Marhum ustoz shoir Abdulla Oripov bir suhbatda: "O‘tkan kunlar"ning bosh qahramoni Kumush va Otabek emas, Yusufbek hoji


Download 425.83 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi425.83 Kb.
#1173256
  1   2   3
Bog'liq
o\'tgan kunlar romani


Marhum ustoz shoir Abdulla Oripov bir suhbatda: “O‘tkan kunlar”ning bosh qahramoni Kumush va Otabek emas, Yusufbek hoji. Agar asarda ana shu muhtasham obraz bo‘lmaganida roman “Ming bir kecha” hikoyalariga o‘xshab qolardi”, degan edilar.

Ana shu gapning hikmatini topdim. Abdulla Qodiriy hazratlari Yusufbek hoji timsolida millatning birdamligi, Vatanning yaxlitligi uchun kurashishni hayotining ma’nosi deb bilgan; qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik qilib o‘zaro nizolashib yurgan maydakashlarni katta ishlarga undab, agar vaziyat shu holda davom etsa; millatning xarob bo‘lishini, yurt tuprog‘ining bosqinchilar oyog‘i ostida xor bo‘lishini bashorat qilgan buyuk siymoni tasvirlagan ekan.

Haqiqatan, Yusufbek hoji obrazini diqqat bilan o‘rganaversangiz, romanning zalvori yuksalib boraveradi. Buyuk millat fidoyisini kashf qilasiz”.

Bu gaplarni tinglar ekanman, negadir birdaniga o‘pkam to‘lib ko‘zimga yosh kelgandek bo‘ldi. Shu davraning o‘zida Abdulla Qodiriyning san’atkorligini, Abdulla Oripovning zakiyligini, Anvar qori akaning voizligini yana bir bir kashf qildim – qanchalar buyuk insonlar.

“O‘tkan kunlar” shunday asar ekanki, unda har bir insonning o‘z qahramoni bor ekan. Aytaylik, keng fikrlaydigan, mushohadaga boy, katta hayotiy tajriba to‘plagan, jahon sahnasida millatimizning o‘rni, obro‘si haqida bosh qotiradigan donishmand yoshdagi insonlar uchun bosh qahramon – Yusufbek hoji; muslima, mushtipar, itoatkor ayollar uchun bosh qahramon – Oftoboyim; chin sevgi, pok muhabbatni orzu qiladigan yoshidagilarning qahramoni – Kumush va Otabek; sevadigan, seviladigan yoshga yetib, ne-ne orzu-umidlar og‘ushida turmushga chiqqani zahoti ko‘z oldidagi begining sarob ekanini, jismi uzatsa qo‘l yetadigan yerda turgani bilan qalbi dunyoning u chekkasi qadar uzoq ekanini bilgan alamzada kelinchaklar uchun bosh qahramon – Zaynab (shuginaga ko‘p achinadi odam)...

Ammo romanda ikki yoshning samimiy muhabbati voqealari zavqu shavq bilan tasvirlangani bois yoshu qari, hamma “O‘tkan kunlar” deganda faqat shu ikkisini ko‘z oldiga keltiradi...

To‘g‘risini aytsam, “O‘tkan kunlar”ni qayta-qayta o‘qimayman. Zarurat yuzasidan bir ko‘z tashlab qo‘yaman deganimda esa undan bosh ko‘tarolmayman va ko‘p vaqtlar asar voqealari ta’sirida yuraman. Romanning bu qadar fojeali tugagani meni iztirobga soladi. Ayniqsa, Kumush bilan Otabekning o‘g‘li Yodgorning bosqinchilar bilan kurashib vafot etgani – Yusufbek hoji avlodidan hech kim qolmagani alam qiladi.

Yana o‘ylaymanki, Yusufbek hojiyu Otabeklar ana shu millat farzandi edi. Shunday samimiy qalb egalarini yetishtirgan millat ozod va erkin yashashga haqli edi va ana shu ulug‘ ne’matga tinimsiz kurashlar evaziga erishdi. Ichki kurashlar, nizolar, fitnalarga o‘ralashib boy berib qo‘ygan hurligimizni bir yoqadan bosh chiqarib qaytarib oldik. Yaratganga shukrki, mamlakatimizni butun dunyo tan olib turganiga chorak asrdan oshdi. Vatanimiz madhiyasi dunyoning eng baland minbarlarida jaranglaganda yuksak martabali insonlar ham qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib hurmat bajo aylayotir. Zotan, Abdulla Qodiriy Yusufbek hoji obrazi orqali ana shu kunlar orzusini tarannum etmaganmidi!..



Otabek – “ogʻir tabiatlik, ulugʻ gavdalik, koʻrkam va oq yuzlik, kelishgan, qora koʻzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit” – romanning bosh qahramoni, savdogar, Yusufbek hojining oʻgʻli, bir muddat Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida tahsil olgan, yigirma toʻrt yoshda.
Kumush – “quyuq jinggila kiprak”lari ostidan “timqora koʻzlari” boqib turguvchi, “qop-qora kamon, oʻtib ketkan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi” koʻringuvchi, “toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq yuz”lik oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshlardagi, margʻilonlik Mirzakarim qutidor qizi, Otabekning maʼshuqasi; roman oxirida kundoshi Zaynabning taomga qoʻshib bergan zaharidan oʻladi.
Zaynab – toshkentlik Olim ponsadboshining qizi, “oʻn yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, oʻrtacha husnlik”, Oʻzbek oyimning oʻgʻli Otabek uchun tanlagan kelini, Kumushning kundoshi: roman oxirida Otabek taloq qoʻyadi va u jinni boʻlib qoladi.
Yusufbek hoji – Toshkent hokimining mushovir-maslahatchisi, Toshkentning mashhur aʼyonlaridan biri; Otabekning otasi, xalq, el-yurt manfaatini oʻylaydigan fidoyi shaxs.
Oʻzbek oyim – Yusufbek hojining xotini, ellik besh yoshlarda; chala-dumbul tabiatlik, ammo eriga oʻtkirligi bilan mashhur xotin, uncha-muncha toʻy va azalarga “kavshim koʻchada qolgan emas” deb bormaydi.
Hasanali – Otabekning “maʼnaviy otasi”, hoji xonadonining quli, oltmish yoshlar chamasida; oʻziga xos maʼnaviy qiyofaga ega qahramonlardan biri.
Mirzakarim qutidor – Yusufbek hojining margʻilonlik doʻsti, savdogar, “qora qosh, qora koʻz, koʻrkam yuz”lik, qirq besh-ellik yoshlar chamalik kishi, Kumushning otasi.
Oftob oyim – “oʻttuz besh yoshlar chamaliq goʻzal, xush bichim bir xotin”, Mirzakarim qutidorning jufti haloli, yaʼni Kumushning onasi.
Oysha buvi – Oftob oyimning onasi, yetmishlardan oshgan kampir.
Homid – Otabekning raqibi, Ziyo shohichining qaynisi, chaqimchilik, “qoʻlansa gaplar uchun yaratilgan odam”, romandagi shaxslararo konfliktda asosiy oʻrinda turadi; oʻttiz besh yoshlarda, Otabek tomonidan oʻldiriladi.
Ziyo shohichi – Margʻilon boylaridan, Yusufbek hojining doʻstlaridan biri, Mirzakarim qutidorning uyiga Hasanali bilan Otabek tomonidan Kumushni soʻrab sovchi boʻlib boradi.

Download 425.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling