Mavzu: Cho’zilgan temirbeton elementlarining mustahkamligini hisoblash reja
Download 0.58 Mb.
|
TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI Cho’zilgan temirbeton qurilmalar haqida.
MAVZU: Cho’zilgan temirbeton elementlarining mustahkamligini hisoblash REJA: Cho’zilgan temirbeton qurilmalar haqida. Elementlarining mustahkamligi haqida. Ko‘prikni ko‘tarma bilan birlashtirish va ko‘tarma konuslarni mustahkamlash. TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI Cho’zilgan temirbeton qurilmalar haqida. Ko‘prik inshootlarini loyihalashda oldindan zo‘riqtirilgan va zo‘riqtirilmagan tipovoy konstruksiyalardan foydalaniladi. Bunda elementlarning asosiy o‘lchamlarini zavodlarda ishlab chiqarish qulayligi modulli va bir xilligi hisobga olgan holda belgilanadi. Hisobiy oraliq, yoki oraliq qurilmalarning butun uzunligi (to‘sin) teng ravishda olinadi. 12, 15, 18, 21, 24, 33 va 42 m, katta oraliqlar uchun 21 m ga ko‘paytiriladi. Konstruktiv elementlar sifatida oraliq qurilmalarning 6, 9, 12, 15 i 18 m, uzunlikdagi bo‘shliqli plitalardan foydalaniladi. Tavr to‘sin (ko‘ndalang ko‘rinishi T shaklda) karkaslar (zo‘riqtirilmagan) armaturasi uzunligi 12, 15 va 18 m, oldindan zo‘riqtirilgan qovurg‘ali to‘sinlar uzunligi 112, 15, 18, 21, 24, 33, 42 m (rasm. 4.2), qutisimon to‘sinlarning uzunligi 42, 63, 84, 105 va 126 m. Oraliq qurilmalarning joylashtirish sxemasini tayyorlashda qovurg‘ali temirbeton to‘sin qo‘shni o‘qlar orasidagi masofani tipovoy to‘sin plitasining kengligiga qarab tanlanadi.(4-ilovaga qarang). Bunday holda oraliq qurilmalarning bo‘ylama chok kengligi 0,3…0,6 m oraliqda o‘zgarib turadi. Tayanchlar To‘sinli ko‘priklarning tayanch konstruksiyalari, oraliq qurilma kattaligi va sxemasi, geologik va gidrogeologik sharoitlarga, muz qalinligi, kema o‘tish shartlari, ishlab chiqarish, memoriy va boshqa jixatlarga qarab qabul qilinadi. Kemalar o‘tadigan katta daryolarda ko‘priklar tayanchlari, odatda qoida tariqasida massiv turdagi tayanchlardan foydalaniladi (rasm 2.1). Suv toshqini bo‘ladigan joylarda yuqori qismi yengillashtirilgan massiv tayanchlardan foydalaniladi hamda katta balandlik va oraliq qurilmalar 18...42 m gacha bo‘lganda o‘rta tayanchlarda yuqori qismi yengillashtirilgan massiv tayanchlar qo‘llaniladi (rasm. 2.2). Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling