarida ana shu murakkab tarixiy davrda yashagan kishining ruhiy olamidagi po‘rtanalar o‘z in’ikosini topmasligi mumkin emas edi.


Lirik tuyg‘ular tasviri

Cho‘lponning «Men shoirmi?» (1928) deb nomlangan she’ri 20-yillarda Toshkentdagi O‘lka o‘zbek bilim yurti o‘qituvchilarining iltimosi bilan shoirning lirik tarjimayi holi sifatida yozilgan.

Cho‘lpon bu «lirik tarjimayi holi»da, o‘qituvchilar xohlaganidek, o‘z hayot yo‘lini emas, balki hali shoirlik iqtidoriga erishmagan qalamkash sifatidagi kechinmalarini tasvirlagan.

Agar har bir she’r tayanch so‘zlar ustiga quriladi, degan fikrdan kelib chiqsak, bu she’rda xayol, jinni yurak, ko‘lanka, sayr, qiynalish, go‘zal holat, rassom, shoirlik, soya so‘zlari tayanch so‘zlar sifatida gavdalanganini ko‘ramiz. She’rda tasvirlanishicha, shoir-she’rning lirik qahramoni shunday xayolparast bir kishiki, uning xayollari falakka ko‘tarilib, «bir zamon bir shirin joyga yetganda nariga o‘tmasdan», to‘xtab qoladi. Xuddi shu chog‘da unda qiynalish jarayoni boshlanadi:

Chunki xayolimning ko‘zlari bilan

Bir go‘zal holatni ko‘rib turaman.

Lazzatga g‘arq bo‘lib, o‘lib turaman.

U holni borliqning so‘zlari bilan

Anglatish qo‘limdan kelmay qoladir...

Lirik qahramonga, agar rassom bo‘lganida, ana shu go‘zal holatni tasvirlashi mumkindek tuyuladi. Lekin, modomiki, u shoir bo‘la turib uni tasvirlashga ojiz ekan, demak, uningcha, shoirligi bamisoli soya kabi omonat hodisadir:

Shoirlik menda bir soyami, deyman,

Har bir tushunchamni yoza olmagach, Rassomdek xayolga chiza olmagach,

Haqir borlig‘imga ko‘p afsus yeyman...

Cho‘lpon bilim yurti o‘qituvchilarining o‘z tarjimayi holini yozib berish haqidagi iltimoslariga javoban shunday she’rni bitgan. Bu she’r, birinchidan, shoirning g‘oyat kamtarin inson bo‘lgani, ikkinchidan, o‘z she’riy iste’dodiga shubha bilan qaragani, uchinchidan, xayolining har bir harakatini, xususan, o‘sha «go‘zal holatni rassom singari chiza olish mahoratiga erishish orzusida ekanidan dalolat beradi. Shu ma’noda bu she’r shoir ruhining muayyan bir holatdagi tarjimatyi holidir.

Endi ana shu shoirning tabiat manzaralari tasviriga bag‘ishlangan she’rlarini ko‘zdan kechiraylik.

Avvalo, shuni ta’kidlash zarurki, Cho‘lpon ohang va hamohanglikni, tabiat bilan inson ruhi o‘rtasidagi garmoniyani yaxshi his etadi.Uning aksar she’rlarida vazn va qofiya tizimlariga izchil rioya qilganligining sababi ham shunda. Ammo shoirning «Bahorni sog‘indim...» (1926) she’ri esa, boshqa she’rlaridan farqli o‘laroq, sarbast vaznida yozilgan.

She’r shunday satrlar bilan boshlanadi:

Bahorni sog‘indim, bahorni...

Ko‘rganda yerlar, olamlar to‘la qorni.

Qor... qor-Zaharli ninalar kabi

Ko‘zlarga qarab oqar...

1926-yil sentabrida Samarqandda bitilgan bu she’rda chizilgan tabiat manzarasi faqat «ko‘zlarga qarab nina kabi oquvchi» ana shu qor tasviridan iborat.

Odatda sentabr oyida O‘zbekistonda qor yog‘maydi. Yoqqanda ham tez erib ketadi. Balki o‘sha yillarda Samarqandda chindan ham qor yoqqan bo‘lishi mumkin. Cho‘lpon 1924-yildan 1926-yilning yoziga qadar Moskvada yashagani, rus qishiga va rus qoriga obdan to‘ygani uchun ham issiq o‘lkada bemahal yoqqan qor shoirda noxush bir kayfiyatni uyg‘otgan. Buning ustiga, bu qor shunchaki oddiy qor emas, balki bahorni o‘g‘irlagan, bahorni odamzod ko‘zidan yiroqlashtirgan qor edi:

Qaydasiz, qaydasiz

Latif siynalar kabi

Dalalarga singgan bahor?

Shoir bu satrlarga kutilmaganda kishida iliq bir kayfiyat uyg‘otuvchi poetik obraz («latif siynalar» )ni olib kiradi. Lekin u fikrni shunday ifodalaydiki, dalalarni ham, bahorni ham shu obraz vositasida idrok etamiz: « latif siynalar kabi dalalar», « latif siynalar kabi dalalarga singgan bahor».

Keyingi bandda mavzu, yana kutilmaganda, o‘zgaradi. Endi o‘sha mudhish qor tufayli «g‘amgin-g‘amgin so‘la boshlagan» ekin-tikin, «sarg‘aygan yaproq»va «bo‘yanib o‘la boshlagan»tuproq obrazlari ko‘z oldimizda yaqqol gavdalanadi. Bu band tufayli kitobxonda kuchaya boshlagan ma’yus bir kayfiyat she’rning so‘nggi bandida nekbin tuyg‘ular to‘lqini («Yo‘q, o‘lim yo‘qdir!..»)ga urilib, chilparchin bo‘ladi.

She’r bunday satrlar bilan tugaydi:

Yo‘q... o‘lim yo‘qdir!

Yolg‘iz bir o‘chib, bir so‘nish bordir...

Bir o‘chib, so‘nib... yana yonish bor.

Yana bahorlar,

Yana lolalar,

Yana siz, ey... erkin tilaklar!...

Agar shoir oldingi bandda ekin-tikin, yaproq va tuproqning o‘la boshlaganini ko‘rib, iztirob chekkan bo‘lsa, endi u hayotning abadiyligi haqidagi falsafadan kelib chiqqan holda o‘limning yo‘qligi, balki «bir o‘chib, so‘nib... yana yonish bor»ligini aytib hayqiradi. Hayotning bu temir qonuni oldida boyagi qor erib ketgandek bo‘ladi. Abadiyotning, tabiatdagi hayotbaxsh kuchning timsoli bo‘lgan «latif siynalar» obrazining esa dalalarga tegishli ekani oydinlashadi. Lekin yuqoridagi parchani diqqat bilan qayta o‘qisak, undagi «erkin tilaklar» obrazining she’r to‘qilmasiga bejiz kiritilmagani ma’lum bo‘ladi.

Shoir bir o‘chib, so‘nib, yana yonayotgan hodisalarni, xilqatlarni tilga olar ekan, «Yana bahorlar, Yana lolalar, Yana siz, ey... erkin tilaklar!..» deydi. Bir o‘chib, so‘nib, yana yongan tilaklar nima? Shubhasiz, mustamlakachilik kishanlaridan ozod bo‘lish, mustaqil bo‘lish, emin-erkin yashashdir. Cho‘lpon 1921-yilda «Buzilgan o‘lkaga» she’rida oshkora aytilgan bu tilaklarni 1926-yilda, mustabid sovet tuzumining tishlari qanchadan qancha kishilarni g‘ajib o‘tkirlashgan paytda ochiq ifodalay olmas edi. Agar shu haqiqatdan kelib chiqsak, she’rdagi qor obrazi mustamlakachi davlatning, tuzumning, «latif siyna» esa dalalarning-ona diyorning timsoli o‘laroq, ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Binobarin, Cho‘lpon oddiy tabiat lirikasida ham o‘z ijodining bosh g‘oyasi-erk va hurriyat g‘oyalarini tarannum etadi. Ammo bu g‘oya oshkora yangramagani, balki she’r to‘qilmasiga ustalik bilan singdirib yuborilgani uchun ushbu she’rni Cho‘lpon tabiat lirikasining namunasi sifatida o‘rganish joizdir. «Kuz yomg‘iri» she’ri esa o‘sha yilning oktabr oyida Moskvada yozilgan. Bu she’r tabiatning rangin tasviri emas, balki qora qalam bilan chizilgan eskizidir.

Biz she’rning yaratilish tarixini shunday tasavvur etamiz: Cho‘lpon Moskvadagi bekatlarning birida, ehtimol, tramvayning kelishini kutib turganida kuz yomg‘iri asta yog‘a boshlaydi. Shoir yomg‘ir tomchilarining daraxt yaproqlarini yuvib, so‘ng yerga to‘kilayotgani va chuqurcha hosil qilayotganini ko‘radi. Chuqurchaga tushayotgan yangi tomchilar uni, xuddi chakich singari, ko‘pirtirib yuboradi. Chuqurcha shoir tasavvurida jajji bir kulchaga aylanadi. Xayolning bu erkin o‘yinidan zavqlangan va hatto, ilhomlangan shoir bunday falsafiy xulosaga keladi: «Tomchilar-Ko‘klarning so‘zlari Yerlarni qamchilar...»

Ushbu she’r garchand lirik eskiz shaklida qolgan bo‘lsa-da, uning tugallanmasi bo‘lgan yuqoridagi satrlar bizni o‘ylashga majbur etadi. Shoir she’rdagi Jajji kulcha» obrazi yordamida yana ham moddiylashgan, hatto hayotbaxsh ma’no kasb etgan kuz yomg‘irini «ko‘klarning so‘zlari» deb ta’riflaydi va bu obraz vositasida endi unga ilohiy ma’no ham bag‘ishlaydi.

Cho‘lpon yuqorida tahlil etilgan «Men shoirmi?» she’rida o‘zining rassom bo‘lib tug‘ilmaganidan afsuslangan edi. Endi bir o‘ylab ko‘ring: agar shu she’rda tasvirlangan tabiat hodisasini hatto mashhur bir rassom bir xil rang bilan eskiz tarzida chizganida, bu rasm bizni shunchalik o‘ylantirgan va katta falsafiy ma’noni ifodalay olgan bo‘larmidi?..

Cho‘lpon ilohiy bir iste’dod egasi ediki, uning hatto yuqoridagi jajji bir she’rining ham tagida katta ma’no va mazmun qatlami yotadi.

Har bir shoir ijodida intim lirika namunalari bo‘lganidek, Cho‘lpon ijodida ham qalbning nozik tuyg‘u va kechinmalari tasvirini ko‘ramiz.

«Bir tutam sochlaring...» she’ri (1925) avtobiografik mazmunga ega. Shoir ushbu she’rda muhabbat va vafo mavzuyim ruhiy kurashlar, ziddiyatli tuyg‘u va kechinmalar to‘lqinida yoritgan. Qisqa qilib aytganda, bu she’rda muhabbat dramasi haqqoniy hayotiy hodisa tasviri orqali ochiladi. Cho‘lpon bu she’ri bilan har qanday muhabbat ham chin muhabbat emas, modomiki, hayotda tabiiy gullar bilan birga, qog‘oz gullar ham mavjud ekan, chin muhabbat bilan birga, soxta muhabbat ham bo‘lishi mumkin, degan fikrni ilgari suradi.

Ammo biz o‘quvchi e’tiborini she’rning mazmuniga emas, shakliga qaratmoqchimiz.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, she’r lirik qahramonning hayqirig‘i tarzida, o‘zi sevgan, biroq o‘zining sevimli emasligini sezgan, shuning uchun ham sevimli ayol bilan o‘zi o‘rtasidagi ko‘prikni yondirib yuborayotgan kishining faryodi tarzida yozilgan. Odatda bunday she’rlarda tasvirlangan tuyg‘u va kechinmalar qanchalik samimiy va haqqoniy bo‘lsa, ularni ifoda etish usullari, ya’ni she’rning shakliy xususiyatlari shunchalik bir yoqlama va g‘arib bo‘ladi. Bunday she’rlar, asosan, tuyg‘u va kechinmalar po‘rtanasining shovqini bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi.

Tahlil etilayotgan she’rda biz butunlay boshqa bir manzarani ko‘ramiz.

She’r uch banddan iborat bo‘lib, dastlabki ikki band abab, so‘nggi band esa abba tarzida qofiyalanadi. She’rda qabul qilingan 11 hijolik barmoq vazni ham, so‘nggi banddagi qofiya tizimi ham Cho‘lponning sevimli vazni va qofiyalash usulidir. Endi ana shu qofiyalarga nazar tashlasak, fikr va tuyg‘uning mantiqiy harakatidan qofiyaning tabiiy ravishda tug‘ilganini ko‘ramiz. She’rning har bir satridagi so‘nggi so‘z o‘z ohangdoshini topibgina qolmagan, balki qofiya bo‘lib kelgan so‘zlar she’rning tayanch so‘zlari bo‘lib ham keladi: qo‘limda-qo‘ynimda, siring-deding, taning saning kabi.

Ma’lumki, qofiya she’rning ichki musiqasini uyushtirib turuvchi omillardan biridir. Uning tovush komponentlari aksar hollarda butun misra yoki bayt davomida tug‘ilib, uning qofiya sifatida shakllanishida faol ishtirok etadi. Agar ushbu she’rni shu fikr nuqtayi nazaridan o‘qisak, aksar satrlardagi tovush tovlanishlari qofiyani tayyorlabgina qolmay, she’rda ifodalanayotgan mazmunni ham sharhlab, uni o‘z ohangi bilan kuchaytirib ham turadi. Mana, e’tibor bering:

Bir tutam sochlaring mening qo‘limda,

G‘ijimlab o‘paymi yo tarab, yechay?

Bu satrlardagi g‘,j, ch tovushlari yechay qofiyasini ozmi-ko‘pmi tayyorlash bilan birga, lirik qahramon holatida g‘ijinish tuyg‘usi paydo bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. Shu bandning keyingi misralarida s tovushi takrorlanib kelib, keyingi bandda go‘zal tashbeh hosil qilgan: «Sochilgan sochingday sochilsa siring... «

Ana shu s tovushi she’rning ichki musiqasida faol ishtirok etadi, bu musiqaning turli ritm va ohanglar kasb etishini boshqarib turadi va, nihoyat, sir so‘zidan o‘ziga maskan topib, shu siming shifri o‘laroq jaranglab turadi. Ko‘ramizki, Cho‘lpon lirik qahramon ruhiyatida yuz bergan po‘rtanalarni tasvirlashda faqat tuyg‘u va kechinmaning baland «parda»si bilan kifoyalanibgina qolmay, ularni ifoda etishda ham tasvirning turli usullari va vositalaridan katta mahorat bilan foydalangan.

Ijtimoiy mavzular tasviri

Cho‘lpon tabiatan lirik shoir edi. Ammo u yashagan davr shoirdan lirik qahramonning ruhiy olamidagi jilvalardan ko‘ra xalq va mamlakat hayotidagi po‘rtanalarni tasvirlashni ko‘proq taqozo etdi. Shuning uchun ham Cho‘lpon siyosiy va ijtimoiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan she’rlarni ko‘proq yozdi va biz Cho‘lponni eng avvalo «Ko‘ngil», «Kurash», «Kishan», «Vijdon erki» singari she’rlar muallifi sifatida bilamiz.

Shoirning 20-yillarda yozgan ayrim she’rlariga, masalan, quyidagicha so‘zlar epigraf (peshso‘z) sifatida berilgan: «Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q. Go‘daklar nayza boshida... (Xabar)». Bu so‘zlarda ifodalangan dahshatli voqealar o‘sha yillari bizning mamlakatimizda ro‘y bergan. Bizning yerimiz talangan. Bizning go‘daklarimiz bir askar tomonidan otilib, ikkinchi bir askarning nayzasi bilan ilib olingan. Cho‘lpon mustamlakachilikning, zo‘ravonlikning, xunrezlikning bunday o‘ta dahshatli ko‘rinishlariga tinch qarab turolmas edi. Shuning uchun ham shoir bunday voqealarni, xususan, «Yong‘in» (1921) singari she’rlarida tasvirga tortishga urindi.

Biz bu she’rni o‘qir ekanmiz, yuqorida epigraf tarzida keltirilgan so‘zlar real kartinalar, dahshatli hayotiy lavhalar shaklida jonlanganini, 20-yillarda mustamlakachi bolsheviklar tufayli o‘zbek yurti va o‘zbek xalqining boshiga tushgan falokatlarni ko‘rgandek bo‘lamiz. Shoir bu balo-ofatlarni keltirgan, o‘lkamizni vayron etib, daryo-daryo qonlarni oqizgan yovuzlarni la’natlamaydi, ularga g‘azab va nafrat toshlarini otmaydi, balki mudhish tarixning shohidi sifatida yuragidan oqib turgan ko‘z yoshlari bilan tarix sahifalariga qayd etadi:

Ko‘nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar

Boyqushlarga buzuq ko‘ksin ochganmi?
Ota-ona, tanish-bilish, o‘rtoqlar

Yurtni tashlab tog‘ va toshga qochganmi?


Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,

Yiqilmagan, talanmagan uy yo‘qmi?

Bir ko‘z yo‘qmi qonli yoshi tommagan,

Butun ko‘ngil umidsizmi, siniqmi?..

Qilichlarning tillarida qizil qon

Buloqlarning suvi kabi toshdimi?

Yalang bola, yalang go‘dak -ma’sum jon

Nayzalarning boshlaridan oshdimi?..

Ehtimol, 20-yillarda nashr etilgan gazetalarda tariximizning shunday fojiali sahifalari o‘z aksini topgandir. Lekin hayotiy haqiqatdan farqli o‘laroq, Cho‘lpon she’ridagi badiiy-hujjatli haqiqat o‘sha davr ruhini, O‘zbekistonning daryo-daryo qonlar va kultepalar evaziga sovetlashtirilganini olovlangan his-tuyg‘ular to‘lqini osha ifodalaydi va bizni, kelajak avlodlarni baravar larzaga solib turadi. Eng muhimi, u gazeta sahifalarida qolib, unutilib ketmay, Cho‘lponning o‘lmas she’rlaridan biri sifatida yashashda davom etadi.

Yuqorida aytganimizdek, Cho‘lpon yovuzlik daholariga la’nat, hattoki malomat toshlarini otmay, she’rni kinoyaning zaharli suvi tomchilab turgan bunday bayt bilan tugatadi:

Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?

«Madaniyat» istagiga qondimi?

Bu satrlardagi «madaniyat» so‘ziga singdirilgan kinoya har qanday la’nat va nafrat so‘zlaridan kuchlidir.

Bu she’rning kuchi shundaki, u olis 20-yillardagi dahshatlar-nigina emas, balki hozirgi zamonda «madaniy» davlatlar tufayli ro‘y berayotgan xunrezliklarni ham aks ettirayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Cho‘lponning 20-yillarga oid she’rlarida mustamlakachilik mavzusi yetakchilik qiladi. Shunday she’rlardan biri “Qo‘zg‘alish» (1922) deb nomlangan bo‘lib, shoir unda «ustidan bir umrga xo‘ja bo‘lmoq istagan», «bo‘yniga kishan solib, halokatga sudragan» «afandi»ga murojaat etib, deydi:

«Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo‘lkim, uzilur,

Tomirimda qo‘zg‘alishning vahshiy qoni gupurdi...»

Bu she’rdagi «qo‘zg‘alish» so‘zidan zulmga qarshi ko‘tarila boshlagan va «bosmachilik harakati» shaklida davom etayotgan qo‘zg‘olon uchqunlari sachrab turgandek bo‘ladi.

Zulm-keng ma’noli tushuncha. Mustamlakachilik davrida el-yurt boshiga tushgan barcha savdolarni faqat bir so‘z bilan-»zulm» so‘zi bilan ifodalash mumkin. Zulmning turlari va pog‘onalari ko‘p. Agar zolim insofsiz va odamlik siyohidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, uning zulmiga bo‘yin egmaslikning iloji yo‘q.

«Zulm oldida har bir narsa,

Ehtimolki, bo‘yin egar.

Agar zulm avjga kelsa,

Ko‘k boshi-da yerga tegar», -

deydi Cho‘lpon « Vijdon erki» (1922) she’rida. Shunga qaramay, shoir shu she’rida tutqunlar bilan ezilganlarga, «qiynalgan yo‘qsil ellar» bilan «dor oldiga chizilganlar»ga murojaat etib, zolimlarga yalinmaslikni so‘raydi. “Bo‘rilardan omon kutmak Tentaklarning ishidir ul!»-deydi u va «erk uchun ovoralar»ga «har moneni hatlab o‘tish»ni maslahat beradi. Lekin shu bilan birga u: «Hayvonlarga, insonlarga Zolim ega bo‘lmay qolmas», deb moneni hatlab o‘tish «so‘zlari tagida yotgan ma’no va maqsadni mavhumlashtirib yuboradi. Kitobxonda, modomiki, “Hayvonlarga, insonlarga Zolim ega bo‘lmay qolmas» ekan, u holda nega shoir zamondoshlariga murojaat etmoqda, degan savol tug‘iladi.

Gap shundaki, Cho‘lpon insonlarni ikki toifaga ajratadi: agar u birinchi toifaga barcha insonlarni kiritsa, «erkin vijdon» ahli, uning nazdida, ikkinchi toifani tashkil etadi. Bu ikkinchi toifadagi kishilar uchun vijdon erkinligi hamma narsadan aziz va tansiqdir. Shuning uchun ham faqat ulargina zulm va zolimga qarshi kurashishlari mumkin:

Hayvonlarga, insonlarga

Zolim ega bo‘lmay qolmas.

Faqat erkin vijdonlarga

Ega bo‘lmoq mumkin emas, -

deb hayqiradi shoir. Ana shu hayqiriqda, da’vatda shoirning g‘oya-maqsadi o‘z in’ikosini topgan.

Cho‘lpon ijodini kuzatish-tarix sahifalarini varaqlash, degan gap.

20-yillarda vaziyat shu qadar tez o‘zgarib turganki, buni inobatga olmay turib, Cho‘lpon she’rlarini to‘g‘ri tushunish aslo mumkin emas. Mana qarang, shoir 1921-yilda «Buzilgan o‘lkaga» she’rini yozib, unda bosqinchiga bo‘lgan g‘azab-nafratini ochiqdan ochiq aytgan va xalqni unga qarshi kurashga chaqirgan. Shoirning 1922-yildagi she’rlarida o‘sha oshkora nafrat ham, da’vat ham birmuncha susaygan. 1923-yilda esa yana boshqa bir manzara...

Turkiston Muxtoriyati tugatilgandan keyin boshlangan va yosh Sovet davlatini esankiratib qo‘ygan «bosmachilik harakati» yildan yilga pasaya boshladi. Bir tomoni, bu harakatning rahbarlari o‘rtasida ahillik bo‘lmadi. Ikkinchi tomoni, ular xalqqa ozor bera boshladilar. Uchinchi tomoni, qishloqlar «bosmachilar»cha kiyingan qizil askarlar tomonidan talanib, qizlar va ayollar haqoratlandi. Natijada xonavayron bo‘lgan xalq «bosmachilar»ni qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi. Xullas, 1923-yilga kelib, «bosmachilik harakati»ning istiqbolsiz ekani ma’lum bo‘ldi. Agar bu harakatga nuqta qo‘yilmasa, oddiy xalq ommasining ham, «bosmachilar» orasida harakat qilayotgan qora ko‘zlarning ham qirilib ketishi hech gap emas edi. Shuning uchun ham respublika rahbariyati va Turkiston fronti siyosiy boshqarmasining tashabbusi bilan «bosmachilik harakati»ni tugatish maqsadida Andijonda «Darxon» gazetasi tashkil etiladi. Cho‘lpon andijonlik bo‘lgani tufayli shu gazetaga ishga yuboriladi. U gazetadagi faoliyati davomida o‘z vijdoniga qarshi o‘laroq, biror maqola yozmaydi, biror xatti-


harakat qilmaydi. Lekin uning hurriyat haqidagi bitun orzu-umidlari shu harakat bilan bog‘liq» bo‘lgani uchun u umidsizlikka
beriladi, o‘zini muhit girdobida, oqayotgan somon parchaga qiyos qiladi. Shoir hayotining ana shu voqea bilan bog‘liq ruhiy dramasi uning ..Somon parcha» she’rida (1923) o‘z ifodasini topgan. Cho‘lpon bu she’rni garchand

«Kirmayman ko‘chaning boshi berkiga,

Chunki taslim bo‘ldim muhit erkiga»

satrlari bilan tugatgan bo‘lsa-da, bu umidsizlik, erksizlik undagi oniy tuyg‘ular hosilasi edi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, Farg‘onada, mahalliy gazeta idorasida xizmat qilayotgan shoir kuz manzaralari tasviriga bag‘ishlangan «Xazon» she’rini (1923) yozadi:

Kuz chog‘i... tuproqlar gezarib qoldilar,

Gezarib qoldilar kuz chog‘i tuproqlar.

So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar,

Qizorib yondilar so‘ng damda yaproqlar.

O‘zbek kuzining bu go‘zal manzarasini chizishda Cho‘lpon takror san’atidan mohirona foydalanadiki, har bir so‘zning ma’no va tovush sig‘imlari favqulodda kengayib ketgandek bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i ikki obraz-»gezargan tuproq» bilan «qizorgan yaproq» obrazlari kuzning o‘zbek diyoriga o‘ziga xos xislatlari bilan kirib kelayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Bu satrlardan oqib turgan musiqadan kuzning sokin va mungli kuylari eshitilgandek bo‘ladi.

Cho‘lpon kuz manzarasini chizishda davom etar ekan, bu manzara tasviriga bog‘larda «qag‘lashib», yong‘oqqa yopishgan qarg‘a obrazini olib kiradi va kutilmaganda bu obrazni timsol darajasiga ko‘taradi:

Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelg‘onlar,

U qo‘pol tushingiz qorlarda yo‘q bo‘lsin!

Ey, mening bog‘imdan mevamni terg‘onlar,

U qora boshingiz yerlarga ko‘milsin!

Sovuq ellardan kelib, bog‘dagi yong‘oq mevalariga changal solgan qarg‘a lirik qahramonning ko‘ziga talonchi-mustamlakachi bo‘lib ko‘rinadi. Va shoir uning daf bo‘lishini istaydi...

She’r «Xazon» deb atalgan. Balki Cho‘lpon mustamlakachilar va mustamlakachilik davrining xazon singari sovrilishini istab, she’rga shunday nom qo‘ygandir?..

Cho‘lponning nasriy va dramatik asarlari

“Oydin kechalarda» Cho‘lponning adabiy merosida «Kecha va


kunduz» romanidan tashqari, yana bir necha hikoyalari ham borki, ular nafaqat g‘oyaviy mazmuni, balki badiiy fazilatlari bilan ham diqqat-e’tiborga sazovordir. Shunday hikoyalardan biri «Oydin kechalar» deb ataladi. 1922-yilda yozilgan, bu hikoyada Cho‘lpon ijodining yana bir asosiy mavzularidan birida-xotin-qizlar masalasi ko‘tarilgan.

Hikoya shunday tasvir bilan boshlanadi:

«Zaynab kampir bir narsadan cho‘chib uyg‘ondi. Oppoq oydin, oy kampir yotgan so‘richaning qoq o‘rtasidan unda-munda bitta-yarimta uchragan oq bulutlarni yorib, shoshib o‘tib borar edi.

Kampir u yog‘-bu yog‘iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolishga boshini qo‘ydi...»

Bunday muqaddima so‘zlardan keyin kitobxon Zaynab kampirni hikoyaning bosh qahramoni, deb o‘ylashi va lining xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishi tabiiy. Yozuvchi ham kitobxonda uyg‘ongan ana shu taassurotni xuddi sezgandek, kampirning xayollarini tortgan “pilta savat, ko‘rpa qavuq ipdan tortib, bu yil pilladan chiqadigan ipakkacha»-hammasini erinmay tasvirlaydi. So‘ng kampirning arang uyquga ketgani va, ko‘p o‘tmay, uyqu aralash yig‘i tovushini eshitganini aytadi.

Xuddi shu yerdan boshlab hikoyaning tuguni boshlanadi.

«Bu kim? Kechalari uxlamasdan yig‘lab chiqquchi kirn? Hamma tinch va rohat uyquga tolgan bir zamonda qalbini yaralab yig‘laguchi qanday baxtsizdir?..»

Kampir yig‘layotgan ayolni Xadicha otinning kelini desa, bugun uning dugonalari kelib, «ikki xuftongacha» o‘yin-kulgi qilishdi. Balki qo‘shnining kelinidir...

«Mana, kampirning o‘z kelini, uy-joyi, kiyim-kechagi-hamma narsasi tayyor... Novdadek kuyov yonida...»

Kampir shunday xayollar bilan yig‘i kelgan tomonga asta borib, ne ko‘zlar bilan ko‘rsinki, yig‘layotgan ayol o‘zining kelini edi.

Cho‘lpon shu lahzaga qadar voqeani tabiat manzaralarini tasvirlash va kampirning xayollarini jonlantirish orqali ochayotgan edi. Endi qaynona bilan kelin yuzma-yuz kelganlarida, hikoyaga o‘z-o‘zidan savol-javob usuli kirib keladi:

«-...Aylanay, bolam, Qodirjon qani?

- Qodirjonni so‘ramang, onajon...Mana, kelin bo‘lib kelganimga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa, shu bir yarim oyning ichida ikki kechagina birga bo‘ldik... Boshqa kunlarda har kecha kuta-kuta tong otdirib yuboraman. Shuncha kun chidab kelib-kelib, mana bu kun o‘z qadrimga o‘zim yig‘lab yubordim. Qandoq qilay? Men odam emasmi?»

Vaziyatni tushungan kampir nima deyishni ham bilmaydi. «- Otasi ham shundoq edi, qizim».

Kampirning qarigan, qurigan ko‘zlariga yiroq-yiroq yerlardan ikki tomchi yosh keladi. Butun tanini, butun a’zolarini bosib, ezib, sidirib kelgan shu ikki tomchi yoshini yengi bilan artgandan keyin shunday deydi kampir.

Xo‘sh, Qodirjonning otasi nega uyga kech qaytgan? Qodirjonning o‘zichi? Ular qanday tashvishlar bilan band? Turmushning qaysi yechilmas tugunlari tufayli ular oilalari bag‘rida yashashmaydi?.. Bunday savollarga shu payt mast-alast holda uyga kirib kelib, obrezga yiqilgan Qodirjonning holati va «Gde, gde moya Anna, gde moya Annushka?» degan telba-teskari ashulasi javob beradi.

«Qizil shohi ko‘ylak, qop-qora sochlari yerda sudralgan « iffatning, nafosatning, mehrigiyoning qadrini oyoqosti qilib, otasining iflos odatini davom ettirgan Qodirjon hikoya xotimasida razil va pastkash bir inson sifatida gavdalansa, o‘n gulidan bir guli ham ochilmagan kelin go‘zallik va ezgulikning xorlangan ma’budasi o‘laroq ko‘rinadi. Yo‘q, u razillik va pastkashlik oldida mag‘rur qoya singari qad ko‘tarmaydi. Balki razillikdan ozor chekayotgan, razillikka qarshi kurashga tayyor bo‘lmagan, shuning uchun ham mehr va madadga, ko‘makka muhtoj ayol sifatida e’tiborimizni tortadi.

Cho‘lponning bu hikoyasida biz ikki holatni ko‘ramiz. Cho‘lpon xotin-qizlarga munosabatning kirib kelishi yaxshi bo‘lmagani, ular haq-huquqining kamsitilgani uchun jamiyat e’tiborini ayollar taqdiriga qaratmoqchi bo‘lgan. Ikkinchidan, mustamlakachilik davrining boshlanishi bilan bizga ichkilikbozlik, axloqsizlik singari illatlar natijasida xotin-qizlarni kamsitish yanada avjiga chiqqan.

Cho‘lpon «Oydin kechalarda» hikoyasida ana shu illatlarni bartaraf etish, o‘zbek xotin-qizlariga xos vafo, iffat, go‘zallik va ruhiy boylikning qadriga yetish hamda ularga bo‘lgan munosabatni keskin o‘zgartirish g‘oyasini ilgari suradi. Hikoya hajm nuqtayi nazaridan kichik bo‘lishiga qaramay, yozuvchi unda Zaynab kampirning ham, kelinning ham ruhiy holatini katta mahorat bilan ochgan. Badiiy tafsillarning ko‘pligi va aniqligi hikoyada hayot haqiqatining yorqin va haqqoniy tasvir etilishiga katta imkoniyat yaratgan. Umuman, muallif bu hikoyasi bilan kelajakda katta epik asar yozish darajasiga yaqinlashib borayotganini namoyish qilgan.

“Yorqinoy” dramasi. Cho‘lponning dramaturgiya sohasidagi ilk «Yorqinoy asarlari 20-yillar arafasida maydonga kelgan bo‘lsa-da, ular, shuningdek, 1920-yilda yozilgan “Yorqinoy» dramasi ham kichik sahna asarlari edi. Shuning uchun ham Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida sahnalashtirish uchun mahalliy mavzudagi asarlarga ehtiyoj tug‘ilganida Cho‘lpon mazkur pyesani qayta ishlab, uni 1926-yilda kitob shaklida nashr etdi.

Pyesaga Cho‘lponning bag‘ishlov so‘zlari ilova etilgan: «Totli va boy tili bilan ertak (cho‘pchak) aytib berib, shu asarning yozilishiga sabab bo‘lgan KAMPIR ONAga hurmat bilan bag‘ishlayman».

Bu so‘zlardan ma’lum bo‘lishicha, «Yorqinoy» pyesasi zaminida Cho‘lponning «kampir onasi»dan eshitgan xalq ertagi yotadi. Ayrim manbalarda esa «Yorqinoy» pyesasida Andijondagi Po‘latxon qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq voqealar aks ettirilgan, degan fikr ham mavjud. Bizningcha ham, Cho‘lpon yoshligida «kampir onasi»dan Po‘latxon qo‘zg‘oloni haqidagi ertaknamo voqeani eshitgan va mazkur asarni yaratishda shu ertak-voqeadan foydalangan bo‘lishi mumkin.

«Yorqinoy»ning qisqacha mazmuni quyidagicha:

O‘lmas botir ismli sarkardaning qarorgohida bog‘bonlik qilgan Po‘lat bilan uning qizi Yorqinoy o‘rtasida muhabbat shabadasi esa boshlaydi. Po‘lat bu uyning oddiy xizmatkori, Yorqinoy esa xonzodalarga mos qayliq bo‘lgani uchun bog‘bon yigit o‘z sevgisining baxtli natija bilan tugashi mumkinligiga ishonmay, O‘lmas botir xonadonidan ketmoqchi bo‘ladi. Shu payt Po‘latni Yorqinoy bilan tanholikda uchratib qolgan botir uni benomuslikda, ko‘rnamaklikda ayblaydi. Yorqinoyni ham or-nomusni unutib, faqir bir xizmatkor bilan uchrashgani uchun o‘ldirishga tayyor ekanligini aytadi. Yorqinoy esa haq yo‘lida o‘limga-da tayyor. Shuning uchun ham u bo‘ynini egganida O‘lmas botir: «Otang nohaq yerga bir qatra qon to‘kkan emas. Mundan keyin ham to‘kmaydir!» deb mag‘rur javob beradi.

O‘lmas botir va unga o‘xshash kimsalar uchun haq ikki xil bo‘lgan: o‘zlari uchun va o‘zgalar uchun. O‘zlari uchun mavjud bo‘lgan haq uni o‘zining yolg‘iz qizini jazolashga imkon bermaydi. Lekin o‘zgalar uchun haq tushunchasi uni shu lahzaning o‘zida Po‘latni qatl etish uchun yo‘l ochadi: «Ammo, -davom etadi u Po‘latni ko‘rsatib, -mana bu ko‘rnamakning qoni to‘kilsa, asli nohaqlik bo‘lmaydir!» Ana shunday e’tiqod bilan yashagan O‘lmas botirning halol inson emas, balki zolim va qonxo‘r sarkarda ekanligi ma’lum bo‘ladi.U bilan ilk bor to‘qnashgan va yuzma-yuz olishishga majbur bo‘lgan Po‘lat o‘zining va otasining kim ekanligini undan so‘fab bilmoqchi, o‘z ajdodlarining taqdiri to‘g‘risida xabar topmoqchi bo‘ladi. Lekin kutilmaganda bu narsa O‘lmas botirning eng dahshatli siri ekanligi oshkor bo‘lib qoladi.

Cho‘lpon pyesaning bu muhim dramatik nuqtalaridan birini bunday tasvirlaydi:

«Po‘lat (qaltirab). Botir, pardani ochish zamoni kelganga o‘xshaydir. (Ko‘ziga qarab olib.) Mening otam kim?

Botir (bir qurshashib rangi o‘chib oladir, so‘ngra o‘zini to‘xtatib olib, bemalol). Otang-bir qishloqi!

Po‘lat. Qani o‘sha qishloqi? Nimaga men sizning dargohingizda, sizning non-tuzingizga qarab qolganman?

Botir. O‘zini boqolmagan bir qishloqi seni biti bilan boqsinmi? O‘zi boqolmagandan keyin menga berib ketgan-da!

Otang seni: «Botirning qizi bilan o‘ynashsin, Botirni el-xalq oldida yerga qaratsin!» deb qoldirgan edimi? (Qizib.) Qani, ayt, benomus, gapir!

Po‘lat. Botir, siz gapni boshqa yoqqa burmang, baribir ish xunuk bo‘ladir. O‘sha otam qani? Nimaga menga ko‘rsatmaysiz?

Botir. Otangni men qaydan bilay? Yegani ovqat topolmay, ochidan o‘lib ketgandir. Men senga kam otalik qildimmi? Nonko‘r! (Yana qizib.) Men senga: «Qizimga o‘ynash bo‘l!» deb otalik qildimmi? A?

Po‘lat (qaltirab, Botirning ko‘ziga qarab olib). Uyalmaysizmi? Uyalmaysizmi? Astag‘furulloh... (Bir-ikki qadam orqasiga qaytadir.)

Botir. Men kimning ona qo‘ynidagi qizi bilan o‘ynashibmankim, uyalsam?

Po‘lat (yugurib kelib). U... yong‘oqning tagidagi xandaq kimning go‘ri? (Botir cho‘chib, orqasiga jiladir, lekin o‘zi jim; Po‘lat borgan sari unliqib.) Bir xandaqda necha kishining boshi bor? (Qo‘ynidan bir ro‘molchada mayda suyaklar olib tashlab.) Mana bu suyaklar kimniki? Nimaga yong‘oq tagidagi xandaqda chirib ketgan? (Yonidan bir qog‘oz olib.) Mana bu ariza kimniki? (Baqirib.) Kimniki, deyman? Ariza berganlar qani? (Yerdan suyaklarni olib, Yorqinoyning oldiga tashlaydir.) Mana shular emasmi ariza berganlar? Mening otam, akam, tog‘am, yana boshqa qancha qavm-u qarindoshlarim shu bir hovuch suyakning ichida emasmi? Gapiring! Nimaga damingiz chiqmay ketdi? (Botirning qilichi qo‘lidan tushib ketadir, rangi oppoq oqaradir, kasal odamday bo‘shashib, holsiz turib qoladir.)...»

Po‘lat bilan O‘lmas botir oralarida bo‘lib o‘tgan ana shu dialog pyesada g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bu sahnada ishtirok etgan Yorqinoy Po‘latning shu so‘zlarini tinglar ekan, otasining qanday inson ekanligini kashf etadi. Garchand «hunari go‘rkovnikidan yomon» bo‘lgan ana shu otaning farzandi bo‘lganiga qaramay, undan voz kechib, Po‘lat ortidan ketish va hatto otasiga qarshi Po‘lat tarafida turib jang qilishdan toymaydi.

Xo‘sh, bu hol ma’naviyat mezonlariga to‘g‘ri keladimi? Otaga qarshi jang qilish -qanday maqsad yo‘lida bo‘lmasin -oqpadarlik emasmi?

Agar biz Cho‘lpon ijodi va ijtimoiy faoliyatining negiz-negiziga nazar tashlasak, uning uchun faqat bir sajdagoh bor ekanligini ko‘ramiz. Bu xalqdir. Xalq qayerda bo‘lsa, haq ham o‘sha yerda bo‘ladi. Shuning uchun ham Cho‘lpon otasi orzu qilgan mudarrislik kasbini tanlamay, o‘zini xalq baxt-saodati yo‘lida mashaqqat va azoblar bilan to‘la kurashga bag‘ishlagan edi. Yorqinoyning ham «hunari go‘rkovnikidan ham yomon « otasidan voz kechib, Po‘lat sarkardasi bo‘lgan xalq bag‘riga otilishida Cho‘lpon tushungan hayot ma’nosi yotadi.

Yana pyesaga qaytaylik:

«Yorqinoy (qaltirab). Ota, ota deyman! Bu nima gap? Bu nima? Bu qanday gap? (Botir jim.) Po‘lat, sen aytib ber, bu nima gap? Men o‘laman. Men chiday olmayman. Bu qanday sir?

Po‘lat (o‘zini bosib olib, bo‘shashibroq). Bu sirlarning tagini otangizdan so‘rang. Ota-ona, qavm-u qarindoshlarini bir umr ko‘rmagan, ularning shirin gaplarini eshitmagan, o‘zlarini ko‘rish o‘rniga bir xalta chirigan suyaklariga ega bo‘lgan kishi o‘sha suyaklarni chiritgan dargohda tura olmaydir. Amakingizga qizini bermagani uchun xonavayron bo‘lgan bir qishloqi, o‘sha qishloqini «haq» degani uchun yer bilan yakson qilgan qishloq... Yana mendek baxti qaro o‘g‘lini shu dargohga bir umrlik qul qilib beribdir! Men shu to‘rt og‘iz gapni sizga aytib qo‘yib, shu dargohdan butkul bosh olib ketmakchi edim... Oyim poshsho, menga non-tuz berdi, deb otangizdan halollik so‘ramayman. Nimaga desangiz, har bir tishlagan nonim-ota-onalarimning bir burda eti, har bir qatra tatigan tuzim-ularning ko‘z yoshlari, balki qonlari bilan to‘lgan ekan».

Bu shekspirona ulkan mahorat bilan yozilgan monologdan O‘lmas botir qarorgohida yuz bergan fojia sirlari ochiladi. Ma’lum bo‘lishicha, botirning amakisiga qizini bermagani uchun Po‘latning otasi ham, akasi ham, tog‘asi ham, butun urug‘-aymoqlari ham qirib tashlangan ekan. Bir «qishloqi» ning barno qizini xotin qilib olish bu dargohda tabiiy hol-u, lekin qiziga oshiq bo‘lib, ko‘ngil qo‘yish nomussizlik, nojiko‘rlik hisoblangan. Cho‘lpon tasviridagi, ehtimolki, Cho‘lpon tinglagan xalq ertagidagi Po‘lat va Yorqinoy ana shu tengsizlikka, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi bosh ko‘taradilar.

Bu dramatik lavhada yana ikki diqqatga sazovor nuqta bor, Birinchisi shuki, O‘lmas botir xonadonida Qumri ismli cho‘ri bor bo‘lib, u ham Po‘latni sevadi. Sevibgina qolmay, Po‘latning Yorqinoyga nisbatan tuygan sevgisi ijtimoiy tengsizlik hukm surgan davrda baxtli yechim bilan tugashiga ishonmaydi va o‘z sevgisi uchun kurashmoqchi bo‘ladi. Lekin Po‘lat Yorqinoy bilan oila qurishiga ishonmasa ham, uning muhabbatini rad etmaydi. U muhabbatda ham, hayotning boshqa jabhalarida ham qul bo‘lib qolishga rozi emas. U o‘z hayotining ma’nosini yuksak g‘oyalar uchun kurashda ko‘radi. Po‘lat obrazining qimmatini belgilovchi fazilatlar avvalo shundadir.

Ikkinchi nuqta shundaki, Cho‘lpon asarda toj-taxt mavzusini ko‘tarar ekan, o‘zi sezmagan holda siyosiy va ijtimoiy xudbinlik oddiy xalq uchun fojialar keltirishi mumkinligini tasvirlab, 1937-yil dahshatlarini bashorat qilgandek bo‘ladi.

Yorqinoy Po‘latga ruhan yaqin bo‘lgani, uni nafaqat or-nomusli, irodali yigit, balki haqiqat yo‘lida kurashga tayyor bo‘lgani uchun ham sevadi. Yorqinoy otasining qonli ishlaridan xabardor bo‘lgach, undan voz kechib, Po‘lat olib borgan kurashga qo‘shiladiki, biz uning vujudida To‘marisning qoni jo‘sh urib turganiga ishonch hosil qilamiz.

Po‘lat o‘z do‘stlari-qashshoq xalq vakillari bilan birga hamda yoshlikdan jangovarlik an’analari asosida tarbiya ko‘rgan Yorqinoy yordamida xon qo‘shinlarini yengib, saltanat tepasiga keladi. Ammo Yorqinoy uchun toj-u taxt emas, uni sevuvchi, unga butun hayotini bag‘ishlovchi Po‘lat kerak edi.U Po‘latning saltanat ishlaridan ortgan daqiqalarinigina huzurida, yana horigan holda o‘tkazayotganini ko‘rib, g‘azablanadi, toj-u taxtdan ham nafratlanib ketadi. Shunda Po‘lat Yorqinoyga bunday javob beradi: «Toj-u taxt... Toj-u taxtning orqasida yurt bor, el bor, xalq bor...Uni o‘ylash kerak... Uning g‘amini yeyish kerak... «

Bu alangali so‘zlar asarda tasvirlangan voqealardan kelib chiquvchi mantiqiy xulosadir.



Ko‘ramizki, Cho‘lpon ushbu asarida xalq-qahramonlik dostonlari an’analaridan istifoda etgan holda zamonaviy muhim g‘oya bilan sug‘orilgan asarni yaratgan.

Cho‘lponning butun hayoti, ijodi va ijtimoiy faoliyati faqat bir narsaga-o‘z xalqining hur va ozod, mamlakatining esa mustaqil bo‘lishiga to‘la-to‘kis bag‘ishlangan ediki, xalq ham uning asarlarini sevib o‘qishi, bu asarlarda o‘z ifodasini topgan ma’naviy qadriyatlarni ko‘z qorachig‘idek saqlashi va jahondagi fani, madaniyati, texnikasi rivojlangan xalqlar darajasiga ko‘tarishi lozim. Shundagina uning orzulari to‘la ushalgan bo‘ladi.
Download 181.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling