Mavzu: ““inert gazlar reja: Inert gazlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati. Inert gazlarning tabiatda tarqalishi


Download 312.01 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2023
Hajmi312.01 Kb.
#1106808
  1   2   3   4   5
Bog'liq
inert gazlar


MAVZU: ““INERT GAZLAR
Reja:
1.Inert gazlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati.
2.Inert gazlarning tabiatda tarqalishi.
3.Inert gazlarning eng muxim birikmalari.
I.1 Inert gazlarni tabiatda tarqalishi
D.I.Mendeleyev davriy sistemasining VIII- gruppasining asosiy gruppachasida oltita element joylashgan. Bular geliy – He, neon – Ne, argon – Ar, kripton – Kr, ksenon – Xe, radon – Rn. Bu gruppacha elementlari inert(nodir) gazlar nomi bilan yurutiladi. Inert gazlar deb atalishiga sabab ular boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shu bilan birga, inert gazlarning boshqa xususiyati ham bor, bu xususiyat shundan iboratki, ularning molekulalari faqat birgina atomdan tuzilgan, boshqacha aytganda, ularning atomlari o`zaro birikkan emas. Ular gazsimon elementlar bo`lib ularning nomlari xossalarini yoki tabiatda tarqalishini, nodirligini ifodalovchi yunoncha so`zlardan olingan. Masalan:
Geliy – quyosh, neon – yangi, argon – yalqov, kripton – yashirin, ksenon – begona va radon – nur(shu’la sochish) so`zlaridan kelib chiqqan. Oltita nodir gazning beshtasi
(He, Ne, Ar, Kr, Xe ) 1894-1898- yillarda havo azoti zichligi tekshirish natijasida kash etilgan ( geliyning spektri 1868- yildayoq ma’lum edi ) .
Oltinchi gaz – radon esa 1900- yilda radioaktiv hodisalarni tekshirish natijasida kashf etildi. Lekin shuni aytib o`tish kerakki, nodir gazlarning mavjudligini 1884-yilda rus olimi N.A.Morozov oldindan bashorat qilgan edi.
Oltita nodir gaz Davriy sistemada I – VI davrlarining eng ohirida joylashgan. Bu elementlar atomlarining tashqi elektron qavati tugallangan bo`lib, 8 ta elektrondan (geliydan tashqari, geliyning tashqi qavatida faqat ikkita (s) elektron 1s elektron joylashgan) ns tuzilan.
Bu elementlar atomlarining geliydan radonga tomon yadro zaryadi, atom radiuslari, qutblanishi ortib boradi. Shu qatorda bu elementlarning reaksiyaga kirishuvchanligi ham ortib boradi, ionlanish patensiali esa kamayib boradi.
Radonning ionlanish patensiali ksenonning ionlanish patensialidan kamroq bo`lsa ham, radioaktivligi sababli radon xossalari ksenonga nisbatan kamroq o`rganilgan. Xozirgi vaqtda nodir gazlarning xossalari asosan ksenon misolida o`rganilgan.
Nodir gazlarning atomlarining ionlanish energiyasi juda yuqori, elektronga moyilligi esa juda kichik. Ularning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomdan tuzilgan. Atomlarida juftlanmagan elektronlar bo`lsa ham, ksenon va radonning ftor bilan hosil qilgan birikmasi
( XeF , Xe F ), ksenonning ftor va kislorod bilan hosil qilgan birikmasi ( XeF O ) olingan. Nodir gazlar ma’lum sharoitda suv bilan klatratlar, ya’ni gidratlar hosil qiladi:
Ar • 6H O, Kr • 6 H O, Xe • 6 H O
Ushbu birikmalar hosil bo`lishida valent bog`lar hosil bo`lmaydi, ammo muz tuzilishidagi bo`shliqlar klatratlar hosil qilishda alohida ahamiyatga ega.
Inert gazlarni organik moddalar fenol, toluol bilan hosil qilgan birmuncha barqaror molekulyar birikmalari ham olingan.
Nodir gazlarning oltitasi ham havo tarkibida uchraydi. Ular birgalikda hajm jihatidan havoning 1℅ ini tashkil qiladi. Shu jumladan: geliy 0.0005℅, neon 0.0018℅, argon 0.9325℅, kripton 0.000108℅, ksenon 0.000008℅, radon 7•10 ℅ bo`lishi ma’lum.
Boshqacha aytganda, 1m havoda 9.3 litr Ar, 16 ml Ne,
5 ml He, 1 ml Kr, 0.08 ml Xe va 1sm havoda
1 – 2 atom Rn bordir.


Download 312.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling