Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining


Download 35.6 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1562333
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу Gomeopatik dorilar


MAVZU-13. GOMEOPATIK DORI VOSITALARI, TEXNOLOGIYASINING
O’ZIGA XOS TOMONI
Reja

  1. Gomeopatiya to‘grisida umumiy tushuncha va qisqacha tarixi

  2. Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasi.

  3. Gomeopatik dori vositalarini sifat taxlili

Tibbiyot tarixida gomeopatiyaning rivojlanishi juda ham qiyin kechdi va jiddiy qarama-qarshiliklarga uchradi. Mana 200 yildan ortiqroq vaqt bo‘libdiki, Ganeman tomonidan yaratilgan va yoritib berilgan bu usul haqida tortishuvlar hali ham davom etmoqda.
Lekin hozirgi vaqtda gomeopatik dori moddalarning ahamiyati oshib bormoqda, chunki bu dorilar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay kasallikni davolashga imkon beradi. Bemorga buyuriladigan dorilarning kichik, nihoyatda oz dozalarda bo‘lishi, hamda dorilarning ekologik toza mahsulotlardan olinishi, bemorlarga salbiy ta’siri yo‘qligi, gomeopatik davolash usuliniing ijobiy tomonlaridir.
Gomeopatiya Leypsig universiteti professor Xristian Fridrix Samuelb Ganeman (1755-1843) tomonidan 18-19 asrlar bo‘sag‘asida tibbiyotda yangi davolash yo‘nalishi sifatida paydo bo‘ldi. Gomeopatiya yunoncha "homois- o‘xshash" va "phatos-kasallik" so‘zlaridan tashkil topgan.
Gomeopatiya dori vositalarinig ishlatilishi sog‘lom odamda katta dozalarda sinalganda, u dori qaysi kasallik belgilarini paydo qilsa, kasallikni aynan shu dori bilan davolashga asoslangan. Bu qonuniyat eramizgacha 400 yil ilgari qadimgi grek shifokori Gippokrat (Bukrot) (460-377y) tomonidan yaratilib, keyinchalik eramizning X asrlarida hind olimlari tomonidan qayta tiklangan.
Bu qonuniyatdan o‘z davrida Paratselbs (1443-1541) ham foydalangani ma’lum.

Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling