Mavzu: Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari Reja


Download 131 Kb.
bet1/5
Sana19.10.2023
Hajmi131 Kb.
#1710044
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari


Mavzu: Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari


Reja

  1. Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi.




  1. Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari




  1. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.




  1. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati.




  1. Bolalarda deviant xulqning nomoyon bo'lish




  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan Adabiyotlar




  • Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi.

Deviatsiya (lotincha chetga og’uvchi fe’l-atvor degan ma’noni beradi) kŏpgina hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bŏladi. Deviatsiyaning shunday kŏrinishlari borki, ular odamlar ŏrtasidagi ŏzaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan bog’liq bŏlib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va ŏzaro munosabatlar Qatnashchilarining ŏzlari tomonidan boshqariladi. Deviatsiyaning pozitiv va negativ kŏrinishlari mavjud. Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay Qolganda va ulardan og’ish tizimning rivojiga, fe’l-atvorning mavjud konservativ standartlarini ŏzgartirishga yordam berishi mumkin bŏlganda uchraydi. Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning kŏrinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi. Buugungi kunda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida adminstrativ boshqaruv tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan va kutilgan natijalarni bermayotgan ilgarigi fe’l-atvor normalarining deval’vatsiyasiga olib keluvchi sifatga xos ŏzgarishlar rŏy berayotgan davrda deviatsiya muammosi dolzarb masala bŏlib qolmoqda. Bozor munosabatlariga ŏtish, eski iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy munosabatlarining buzilishi, odamlarining moddiy ahvolida negativ aks etayotgan ishlab chiqarishning stabil’ bŏlmagan rivojlanishi bilan bog’liq muammolar, kutilgan natija va reallik ŏrtasida Qarama-Qarshiliklarga, jamiyatda jiddiylikning va odamlarning ŏz fe’l-atvori ŏzgartirishga va mavjud normalar chegarsidan chiqishga moyilligiga olib keldi. Deviatsiyaning Quyidagi klassifikatsiyasi mavjud: jinoyatchilik, alokogolizm, giyohvandlik, suitsid, fohishabozlik.

Jinoyatchilik franko-belgiyalik olim matematik statistik L.A.Ketle ŏzining «sotsial-fizika» (1835 yil) kitobida shunday xulosaga keladiki, har Qanday sotsial tuzum ŏzining tashkil topishiga kŏra kelib chiquvchi jinoyatlarning ma’lum bir miqdori va tartibini belgilaydi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar jinoyatni bir Qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlardan kelib chiqishidan kŏrsatdi: sotsial ŏrin (mavqe), faoliyat turi, ma’lumot darajasi, qoniqtirmaydigan moddiy ahvol, individ


va sotsial guruh ŏrtasida munosabatlarni pasayishi, madaniy chegaralarning yŏqligi, sotsial nazoratni talabga javob bermasligi. Jahon amaliyoti kŏrsatganidek, bozor munosabatlariga ŏtishda, ayniqsa, birinchi davrlarda jinoyatni kuchayishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni ahvoliga nosog’lom konkurentsiya, ishga joylashishga Qiyinchiliklari, infilyatsiya katta ta’sir kŏrstaadi. Jinoyat bu insoniyatni barcha nuqsonlarini aks ettirishidir. Hech Qaysi jamiyat uni yŏq Qilishga erishgani yŏq. Shunday bŏlsada, jamiyatni majburiy bŏlgan vazifasi ŏsish templarini pasayishiga erishish va jinoyatchilikni sotsial chidamkorlik darajasida nazorat ustida ushlab turishidir.




  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling