Mavzu: Haydovchisiz avtomobillar


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1204876
  1   2   3
Bog'liq
AI MUROD MT 1


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

“Suniy intellekt” fanidan



Mustaqil ishi

Mavzu: Haydovchisiz avtomobillar


Bajardi:Nematov Murodjon


Tekshirdi: Anarboyeva F

Samarqand 2023


Mavzu: Haydovchisiz avtomobillar
Reja:

1.Haydovchisiz avtomobillar kelajagining “nozik” jihati

2.O'z-o'zini boshqaradigan mashina - Self-driving car


3.Haydovchisiz avtomobillar iqtisodiyotga qay tariqa ta`sir qiladi

1.Haydovchisiz avtomobillar kelajagining “nozik” jihati


Haydovchisiz avtomobillar va’da qilayotgan eng muhim masala – tirbandlik muammosining hal qilinishidir. Kelajakda aqlli mashinalarning ravon, qulay shart-sharoitga ega yo‘llardan yurib, insonlarning uzog‘ini yaqin qilishi, xavfsiz va samarali xizmat qilishi kutilmoqda.Ammo hozircha bu bilan bog‘liq talay muammolar va javobsiz savollar ham bor. Nyu-Yorkning shaharsozlik bo‘yicha sobiq bosh dizayneri Aleksandros Voshbornsning fikricha, hayotimizni yaxshilashga xizmat qiladigan bunday mashinalar bilan bog‘liq eng katta muammo, bu – ulardagi dasturiy ta’minot mahsulotlari, yo‘llarning talabga javob bermasligi bilan kelib chiqishi mumkin.Agar yo‘llar zarur infratuzilma bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, mega-shaharlarning yo‘llarida yuzaga kelgan tirbandlik mahalida tirbandlik va navigatsiya ilovalari ham yordam berishga ojizlik qiladi. Haydovchisiz avtomobillar harakatlanadigan yo‘lda bir yo‘ldan boshqasiga o‘tish, manzilga tezroq yetib borish uchun tezlik emas, aqlli mashinani boshqaradigan aqlli dasturlar kerak bo‘ladi.Bunday sharoitda mashinalar tezyurarligi bilan emas, har tomonlama pishiq algoritmli dasturlar bilan ta’minlangani orqali raqobatga kirishadi. Bunday algoritmlar ma’lumot to‘plash va tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi va shunga ko‘ra harakatlanadi. Ya’ni, dasturning keng imkoniyati mashinaga manzilga yetib borish strategiyasini ishlab chiqishiga xizmat qiladi.Bu esa vaqt va mablag‘ning tejalishiga xizmat qiladi. Avtomobil salohiyati programmalar tizimi bilan belgilanshinini hisobga olsak, kelajakda navigatsiya va tirbandlik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beruvchi dasturlarga bo‘lgan talab oshib ketadi.Dasturlar esa mijozini manzilga birinchi yetkazish bo‘yicha bir-biri bilan raqobatga kirishishi mumkin. Kimdir birinchi yetib borganda, tabiiyki, boshqa kimdir birinchi bo‘la olmaydi. Natijada navigatsion dasturlar orasida raqobat kuchayib, bu kutilmagan tirbandlik va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.Bu xuddi bugungi kunda aksiya va birja bozorini boshqarayotgan algoritmlar tizimiga o‘xshab ketadi: barcha jarayon ma’lumotga suyanadi, ya’ni inson ta’siri va omilidan holi bo‘ladi. Kompyuterlar tizimiga yetkazilgan ma’lumot soniyalar ichida xaridni amalga oshirish yoki rad qilishni hal qiladi. Aksiyalar bozorida, bilamizki, kimdir yutgan lahzada boshqa kimdir yutqazadi.Bu esa aqlli mashinalarga hayotimizni topshirishdan avval yo‘llarni algoritmlar orqali nazorat qilish, zarur ma’lumotlarni to‘plash tizimini takomillashtirish, navigatsiya va bu bo‘yicha maxsus dasturlarni yaratish zaruratini yuzaga keltiradi. Aks holda, haydovchisiz mashinalarda sayr qilish yo‘lovchilar uchun qimmatga tushishi mumkin.

To‘liq avtonom avtomobillar sinovini 2020-yilning kuzida boshlash rejalashtirilgan edi, biroq loyihani qoldirishga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda mamlakat Transport, Sanoat va savdo, IIV hamda Iqtisodiy rivojlanish vazirliklari tomonidan tayyorlangan hujjat rejasida so‘z boradi.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat loyihasi yaqin kunlar ichida ko‘rib chiqish uchun hukumatga kiritiladi.
Sinovlarning to‘xtab qolishida hukumatning aybi yo‘q. Ixtirochilar haydovchilarni sug‘urta qilmasdan jamoat yo‘llarida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni testdan o‘tkazishga tayyor bo‘lmagan. Bunda “Yandeks” yagona istisnoga aylangan. Shuningdek, loyihada “KamAZ”, “Sberbank” va “GAZ” ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.“Salonda muhandis bo‘lmasdan turib haydovchisiz boshqariladigan avtomobilni sinovdan o‘tkazish — uni joriy etishdagi muhim bosqich. Loyiha taqdiri ushbu sinovlarga bog‘liq”, — deydi “Avtonet” ishchi guruhi vakili Yaroslav Fedoseyev.Ayni vaqtda Rossiya ko‘chalarida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar muhandis-haydovchilar orqali sinovdan o‘tkazilmoqda. “Yandeks” ham yaqinda Michiganda o‘zining shu turdagi mashinalarini sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Chunki Amerikaning ushbu shtatida haydovchisiz avtomobillarni testdan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling