Mavzu: Fuqorolik huquqida shan qadr qimat ishchanlik obrosini himoya qilish Reja: insonning sha’ni va or-nomusi daxlsizligi


Download 21.33 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1141256
Bog'liq
Fuqorolik huquqida shan qadr qimat ishchanlik obrosini himoya qilish



MAVZU: Fuqorolik huquqida shan qadr qimat ishchanlik obrosini himoya qilish
Reja:
1. INSONNING SHA’NI VA OR-NOMUSI DAXLSIZLIGi
2. FUQARO VA TASHKILOTLARNING SHA’NI, QADR-QIMMATI VA ISHCHANLIK OBRO‘SINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNLARNI QO‘LLASH TO‘G‘RISIDA

Insonning shaʼni va or-nomusi daxlsizligi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir. Insonning shaʼni va or-nomusi daxlsiz. Insonni kamsitish, obro‘sizlantirish, haqorat qilish, tahqirlash qonunga zid xatti-harakat hisoblanadi va bunday harakatlar uchun qonun bo‘yicha tegishli javobgarliklar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 17-moddasida “Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi”, deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2446-moddasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq, fuqaro o‘zining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27, 48-moddalarida har kim o‘z shaʼni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Shu bilan birga, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanliglari belgilangan.
Davlat rahbari boshchiligida OAV xodimlari va blogerlar qo‘llab quvvatlanib, haqiqatni olib chiqishdan qo‘rqmay, muammoli masalalarni ko‘tarayotgan jurnalistlar qadrlanayotgan, ularga bosim o‘tkazish holatlarini bartaraf etish, bir so‘z bilan ayganda so‘z erkinligi siyosati olib borilayotgan vaqtda shunday nomaqbul videoni tarqatib, ayol jurnalistga nisbatan tazyiq o‘tkazilishini zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi deyish mumkin. Maʼnaviy va ruhiy zarbalarning bitishi jismoniy qiynoqlardan ham og‘irroq bo‘ladi aslida.
O‘ylaymanki, bunday vaziyatda ko‘pchilik jurnalistlarning birlashishi natijasida tanqidiy tahliliy materiallar yana-da ko‘payadi. Jurʼatli va qo‘rqmas qalam ahli bu kabi zarbalardan yana-da toblanadi.
FUQARO VA TASHKILOTLARNING SHA’NI, QADR-QIMMATI VA ISHCHANLIK OBRO‘SINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNLARNI QO‘LLASH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-may va 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini kamsitiladigan ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda, ularni himoya qilish sudning birinchi darajali vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni ommaviy axborot vositalaridan fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashish, ularning sha’ni, qadr-qimmatlari va ishchanlik obro‘siga tajavuz qilish maqsadida foydalanishni man etadi.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti, bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda tashkilotlarning obro‘sini tiklash, ijtimoiy munosabatlarda uning faoliyatiga odilona baho berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Plenum “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunni sud amaliyotida qo‘llashda, qanday ma’lumotlar tarqatilganligi va ular qadr-qimmatga qanchalik putur yetkazgani kabi masalalar yuzasidan muammolar yuzaga kelganligini ta’qidlaydi hal qiluv qarorlarida hamma vaqt ham sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga raddiya berishning aniq usuli hamda raddiya berilishi lozim bo‘lgan muddat ko‘rsatilmaydi, sud xarajatlarini undirish masalasi muhokama qilinmaydi.
Ishni ko‘rishni bir necha martalab qoldirish, ish yurgizishni asossiz harakatdan to‘xtatib qo‘yish oqibatida nizoning muhimlilik mohiyati yo‘qolishi tufayli da’vogarlar o‘z talablaridan voz kechmoqdalar, anchagina arizalar esa ko‘rilmasdan qoldirilmoqda.
Ko‘pchilik ishlarda hal qiluv qarorining ijro etilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.
Sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va kelib chiqqan masalalarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va o‘zining sha’ni hamda qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan ma’lumotlar bo‘yicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
2. Qonunlarni to‘g‘ri tatbiq etish, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishlariga yordam berishini hisobga olib, sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi ishlarni sudlar sinchiklab, puxta ko‘rishlari zarur.
Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni rad etish haqidagi talablar, ma’lumotlar qanday shakl va uslubda tarqatilganidan qat’i nazar, sudga taalluqlidir.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasiga binoan e’lon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘z raddiyasini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali e’lon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob gazetalarda ular kelgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda e’lon qilinadi.
Ommaviy axborot vositasi raddiya yoki javobni e’lon qilishdan bosh tortsa yoxud ularni e’lon qilish uchun belgilab qo‘yilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
4. Sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi da’vo arizadan u mulkiy bo‘lmagani tufayli eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Ayni bir vaqtning o‘zida moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi talab ham qo‘yilgan bo‘lsa, davlat boji umumiy asoslarda talab etilayotgan summa yuzasidan undiriladi.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, badnom qiluvchi ma’lumotlarning javobgar tomonidan tarqatilganligi faktini tasdiqlovchi dalillarni sudga da’vogar taqdim etishga majburdir.
Da’vo ariza FPKning 149 va 150-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda harakatsiz qoldiriladi va FPKning 154-moddasiga asosan kamchiliklarni bartaraf etish muddati ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
6. Sudning hal qiluv qarorlari va hukmlarida, tergov organlari qarorlarida va qonunda shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi ko‘zda tutilgan boshqacha rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni rad etish haqidagi talablarni O‘zbekiston Respublikasi FKning 100-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rish mumkin emas.
7. FKning 100-moddasi 2-qismiga asosan manfaatdor shaxs sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini badnom qiluvchi ma’lumotlar uning vafot etgan oila a’zolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini sud orqali himoya qilish huquqiga ega.
Sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar voyaga yetmaganlar yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb belgilangan shaxslarga nisbatan tarqatilganda, ularning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risida qonuniy vakillari (ota-onalari, bolalikka oluvchilari, vasiylari), homiylari yoki FPKning 46-moddasi tartibida prokuror ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
8. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida, xizmat ta’rifnomalarida, ko‘pchilik oldida so‘zlaganda, mansabdor shaxslar nomiga yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan og‘zaki bo‘lsa ham bir necha shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi.
Bunday ma’lumotlarni faqatgina o‘sha shaxsning o‘ziga aytish, bu ma’lumotlarni tarqatish deb qaralmaydi.
O‘zining sha’niga haqoratlovchi ma’lumotlar aytilgan fuqaro, yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, haqorat yoki tuhmat qilgani uchun Jinoyat kodeksining 139, 140-moddalari yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41-moddalariga ko‘ra gunohkorni jinoiy javobgarlikka tortish haqida ish qo‘zg‘atishni so‘rab sudga murojaat qilishi mumkin.
9. Badnom qiluvchi ma’lumotlar deganda, ayrim fuqarolar yoki jamoat fikrida amaldagi qonunlarga va axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan qaraganda sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini oyoq osti qiluvchi, obro‘ni to‘kuvchi ma’lumotlar hisoblanishini sudlarga tushuntirilsin.
Ishdagi kamchiliklarni, jamoat va ish joylaridagi, turmushdagi fe’l-atvorini tanqid qiluvchi, haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarga shaxsni badnom qiluvchi ma’lumotlar deb bo‘lmaydi.
10. Ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli javobgarlarni aniqlab olish lozim. Arizada ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan ma’lumotlarga raddiya berish talab etilgan bo‘lsa, javobgar sifatida muallif va tegishli ommaviy axborot idorasi jalb etiladi. Ma’lumotlar rasmiy xabarlardan olingan hollarda (“Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonunning 28-moddasi) sud yolg‘on ma’lumotlarni dastlab tarqatgan shaxsni ham javobgar sifatida tortishi mumkin.
Agar badnom qiluvchi ma’lumotlar xizmat ta’rifnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday da’volar bo‘yicha uni imzolagan shaxslar hamda ta’rifnomani bergan korxona, muassasa yoki tashkilot ishga javobgar tariqasida jalb etiladi.
Badnom qiluvchi ma’lumotlar devoriy yoki protsessual huquq layoqatiga ega bo‘lmagan ko‘p nusxali ro‘znomalarda e’lon qilingan bo‘lsa, e’lon qilingan maqola muallifi bilan bir qatorda mazkur ro‘znomani chiqaruvchi tashkilot javobgar bo‘ladi.
11. Sud majlisida quyidagi holatlar har tomonlama aniqlanishi lozim:
a) raddiya berilishi talab qilinayotgan ma’lumotning tarqatilgan-tarqatilmaganligi;
b) bu ma’lumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;
v) bu ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelish-kelmasligi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 100-moddasiga asosan da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelishini tasdiqlash javobgarning zimmasiga yuklatilgan.
12. O‘zbekiston Respublikasi FKning 163-moddasiga asosan sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini yerga uruvchi ma’lumotlarga raddiya berish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmaydi.
13. Agar sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi da’vo bilan bir vaqtda da’vogar tomonidan shu badnom qiluvchi ma’lumotlar tarqatilganligi oqibatida yetkazilgan moddiy zararni yoki ma’naviy ziyonni undirish to‘g‘risida ham talab qo‘yilgan bo‘lsa, sud bu talabni FKning 985-moddasiga muvofiq hal etadi.
FKning 1021-moddasi 2-qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishini nazarda tutish lozim.
Ma’naviy (mulkiy bo‘lmagan) zararning miqdorini belgilashda sud fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini oyoq osti qilgan, obro‘sini to‘kkan maqolaning mazmuni va mohiyatini, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni e’lon qilgan ommaviy axborot vositasi yoki muayyan shaxsning ayb darajasini shu maqola bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga oladi.
FKning 1022-moddasiga muvofiq ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zararning og‘irligiga subyektiv bahosi, shuningdek, da’vogarning jismoniy va ma’naviy azoblarining darajasini tasdiqlovchi obyektiv ma’lumotlar xususiyati va haqoratlovchi yolg‘on ma’lumotlari tarqatilgan doirani hamda boshqa ahamiyatga molik holatlarni e’tiborga olishlari kerak.
14. Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarga raddiya berish usulini ko‘rsatishi shart. Raddiya aynan shu haqiqatga zid ma’lumotni bosib chiqargan ro‘znomada yoki boshqa ommaviy davriy nashrda e’lon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u e’lon qilinadigan muddatni ko‘rsatadi.
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarda bo‘lsa, sudning hal qiluv qaroriga asosan tashkilot bunday hujjatni almashtirib berishi shart.
Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga ko‘pchilik oldida kechirim so‘rash, tarqatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligini yig‘ilishda e’lon qilish, da’vogarni badnom qiluvchi ma’lumot xabar qilingan tashkilotga raddiya yozib yuborish majburiyatini yuklatishi mumkin.
15. Da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarga raddiya berish haqidagi hal qiluv qarorini muddatida bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda sud hal qiluv qarorini bajarishdan bosh tortgan javobgarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘radi va hal qiluv qarorini ijro etish uchun yangidan aniq muddat belgilashga haqli.
Mansabdor shaxs hal qiluv qarorini ijro etishdan qasddan bosh tortsa, sud unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 232-moddasi bilan ko‘zda tutilgan javobgarlik masalasini hal etishi lozim.
16. Sudlarning e’tibori ushbu turdagi nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib hal qilish zarurligiga va ishlarni ko‘rishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilsin.
17. Fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi ishlarni ko‘rishda bu ma’lumotlarni tarqatilganligini aniq sabablarini to‘liq tekshirib, qonun bilan man etilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning tarqatilishini oldini olish maqsadida tegishli xususiy ajrimlar chiqarilib, uning ijrosini sudlar tegishli nazorat ostiga olishlari lozim bo‘ladi.
1992-yil 19-iyun,
5-son
Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling