Mavzu: Atmosfera bosimiga adaptatsiya


Download 92.14 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi92.14 Kb.
#1683291
Bog'liq
Atmosfera bosimiga adaptatsiya

Mavzu: Atmosfera bosimiga adaptatsiya

  • Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
  • Jismoniy madaniyat yo’nalishi
  • 914 -21 guruh talabasi
  • Hayitjonov Fayozjon
  • Atmosfera bosimi doimiy va bir maromda bo‘lmaydi. Uning kattaliklari geografik sharoitlarga, sutkaning va yilning vaqtiga va turli atmosfera hodisalariga bog‘liq. Balandlikka chiqqan sari atmosfera bosimi pasayadi, yuqori bosim sohalari past harorat bilan to‘g‘ri keladi (10.1-jadval). Dengiz sathi darajasidagi atmosfera bosimi 101,3 kPa (760 mm. sim.ust) yoki 1013 mbar (1 mbar = 108 Pa).
  • Gazlar parsial bosimining farqlari asosida organizmda doimiy ravishda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Qon aylanish tizimi gidrostatik bosimning farqlari prinsipi bo‘yicha funksiya qiladi, tashqi bosim bilan korrelativ aloqada bo‘ladi. Atmosfera bosimi oshgan paytda (odatdagi o‘zgarishlar chegarasida), maksimal va minimal arterial bosim birmuncha pasayadi, puls chastotasi ortadi.
  • Atmosfera bosimi pasaygan paytda, moslashishning qarama-qarshi yo‘nalgan reaksiyalari kuzatiladi, lekin pasaygan atmosfera bosimi arterial bosimni pasayishiga olib kelganda boshqa o‘zaro munosabatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Alveolar havoda kislorod parsial bosimining pasayishi bilan, qonning gemoglobinini (Hb) kislorod bilan to‘yinishi kamayadi. Uncha katta bo‘lmagan balandliklarda (1,5—3,0 km) kislorod yetishmasligi (gipoksemiya, gipoksiya) o‘pka ventilatsiyasi, yurak faoliyati, eritropoez va boshqalarning kuchayishi hisobiga to‘ldiriladi (kompensatsiya bo‘ladi).
  • Sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun, ularning trenirovka mashg‘ulotlari tog‘ning o‘rtacha zonalarida tashkil qilinadi, bu ayniqsa, sportning siklik turlarida maqsadga muvofiq (chang‘i poygasi, uzun masofalarga yugurish, suzish, akademik eshkak eshish va b.). Organizmning balandlikka moslashuvi. Tog‘dagi akklimatizatsiya. Yuqori tog‘ zonasi sharoitlarida organizmning funksional xususiyatlariga ta’sir qiluvchi asosiy omil — kislorod zichligining pasayishi hisoblanadi, bir vaqtning o‘zida havoning harorati va namligining o‘zgarishining ham ta’siri bor. Katta balandliklarda atmosfera havosidagi kislorod miqdorining kamligini kompensatsiya qilishning muhim mexanizmi — alveolar ventilatsiyaning ortishi hisoblanadi, bu CO2 gazini tez chiqarilishiga va oqibatda, alveolalar havosidagi kislorodning parsial bosimining ortishiga olib keladi.
  • Havo zichligi, alveolar havodagi va arterial qondagi O2 parsial bosimi va CO2 o‘rtasidagi va turli balandliklarda arterial qonni O2 bilan to‘yinganligi o‘rtasidagi bog‘liqlik 10.1-jadvalda keltirilgan. Atmosfera bosimini 2000 m balandlikda 20% ga pasayishi, yurak-qon tomir tizimining funksiyasiga amalda biron-bir sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Balandlik oshgan sari atmosfera bosimi pasayadi, kislorod konsentratsiyasi o‘gazmaydi. Kislorodning parsial bosimi atmosfera bosimining
  • pasayishiga proporsional ravishda pasayadi, masalan, u dengiz sathidan 5500 m balandlikda deyarli yarmiga pasayadi.

Download 92.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling