Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining
Download 35.6 Kb.
|
13 мавзу Gomeopatik dorilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ganemanning
- , Ganeman
- N.P. Kravkovning
- M.K. Petrovaning
- “Tayyorlash va tayinlash usullari” va “Terapevtik qo‘llanilishi”
- Ganeman
Gomeopatiyada shunday foydali va ratsional bir nima borki, bu xam bo‘lsa dori moddalarning kam dozadagi faolligi, aynisa ular o‘xshashlik qonuni bo‘yicha buyurilgan bo‘lsa.
Zamonaviy shifokor-gomeopatlar o‘xshashlik qonunida gomeopatiyaning negizini topgan va undan bemorlarga dorilarni tanlashda foydalanganlar. Ganemanning ilmlaridan biri bo‘lgan “2-ratsional bo‘lim” - bemorlarga kam dozada dorilar tayinlashga asoslangan Ganeman dastlabki yillari yangi usul bilan davolashni qo‘llaganda dorilarni katta miqdorda qo‘llagan, keyinchalik u shuni aniqlaganki, bemor sog‘ odamga nisbatan kuchliroq qitiqlanish namoyon qiladi. Shunday qilib, Ganeman, dori moddalarni maksimal darajada maydalangan g‘olda va kam dozalarda berish kerak ekan degan xulosaga keladi. Ganeman o‘zining “Tibbiyot sanati organoni” deb nomlangan asarida shunday deb yozadi: “Dori moddasining qaysi kasallik bilan bo‘lsa xam o‘xshashligi uning nafaqat gomeopatikligi bilan, balki dorining miqdori bilan aniqrog‘i, uning kam miqdorda qabul qilinishi bilan tushuntiriladi. o‘ta yuqori dozada dorini, xox u gomeopatik dori bo‘lsin, qabul qilish bemor axvolini og‘irlashtiradi. Chunki bunda dorining kuchi keragidan ortiqcha ta’sir qiladi va bemorning kasallangan eriga zarar etkazadi (dorining ta’siri va shikastlangan joyning og‘rig‘i birgalikda kasallik siptomlarining zo‘rayishiga olib keladi). Shuning uchun gomeopatik dorini yuqori miqdorda qabul qilish zararli”. Oxirgi yillarda tibbiyot amaliyotida ayrim dorilarga nisbatan ularni past dozada qabul qilish oqimi yaratildi. Tibbiy-biologik tajribalarda hayvonlar uchun dori moddalarni 1:1 000 000 va undan ortiq suyultirilgan xolda qo‘llanilmoqda. Fermentativ jarayonlarni samaradorligiga mos keluvchi fermentlarning minimal miqdori bilan xam bog‘liq. Keyingi yillarda og‘ir metallarning turli ta’siri xaqida g‘am gapirish mumkin, ya’ni ular xayvon, o‘simlik organizmida va tuproqda minimal miqdorda saqlanadi. Muayyan sharoitda o‘tkazilgan N.P. Kravkovning tajribalaridan shu ma’lum bo‘ldiki, 10-32 suyultirish darajasidagi zahar hali xam o‘z faolligini saqlagan bo‘ladi. Bu ta’sirni Kravkov “parafarmakologik” deb atagan va uni molekula parchalanishi bilan ta’sirlashuvi bilan tushuntirgan. I.P. Pavlov shuni ta’kidlaganki, brom miqdori bemorning nerv sistemasi turiga bog‘liq bo‘lgan nevroz kasalligiga 100 marta o‘zgarishi mumkin va katta dozalariga nisbatan kichik dozalari samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. M.K. Petrovaning tajribasidan brom tuzlari milligramm miqdorida berilganida terapevtik effekt namoyon qilingaligi aniqlandi. Har bir dori moddasining fiziologik ta’sirini alohida o‘rganganida quyidagilar hisobga olinadi: Hayvonlarda farmakologik tajribalarda sinalgan dorining natijalari. Kishilarning tasodifiy zag‘arlanishlaridagi toksikologik kuzatishlar. Bu modda bilan sog‘lom odamlarda Ganeman tomonidan o‘tkazilgan tajriba natijalari. Ayrim dori vositalari o‘rganilmagan bo‘lgani uchun, ya’ni gomeopatik farmakodinamikasi o‘rganilmaganligi uchun ular kam ishlatiladi. Adabiyotlarni hamma bo‘limlarida va terapevtik ko‘rsatkichda kasalliklarning nomi va patogenezi, kasalliklarning belgilari keltirilgan. “Tayyorlash va tayinlash usullari” va “Terapevtik qo‘llanilishi” deb nomlangan bo‘limlarda dori moddalarni past, o‘rta va yuqori darajada suyultirilgan xolda tayinlanadi; amaliyotda bemorlarni davolashda ko‘pincha qo‘llaniladigan dorilar dozalari qalin bosma xarflar bilan ajratilgan. Xaqiqiy gomeopatiya qo‘llanmalarini tuzuvchilar V. Shvabe gomeopatik farmakopeyasida ko‘rsatilgan dori moddalar nomenklaturasiga tayandilar. Gomeopatik dorilarni tayyorlash bizning yurtimizda va chet ellarda hozirgacha shu farmakopeya asosida tayyorlanmoqda. Bu farmakopeya 1872 yilda yozilib, ko‘p tillarga tarjima qilingan, xususan, rus tiliga 1899 yil tarjima qilingan. Ganeman bergan nomlar xali xam saqlanib qolgan. Ayrim dori moddalar o‘z nomiga mos kelmaydi, lekin ular 1796 yildan boshlab yozib kelingan gomeopatik terapevtik adabiyotga kiritilgani uchun, gomeopatik dorixonalar va davolovchi shifokorlar yanglishmaslik uchun dorilarning qadimgi nomenklaturasiga tayanadilar. Faoliyat ko‘rsatayotgan gomeopatik dorixonalarda bemorlarga beriladigan dorilar nomi lotin tilida yoziladi, lekin dori beriladigan idishdagi yorliqlar rus yoki o‘zbek tilida yoziladi. Dori moddasining nomi gomeopatik retseptda bosh kelishikda “Recipe” so‘zisiz yoziladi. “Terapevtik qo‘llash” degan bo‘limda bemorga tavsiya qilingan dorini gomeopatik dorixonadan berilayotganida nomi lotin transkripsiyasi bilan yoziladi va bu lotincha nomlar Shvabe farmakopeyasiga mos kelishi kerak. Download 35.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling