Ma'ruza: Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining tuzilishi


Download 0.53 Mb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1225724
  1   2   3   4
Bog'liq
5.MAVZU


5- Ma'ruza: Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining tuzilishi
REJA:


1. Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining tuzilishi
2. Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining moddiy va issiqlik balans tenglamalari
3. Harorat umumiy foydali farqini aniqlash
4. Korpuslarning optimal sonini aniqlash
Tayanch iboralar: Ekstra-bug', vakuum, agent, balans, separator, emulsiya, sirkulyasiya, depressiya, interval, optimal.
Adabiyotlar 2, 3,4,5,6,7.
1. Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining tuzilishi
Bug'latish jarayoni har xil bug'latgichlarda olib boriladi. Bug'latish qurilmalari isituvchi yuzaning konstruksiyasi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo'nalishi, sirkulya­siya turi va rejimi hamda boshqa bir kator omillarga ko'ra bir necha
turlarga ajratiladi:
Isitish kamerasining konstruksiyasiga binoan bug' qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa ko'rinishda bo'lgan isitish kamerali bug'latgichlar;
Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug'latgichlar;
Isituvchi agentning turiga ko'ra bug', gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr bilan isitiladigan bug'latgichlar;
Sirkulyasiya rejimi va xarakteriga ko'ra tabiiy, majburiy hamda bir va ko'p karrali sirkulyasiyaon bug'latgichlar;
Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko'ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug'latgichlar;
Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko'ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan ishlaydigan bug'latgichlar;
Korpuslarning soniga ko'ra bir va ko'p korpusli bug'latish qurilmalari;
Eritma va isituvchi agentning o'zaro yo'nalishiga ko'ra bir
xil, qarama-qarshi, murakkab yo'nalishli hamda eritma bilan
parallel ta'minlanuvchi bug'latgichlar.
Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug'ning bosimiga ko'ra, ko'p korpusli bug'latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlashi mumkin. Isituvchi bug' va bug'lanayotgan eritma oqimlarining o'zaro harakatiga ko'ra ko'p korpusli bug'latish qurilmalari bir necha sxemalarga bo'linadi:
bir xil yo'nalishli ko'p korpusli bug'latish qurilmalari;
qarama-qarshi yo'nalishli ko'p korpusli bug'latish quril­malari;
eritma bilan uzluksiz parallel ta'minlanadigan bug'la­tish qurilmalari;
murakkab sxemali;
ekstra-bug' ajratib olinadigan ko'p korpusli bug'latish qurilmalari.
Sanoatda asosan bir xil yo'nalishli qurilmalar ishlatiladi. (16.2-rasm), chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisoblanadi. Bunday qurilmalarda kichik parametrli suv bug'idan foydalanish mumkin. Ayrim vaqtda qurilmaning birinchi korpusini isitish uchun bug' turbinalarida ishlatilib bo'lingan suv bug'idan foydalansa bo'ladi.







2-rasm. Bir xil yo'nalishli uchta korpusdan iborat bug'latish qurilmasi.
1, 2, 3-bug'latish qurilmalari; 4-isitkich; 5-barometrik kondensator; 6-tomchi ushlagich; 7-vakuum-nasos.


Ko'p korpusli bug'latish qurilmasida korpuslarning soni ortib borishi bilan suvni bug'latish uchun zarur bo'lgan isituvchi bug'ning sarfi kamayib boradi. Biroq, korpuslar sonining ortishi bilan haroralarning yo'qotilishi ko'payadi. Issiqlik o'tkazish jarayonining yaxshi ketishi uchun har bir korpusda haroratlarning foydali farqi (isituvchi bug' va qaynayotgan eritma haroratlarining farqi) ma'lum qiymatga ega bo'lishi shart. Bu farq tabiiy sirkulyasiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida va majburiy sirkulyasiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida bo'lishi kerak.
Korpuslar soni juda ko'payib ketsa, haroratlar yo'qotilishining yig'indisi qurilmadagi haroratlarning umu­miy farqiga teng yoki undan ham ortib ketishi mumkin. Bunda eritmalarni bug'latish mumkin bo'lmay qoladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling