Mavzu №11 Markaziy nerv tizimining umumiy va xususiy fiziologiyasi Reja


Download 295.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana18.12.2022
Hajmi295.39 Kb.
#1030392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU FIZ. docx



MAVZU № 11 Markaziy nerv tizimining umumiy va xususiy 
fiziologiyasi 
Reja: 
1. Markaziy nerv tizimining umumiy tuzilishi va neyronning asosiy 
funksiyalari 
2. Tinchlik va harakat potensiallari,
3. Nerv markazi tushunchasi, nerv markazlari fiziologiyasi va xususiyatlari 
4. Refleks, ularning uyg’unlashuvi va orqa miya funksiyasining rivojlanishi 
5. Uzunchoq miya, uning reflektor va vegetativ nerv markazlari 
6. Miyacha va oraliq miyaning tuzilishi, funksiyasi 
7. Retikulyar formatsiya va uning ta’siri, yosh xususiyatlari
8. Katta yarim sharlar po’stlog’i 
9. Harakat faoliyati boshqarilishining shakllanishi, motor tizimining umumiy 
tuzilishi va funksiyasi 
Asab tizimining funksiyalari Asab tizimiga organizmda murakkab 
funksiyalarni bajaruvchi bosh miya va orqa miya kiradi.
1. Asab tizimi odam organizmida barcha hujayra, to‘qima, a’zolari va 
funksional tizimlarining ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan 
o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini quyi 
funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida 
(uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan asab markazlari bajaradi.
2. Asab tizimi organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi, muhit sharoitiga 
moslashuvini ta'minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan 
munosabati natijasida odamda paydo bo’lgan fikrlash, fikmi bayon etish, bilim olish, 
hunar o’rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham asab 
tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. I.P.Pavlov asab tizimining bu 
funksiyasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu funksiyasini uning 
yuqori qismida (bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida) joylashgan asab markazlari 
bajaradi.
3. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i ruhiy faoliyatning asosiy a’zosi 
hisoblanadi. Asab impulslarni bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i neyronlariga yetib 
borishi natijasida hissiyot to‘yg‘usi hosil bo’ladi, qaysiki odamda ong va tafakkur 
jarayonlarning asosi hisoblanadi.

Download 295.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling