Mavzu : matematik iqtisodiy modellar reja makroiqtisodiy modellar


Download 26.88 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi26.88 Kb.
#240853
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAVSHAN TAYYOR - 3


MAVZU : MATEMATIK IQTISODIY MODELLAR

REJA

1. Makroiqtisodiy modellar

2. Nazariy modellar

3. Amaliy modellar

4. Statik modellarda

5. Dinamik modellar

6. Determinlashgan modellar

7.Stoxastik modellar

8.Iqtisodiy model

9.Masala

10.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Makroiqtisodiy modellar Iqtisodiyotda ishlatiladigan modellami modellashtirayotgan ob'yektga xos xususiyatlari, modellashtirish maqsadi va modellashtirish vositasi kabi belgilarga qarab quyidagi sinflarga: mikro va makroiqtisodiy, nazariy va amaliy, optimal va muvozanat, static va dinamik modellarga ajratish mumkin.

Makromodellash - iqtisodiy tadqiqotlarda, xalq xo’jaligini tahlil qilish va planlashtirishda matematik metodlarni qo’llanishidir. Bunda iqtisodiy sistema bir butun ob’ekt tarzida ko’rib chiqiladi. Modellash natijasida xalq xo’jaligini iqtisodiy rivojlantirishning optimal sur’atlari topiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni modellashda xalq xo’jaligi tarmoqlarning iqtisodiy yuksalishini balanslash va yanada yaxshilash vazifasi qo’yiladi. Bunda optimal modellar emas, balki balansli modellar ishlatiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini modellashni ikki jixatdan ko’rib chiqishi mumkin: a) moddiy boyliklarning natural formasi jixatdan; b) moddiy boyliklarni qiymat formasi jixatdan. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish natural moddiy formada va qiymat yoki pul formasida amalga oshiriladi. Modellash jarayonida ijtimoiy mahsulotning natural (buyum) formasida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy mahsulot natural-moddiy jixatdan ishlab chiqarilgan mehnat buyumlari, mehnat vositalari va iste’mol buyumlari majmuasini o’z ichiga oladi. Qiymat jixatdan esa iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymatini, yangidan vujudga keltirilgan mahsulotlarning o’zi uchun sarf qilingan mehnat natijasida ishlab chiqarilgan qismining qiymatini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy yalpi mahsulot natural strukturasi jixatdan oraliq mahsulot, yalpi kapital mablag’lar va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan iste’mol mablag’lar va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan iste’mol fondiga ajratiladi. Oraliq mahsulot umumiy mahsulotning bir qismi bo’lib, joriy ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga mo’ljallangandir. Yalpi kapital mablag’lar - umumiy mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida sarflangan mehnat qurollari o’rnini qoplashga mo’ljallangan qismidir. Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan iste’mol fondi-umumiy mahsulotning iste’mol buyumlaridan iborat qismidir.

Makroiqtisodiy modellar iqtisodiyotni bir butun deb qarab, umumlashtirilgan moddiy va moliyaviy ko'rsatkichlarni: yalpi milliy mahsulot, istemol, investitsiya, ish bilan bandlik, foiz stavkalari, pulning miqdori va boshqalami o'zaro boglagan holda tasvirlaydi.

Makroiqtisodiy modellar iqtisodiyotnig tuzilmali va funksional tashkil etuvchilarining o'zaro tasirini ifodalaydi. Mikroiqtisodiy modellashtirish iqtisodiy-matematik nazariyaning asosiy qismini tashkil qiladi.




Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling