Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish


Download 0.51 Mb.
bet1/16
Sana11.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1698822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari


MAVZU: FUTBOL O'YINIDA HIMOYA TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
REJA:
KIRISH.
1. Futbol o'yinida himoya texnikasi, darvozabonning texnik tayyorgarligi.
2. Futbol o'yinida Javob hujumi uyushtirish
4. Sheriklar faoliyatini boshqarish
5. Himoya taktikasi
6. Himoyadagi o‘yinchilar vazifasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH.
So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘gʼrisida gʼamxo‘rlik qilish, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (selektsiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo‘yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy ragʼbatlantirish tizimini yaxshilash, o‘tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda futbolni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini o‘tkazish maqsadida 2019 yil 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5887-sonli Farmonining e’lon qilinishi, mamlakatimizda futbolni rivojlan-tirish borasida kelgusidagi belgilanayotgan maqsadlar va ularga erishishdagi vazifalarni belgilab berdi. Mazkur xujjat doirasida 2020 yildan boshlab amalga oshiriladigan maqsadli ishlar, kutilayotgan aniq natijalar ham aniqlab olindi. O‘zbek futbolini yaqin yillar ichida хalqaro darajadagi nufuzini sezilarli darajada yaxshilash, buning uchun esa, sohada quyi tizimdan boshlab amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Futbolni ommalashtirish, uni zamon talablariga mos darajada o‘rgatishda albatta murabbiyning o‘rni asosiy hisoblanadi. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun esa, yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlarni ya’ni futbolni o‘rgatuvchi pedagog-murabbiylarni tayyorlash masalalari ahamiyatli hisoblanadi.
Talaba uchun kerakli bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazariy hamda amaliy tomonlarini egallash “Futbol nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitish doirasida amalga oshirish nazarda tutilgan. “Futbol nazariyasi va uslubiyati” fani futbol sport turi bo‘yicha pedagog-murabbiylarni tayyorlashda yetakchi va asosiy ixtisoslik fani sifatida o‘qitiladi.
Respublikamiz ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida jismonan sog‘lom, ma’nan teran, axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan, bilimli, dono avlodni tarbiyalash, milliy genofondni sog‘lomlashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yoshlar o‘r- tasida sportga bo‘lgan qiziqishni orttirish, sportni ommaviylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan futbol bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, murabbiylar, oliy o‘quv yurtlarining va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining sport o‘qituvchilari, qolaversa, butun futbolni yaxshi ko‘radigan va ushbu sport turi bilan shug‘ullanadigan, qiziqadigan kelajak avlod foydalanishi mumkin.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling