Mavzu: Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi


Download 1.28 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1560838
  1   2
Bog'liq
Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi.


Mavzu: Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi.
Reja:
1. Asosiy yo’lovchi oqimlarining tavsiflari
2. Yo‘lovchilarni tashishning rivojlanish darajasini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar
3. Yo‘lovchilar qatnashlarni turli-tuman maqsadlari


Yo‘lovchi oqimi deb ma’lum bir yo‘nalishda transportda ketadigan yo‘lovchilar sonini atash qabul qilingan. U o‘lchamlar, dunyoga kelish va so‘nish punktlari bilan tavsiflanadi. Yo‘lovchi oqimlari doimiy yoki o‘zgaruvchan, bir va ikki tomonlama, bir tekis va notekis, davriy ravishda vujudga keladigan va tugaydigan bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchi oqimlarining makon va zamonda tebranishining xarakterini o‘rganish ularning sutkaning soatlari, haftaning kunlari, yilning oylari va marshrutlarning uzunligi bo‘yicha miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash, butun transport tarmog‘i bo‘yicha ham, alohida olingan har bir marshrut bo‘yicha ham yo‘lovchi oqimlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni ochib berish imkonini beradi. Yo‘lovchi oqimlarini tizimli ravishda o‘rganish ularning asosiy tebranish qonuniyatlarini aniqlash, kelgusida yo‘lovchilarni tashishlarni tashkil qilishda o‘rganishlarning natijalaridan foydalanish imkonini beradi.
Yo‘lovchi oqimlarining tebranishlari to‘g‘risida amaldagi ma’lumotlarni olish uchun ularni davriy ravishda tadqiq qilish o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar oqimlarini tadqiq qilishning ko‘proq keng tarqalgan uslublari — anketali, talonli, schet-natural (jadvalli), vizual va EHM dan foydalanadigan avtomatik uslublar hisoblanadi.
SHahar atrofida tashishlar — yo‘lovchi bog‘lanishlarining temir yo‘l va avtomobil transporti bilan xizmat ko‘rsatiladigan eng katta toifasidir. Yo‘lovchilarni shahar atrofida tashishlarning O‘zbekiston hududi bo‘yicha taqsimlanishi yirik shaharlarning joylashuvi bilan belgilanadi. Yo‘lovchilarni shahar atrofida tashishlar, jumladan, temir yo‘l bilan parallel marshrutlarda tashishlarning katta hajmiga avtomobil transporti xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekistonning janubiy rayonlarida yo‘lovchilarni shahar atrofida temir yo‘llar bilan tashishlar nisbatan katta emas. Tashishlarning asosiy qismi avtomobil transporti bilan amalga oshiriladi.
3.3 jadval.
Aholining statik harakatlanuvchanligi, bitta fuqaroga 1 yilda to‘g‘ri keladigan yo‘lga chiqishlar soni.

Transport turi

1980 y

1990 y

1991 y

1992 y

1993 y

1994 y

RSFSR bo‘yicha

Avtobus
Temir yo‘l
Havo
Ichki suv
Dengiz

158,9
20,2
0,4
0,7
0,1

190,2
20,9
0,6
0,6
0,1

183,6
18,2
0,6
0,5
0,1

166,7
16,0
0,4
0,3
0,1

156,5
13,9
0,2
0,2
0,03

156,2
15,9
0,2
0,2
0,02

Jami

180,3

212,4

203,0

183,5

170,8

171,3

3.4 jadval.
Aholining dinamik harakatlanuvchanligi, bitta fuqaroga 1 yilda to‘g‘ri keladigan yo‘lovchi-km.

Transport turi

1980 y

1990 y

1991 y

1992 y

1993 y

1994 y

RSFSR bo‘yicha

Avtobus
Temir yo‘l
Havo
Ichki suv
Dengiz

1426,5
1546,3
695,9
36,1
6,8

1742,2
1823,3
1059,8
31,9
4,0

1688,2
1715,2
1012,8
24,9
3,4

1425,7
1702,8
791,5
12,8
3,4

1347,0
1830,5
559,5
10,8
2,0

1302,0
1540,5
487,9
8,1
2,0

Jami

3711,6

4661,2

4444,5

3936,2

3749,8

3340,5

Yo‘lovchilarni tashishning rivojlanish darajasini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlardan biri aholining harakatlanuvchanligi hisoblanadi. Mamlakat (shahar, tuman, viloyat) aholisining transport harakatlanuvchanligi yo‘lovchilarni tashishning umumiy yillik hajmining (statik harakatlanuvchanlik ) yoki yo‘lovchi-kilometrlarning (dinamik harakatlanuvchanlik ) N mamlakat (shahar,tuman, viloyat) aholisining soniga nisbati bilan aniqlnadi:



Yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha bir necha yillik hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish aholining yillar bo‘yicha transport harakatlanuvchanligi to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi (3.3 va 3.4 jadvallar).
1991 yilgacha aholining transport harakatlanuvchanligi yildan-yilga o‘sib borgan. Keyingi yillarda aholining harakatlanuvchanligi birta fuqaroga to‘g‘ri keladigan yo‘lga chiqishlar soni bo‘yicha ham, yo‘lovchi-kilometrlar bo‘yicha ham pasayish tendensiyasiga ega. Masalan, 2015 yilda 1990 yil bilan solishtirganda, aholining harakatlanuvchanligi bitta fuqaroga to‘g‘ri keladigan avtomobil transportida yo‘lga chiqishlar soni bo‘yicha 18% ga, temir yo‘l transportida – 20% ga, havo va daryo transportida 67% ga, dengiz transportida – 80% ga kamaygan.
Yo‘lovchi-kilometrlar soni bo‘yicha 2015 yilda aholining harakatlanuvchanligi, 1990 yil bilan solishtirganda, avtomobil transportida – 25% ga, temir yo‘llarda – 16% ga, havo transportida – 73% ga, daryo transportida – 74% ga, dengiz transportida – 50% ga pasaygan. Umuman olganda, bu besh yilda transportning barcha turlarida aholining transport harakatlanuvchanligi bitta fuqaroga to‘g‘ri keladigan yo‘lga chiqishlar soni bo‘yicha — 20% ga, yo‘lovchi-kilometrlar soni bo‘yicha esa – 28% ga kamaygan.
Yo‘lovchilar qatnashlarni turli-tuman maqsadlar bilan amalga oshiradi, yo‘lovchi oqimlarining o‘lchamlari va tarkibini tahlil qilishda bu maqsadlarni hisobga olish lozim bo‘ladi. Qatnashlar maqsadlar bo‘yicha odatda yo‘lovchilarning ish bilan va madaniy-maishiy qatnashlariga bo‘linadi. Keyingi yillarda yo‘lovchi oqimlarining geografiyasi, ularning o‘lchamlari va transport turlari bo‘yicha taqsimlanishida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yo‘lovchilarning shaharlararo bog‘lanishlarda yo‘lga chiqishi kamaygan. Yo‘lovchi oqimlarining bir qismi tariflarning keskin oshganligi munosabati bilan havo transportidan temir yo‘l transportiga almashgan, bu temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashishning o‘rtacha masofasining ortishiga olib kelgan.
Temir yo‘l transportida barcha bog‘lanishlarda yo‘lovchilarni tashishning o‘rtacha masofasi 1995 yilda 110 km ni, jumladan uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda 73 km ni, shahar atrofi bog‘lanishlarida esa 46 km ni tashkil qilgan. Umuman olganda, barcha bog‘lanishlarda o‘rtacha uzoqlik 1990 yil bilan solishtirganda 22 km ga, jumladan uzoqqa qatnaydigan poezdlarda 20 km ga, shahar atrofi bog‘lanishlarida esa 9 km ga oshgan. Havo transportida esa bu ko‘rsatkich 1990 yildagi 1753 km ga qaraganda 1995 yilda 2188 km ga teng bo‘lgan, ya’ni 435 km ga oshgan.
3.3. Yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati transport jarayonining tashkil qilinishi, foydalaniladigan harakatlanuvchi tarkib va yo‘lning konstruktiv xususiyatlari va holati, marshrut tarmog‘ining rivojlanganligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Qatnashning ishonchliligi va o‘z vaqtidaligi — yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishini baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Yo‘lovchi transportining muntazamlikni buzmasdan jadval bo‘yicha harakatlanishi aholining vaqt bo‘yicha kafolatlangan qatnash shart-sharoitlarini yaratadi. Bu tashishlarga bo‘lgan talabni oshiradi va transport ishining samaradorligining ortishiga ko‘maklashadi. Relsli yo‘lovchi transporti shunchalik muhim iqtisodiy va ekologik afzalliklarga va shunchalik yuqori xavfsizlik ko‘rsatkichlariga egaki, u O‘zbekistonda hech bir shubhasiz faqatgina yaqin 10-15 yil davomida emas, balki uzoq kelajakda ham o‘zining raqobatbardoshliligini saqlaydi. Yo‘lovchilarni tashishga nisbatan oddiy, murakkab va integral sifat tushunchasini qo‘llash mumkin1.
Yo‘lovchilarni tashishning oddiy sifati ularning iste’mol qiymatining qandaydir bir birta ahamiyatga molik bo‘lgan natural xususiyati (ko‘rsatkichi) bilan, masalan ularga yo‘lda yoki vokzallarda xizmat ko‘rsatishda yo‘lovchilarni ko‘chirish tezligi (vaqti) yoki shinamlik (qulaylik) darajasi bilan tavsiflanadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling