Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining


Download 35.6 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1562333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу Gomeopatik dorilar

Gomeopatik dori moddalar qatoriga noorganiq birikmalar, o‘simlik va hayvonlardan olinadigan preparatlar, sintetik moddalar kirib, ulardan tayyorlangan dori turi maxsus suyultirilib kerakli dori vositasi tayyorlanadi.
Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1993-yil 17-fevralb 95-sonli buyrug‘iga ko‘ra shifoxonalar, markaziy dorixonalar qoshidagi gomeopatiya xonalarining, bo‘linmalarining ochilishi zarurligi haqidagi qarori gomeopatiyaning O‘zbekiston Respublikasida ilk bor rivojlanishiga asos soldi.
GOMEOPATIK DORI VOSITALARINING TAHLILI
Gomeopatiyada ishlatiladigin asosiy dori turlari essensiya, tinktura, kukun, suvli va spirtli eritmalar, moyli surtmalar, tabletka, granula va drajelardir.
Kukunlar-trituratio Eritmalar-dilutio
Donchalar-anulae, pilulae, foli deb nomlanadi.
Essensiya va tinkturalar yangi yig‘ilgan (barra) va quritilgan dorivor o‘simlik qismlaridan, hayvon mahsulotlardan, minerallar va nozodlardan (nozodlar bu potalogik jarayonda hujayralarda mikroorganizmlardan hosil bo‘lgan toksinlar, hamda gomeopatiya qoidalariga rioya qilib tayorlangan sog‘ hayvonlarning ichki azolari) tayyorlanadi. Ishlatiladigan moddalar barcha fizik - kimyoviy jixatlari, ta’sir etuvchi moddalar va boshqa ko‘rsatgichlari bo‘yicha Shvabe va davlat farmakopeyalari hamda boshqa me’yoriy texnik hujjatlariga javob berishi kerak. Odatda ekstragent sifatida turli konsentratsiyada olingan etil spirtidan foydalinadi. Gomeopatik dori vositalarini suyultirilganda o‘n marta yoki yuz marta suyultiriladi va x. k.
Gomeopatik dori vositalari turli shakllarda, ya’ni quruq, suyuq, moysimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ular o‘z tarkibida turli xildagi biofaol moddalarni saqlaydi. Gomeopatik dori vositalarini sifatini nazorat qilishning o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning tahlil usullarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ularni sifatini baholash katta ahamiyatga ega.
Suyuq gomeopatik dori turlari tahlil qilinganda quyidagi ko‘rsatgichlar aniqlanadi:

  1. Essensiya, tinktura va suyultirilgan dori moddalarining rangini, miqdorini aniqlash.

  2. Solishtirma og‘irligini aniqlash (normal harorat 17,5°S haroratga bo‘lgan tuzatish 0,0007 ga teng deb qabul qilinadi).

  3. Etil spirtining miqdori, eritmani solishtirma og‘irligi bo‘yicha yoki haydash usuli yordamida aniqlash.

  4. Ekstraktiv moddalarni tortma usul yordamida aniqlash.

  5. Moylarni aniqlash.

  6. Yog‘sizlantirilgan quruq qoldiqni aniqlash.

  7. Essensiyadagi alkaloid miqdorini titrimetrik usul yordamida aniqlash.

  8. Suvda erimaydigan qoldiqni-tortma usul bilan aniqlash.

  9. Essensiya tarkibidagi qaytaruvchilarni Feling reaktivi bilan aniqlash.

  10. Zichlikni aniqlash.


Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling