Mavzu: Gravitaciya tabiati. Kepler Nyuton qonunlari. Ko'tarilishlar va pasayishlar. Uch va ko'p jism masalasi. Yer sun'iy yo'ldoshlarining harakati. Sayyoralar va kichik jismlar harakati nazariyasi


Download 7.9 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi7.9 Kb.
#1700312
Bog'liq
Bozorboyeva Muyassar[1]

Mavzu:Gravitaciya tabiati. Kepler Nyuton qonunlari. Ko'tarilishlar va pasayishlar. Uch va ko'p jism masalasi.Yer sun'iy yo'ldoshlarining harakati. Sayyoralar va kichik jismlar harakati nazariyasi.

Tayyorladi:Bozorboyeva Muyassar

1.

Gravitaciya tabiati. Kepler Nyuton qonunlari.

Ko'tarilishlar va pasayishlar. Uch va ko'p jism masalasi.

Yer sun'iy yo'ldoshlarining harakati.

Sayyoralar va kichik jismlar harakati nazariyasi.


Reja:

Gravitatsiya nima?

Gravitatsiya (lotincha: gravitas) yoki tortishish — tabiiy fenomen boʻlib, fizik jismlarning bir-biriga ularning massasiga mutanosib kuch bilan tortilishida namoyon boʻladi. Gravitatsiya jismlarga vazn beradi. Gravitatsiya tarqoq materiyani yigʻadi, yigʻilgan materiyani esa birga ushlab turadi; shuning hisobiga Yer, Quyosh va olamdagi boshqa makroskopik jismlar yuzaga kelgan va mavjud

Gravitatsiya tabiati

Gravitatsiya tufayli Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; sayyora va yulduzlar ichi qiziydi; tabiatda konveksiya sodir boʻladi.

—Someone Famous

Gravitatsiya toʻrt fundamental oʻzaro taʼsirdan biridir (boshqalari — elektromagnetizm, kuchli oʻzaro taʼsir va kuchsiz oʻzaro taʼsir).

Gravitatsiya — har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal oʻzaro taʼsir. Agar oʻzaro taʼsir kuchsiz va jism yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga Karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, IsaakNyutonning butun olam tortishish qonuni oʻrinli boʻladi.

Oʻzaro taʼsir kuchli va jism harakatining tezligi yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan hollarda esa, Albert Enishteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiyani toʻgʻri ifodalaydi.

Nyuton oʻzining „Tabiat falsafasining matematik prinsiplari“ (1687) asarida gravitatsiya qonuniga birinchi boʻlib toʻliq taʼrif berdi. Nyuton taʼrifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va Gʻi2)ning oʻzaro gravitatsiya kuchi ularning massalariga toʻgʻri proporsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional va ularni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha yoʻnalgan.

Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism gravitatsiya kuchi taʼsirida Yer bilan bogʻliq boʻlgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi.

Kepler qonunlari - I. Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga oid 3 ta qonun. I. Keplerning „Yangi astronomiya“ (1609) asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi, 3-qonuni 1619-yilda kashf etildi.

Quyoshdan sayyoraga oʻtkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi. Bu qonun sayyora harakat yoʻlidagi ixtiyoriy nuqtada oladigan tezlikni ifodalaydi. Unga muvofiq sayyoralar Quyoshga yaqin paytida tezroq harakat qiladi.

Har bir sayyora ellips boʻylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy boʻlgan fokusida Quyosh yotadi.

Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan oʻrtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng

Nyuton qonunlari

Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. Isaac Newton tomonidan taʼriflangan (1687).

Har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi

Harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, massaga esa teskari proporsional ta'sir etadi.

Ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng, yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi

Koʻtarilishlar va pasayishlar

Oy va Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yerdagi dengiz sathining va atmosfera bosimining davriy oʻzgarishi hamda Yer qobigʻi (litosfera) ning deformatsiyalanishi.

Uch jism masalasi

Butun olam tortishish qonuniga muvofiq oʻzaro tortishuvchi uch jism harakati haqidagi masala. Bunda jismlar moddiy nuqtalar deb olinadi. Bunday deb olish uchun ular sharsimon shaklda, oralikdagi masofa ularning xususiy oʻlchamlariga nisbatan juda katta boʻlishi kerak. Bir qancha osmon jismlari, mas, Kuyosh, sayyoralar va ularning yoʻldoshlari bu shartni yetarli darajada qanoatlantiradi. 1912-yilda fin astronomi K.F. Sundman Uch jism masalasim. umumiy yechimini cheksiz qatorlar koʻrinishida chiqardi, biroq bu yechim murakkab boʻlgani sababli amaliy maqsadlarda foydalanilmaydi. Uch jism masalasim. faqat maxsus boshlangʻich shartlar qoʻyilgandagina toʻla yechimga ega boʻladi.

Yer sun'iy yo'ldoshlarining harakati

Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar

1958 y. 1 fevralda AQSH "Eksplorer-1" sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 oktabrda Fransiya, 1970 y. 11 fevralda Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni uchirishdi.

Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 y. 4 oktabrda uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi.

Sayyoralar va kichik jismlar harakati nazariyasi

Sayyora (sayyor, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi.

58

Merkuriy

Venera

Yer

Mars

Yupiter

Saturn

Neptun


Quyosh sistemasidagi sayyoralarning quyoshdan uzoqligi

Merkuriy eng kichik sayyora

Saturn halqali sayyora

Venera goʻzal ismga ega

Yer biz yashayotgan sayyora


4
3
2
1

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.https://uz.m.wikipedia.org 2.www.google.com 3.https:geografiya.uz

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


Download 7.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling