1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi


Download 66.31 Kb.
bet1/25
Sana13.02.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1194486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
12FFFF


1-amaliy mashg’ulot: JISMОNIY YUKLАMАLАRGА MОSLАSHISHI (АDАPTАTSIYA) VА ОRGАNIZMNING ZАHIRА IMKОNIYATLАRI

Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashg’ulot davomida sovuqqa, issiqlikka, balandlikka adaptatsiya, issiqlikka adaptatsiya, umumiy adaptatsiya sindromi, jismoniy ishlarga moslashish mexanizmi, mushak faoliyatiga adaptatsiya jarayonini amaliy o’zlashtirish.

Amaliy mashg’ulot rejasi:

  1. Sovuqqa, issiqlikka, balandlikka adaptatsiya

  2. Issiqlikka adaptatsiya

  3. Umumiy adaptatsiya sindromi

  4. Jismoniy ishlarga moslashish mexanizmi

  5. Mushak faoliyatiga adaptatsiya


Amaliy mashg’ulot borishi:
Mashq bilan shugullanishda xarakat malakasining xosil bulishi, jismoniy mashklarning umumiy ta’rifi, charchash, start xolati va shunga uxshash masalalarni karab chikishda sport fiziologiyasining vazifasi juda katta. Sport fiziologiyasi bulmasa maxsus sharoitlarda sportchi ish kobiliyatining uzgarishi, masalan, yukori xarorat va kuyosh nuri ta’sirida organizmda yuzaga keladigan uzgarishlar va ularga moslashishni engillashtiruvchi omillar, past atmosfera bosimida yoki bulmasa suv muxitida sportchi ish kobiliyatining uzgarishi va shunga uxshash masalalarni karab chikish sport fiziologiyasining vazifasidir.


Sovuqqa, issiqlikka, balandlikka adaptatsiya

Haroratga adaptatsiya bo‘lish, qo‘zg‘atuvchi harorati o‘zgarishlarining fiziologik diapazoni doirasida mumkin. Inson uchun, bu diapazon 40°C ni (−10°C dan to −50°C gacha) tashkil qiladi. Bu harorat diapazonida haroratni 0,2°C ga o‘zgarishi sovuqlik retseptorlari faolligini oshirishga olib keladi va u, ma’lum vaqtdan keyin, haroratlarning absolut kattaliklariga mos ravishdagi doimiy darajada o‘rnatiladi. Diapazon −20°C dan to −50°C bo‘lganda, haroratning ortishiga issiqlik retseptorlari reaksiya beradi, ularning faolligi ham ma’lum bir vaqtdan keyin stabillashadi.


Insonda sovuqqa va issiqlikka adaptatsiya bo‘lishning xarakteri o‘zining spetsifikasiga ega.
Organizmni sovuqqa reaksiyasi qon tomirlarining generalizatsiyalangan torayishidan iborat bo‘lib, u, issiqlikni gavdaning periferik sohalariga borishini (ajratilishini) pasaytirish orqali ichki haroratni saqlashga yordam beradi.
Kishida issiqlikka adaptatsiyalanish xarakteri o‘zining spetsifikasiga ega. Issiqlik, ayniqsa, namlik yuqori bo‘lsa, sportchi uchun sovuqqa nisbatan katta yuklama hisoblanadi. Muhit harorati tana haroratidan yuqori bo‘lganda, issiqlik tashqi muhitdan organizmga o‘tadi. Bunday holatlarda, issiqlikdan qutulishning birgina usuli bug‘lanish (ter ajratish) xizmat qiladi.
Issiqlik (yuqori harorat) ta’sir qilishining boshlanishida rektal harorat, kislorod iste’moli, YUQCH va daqiqadagi hajm tez o‘sadi. Ter ajralishi ko‘p emas va tana haroratini doimiy regulatsiyasi uchun yetarli emas.
Issiq iqlimda 12 kun bo‘lgandan keyin moslashish belgilari ko‘rina boshlaydi. Ter ajralishi ikki barobar ortadi, YUQCH lari va kislorod iste’moli taxminan 40% ga pasayadi. Bug‘lanishning ortishi va moddalar almashinuvining pasayishi ichki haroratning kamayishiga olib keladi. Qon tomirlarining kuchli kengayishi ancha samarali boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lib, bu, periferiyada issiqlik berilishini orttiradi va ter ajralishini kuchaytiradi. Agar, sportchilar issiq va namligi ortiq bo‘lgan iqlim sharoitlarining dastlabki 5—7 kunida hammomga (saunaga) kirsalar va sovuq dush qabul qilsalar, ularning adaptatsiyalashishi tezroq bo‘ladi.
Uyqudan oldin sovuq dush va uglevodli ichimliklar qabul qilinishi, ertalab esa, sovuq dush va adaptogenlar (jenshen, pantokrin va b.) qabul qilinish maqsadga muvofiq. Undan tashqari, ichimliklarni (choy, ma’danli suv, sharbatlar va b.) yetarlicha ichish zarur, bu, adaptatsiya jarayonini tezlashtirishning muhim lahzalaridan biri hisoblanadi.
Adaptatsiya jarayonlari (prinsiplari)ga rioya qilmaslik oqibatida har xil xastaliklar kelib chiqishi mumkin. Namlikning yuqori bo‘lishi ter ajralishini qiyinlashtiradi.



Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling