Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining


Download 35.6 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1562333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу Gomeopatik dorilar

Gomeopatiya tibbiyotning noan’anaviy usuli bilan davolashning o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kasallikni «o‘xshash» dorilar va mikro yoki ulbtra dozalar bilan davolashga qaratilgan. Gomeopatiyada asosiy dori-darmon vositalaridan biri bo‘lgan dorivor o‘simliklardan keng foydalinadi va ular gomeopatiya dorilarining qariyb 80% ini tashkil etadi. «O‘xshash» dorilar deb, odam iste’mol qilganda dorilarning ma’lum dozada aynan shu kasallikni belgilarini hosil qiluvchi dorilar tushiniladi.
Gomeopatiyada pediatrik, geriatrik, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va boshqa bir guruhni tashkil qiluvchi, xayvonlar uchun mo‘ljallangan dorilarga katta ahamiyat berilayotganini alohida qayd etib o‘tish kerak. Lekin maxsus dori turlarini tayyorlashda umumiy dorilar texnologiyasiga asoslanadi va farmakognoziya, farmakologiya, farmkimyo, mikrobiologiya kabi fanlarning asosini batafsil bilish kerak, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq amal qilish shart. Gomeopatik tabobat hozirgi davrda etarli darajada samarali va xavfsiz davolash usuli bo‘lib, u ko‘plab bemor va shifokorlarning e’tiborini o‘ziga tortdi. Xalq tabobatining adabiyotlarida shifokorlarning gomeopatiya sog‘asidagi bilimlarini kengaytirishi mumkin bo‘lgan, gomeopatiyaga doir ma’lumotlar manbalari etarli emas. Oxirgi yillarda T.D.Popovaning “Gomeopatiya xaqida ocherklar” kitobi, V.I.Varshavskiyning “Amaliy gomeopatiya”, G.Kyollerning tarjima qilingan “Gomeopatiya” kitobi chop etiladi. Gomeopatik adabiyotning etarli bo‘lmaganligi sababli haqiqiy obzor ham chop etildi. Gomeopatiya ilmiy tibbiyotning o‘rnini to‘ldirmaydi, balki shu tibbiyotning davomidir. Ayrim shifokorlar gomeopatik va allopatik davolashning farqi haqidagi muammo to‘liq echilmagan deb hisoblashmoqda.
Ko‘pgina shifokorlar oddiy medikament bilan gomeopatik davolashni afzal ko‘radilar. Gomeopatiya - bu panatseya emas, agar uni allopatiya bilan qo‘shib qo‘llanib, keng tarqalgan kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan oddiy dorilar samarasiz bo‘lganda, gomeopatik va allopatik davolash kompleksi katta samara beradi. Gomeopatik davolash o‘tkir va surunkali kasalliklarda organizmning tabiiy qarshi kurashuvchanlik kuchi tufayli yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, u bolalar uchun samarali, bundan tashqari ko‘p siqilish, stressdan kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda ag‘amiyati katta. Bemorning tez orada shifo topishiga sabab, gomeopalar allopatlardan ko‘ra ko‘proq bemorning temperameti bilan bog‘liq kasallik belgilariga ahamiyat beradilar. Gomeopatiya ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, Xindisonda uchta xalq tabobati g‘ ayurvedo, siddxa, yunani bilan bir qatorda keng qo‘llaniladi. Gomeopatiya tibbiyotga katta h‘issa olib kirishi mumkin.
Faoliyat asosida Samuil Ganemanning “o‘xshashlik qonuni” yotadi. Gippokrat va boshqa qadimgi mualliflar xam shu qonunga o‘xshash xodisani bemorlarni davolashda sezar edilar. Masalan, ichak orqali vaksinoterapiya, autogeleoterapiya prinsipi bo‘yicha, seroterapiya va Pasterning antibiotik emlashlari.
O‘zinig “o‘xshashlik qonuni”ni ishlab chiqishda Ganeman dori moddalarning terapevtik dozada sog‘ odamlarda, ya’ni o‘zida, shifokorlarda, hamda ko‘ngilli talabalarda o‘rgangan va sinagan. Dori moddalar organizmning turli sistemalarida organ va to‘qimalarda o‘zgarishlar hamda buzilishlar chaqirgan. Tajribaga olingan shaxslar dori moddaning nomini bilmagan xolda uni muntazam qabul qilib, shu bilan birga organizmlarida sodir bulayotgan o‘zgarishlarni yozib borganlar. Ma’lum vaqt oralig‘idan keyin Ganemanning shaxsan o‘zi bu shaxslarning sog‘ligi bilan tanishib, so‘ng dori moddasidan kelib chiqqan ob’ektiv va sub’ektiv belgilarni umumlashtiradi va shulardan dori ta’siri xaqida xulosalar chiqardi. Lekin belgilarni anatomik-fiziologik jihatdan umumlashtirishni imkoni bo‘lmadi. SHuning uchun ko‘p belgilar ishonarli emas. Ganeman dori moddalarni turli xil xayvon va odam organizmiga turlicha ta’sir qilishini aytgan va shuning uchun sog‘lom odamlarda sinab ko‘rish usuli organizmda nafaqat ob’ektiv, balki sub’ektiv o‘zgarishlarni yashirishga yordam bergan, qaysiki bu o‘zgarishlar, ya’ni og‘riq sezish xususiyati xaqida, ruxiy faoliyat funksiyasining o‘zgarishi xaqida insonning o‘zi gapirib bergan.

Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling