Mavzu : buyuk geografik kashfiyotlar va ularning jahon xo’jaligi shakllanishida o’rni reja: kirish. I bob. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari. Portugalyaliklarning geografik kashfiyotlari


Download 0.64 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1577647
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iskandarova Javohir




MAVZU : BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR VA ULARNING JAHON XO’JALIGI SHAKLLANISHIDA O’RNI


REJA:


KIRISH.
I BOB.BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SABABLARI. PORTUGALYALIKLARNING GEOGRAFIK KASHFIYOTLARI.
1.1.Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari
1.2.Bartolameo Diash va Vasko da Gamaning geografik kashfiyotlari
1.3.Xristofor Kolumbning Amerikani kashf qilishi
II BOB.FMAGELLAN VA DRYEKNING DUNYO SAYOHATI XVI ASR 2-YARMI VA XVII ASR 1 -YARMIDAGI GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR.
2.1.Magellan va Dreykning dunyo sayohati,XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar
2.2.XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar va ularning jahon xo’jaligiga ta’siri.
2.3. Buyuk geografik kashfiyotlar ahamiyati va oqibatlari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH


Kurs ishining maqsadi. Kurs ishida yangi hududlarning kashf qilinishi Hindiston va Amerikaga olib boriladigan dengiz yo‘llarining jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish, yerning shar shaklida ekanligining isbotlanishi, buyuk sayyohlarning faoliyatini yoritish orqali tarix darslarida ma‘naviy tarbiya ishlarini olib borishdan iboratdir.Bugungi kunda xalqaro maydonda turli shakllarda namoyon bo‘layotgan bunday maqsadlar mafkuraviy siyosat bilan qo‘shilib bormoqda. Jahon hamjamiyati xalqaro munosabatlar sohasida, demokratiya, o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillarini qaror toptirishi uchun kurashmoqda.Bu o‘rinda Yevropaning bir qator mamlakatlarini XV-XVII asr o‘rtalaridgi buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik siyosatini eplash zarur.
Buyuk geografik kashfiyotlar-XV-XVII asr o‘rtalarida Yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli atama.XV asr ikkinchi yarmida O‘rta dengiz orqali bo‘ladigan savdo qattiq inqirozga uchradi. Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar va boshqa xalqlarning qo‘lidan o‘tganligi tufayli ularning narxi benihoya oshib ketardi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi savdogalar juda uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimohol edi. Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo qilinishi levant ahvolini yanada mushkullashtirdi.
Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko‘p hilma - xil soliqlar olinishi tufayli O‘rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilishi havfli, kam foyda keltiradigan bo‘lib qoldi va bu savo ahyon - ahyondagina bo‘lib turdi.Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan - bir yo‘l – Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo‘l qolgan edi xolos.Ammo bu yo‘l arablarning qo‘lida edi. G‘arbiy Yevropaning dengiz savdogarlari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo‘l topish ustida tobora ko‘proq bosh qotira boshadilar.Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi.Yevropa mamakatlarida tovar ishlab chiqarishining o‘sishi, tovarlarning yetishmasligi, hamda kumush, ziravolar va fil suyagi,qimmat baho mo‘yna, morj tishini toppish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindistonga va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yo‘llarini ahtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari bo‘lgan. Ispaniya va portug‘aliyalikar buyuk geografik kashfiyotlarning yo‘lchi yulduzlari bo‘ldilar.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling