Mavzu : Kraxmal manbalari va olish usullari Daraxt yelimlari va pektin moddalar


Download 38.73 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2024
Hajmi38.73 Kb.
#1808864
  1   2   3
Bog'liq
4-kraxmal olish usullari


Mavzu : Kraxmal manbalari va olish usullari
Daraxt yelimlari va pektin moddalar
Reja :

  1. Kraxmal olish usullari

  2. Kraxmalning xususiyatlari

  3. Tibbiyotda kraxmaldan foydalanish

Kraxmal olish usullari. Kraxmal o‘simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka tuganagidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to‘r ustida qirg‘ichda qiriladi. Uning ustidan suv quyib yuviladi.Kraxmal suv bilan birga sim to‘r ostidagi idishga tushib cho‘kadi. Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to‘kib tashlanadi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo‘lganidan so‘ng quritiladi. Qurigan kraxmal tarkibida 20 % gacha namlik bo‘lishi mumkin.


Donli o‘simliklar mevasidan va urug‘idan kraxmal olish ancha murakkab. CHunki meva, urug‘ tarkibida kraxmaldan tashqari oqsil, shuningdek, suvda erimaydigan boshqa moddalar ham bo‘ladi. Ana shu moddalar kraxmal ajratib olishga xalaqid beradi. Bu birikmalarni dastavval mikroorganizmlar yordamida achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga aylantiriladi. Urug‘larni achitish uchun bir necha kun katta idishlarda ivitiladi. So‘ngra bo‘rtgan urug‘larni ezib, ivitilgan idishlarda suvi bilan uzoq muddat ochiq qoldiriladi. Natijada oqsil moddalar parchalanib suvda eriydigan birikmalarga aylanadi. Kraxmal esa suv tagiga cho‘kib qoladi. CHo‘kkan kraxmalni ajratib olib, bir necha marta suv bilan yuviladi va quritiladi.
Kraxmalning xususiyatlari. Kraxmal glyukanlarga kirib, o‘simlik hujayralarida donachalar shaklda vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6 %polisaxaridlardan, 0,2-0,7 % mineral moddalardan, 0,6 % gacha qattiq yog‘ kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan.
Kraxmal xidsiz, mazasiz, mayin oq kukun (poroshok) bo‘lib, barmoq orasiga olib ishqalansa, g‘ichirlaydi. Quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620 - 1,650.
Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75o issiq suvga solinsa, donachalari shishib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik - kleyster (kraxmal elimi) hosil qiladi. Kraxmal kleysterining hosil bo‘lish jarayoni ancha murakkab. Bu jarayonda kraxmal donachasining ichki qismi -amiloza suvda erib, yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lmagan eritma hosil qiladi. Donachaning pardasi – amilopektin esa, bu eritmaga quyuqlik va yopishqoqlik xossasini beradi. Kleyster kolloid eritma bo‘lib, neytral yoki kuchsiz kislotali reaksiyaga ega va qutblangan nur tekisligini o‘ngga buradi.
Kraxmalning eng xarakterli sifat reaksiyasi yod bilan bo‘yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaksiya bo‘lib, yodning eritmadagi konsentratsiyasi 1:500000 ga etsa ham kraxmal bilan ko‘k rang beradi. Yod bilan bo‘yalgan kraxmal (yoki kraxmal kleystri) qizdirilsa, ko‘k rang yo‘qoladi, sovutilganda esa yangidan ko‘k rang hosil bo‘ladi. Bu ancha murakkab reaksiya bo‘lib, pirovardida kompleks birikma vujudga keladi. Bundan tashqari, yodni polisaxaridning juda katta molekulasi adsorbsiya qilishi ham mumkin. Kraxmalning yod bilan bo‘ladigan rangli reaksiyasiga spirt, tanin, nitrat kislota, ishqorlar va ba’zi birikmalar to‘sqinlik qilishi mumkin. Narsein alkaloid va lantan elementining sirka kislota bilan hosil qilgan asos tuzi ham yod bilan xuddi shunday reaksiya beradi.
Kraxmal kislotalar, ishqorlar hamda diastaza fermenti ta’sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislotalar ta’sirida olib borilsa, monosaxarid - - glyukoza, diastaza fermenti ishtirokida o‘tkazilsa, disaxarid - maltoza hosil bo‘ladi.
Gidrolizlangan kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo‘lmasdan avval bir qancha oraliq mahsulotlar (sovuq suvda eriydigan kraxmal, dekstrin vaboshqalar) hosil bo‘ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (S6N10 O5)n. Polimerizatsiya koeffitsienti (n - soni) kraxmalniki-dan ancha kichik. Dekstrinlar yod ta’sirida ko‘k-binafsha, qizil binafsha, to‘q sariq va sariq rangga bo‘yaladi.Kraxmal donachasi parda (po‘st)dan va parda ichidagi moddadan iborat bo‘lib, kimyoviy jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan birikmalardan tashkil topgan. Pardaning asosiy qismi amilopektin (farinoza)dan, uning ichidagi modda esa amiloza (granuleza) dan iborat. Amiloza disaxarid - maltoza unumi bo‘lib, yod bilan tiniq ko‘k rang hosil qiladi. Amilopektin trisaxarid - eritroamiloza bilan fosfat kislota efiridan iborat bo‘lib, yod ta’sirida binafsha rangga bo‘yaladi.
Kraxmal donachasining amilopektin va amilozadan tuzilganini quyidagi reaksiya bilan aniqlash mumkin. Buyum oynasiga kraxmalning suvdagi aralashmasidan ozgina solinadi va uning ustiga 1-2 tomchi 3 % li kaliy ishqorining eritmasidan tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi va mikroskopning kichik ob’ektivida quriladi. Mikroskopda kraxmal donacha-larining shishishini, yorilishini va yo‘q bo‘lib ketishini kuzatish mumkin. Preparatdagi ishqorni neytral holga keltirish uchun qoplag‘ich oynaning bir chetidan 1 % li sirka kislota eritmasidan tomiziladi (filtr qog‘ozi bilan oynaning ikkinchi tomonidan suyuqlikning bir qismi tortib olinadi). So‘ngra Lyugol eritmasidan bir-ikki tomchi qo‘shilsa, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan ayrim bo‘lakchalar binafsha, ba’zilari esa ko‘m-ko‘k rangga bo‘yaladi. SHulardan binafsha rangga kirgani amilopektin, ko‘m-ko‘k rangga kirgani esa amiloza hisoblanadi.
Tibbiyotda va dorishunoslikda 4 ta o‘simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi. Ular bir-biridan donachalarining shakli, katta-kichikligi, tuzilishi bilan farq qiladi.

1. Kartoshka kraxmali- Amylum Solani, kartoshka (Solanum tuberosum L.)tuganagidan olinadi


2. Bug‘doy kraxmali-Amylum Tritici, bug‘doy (Triticum vulgage L.) donidan olinadi.


3. Makkajo‘xori kraxmali - Amylum Maydis, makkajo‘xori (Zea mays L.) donidan olinadi.
Guruch kraxmali - Amylum Oryzae, sholi (Oryza sativa L.) donidan olinadi.

Mikroskopik tekshirish. Kraxmal suv yordamida mikroskopning katta ob’ektivida ko‘riladi. Kraxmalning shakli, tuzilishi va katta-kichikligiga qarab, uning qaysi o‘simlikka mansubligini aniqlash mumkin.


Kartoshka kraxmalining donachasi tuxumsimon bo‘lib, kattaligi 80-100µ ga teng. O‘sish markazi chetga joylashgan (ekssentrik donacha). Ba’zi donachada ikkita markaz bo‘ladi. U yarim murakkab donacha deyiladi. Kartoshka kraxmali donachalarining ust tomonida qavat-qavat izlar ko‘rinadi Bug‘doy kraxmali donachasining katta-kichikligi ikki xil, ya’ni yirik donacha 28-30µ, mayda donacha esa 6-7µ bo‘ladi. Yirik kraxmal donachasi yasmiqsimon (yumaloq va yalpoq) shaklga ega. O‘sish markazi o‘rtaga joylashgan (konsentrik donacha).
Makkajo‘xori kraxmali donachasining shakli burchakli yoki yumaloq bo‘lib, kattaligi 20-30 µ, uning markazi va butsimon darzli bo‘lishi xarakterlidir.
Guruch kraxmali donachasi ko‘p burchakli shaklga ega bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan kraxmal donachalariga nisbatan mayda, kattaligi 4-6µ. Guruchkraxmalida murakkab donachalar (umumiy parda ichida ko‘p miqdorda kraxmal donachalari joylashgan) ham uchraydi.
Ishlatilishi. Kraxmal boshqa moddalar bilan birga chaqaloqlarga sepiladigan kukun (poroshok) va teriga surtiladigan surtmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Me’da va ichak kasalliklarida kraxmalning qaynatib tayyorlangan eritmasi - -Decoctum (Mucilago) Amyli beriladi. Kleyster shimdirilgan bint singan yoki chiqqan organni qimirlatmaydigan qilib bog‘lash uchun jarrohlikda ishlatiladi. Farmatsiya amaliyotida kraxmaldan dorivor kukunlar (poroshok), tabletkalar hamda kraxmal kapsulalari tayyorlashda foydalaniladi. Dekstrin eritmasi elim sifatida qo‘llaniladi.
Bu jarayon saxarifikatsiya deb ataladi va fermentlar yoki mineral kislotalar (HCl, H2SO4) ta'sirida sodir bo'lishi mumkin.Kraxmal shishishi bilan ajralib turadi - bu sovuq suvni erimasdan asta-sekin va ma'lum darajada singdirish qobiliyatidir. Agar yuqori haroratda shish paydo bo'lsa, pasta hosil bo'ladi. Turli kraxmallarning jelatinlanish harorati 60-70 ° S oralig'ida. Eng yopishqoq pasta kartoshka kraxmalidan tayyorlanadi. Kraxmal turli xil o'simlik materiallaridan ishlab chiqariladi: kartoshka, makkajo'xori, bug'doy va boshqalar.

Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling