Mashgʻulot turi: ma’ruza (4) Mavzu: Muhammadniyoz Nishotiy hayoti va ijodi. Ogahiy hayoti va ijodi. Mavzu rejasi


Download 18.91 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi18.91 Kb.
#1239098
Bog'liq
4-ma\'ruza


Mashgʻulot turi: ma’ruza (4)
Mavzu: Muhammadniyoz Nishotiy hayoti va ijodi. Ogahiy hayoti va ijodi.
Mavzu rejasi:

  1. Nishotiy adabiy merosi. “Qushlar munozarasi” asarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.“Husn-u dil” dostoni.

  2. Ogahiy - ulkan shoir va zabardast tarixchi, mohir tarjimon, iste’dodli san’atkor. “Ta’viz ul-oshiqin” devoni.

Adabiyotlar:
1.H.Boltaboev, N.Rahmonov. Mumtoz adabiyot namunalari. 1-2 jild. Toshkent, 2003
2.R.Orzibekov O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2006
3.R.Vohidov, X.Eshonqulov. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2006
4.S.Mirzaev. XX asr o‘zbek adabiyoti. Toshkent, 2004
B.Qosimov Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent, 2006.

MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY
Reja:

  1. Nishotiy hayoti va ijodi

  2. Shoir lirikasi.

  3. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni

  4. Dostondagi munozaralar

Hayoti va faoliyati. Nishotiy XVIII asrda etishgan iste`dodli lirik va epik shoirdir. Uning «Husni Dil» dostoni xalq orasida ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda shoirning hayotiga doir ba`zi ma`lumotlar bayon etilgan. Chunonchi dostonning kirish qismidagi:


Bor edi Xorazm diyori erim,
Ondin edi yaxshi, yomon gavharim.
Chiqmoqda fikr aylabon ikki rafiq
Ul dedi: g`urbat sari boshla tariq,
Men dog`i amrig`a qilib inqiyod,
Yo`lg`a tushib izladim o`zga savod.
Poki Buxoro sari qo`ydim qadam,
Oh, bu xori aro bo`ldim adam.
Garchi eruk manzili dilkash base,
Lek musofirg`a emas xush base-
Kabi misralardan ko`rinib turadiki., shoir Xorazmda tug`ilgan va umrining ma`lum qismini Buxoroda o`tkazgan Aftidan, XVIII asr o`rtalarida Xorazm toj-taxti uchun bo`lgan o`zaro urushlar vaqtida Nishotiy xanovayron bo`lib, bashpana va osoyishtalik izlab Buxoroga borgan bo`lsa kerak. Chunonchi, shoirning quyidagi misralari bunga dalil bo`la oladi:
Charxi dun nogah o`lub badmijoz,
Dun elig`a berdi kamolu rivoj...
Moliki amlok o`dub ul boj o`lub,
Bizg`a iloji aning ixroj o`lub...
Nishotiy Buxoroda ham ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Tanish bilish va turar joyi yo`qligi, oziq-ovqat tanqisligi uni ko`p mashaqqatlarga duchor etgan:
Ne mango ma`voyu ne manzil ayon,
Vah na dedim turg`ali qayda makon?
Tu`ma uchun shomu sahar nomishim,
Tife kibi barmog`i so`rmoq ishim.
Qay bir alam vasfini tahrir etay?
Yoki qayu dardni taqrir etay?
«Husni Dil» dostoni XVIII asrning 70-yillarida yozilganligini e`tiborga olganda «Nishotiyning Buxoro hayotidagi og`ir domlar tasviriga doir misralari asason shu yillarga to`g`ri keladi.
Nishotiy Nishotib nozik va jo`shqin lirik shoirdir lirikasi. Uning lirik she`rlari «G`azaliyot va Muxammasoti Nishotib» (bu 1903 yilda Muhammad Yusuf Chokariy tomonidan ko`chirilgan puxta nusxa bo`lib, O`zFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda), «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuan ash`or» kabi manbalardan o`rin olgan. Nishotiyning:
Ochganda doli zulfing, etgach shamoli zulfing,
Qildi hayoli zulfing toroji dinu imon...
kabi somimiy sevgini tarannum etuvchi g`azallari hayotiyligi va jo`shqinligi bilan kitobxonlarni o`ziga maftun etadi.
Dastlab shuni ta`kidlash lozimki, Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr-munohazalari ko`proq «Husnu Dil» dostonida, ayniqsa uning kirish qismi va xotimasida mujassamlashgan bo`lsa, muhabbat mavzui bilan bog`liq his-to`yg`ulari, ichki kechinmalari ko`proq lirikasida ifodalangan. Lekin, shunga qaramay, uning she`rlarida lirik kechinmalar bilan birga, yashagan muhitning ayrim illotlarini fosh qiluvchi va qoralovchi ijtimoiy siyosiy fikrlari ham aks etgan. Bunday she`rlar yoki misralar Nishotiy lirikasining ijtimoiy-estetik qimmatini yanada oshiradi. Misol uchun quyidagi bir parchani ko`zdan kechiraylik:
Yorab nechuk balodir boshimg`a shomi hijron,
Ne dardig`a nihoyat, ne mehnatig`a payon.
Ne sabru ne qarorim, ne hush, ne ixtiyorim,
Ne yoru ne diyorim, ne jon mango, ne jonon.
Har kunda boshqa g`avg`o, har tunda o`zga savdo,
Ne manzilu ne ma`vo, yo`qdur makoni imkon.
Shoir Navoiy va Fuzuliy g`azallariga bog`lagan muxammaslarida ham ko`proq ijtimoiy hayot voqealariga e`tibor beradi. Ayniqsa Navoiyning, davronidur-hijronidir», «oftob-oftob» kabi qofiyalar bilan tamamlangan she`rlariga va Fuzuliyning «besukun-tale zabun» kabi qofiyalar bilan tugagan g`azaliga bog`lagan muxammasida Nishotiyning o`z davriga, o`z muhitiga tanqidiy munosabati shikoyat ruhida ifodalagan fikrlar ko`proq uchraydi. Masalan:
Yo`qdurur davroni dunparvar madorig`a qaror,
Inqlobe birla oxir bo`yg`usidir xor-zor
Shoir XVIII asr o`rtalaridagi Xeva xonligi hayotidan olgan taassurotlarini lirik kechinmalar shaklida ifodalab, «davroni dunparvar»ni qoralagan va o`sha mashaqqatli ayyomdan qoniqmaganini yashirmay yozgan. Nishotiyning Navoiy g`azaliga bog`lagan muxammasining quyidagi bandi ham mazmuni jihatidan shu ruhdadir:
Nechun etmay charxi kajraftor alindin dodkim,
G`am uza g`am etkurur bedod uza bedodkim,
Nega hasrat o`tig`a kuymay mani noshodkim,
So`zi ishqimdin savol etdi un oy farodkim,
Yuz javobim boru yo`q hushrim demakka bir javob.
Ozarbayjon xalqining mashhur mumtoz shoiri Fuzuliy o`z kechinmalari fonida feodal muhitini qoralab, «berahm falak», «beparvo do`st», «qaviy dushmon»dan noroziligini, dard ko`pligi va tole zabunligini tasvirlovchi bir she`rini shunday boshlagan edi:
Do`st beparvo, falak berahm, davron besukun,
Dard cho`x, hamdard yo`q, dushman haviy, tole zabun.
Shoir Nishotiy bu misralarda tasvirlangan holatni o`z muhitida ko`rganday bo`ladi va Fuzuliyning shu g`amgin g`azaliga muxammas bog`lab, Xeva xonligida kishilarga, «hamdam-oh», hamnafas-afg`on «ekanini, kishilar ruhi-hazin, xotiri g`ussalarga to`lib-toshganini ta`kidlabdi, mamlakatda fisq-fujun, azob va o`lim rivoj topganidan faryod chekadi:
Hamrohim-g`am, munisim-dardu rafiqimdur ano,
Mahramim-mehnat, shafiqim-marg, hamdardim qazo
Quyidagi parchada shoir o`zini olov ichida qolgan somon parchasiga o`xshatadi, aql va donish najot yo`li qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat ishlari tushgunligini ta`kidlab bunday deydi:
Vah nechuk aylay gumon o`zni bu holatda hayot,
Xlk aro pinhonman andoq axtarib topmas mamot,
O`tda bargi kohdek aqlu xirodag`a yo`q najot,
elda bargi loladek tamkinu donish besabot,
Suvda aksi sarvdek ta`siri davlat vojgun.
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling