Maqolasida shu haqda so‘z boradi


Download 219.25 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi219.25 Kb.
#1541296
  1   2   3

AK-47 — dunyoda eng ko‘p tarqagan avtomat. Yaqin tarixning biron-bir qurolli nizosi yo‘qki, u qatnashmagan bo‘lsa. U bilan ozod etishgan va bosib olishgan, himoyalanishgan va shafqatsizlarcha o‘ldirishgan. Nega AK-47 bunchalik ommalashib ketdi, u dunyoni qanchalik o‘zgartirdi? «Advance» nashri (F.Vukovich, Xorvatiya) maqolasida shu haqda so‘z boradi.
Dunyoni o‘zgartirgan va o‘zgartirishda davom etayotgan bu afsonaviy qurol hatto ayrim mamlakatlarning bayroq va gerblarida aksini topgan.
1947-yilning 13-noyabrida ruslarning dunyoga eng mashhur avtomati — Kalashnikov avtomati (qisqa nomi — AK-47) ustidagi ishlar rasman yakuniga yetdi. Unga shu qurolni yaratgan rus konstruktori Mixail Kalashnikovning nomi berildi. 47 raqami esa avtomat ilk sinab ko‘rilgan yil.
Aslida AK-47 birinchi chiqqan avtomatlardan, bugun esa dunyoda eng ommalashgani. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 200 millionta atrofida AK-47 bor, demakki, har 35 odamga bitta «kalash» to‘g‘ri keladi. Bu avtomatning o‘qdoni (magazini)ga 30 dona o‘q sig‘adi...
Rus avtomatining keng tarqashi siri nimada? Albatta, sabablari oz emas. Avvalo, ishonchli. Ikkinchidan, kamxarj va yasash nisbatan qiyin emas. Qolaversa, ishlatish oson. Hammasi sovet harbiy doktrinasi talablaridan kelib chiqib bajarilgan. Mixail Kalashnikovga ishlab chiqarish arzonga tushuvchi avtomat yaratish buyurilgandi. Hadeb ta’mirlab o‘tirilmasdan, yangisi ishlab chiqilavergan!
Aniqlik bobida «yaxshilardan» sanalgan
Aniqlik bobida AK-47 doim «yaxshilardan» sanalgan, u bilan 300 metrlardan turib dushmanni to‘la ishonch bilan nishonga olish mumkin edi. Yanayam uzoq masofalarda Kalashnikov uncha to‘g‘ri urolmaydi (ammo bu u bilan uzoqdan turib otishmaydi degani emas).
Narxi hamyonbop AK-47 bugun deyarli barcha qurolli nizolarda hoziru nozir: armiyalarda, jangarilarda, partizanlar, jinoyatchilarda… Ishonchli va pishiq avtomat hammaga kerak, agar bu sifatlarning yoniga tannarxi arzonligi ham qo‘shilsa, nega AK-47 yaratilganidan beri oradan 70 yil o‘tib ham qo‘ldan tushmayotgani sirini ilg‘ash qiyinmas.

Download 219.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling