Mavzu: Fransuz marifatchiligi


Download 58.59 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi58.59 Kb.
#1619618
  1   2   3   4   5

Mavzu:Fransuz marifatchiligi
Re’ja
Kirish
1.Fransiyada I Uyg‘onish davri adabiyoti
2.Fransuz marifatchiligida Goratsiy ijodining tutgan o’rni
3.Fransiyada marifatchilikning boshlanishi va O’rta asrlar adabiyoti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo‘nalishlaridan birini ma'rifatchilik falsafasi tashkil etadi. U G‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya, Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma'rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy ta'limotdir.O‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo‘qotgan; ikkinchi tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan e'tirof etilgan izchil ta'limotning shakllanib yetilmagan davriga to‘g‘ri keladi. Jamiyatning ilg‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa bo‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a'zolarini dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma'rifatparvarlar fikricha, qurilishi zarur bo‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat ko‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot bo‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyi1li gumanizm g‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning falsafiy ta'limoti bo‘yicha inson – tabiat­ning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya'ni uni hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojla­nadi. Inson tabiatning mahsuli bo‘la turib, moddiy bo‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat qonunlariga muvofiq harakat qila­di va faoliyat ko‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his qilish qobiliyati mavjud bo‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, hayotda o‘z o‘rnini topishini ta'minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki umumiy his qilish jara­yoni (Didro) sifatida namoyon bo‘ladi, deb ta'kidlanadi.Inson o‘zi erishgan yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur– bu tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta'lim berilganidek inson ta­biatan yomon yoki yaxshi bo‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar ijtimoiy muhit ta'siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. Ularning mafkurasiga muvofiq to‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma'rifatli, b) me'yor darajasida xudbin bo‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zga­larga ham yashashga imkon ber» tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalq­lar va elatlar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta'minlaydigan tuzum barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog‘atda yashashni ta'­minlashi mumkin. Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir ma'rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish mavjud bo‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda o2lib keladi, deb hisoblaydi.Didro ta'limoti bo‘yicha, inson tabiatan yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat yaxshi bo‘lishga tabiiy moyillik prinsipini jamiyat uchun yaxshi odam qilib shakllantirishi mumkin.Fransuz ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari XIX, XX asrda dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan qator mamlakatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Fransuz ma'rifatarvarlarining o‘lmas ta'­limoti dunyoning gumanizm va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borib, demokratik tuzumning g‘alaba qilishida g‘oyaviy-naza­riy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu ma'rifatparvarlarning falsafiy-ijtimoiy qarashlari asosida Butun jahon in­son huquqlari deklaratsiyasi BMTda (1948) qabul qilindi. Ezgulikka yo‘g‘pilgan ma'rifat – ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta'minlab beruvchi kuch ekanligi va yer yuzida, Zardusht bashorat qilganidek, ezgulikning qabohat ustidan g‘alaba qozonishini ta'minlab bera oladigan yagona ilinj ekan­ligini insoniyatga sistemali bayon qilib bergan kishilar fransuz ma'rifatparvarlar edilar. Realizm atamasi bilan baʼzan 18-asr idealizmiga zid boʻlgan qarashga aytiladi. Realizmga koʻra, narsalar ongdan tashqarida ham mavjuddir. Bu iddaoga nominalizm eʼtiroz bildiradi, va mavhum yoki universal atamalar tayinli ruhiy holatni, fikr, ishonchni bildiradi, xolos, deydi. Nominalistik qarashlarga ega mashhur faylasuflarga William Ockham misol boʻla oladi. Ratsionalizm odam ongining muhim ekanligini yoki ahamiyatini urgʻulovchi har qanday qarashdir. Ekstremal ratsionalizm butun bilimni yolgʻiz ongga asoslashga intiladi. Ratsionalizm daʼvolari odatda rad etilmaydigan taʼkidlardan boshlanib, har qanday bilim obyektining faqatgina ong orqali tanilishi iddaosiga mantiqiy olib borishga urinadi.Ilk ratsionalist oʻlaroq Parmenidni (mil. avv. 480) koʻrish mumkin; u fikrlash haqiqatdan ham roʻy berishiga shubha qilish mumkin emasligini aytadi. Lekin fikrlash obyektsiz boʻla olmaydi, demak fikrlashdan tashqarida darhaqiqat biror narsa mavjud. Parmenid mavjud boʻlgan narsa muayyan sifatlarga ega boʻlishi kerak, degan xulosaga keladi; hali paydo boʻlmagan yoki yoʻqolib bitgan narsa ham vaqtdan tashqarida mavjud boʻla oladi, deydi. Zeno Elea (mil. avv. 489 tugʻ.) Parmenid shogirdi edi, va u harakat ilojsiz ekanligi haqidagi tezisga uning mavjudligi haqidagi fikrning oʻzi mavjud ekanligi, demak harakat ilojlidir, degan qarshi taʼkid keltirgan.
Aflotun (mil. avv. 427–347) ham Parmenid ishlaridan taʼsirlangan, biroq u ratsionalizmni realizm bilan bogʻlagan. Aflotun mavjud narsalarning sifati universal (olamshumul) dir, deydi. Masalan, bir odam, bir uchburchak, bir daraxt sifatlari barcha odamlar, barcha uchburchaklar, barcha daraxtlar uchun ham oʻrinlidir. Aflotun sifatlar ongdan tashqari shakllar emas, deb fikrlaydi, oʻylash jarayonida yolgʻiz ongga ishonib, hissiyotlarga chalgʻish kerak emasligini uqtiradi.



Download 58.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling