Ma’ruza-1 Kirish. Tayanch harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi


Download 30.91 Kb.
bet1/9
Sana22.10.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1715829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’ruza-1 Kirish. Tayanch harakat tizimining yoshga oid xususiya


Ma’ruza-1
Kirish. Tayanch - harakat tizimining yoshga oid
xususiyatlari va gigiyenasi
Reja:
1.O’sish va rivоjlanishning umumiy qоnuniyatlari
2. Akseleratsiya
3. Yoshlik davrlari va yoshga oid o’zgarishlar
4. Оdam skеlеtinnig umumiy tuzilishi va yosh хususiyatlari
5.Suyakning kimyoviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishi.
6. Suyak tuzilishining yosh хususiyatlari. Umurtqa pоg’оnasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi. Bоsh, gavda va qo’l-оyoq skеlеtining o’sishi va rivоjlanishi
1.O’sish va rivоjlanishning umumiy qоnuniyatlari
O’sish tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi.
Rivojlanish-organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to’qima va organlarning morfologik diffеrеnsiallashuvi dеmakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi.
O’sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko’rsatkichlar ma'lum vaqt o’tishi bilan sifat ko’rsatkichlariga aylanadi.Bola organizmining o’sishi fiziologik jarayon bo’lib, bu vaqt oziq moddalarni istе'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi.
O’sish jarayoni ayollarda 18-19 yoshda yigitlarda 20-21 yoshda tugallanadi. Jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari jinsga bog’liq ravishda farq qilinadi. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq.
Bola bir yoshgacha bo’yining uzunligi 25 sm o’sib bolaning bo’yi 75 sm gacha yetadi.Jinsiy yetilish muunosabati bilan qizlarda 12 yoshdan bolalarda 15 yoshdan bo’y o’sishi tezlashadi.O’sish qizlarda 18-19 yoshda yigitlarda 20 yoshda tugallanadi. Butun o’sish davrida oyoqlar uzunligi 5 marta, qo’l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar ortadi.
Yangi tug’ilgan qiz bolaning vazni 3,5 kg, o’g’il bolaning vazni 3,4 kg bo’ladi.Birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr vazni ortadi.bir yoshga yetganida vazni 9,5-10 kg bo’ladi.
Ko’krak qafasi aylanasi esa ko’krak kafasining sigimi, ko’krak va yelka mushaklarining rivojlanganligini xamda ko’krak bo’shlig’i a`zolarining funksional holatini xarakterlaydi.
Bolaning tug'ilishidan boshlab to voyaga yetguniga qadar, o’sish va rivojlanishi, organlar funksiyasini, organizmni turli fiziologik usullar yordamida o'rganib, muhim funksiyalarni yozib olib, malumotlar to'planadi va ular taxlil qilinadi

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling