Suyuqlikning tekis va notekis xarakatlari


Download 372.68 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi372.68 Kb.
#1229024
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza gidro


Suyuqlikning tekis va notekis xarakatlari.
Suyuqlikning tekis va notekis hаrakatlari. Tekis o‘zgaruvchan paralel oqimchali harakatlar.
14.1.Elementar oqimcha uchun uzluksizlik (uzilmaslik) tenglamasi.
14.2.Tо‘liq oqim uchun uzluksizlik (uzilmaslik) tenglamasi.
14.3.Suyuqlik oqimining uzluksizlik tenglamasining differensial shaklidagi kо‘rinishi.
Tayanch iboralar:Tekis va notekis harakatlar, elementar oqimcha, uzilmaslik tenglamasi, elementar sarf harakat keschimi, harakat fazosi, uzluksiz muhit, о‘rtacha tezlik, Eyler tenglamasi, divergensiya, gidrodinamik tushuncha.
Barqaror harakat ikki tur bо‘lishi mumkin: tekis va notekis harakatlar. Suyuqlik zarrachasi harakat yо‘nalishi bо‘yicha vaqt о‘tishi bilan harakat fazosining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga о‘tganda tezligi о‘zgarib borsa, harakat notekis harakat bо‘ladi. Notekis harakat vaqtida suyuqlik ichida bosim va boshqa gidravlik parametrlar о‘zgarib boradi. Notekis harakatni kesimi о‘zgarib borayotgan shisha trubada kuzatish juda qulaydir.
Bordi-yu suyuqlik zarrachasi harakat yо‘nalishi bо‘yicha vaqt о‘tishi bilan harakat fazosining bir nuqtasidan ikkinchi nuq­tasiga о‘tganda tezligini о‘zgartirmasa, bunday harakat tekis harakat deyiladi. Tekis harakat vaqtida suyuqlikning gidrav­lik parametrlari о‘zgarmaydi. Tekis harakatga kesimi о‘zgarmaydigan trubalardagi suyuqlikning va qiyaligi bir xil kanallardagi suv oqimi misol bо‘la oladi.
Yuqorida aytib о‘tilganidek, gidrogazodinamikada suyuqliklar tutash muhitlar deb qaraladi (ya’ni harakat fazosining istalgan nuqtasida suyuqlik zarrachasini topish mumkin). Elementar oqimcha va oqim uchun uzilmaslik tenglamasi suyuqlikning tutash oqimi (ya’ni har bir harakatdagi zarrachaning oldida va ketida cheksiz yaqin masofada albatta yana biror zarracha mavjudligi) ning matematik ifodasi bо‘lib xizmat qiladi. Suyuqlikning barqaror harakatini kо‘ramiz.
Elementar oqimcha uchun uzilmaslik tenglamasinn chiqaramiz. Oqimda harakat о‘qi bо‘lgan elementar oqimcha olamiz va uning 1—1 va 2—2 kesimlari orasidagi bо‘lagini tekshiramiz (14.1 —rasm) 1—1 kesimdagi yuza tezlik 2 — 2 kesimdagi yuza tezlik bо‘lsin va bu kesimlarda tegishli elementar sarflar va ga teng bо‘lsin.
Bu holda 1—1 va 2 — 2 kesimlar orqali о‘tuvchi elementar sarflar teng bо‘ladi:
(14.1)
Buni isbotlash uchun qо‘yidagi ikki holni kо‘ramiz:
1) bо‘lsin. Bu xolda 1 —1 va 2—2 kesimlar о‘rtasida suyuqlik tо‘planishi yoki elemen­tar oqimcha devorlari orqali tashqariga chiqishi mumkin degan xulosa chiqadi. Biroq yuqorida aytilganidek, elementar oqimcha devorlaridan suyuqlik о‘tmaydi va uning kо‘ndalang kesimlari о‘tkazmasdir.


Download 372.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling