Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining


O’simlik tarkibidagi sharbat miqdorini aniqlash


Download 35.6 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1562333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу Gomeopatik dorilar

O’simlik tarkibidagi sharbat miqdorini aniqlash
1 - usul.
Buning uchun o‘simlik maydalanib, 100°S da quruq qoldig‘i aniqlanadi. Sharbat miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
_ (100 - W) * b
a * 100
bu erda a-aniq tortma;
b -sharbatning quruq qoldig‘i;
Ж-namlik.

  1. usul.

O‘simlik o‘z tarkibida efir moyi, smola va kamfora birikmalarini saqlamay, uning sharbati 60% dan kam bo‘lsa, ulardan essensiya quyidagicha tayyorlanadi. Maydalab tortib olingan o‘simlik miqdorining yarmicha 90% spirt solib, bo‘tqa hosil bo‘lguncha aralashtiradi. O‘simlikni sharbati aniqlangandan so‘ng, tortib olingan o‘simlikda qancha sharbat bo‘lsa, o‘shancha 90% li spirt qo‘shib, yaxshilab aralashtirib, 8-14 kunga qoldiriladi. Keyin massani siqib olib, og‘zi yaxshi berqitiladigan idishga solib, 8 kun salqin joyda qoldirib, so‘ng filbtrlanadi. Mahsulotda ta’sir etuvchi modda miqdori 1:2 ga teng va bu erda tinkturaga birlamchi o‘nlik shkala to‘g‘ri keladi.

  1. usul.

O‘z tarkibida sharbati 60% dan kam bo‘lgan efir moyi, smola va kamfora birikmalarini saqlovchi o‘simliklardan essensiya tayyorlash: maydalab tortib olingan o‘simlik miqdorining yarmicha 90% li spirt solib, bo‘tqa hosil bo‘lgunicha aralashtiriladi. Bir yo‘la o‘simlikning sharbati aniqlagandan so‘ng tortib olingan o‘simlikda qancha sharbat bo‘lsa unga ikki barobar miqdordagi 90% li spirt qo‘shiladi. So‘ng massani yaxshilab aralashtirib 8-14 kunga qoldiriladi. Ajratma siqib olinib og‘zi yaxshi berkitiladigan idishga solib 8 kun salqin joyda qoldiriladi, filbtrlanadi. Tayyor mahsulotda ta’sir etuvchi modda miqdori 1:6 ga teng.
Trituratlar tahlili
Trituratlarni bir xillik darajasini aniqlashda lupa yoki mikroskop ko‘llaniladi. Dori moda sut qandi bilan bir xilda aralashgan bo‘lishi kerak. Rangli, hidli va o‘tkir ta’mli moddalar suyultirilganda ham shu hususiyatlari kam bo‘lsada namoyon bo‘lishi lozim.
Trituratlar bir xil maydalangan va aralashgan bo‘lishi lozim. Tayyor triturat massasining zarrachalari 25 mkm dan kam va 50 mkm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Triturat zarrachalari o‘lchami okulyar-mikrometrik mikroskopda ko‘riladi yoki solishtirma yuzasi bo‘yicha aniqlanadi.
Metall va rangli dori moddalari saqlagan trituratlarning bir hil aralashtiriganligi 20-25sm uzoqlikda lupa yordamida ko‘riladi. Triturat tarkibidagi ta’sir qiluvchi modda bir hil aralashgan bo‘lishi va tugunchalar hosil qilmagan bo‘lishi kerak.
Trituratlardan birlamchi, ikqilamchi va uchlamchi o‘nlik suyultirish bilan olingan gomeopatik eritmalarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi: tashqi ko‘rinishi, hidi, zichligi, chinligi va miqdoriy tahlili (agar xususiy maqolada ko‘rsatilgan bo‘lsa).
Eritmadagi ta’sir qiluvchi modda miqdorining cheklanganligi (agar xususiy maqolada boshqa talab bo‘lmasa) 10% yoki 1% modda saqlagan bo‘lsa (birlamchi yoki ikkilamchi o‘nlik suyultirish) ±5%

  1. 1. modda saqlagan bo‘lsa (uchlamchi o‘nlik suyultirish) ±10% bo‘lishi

lozim.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladigan va alohida saqlash sharoitiga ega bo‘lgan dori modda saqlovchi to‘rtlamchi suyultirish bilan olingan eritmalar xususiy maqolada keltirilgan ko‘rsatmalar asosida tekshiriladi (simob birikmalari, arsen, kumush nitrat, kaliy bixromat va boshqalar).
1/2 va 1/3 qism ta’sir qiluvchi dori modda saqlagan essensiyadan birlamchi o‘nlikda suyultirish bilan olingan eritmalar tahlili quyidagicha olib boriladi: tashqi ko‘rinishi (tiniqligi, rangi), hidi, tarkibidagi spirt miqdorini aniqlash va ta’sir qiluvchi modda chinligini aniqlash xususiy maqolada ko‘rsatilgan usul bo‘yicha bajariladi.
Gomeopatik eritmalarni mikrobiologik tozaligi farmakopeya talabiga javob berishi kerak.
Gomeopatik suvli eritmalar tez ishlatilishi kerak. Agar suvli eritma saqlanadigan bo‘lsa, uni etiketkasiga dori modda nomi va suyutirilishi, tayyorlanish vaqti va “suvli eritma” deb yozilishi kerak.

Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling