Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Download 0.95 Mb.
bet1/3
Sana27.05.2020
Hajmi0.95 Mb.
  1   2   3

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI


MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI -1

Fanidan

5111000 - Kasb ta’limi («5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, jihozlari va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish»)yo’nalishlari uchun
Ma'ruzalar kursi

Andijon-2018

MUNDARIJA





Mavzu nomi

Bet

1

Kirish. Fanning asosiy mazmuni va vazifalari




2

Mahsulot-buyum, mashina va ularning asosiy elementlari




3

Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari




4

Vaqt me`yorlari




5

Tanavorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar




6

Mashinasozlikda aniqlik




7

Aniqlikni tekshirish va baholash usullari




8

Mashinasozlikda bazalar va bazalash




9

Tanavorlar va mashina detallari sirtqi qatlamlarining sifati




10

Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari




11

Mashinasozlikda yig‘ish jarayonlarini loyihalash asoslari




12

O‘lchamlar zanjirlarini hisoblash




13

Ishlab chiqiluvchi texnologik jarayonlarni texnik-iqtisodiy ko‘rsatikichlari




1-M A‘R U Z A



Mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

Mavzu rejasi:

1. Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari.

2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi (operasiya, o`rnatish, o`tish, yordamchi o`tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, xolat, xarakat) to`grisidagi asosiy tushunchalar.
1.Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari.

Tabiat insoniyat ixtiyoriga tayyor ko’rinishda foydalanishi mumkin bo’lgan (juda kam, sanoqli miqdordagi) buyumlarni taqdim etadi. SHuning uchun ham insoniyat tabiat buyumlarini o’z extiyojiga moslashtirish maqsadida ish qurollari yordamida doimo mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Masalan, mashina tayyor holda hech qachon tabiat tamonidan berilmaydi, uning metali ruda tarkibida beriladi.

Inson o’z bilimidan foydalanib rudadan metalni, metaldan kerakli sifatdagi po’latni, po’latdan zarur shakldagi tayyorlanmani, tayyorlanmaga mexanik ishlov berib kerakli sifatdagi detalni tayyorlaydi. Va nihoyat detallardan mashinani yig’adi.

Barcha bu jarayonlar mashinani tayyorlash texnologiyasi deb ataladi.

Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida mashina ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin.

SHuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan, rudalarni boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat.

Mashinasozlik texnolgoiyasi fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yig’ish kabi texnologik bilimlar majmuaviy o’rganiladi.

Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yig’ish va detallarga mexanik ishlov berish bo’yicha texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyixalash, ishlab chiqish va mehyorlash bo’yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat.

Bu fanning yo’nalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan yuqori sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.

Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyixa ishini bajarish va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to’g’ri tanlash, ayrim hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bog’liq.

«Mashinasozlik texnologiyasi» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda texnologik materialli o’zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi asboblar», «Metall kesish dastgoxlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgox, asbob va tayyorlanadigan detallni o’zaro tahsir kompleksi ham beriladi.

Masalan, mehnatni mehyorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chiqish bilan uzviy bog’liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari to’g’risida ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish aniqligini hisoblashda qilishimiz zarur bo’lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o’lchash va uni nazariy hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan.

Kesuvchi asboblar va dastgoxlarni bilish texnolgik jarayonni to’g’ri tuzish uchun zarur bo’ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni materiallarni tanlash uchun o’ta zarurdir.

«Mashinasozlik texnologisi» ikki bo’limdan tashkil topgan.

Birinchisi – barcha texnologik mutaxassisliklar uchun umumiy kurs mehyorlash va texnologik jarayonlarni mukammal ishlab chiqishni loyixalash asoslarini, mexanik ishlov berishda aniqlikni hisoblash, qo’yimlarni hisoblash, detalni bazalashtirish, moslamalarni konstruktsiyalash va mashinalarni yig’ish to’g’risida asosiy mahlumotlarni o’z tarkibiga oladi.

Ikkinchisi – maxsus kurs foydalaniladigan dastgox, moslama, maxsus asboblarni taxlil qilish va yoritish bilan talabaning yo’nalishiga mos mashina va jixozlarning detallarga ishlov berishning tipli usuli va yig’ishni o’z ichiga oladi.

“Mashinasozlik texnologiyasi-1” fani asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarda mashinasozlik texnologiyasi asoslari to’g’risida tushuncha hosil qilishdan iboratdir. Fanning vazifasi - olingan bilimlarni amaliy jixatdan qo’llay olishi va detallarni tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqishni o’rgatishdir.

Oliy kasb ta'limi Davlat ta'lim standartiga asosan, bakalavriyatda quyidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat: - talabalar mashinalarni yig’ishni, detallarni tayyorlashda uning aniqligini oshirish yo’llarini, iqtisodiy jihatdan samarali usullarda detal tayyorlash jarayonlarini bilishdir.

a) bilishi kerak:

- talaba ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov berishdagi aniqlikni ta'minlash, ishlov beriladigan yuza sifatini ta'minlash: tayyorlanmani olinish usulini tanlash to’g’risida bilimga ega bo’lish kerak;

b) o’quviga:

- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni aniqligi va sifatini qo’yilgan talablar bo’yicha olish to’g’risida o’quvga ega bo’lish kerak;

v) ko’nikmasiga:

- talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chikarish turini tanlash, kerakli aniqlik va sifatni ta'minlash bo’yicha kerakli tadbirlarni amalga oshirish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.

Mazkur fanni yaxshi o’rganish uchun talaba oldingi semestrlarda o’tilgan «Konstruksion materiallar texnologiyasi», “Materialshunoslik”, “Materiallar qarshiligi”, “Mashina detallari”, “O’zaro almashuvchanlik va texnik o’lchamlar” kabi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishi kerak hamda mazkur fan talaba tomonidan keyingi semestrlarda o’qitiladigan «Mashinasozlik texnologiyasi», “Tarmoq mashinalarini montaji eks’luatattsiyasi va ta'mirlash” fanlarini o’zlashtirish hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun zamin yaratadi.

Hozirgi kunda, ichlab chiqarishni ilg’or texnologiyalar asosida tashkil qilishda, zamonaviy avtomatik tizimlardan keng foydalanish, yangi konstruksiadagi mashinalarni ishlab chiqarishni talab qiladi. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanini o’rganmasdan turib tehnologik mashinalarining sifatli ishlashini ta’minlab bolmaydi.


2.Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar strukturasi to`grisidagi asosiy tushunchalar.

Ishlab chiqarilayotgan maxsulotni shu korxonada tayyorlash yoki ta'mirlash uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar xarakatlarining yigindisi ishlab chiqarish jarayoniga kiradi. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiga maxsulotni tayyorlash va yigish, sifatni nazorat qilish, saqlash va tayyorlash davomidagi barcha xarakatlar, ish joyini va uchastkaning ta'minlashini va xizmat vazifasini tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo`limlarini boshqarish xamda ishlab chiqarishni xar tomonlama texnik jixatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab chiqarishni texnik jixatdan tayyorlamasdan turib rasional ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish mumkin emas.



Ishlab chiqarishni texnik jixatdan tayyorlash. Bu jarayon quyidagilarni o`z ichiga oladi: konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini kalendar rejalashtirish.

Ishlab chiqarishni konstruktorlik jixatdan tayyorlash mashina konstruksiyasini ishlab chiqish va maxsulotning umumiy yigma chizmasini, uning aloxida detallarining va yigma elementlarining chizmalarini yaratish va ishlab chiqarishni kerakli konstruktorlik xujatlar bilan ta'minlashdir.

Ishlab chiqarishni texnologik jixatdan tayyorlash, ya'ni maxsulotni belgilangan muddatda, ko`rsatilgan sifatda, belgilangan xajmda va belgilangan xarajatlar bilan ishlab chiqarish uchun korxonani texnologik jixatdan tayyorlashni ta'minlovchi o`zaro bogliq bo`lgan jarayonlar yigindisi

tushuniladi.



Kalendar reja deb ishlab chiqarish jarayonini kam sarf bilan, kerakli xajmda va ko`rsatilgan muddatda maxsulot ishlab chiqarishga aytiladi.

Texnik jixatdan ishlab chiqarishni mas'uliyatli va ko`p mexnat sarflanadigan qismi texnologik loyixalashdir, uning ish xajmi umumiy texnik tayyorgarlik ish xajmining 30-40% ni tashkil qiladi (yakka tartibli ishlab chiqarishda). Seriyali ishlab chiqarishda bu ko`rsatkich 40-50% va ommaviy ishlab chiqarishda 50-60% ni tashkil qiladi; buning sabablari - texnologik jarayonni loyihalashda maxsulotning xajmini oshirish bilan uning ish xajmining xam oshishi, ya'ni seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda texnologik xujjatlarning atroflicha sinchiklab taxlil qilib yozilishi va undan tashkari texnologik jixozlarning birmuncha murakkablashishi ta'sir kiladi. Aksariyat xolatlarda texnologik loyixalashning ish xajmi mashinaning konstruksiyasini yaratishdagi ish xajmiga boglik bo`ladi.


Машинанинг конструкциясини яратиш ва технологик жараённи лойихалашнинг иш хажми

1.1-жадвал



Махсулот

Машина

конструкциясининг иш хажми

Технологик жараён ва жихозларни

лойихалашнинг иш хажми

Соат

Фоиз

Соат

Фоиз

Куприкли кран

10433

100

43710

420

Экскаватор СЭ-3

51575

100

54481

183

Занжирли трактор

125000

100

620000

496


Texnologik jarayon va uning tuzilishi. GOST 3.1109-82 ga asosan texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining qismi bo`lib, bunga mexnat predmetining xolatini, o`lchamlarini, shaklini, ichki xususiyatlarini o`zgartirish kiradi.

Texnologik jarayon (TJ) GOST 14.301-83 ga binoan kuyidagilarni uz ichiga oladi: TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni taxlil qilish; guruxli yoki turkumli jarayonlarni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o`xshashini qidirish; dastlabki zagotovkani va uni tayyorlash usullarini tanlash; texnologik bazalarni tanlash; ishlov berishning texnologik marshrutini tuzish; texnologik operasiyalarni ishlab chiqish; operasiyadagi o`tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish; operasiyalarning texnologik jixozlanish vositalarini (TJV) tanlash; TJV ning kerakli sonini va

turini aniqlash; yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; mexanizasiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichidagi transport vositalarini tanlash; ishlov berishning rejimlarini ishlab chiqish va xisoblash; texnologik jarayonni me'yorlash; xavfsizlik texnikasi talablarini belgilash; texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini xisoblash; TJ ni rasmiylashtirish va shunga o`xshash.

Yukorida keltirilgan TJ ning umumiy ta'rifini mashinasozlik ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan qaralsa, unda TJ ishlab chiqarish jarayonining qismi bulib, ishlab chiqarish predmetining o`lchamlarini, tashqi ko`rinishini, shaklini yoki ichki xossalarini ketma - ketlik bilan o`zgarishini va ularni nazorat qilishni o`z ichiga oladi.

Texnologik operasiya - TJ ning tugallangan qismi bo`lib, bitta ish joyida uzluksiz bajariladi. Texnologik operasiya ishlab chiqarishni xisobga olish va rejalashning asosiy birligi bo`lib xisoblanadi.

Operasiya asosida maxsulot tayyorlashning ish xajmi, vakt me'yori va uni belgilash, talab qilinadigan ishchilar, jixozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni va ishlov berishning tannarxi aniqlanadi, shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi xamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddatini ishlab chiqiladi.

Texnolgik operasiyalardan tashkari yordamchi operasiyalar (transport, nazorat, tamgalash, qirindilardan tozalash va boshkalar) o`lchamlarni, sirt shaklini, sirtning ko`rinishini va ishlov berilayotgan maxsulotni xususiyatlarini o`zgartirmaydi, lekin texnologik operasiyani bajarish uchun zarur xisoblanadi.

O`rnatish texnologik operasiyaning bir qismi bo`lib, unda ishlov beriladigan zagotovkani bir marta maxkamlangan xolda ishlov beriladi.

O`rin (pozisiya) - ishlov berilayotgan zagotovkaning asbob-uskunaga yoki jixozga nisbatan o`zgarmaydigan xolatidir.

Texnologik o`tish - texnologik operasiyaning tugallangan qismi bo`lib, qo`llanilayotgan asbob - uskunaning va ishlov berishdan xosil bo`layotgan sirtning o`zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ishlov berish davrida zagotovkaga bitta texnologik o`tishning ichida dastgoxning ish rejimining avtomatik ravishda o`zgarishini sonli dastur bilan boshkariladigan dastgoxlarda ishlov berishda amalga oshiriladi.

Odatdagi metall kesish dastgoxlarda texnologik o`tishlarni dastgoxlarning o`zgarmas ish rejimida bajariladi.



Yordamchi o`tish deb ishchilarning va jixozlarning xarakatlaridan iborat bo`lib, sirtlarning shakli, o`lchamlari, gadir-budirliklari o`zgarmasdan texnologik o`tishni bajarish uchun zarur xisoblangan texnologik operasiyaning tugallangan qismiga aytiladi.

Ishchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib, bunda zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir marotaba siljishidan sirtning shakli, o`lchamlari va sifati yoki zagotovkaning xossalarida o`zgarish yuz beradi.

Yordamchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib, bunda zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir karra yurishi natijasida sirtning shakli, o`lchamlari va sifati, zagotovkaning xossalari o`zgarmaydi, lekin yordamchi yurish ishchi yurishni tayyorlash uchun zarur xisoblanadi.

Xarakat (priyom) - ishchining texnologik o`tishni yoki uning bir qismini bajarishida qo`llaydigan va yagona maqsadga qaratilgan vazifada mujassamlashgan xarakatlarining tugallangan yigindisidir.


2-M A‘R U Z A

Mavzu: Mahsulot-buyum, mashina va ularning asosiy elementlari.

Mavzu rejasi:

1. Asosiy, yordamchi, qo`shimcha maxsulotlar.

2. Buyumni yigma birliklarga ajratish to`grisidagi tushunchalar.

3. Prof. V.M. Kovan usuli bo`yicha umumiy va qismlar bo`yicha texnologik yigish sxemalarini tuzish usuli.


Adabiyotlar: [1] –140-144 betlar; [4] –511-514 betlar.

Tayanch sо’zlar: 1.Buyum. 2.Baza detal. 3.Qism. 4.Detal. 5.Yig’ilma birlik.6. Mashina. 7. Yig’uv sxemalari. 8. Asosiy, yordamchi va qо’yimcha mahsulot.
1. Asosiy, yordamchi, qo`shimcha maxsulotlar.

Mashina biror bir energiyani boshqasiga aylantiradigan yoki foydali ish bajaradigan maqsadli xarakat qiluvchi mexanizm yoki mexanizmlar majmuasidir. O`z vazifasiga asosan mashinalar ikki sinfga bulinadi: bir turdagi energiyani ikkinchi tur foydali energiyaga aylantiradigan mashina dvigatellar va ish ob'ektining shaklini, xossalarini va holatini o`zgartiradigan ishchi mashinalar.

Mahsulot - ishlab-chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan buyumlardir. Mahsulotlar o`z vazifasiga binoan uch-turga bо’linadi: asosiy, yordamchi va qо’shimcha.

Asosiy buyum deb, - ishlab chiqarish korxonasiga buyurtmachi tomonidan buyurtma berilib, korxonanada tayyorlanuvchi oxirgi tugallangan mahsulotga aytiladi. Bu mahsulot omborhonalarga joylashtiriladi yoki buyurtmachiga berib yuboriladi.

Yordamchi buyum deb, ishlab chiqarish korxonasining o’z еhtiyoji uchun, asosiy buyumni tayyorlash texnologik jarayonida qo’llash uchun tayyorlovchi mahsulotiga aytiladi.

Masalan: Кorxonaning asbobsozlik sexlarida o’z еhtiyoji uchun tayyorlovchi turli maxsus moslamalar, qurilmalar, keskich va o’lchagich asboblar va h.k.

Qo’shimcha buyum deb,- ishlab chiqarish korxonasiga biriktirib qo’yilgan xalq xo’jaligida keng iste’mol qilinuvchi mahsulotlarga aytiladi. Masalan: Agregat zavodi uchun qo’shimcha buyumlar bolalar velosipedi va samokati; Tekstil mashinasozlik zavodi uchun go’sht maydalagich, qozon, lagman ugrasini chiqaruvchi buyumlar va boshqalar.

Standart buyicha mahsulotlarning quyidagi turlari mavjud:



Detal - bir jinsli va bir markali materialdan yigish operasiyalarisiz tayyorlangan maxsulot. Yigish jarayonida ishtirok etadigan har bir detalning tutashadigan va tutashmaydigan sirtlari mavjud buladi. Agar detalning tutashadigan sirtlaridan biri boshqa detal sirti bilan tutashib, oldingi detalga yo`nalish bersa, bu sirt asosiy baza deyiladi, lekin keyingi qo`shilayotgan detalga yo`nalish beradigan sirt esa yordamchi baza deyiladi.

Bazaviy detallar deb yigma birlikdagi boshqa detallarning tegishli ravishda nisbiy holatini belgilovchi, boglovchi zveno vazifasini bajaruvchi bazaviy sirtlarga ega bo`lgan detallarga aytiladi.
2. Buyumni yigma birliklarga ajratish to`grisidagi tushunchalar.


2.1-rasm. Yigish elemeitlarining sxemasi

Yigma birlik (uzel) - bu aloxida yigilib va keyinchalik yig`ish jarayonida yaxlit holda ishtirok etuvchi mahsulotning bir qismidir.

Mahsulotni umumiy yigish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi uzellarga birinchi tartibli yigma birliklar deb ataladi. Birinchi tartibli yigma birlik tarkibiga kiradigan yigma birlik ikkinchi tartibli yigma birlik deyiladi va x.k. Ayrim hollarda alohida detallar ham bevosita har qanday tartibli yigma birliklar tarkibiga kirishi mumkin (1.1-raem).

Yigilgan mahsulot nolinchi tartibli yigma birlik bo`lib hisoblanadi.

Yigma komplekt deb mahsulotni yoki uning tarkibiy qismini yigish uchun ish joyiga yetkazib beriladigan mahsulotning tarkibiy qismlari guruxiga aytiladi.

Mashinasozlik korxonalarida aloxida mashinalar va ularning qismidan tashqari ishlab chiqarish ob'ekti hisoblangan mahsulotlarning kompleksi va komplekti bo`lishi mumkin.

Kompleks - mahsulotning ikki yoki undan ortiq, ixtisoslashtirilgan qismlari bo`lib, ular ushbu mahsulotni tayyorlovchi korxonada yigish operasiyasi orqali bir- biri bilan biriktirilmaydi, biroq o`zaro bog`liq bo`lgan ekspluatasion funksiyani bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan: avtomatik oqim, sex -avtomat, SDB (sonli dastur bilan boshqariladigan) dastgoxdarning panellari va boshqalar.

Komplekt - ikki yoki undan ortik, mahsulotdan iborat bo`lib, ular ishlab chiqarish korxonasida yig`ish operasiyasi orqali o`zaro biriktirilmagan buyumlar to`plamidan iborat bo`ladi va yordamchi xususiyatga ega bo`lgan umumiy ekspluatasion vazifani bajarish uchun muljallangan bo`ladi. Masalan: ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar, o`lchash vositalari to`plami va shunga o`xshashlar.

Konstruktorlik yig`ma birlik deb mustaqil yig`ish sharoiti unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan, faqat funksional ish vazifasini bajarish holatiga asoslanib loyihalangan yig`ma birlikka aytiladi. Masalan, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg`i xom ashyosi, yuradigan va dvigatelning moy haydaydigan tizimlari va sh.k.

Texnologik yigma birlik yoki uzel deb mahsulotning boshqa tarkibiy qismlaridan alohida holda yig`ilishi mumkin bo`lgan, lekin o`z vazifasini faqat mahsulotning boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda yigilgandagina bajarishi mumkin bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Masalan, dastgohlarning alohida qismlari (support, stol, tezliklar kutisi, surishlar kutisi, oldingi va ketingi babkalar va sh.k.).

Mahsulotda o`z xizmat vazifasini bajarib va mustaqil yigish tamoyiliga javob beradigan yigma birlikning konstruksiyasi optimal hisoblanadi va u konstruktorlik-texnologik yig`ma birlik deb ataladi.

Mahsulotlarni shunday yig`ma birliklar bilan loyihalash tamoyili agregatli yoki blokli yig`ma birlik deyiladi.

Konstruktorlik-texnologik yig`ma birliklardan agregatlar tashkil topadi. Bularga nasoslar, uzatish yoki tezliklar kutilari va boshqalar kiradi.



Agregat deb mahsulotning qismlari alohida yigilganiga qaramasdan to`la o`zaro almashuvchanlikka ega va shu bilan birga o`z vazifasini mahsulotda yoki mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Agregatlardan yigilgan mahsulot agregatli yoki modulli deyiladi.

Agregatli (modulli) tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan mahsulotlar, albatta, yuqori darajadagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Agregatli (modulli) mahsulotlar ekspluatasiya va ta'mirlash vaqtida kulaylikka ham ega, yigish muddati ularda ancha qisqa bo`ladi.

Mashinalarning sifatini aniqlaydigan umumiy ko`rsatkichlar mavjud. Shular qatoriga mashinaning ishlash qobiliyati va mahsulotning belgilangan xizmat va- zifasining berilgan parametrlarini texnik me'yoriy hujjatlar chegarasida saqlangan holda ishlay olish imkoniyatlari kiradi. Shu bilan birga zamonaviy mashinaning asosiy tavsiflaridan biri uning puxtaligi hisoblanadi.

Puxtalik deb mahsulotning vadt davomida o`z ish qobiliyatini saqlash xususiyatiga aytiladi.

Buzilish deb mahsulotning ish qobiliyatini birdan yuqotishiga aytiladi.

Mahsulotning buzilishiga qadar vaqt (soat hisobida) mahsulotning ishlash muddati bo`lib, u tasodifiy miqdordir.

Mahsulotning xizmat muddati mahsulotning chegaralangan reglament holatiga yetishi (chetki yeyilish) orqali aniqlanadi va uni resurs deyiladi.

Resurs mahsulotning ruxsat etilgan xizmat muddati bulib, soat bilan aniqlanadi. Resurs tasodifiy emas, aksincha, mahsulotning ruxsat etilgan ish muddati bo`lib, uning chidamliligini belgilaydi.

Mahsulotning puxtaligi umumiy xossaga ega bo`lib, buzilmasdan ishlash va chidamlilik tushunchalarini o`z ichiga oladi.



Chidamlilik deb mahsulotning ishlashi mumkin bo`lgan chegarali holatiga yetishigacha o`z ish qobiliyatini saqlay olish xususiyatiga aytiladi. Bunda mahsulotni ekspluatasiya qilish davrida belgilangan texnik xizmat va ta'mirlash tizimi asosida uning ish qobiliyati saqlab turiladi.

Mashinaning sifatini ekspluatasiya ko`rsatkichlaridan tashqari ta'mirlashda, tayyorlashda va ekspluatasiya davridagi tejamlilik, iqtisodiy va texnologiyaviylik ko`rsatkichlar tizimi aniqlaydi. Bulardan biri ish hajmidir, ya'ni normal intensivlikda mehnat qilib mahsulotni tayyorlash vaqtini soat bo`yicha aniqlanishiga aytiladi.

Mahsulotning barcha detallarini tayyorlash uchun dastgohlarning yoki boshqa jihozlarning band bo`lish davomiyligini dastgohlarning ishlash vaqti aniqlaydi.

Mahsulotni ta'mirlash yoki tayyorlash jarayonining boshidan oxirigacha ketgan vaqt intervaliga ishlab chiqarish sikli deb aytiladi.

Sermexnatlik deb mashinani yoki uning bironta detalini ta’mirlash yoki tayyorlash tehnologik jarayonlarini bajarish uchun sarflanuvch barcha vaqtlar yiġindisiga aytiladi. Sermexnatlilikka qarab ishchilar soni aniqlanadi.

Serstanoklik deb dastgohlarni ma’lum muddat (vaqt) ichida tayyorlagan maxsulotlar soniga aytiladi. Serstanoklik bóyicha dastgohlar soni aniqlanadi.

Zamonaviy mashinalar yoki uskunalarni tayyorlash va barcha ishlab chiqarish jarayonini aniq, tashkil qilish uchun ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash (IChTJT) talab qilinadi.


3. Prof. V.M. Kovan usuli bo`yicha umumiy va qismlar bo`yicha texnologik yigish sxemalarini tuzish usuli.

Umumiy va qismlari bo’yicha yig’ish texnologik sxemalarini tuzish (prof.V.M.Кovan) uslubi. V.M.Кovan uslubi bo’yicha, texnologik yig’ish sxemalarini tuzish uchun mashina va mexanizmlarning har bir detali va qismi shartli ravishda chizmada to’g’ri to’rtburchak bilan belgilanadi va bu to’g’ri to’rtburchak chiziqlar bilan uch bo’lak xonachalarga ajratiladi (2.1, a-rasm). Xonachalarning birinchisiga detalning nomi (korpus, bolt, vint va h.k.) yoziladi; ikkinchisiga-yig’ma chizmadagi tartib nomeri yoki detal inventar nomeri yoziladi; uchinchisiga yig’ma chizmada bir xil shunday detallarning soni yoziladi (2.1, b-rasm).



2.1-rasm





2.2-rasm. Reduktor



2.3-rasm. Texnologik yig’ish sxemalari: a- umumiy; b, v, g- qismlari bo’yicha

Umumiy texnologik yig’uv sxema tuzish. Buning uchun mashina, mexanizm yoki qismlarning konstruktor tomonidan chizilgan yig’ilma chizmasi berilgan bo’ladi.

Texnolog o’z navbatida bu berilgan chizmani sinchiklab o’rganib chiqishi kerak, qo’yilgan texnik talablariga - qism va detallarning mashina va mexanizmlardagi xizmat vazifalariga ahamiyat berishi kerak, detal va qismlarni yig’ish ketma-ketligini aniqlab, sxemada qanday tartibda joylashtirib chizishni rejalashtirishi kerak.

Sxema tuzish uchun ma’lum formatdagi chizma yoki millimetrovkali qog’oz ishlatiladi. Qog’ozning o’rtarog’i va chap chetrog’iga to’g’ri to’rtburchak (baza detalni bildiruvchi) chiziladi, buning to’g’risiga - o’ng chetiga yana to’g’ri to’rtburchak (mashina, mexanizmni yig’ilgan holatini bildiruvchi) chiziladi va shu ikkala to’g’ri to’rtburchaklar o’rtasi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Texnologik yig’uv sxemani tuzishda baza detalga yig’ilma birliklarni ketma-ket birlashtirish tartibida sxemadagi to’g’ri chiziqning ustiga alohida detallar to’g’ri to’rtburchagi, to’g’ri chiziqning pastiga еsa birinchi tartibli yig’ilma birliklarning (uzellarning) to’g’ri to’rtburchaklari joylashtiriladi (2.2-rasm va 2.3-rasm).
Tekshirish uchun savollar

1. Buyum tushunchasini izohlab bering?

2. Mashina va uning еlementlari tushunchalarini izohlang?

3. Asosiy, yordamchi qo’shimcha buyumlarga nimalar kiradi?

4. Buyumlar qanaqa yig’ma birliklarga ajratiladi?

5. Baza detal deganda nimaga tushunamiz?

6. Yig’ish sxemalarni tuzish uchun prof.V.M.Кovan usulini izohlang?

7. Texnologik yig’ish sxemani tuzishni misolda ko’rsating va uning maqsadi?

8. Qism va detal tushunchalarini izohlab bering?

9. Kompleks, komplek, agregat tushunchalarini izohlang?

10. Puhtalik va uning elementlarini tushuntirib bering?

11. Resurs chidamlilik tushunchalarini izohlang?

12. Ishlab chiqarish sikli, sermexnatlilik va dastgohxajimlilik tushunchalarini izohlang?
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling