Mavzu: Ayirish a’zolari tizimi, Ayirish jarayonini inson salomatligida tutgan o’rni. Ayirish tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishi, joylashishi, vazifasi


Download 383.95 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi383.95 Kb.
#238001
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu buyrak

Mavzu: Ayirish a’zolari tizimi, Ayirish jarayonini inson salomatligida tutgan o’rni. Ayirish tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishi, joylashishi, vazifasi



reja

  1. Siydik ajratish a’zolarning rivojlanishi

  2. Buyrak

  3. Siydik yo’li

  4. Qovuq (siydik pufagi)

  5. Erkaklarning siydik chiqaruv nayi



Siydik ajratish a’zolarning rivojlanishi

Buyrak mezodermadan rivojlanib uch davrni o’tadi:

1.Bosh (boshlang’ich) buyrak (pronephros) pastki bo’yin va yuqorigi ko’krak segmentlari nefrotomlaridan homila hayotining 3-haftasida paydo bo’lib, tepadan pastga tomon qator joylashgan (5-8) naychadan iborat. Har qaysi naycha lateral uchi bilan bir biriga tutashib (pronephros) ning umumiy nayini hosil qiladi. Bu nay pastga tomon o’sib, birlamchi ichak nayini pastki uchiga qo’shiladi. Naychalarning medial uchlari biroz kengayib tanani ikkilamchi bo’shlig’iga ochiladi. Ikkilamchi bo’shliqning ichki devori yaqinida har qaysi naycha qarshisiga arteriya keladi. U mayda tarmoqlarga bo’linib chigal hosil qiladi va suyuqlik qondan naychalarga so’riladi. Bosh buyrak juda qisqa vaqt (40-50 soat) ichida navbatdagi davrga mesonephros ga o’tadi.

2.Birlamchi buyrak (Volf tanasi) (mesonephros) homila hayotining uchinchi haftasida oxirgida ko’krak va bel segmentlari nefrotomlaridan rivojlanadi va 25-30 ta buralma naychalardan iborat bo’ladi. Birlamchi buyrak naychalari berk uchi kengayib kapsula hosil qiladi. Bu kapsulaga tomirli chigal o’sib kirib, buyrak tanachasi hosil bo’ladi. Naychaning ikkinchi uchi boshlang’ich buyrak nayiga qo’shiladi va mezonefros (volf) nayi (ductus mesonephricus) nomini oladi. Birlamchi buyrak homila hayotining ikkinchi oyi oxirida o’z vazifasini ado etib, uchinchi davrdagi doimiy buyrak paydo bo’ladi. Volf nayi saqlanib qoladi va tanosil a’zolar taraqqiyotida ishtirok etadi.

3.Doimiy buyrak (metanephros) homila hayotining 2-oyi oxirida ikki xil manbadan: metonefrogen to’qimadan va mezonefros nayining siydik nayi o’simtasini proksimal uchidan alohida-alohida rivojlanadi. Siydik nayi o’simtasi yuqori tomonga metanefrosga qarab o’sadi va uchi kengayib buyrak jomini hosil qiladi. Buyrak jomi ikkiga bo’linib katta kosachalarni, ular o’z navbatida shoxlanib kichik kosachalarni va ularga qo’shilgan buyrak naychalarini hosil qiladi. Bularning hammasi metonefrogen to’qima bilan o’raladi. Bu to’qimadan buyrak naychalari (nefron naychalari) hosil bo’ladi. Homila hayotining 3-oyida doimiy buyrak birlamchi buyrak o’rnini oladi. Doimiy buyrakning taraqqiyoti bola tug’ilganidan so’ng tugallanadi.

Siydik yo’li mezonefral nayning o’simtasidan hosil bo’ladi. Bu o’simtaning kaudal uchi mezonefral naydan ajrab, qovuqning mezonefral nayning kaudal qismidan hosil bo’ladigan sohasiga ochiladi.

Qovuq homila hayotining 7-haftasida kloaka, allantois va mezonefral naylarni kaudal qismining o’zgarishidan hosil bo’ladi. Homila hayotining 2-oyida qovuq tubi va uchburchagi allantoisni pastki qismi bilan mezonefral naylarning quyadigan qismlaridan, tanasi esa allantoisning o’rta qismidan hosil bo’ladi. Allantoisni pastki qismi esa siydik chiqarish nayiga aylanadi.

Siydik ajratish a’zolari taraqqiyotida ham turli xil o’zgarishlar uchrab turadi. Bular buyraklar miqdorini o’zgarishi, buyraklar joylashishini o’zgarishiga bo’linadi. Ba’zan buyraklar uchta bo’ladi. Bunda qo’himcha buyrak doimiy buyraklardan birining ostida yoki ikki buyrak o’rtasida, umurtqalar tanasining oldida joylashgan bo’ladi. Ba’zida esa ikki buyrak o’rnida bitta kattalashgan buyrak hosil bo’lishi mumkin.

Buyraklarning joylashishini o’zgarishi (distopiya) ham birnecha holatda bo’lishi mumkin. Buyrak pastki bel umurtqasi, yonbosh chuqurchasi va chanoq bo’lig’ida ham joylashishi mumkin. Bu hollar bir tomonlama yoki ikki tomonda uchrashi mumkin. Agar ikkala buyrak past joylashgan bo’lsa, ularning uchlari o’zaro qo’shilib, taqasimon buyrak hosil bo’ladi.

Qov simfizi sohasida suyaklari o’zaro birikmay qolsa, qovuq old tomondan ochiq qolishi mumkin (ectopia vesicae). Bu anomaliya ko’pincha siydik chiqaruv nayining bitmasligi (hypospadia penis) bilan birga uchraydi.



Buyrak



Download 383.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling