15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar


Download 1.34 Mb.
bet1/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1419559
  1   2   3   4   5   6   7   8

15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar
Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar texnologik amalning ishlov berilayotgan zagotovka holatini, shaklini va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan qismini bajaradi, bekorchi yurishlar va ish sikli elementlari ketma-ketligini. boshqarish ishchi tomonidan bajariladi (tugmachalar, dastaklar, maxoviklar va sh.k. yordamida).
Hammabop avtomatlar va yarim avtomatlar qo‘l bilan boshqariladigan stanoklarga qaraganda yuqori unumdorligi va bir yo‘la ko‘p stanokda ishlashning katta imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Yuqori unumdorlik ayrim ish bajaruvchi va bekorchi yurishlarni bir vaqtga to‘g‘ri keltirish hisobiga ta’minlanadi. Masalan, ko‘p shpindelli (gorizontal o‘qli, ketma-ket harakat qiladigan) hammabop tokarlik avtomatida turli vaziyatlarda kesib ishlash bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi va shu bilan vaziyatlar qo‘shilib ketadi. Shuning uchun sikldagi bekorchi yurishlar davomiyligi vaziyatlardagi ishlovlar vaqtining yig‘indisi bilan emas, balki ulardan eng ko‘p davom etgani bilan o‘lchanadi. Bekorchi yurishlar o‘zaro (supportlarni bir vaqtda yaqin keltirish va uzoqlashtirish) va ish bajaruvchi yurishlar (zagotovkani uzatish va qotirish) bilan qo‘shilib ketadi. Avtomat va yarim avtomatlarni qayta sozlashda (bir necha soat davom etadi) ularning unumdorligi pasayib ketadi, chunki ularning tezkorligi avtomatlashmagan stanoklarnikiga qaraganda ancha past. Shu sababdan hammabop avtomat va yarim avtomatlardan ko‘p guruhli va yalpi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomatlar hamda yarim avtomatlar faqat yalpi ishlab chiqaradigan korxonalarda va uzoq muddat o‘zgarishsiz qoladigan detallarni yasashda qo‘llanadi. Ixtisoslashgan stanoklar shundayki, ularni tor doiradagi bir tur detallarni yasashga moslab olish mumkin. Maxsus stanoklar muayyan turdagi detallardan boshqasini yasay olmaydi. Konstruksiya jihatdan va guruhga kirgan stanoklar hammabop uskunalardan ancha sodda, chunki ish bajaradigan yurishlarni ta’minlaydigan mexanizmlar (bir va ko‘p shpindelli avtomatlarning supportlari, kuch uzatuvchi kallaklar va b.) va bekorchi yurishlarga xizmat qiladigan mexanizmlar (o‘rnatish, burish va qotirish mexanizmlari, tashuvchi qurilmalar va b.) kamayadi. Bundan tashqari, ishlovning optimal tartibini qo‘llash, yuqori bikirligi tufayli esa kesish rejimini ko‘tarish imkoniyati bor. Bularning hammasi mehnat unumini yanada oshiradi.
Bu guruh stanoklarni mahsulot tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda qo‘llash kerak emas, shunga qaramay, ular ishlashga qodir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling