Mavzu: ““inert gazlar reja: Inert gazlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati. Inert gazlarning tabiatda tarqalishi


Kripton elementining ochilish tarixi


Download 312.01 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi312.01 Kb.
#1106808
1   2   3   4   5
Bog'liq
inert gazlar

Kripton elementining ochilish tarixi. V.Ramzay argon va geliyni kashf qilgandan so`ng yangi elementlarni davriy tizimda joylashtirish masalasiga duch keladi. V.Ramzay ularni boshqa elementlar qatorida atom massalari ortib borishi tartibida joylashtiradi. Bunda geliy va argon orasida bo`sh katak qolayotgani ma’lum bo`ladi. Argonning pastida brom va rubidiy orasida, ya’ni pastroqda, yod bilan seziy orasida ham bo`sh joylar bor edi. Bu hol inert gazlar davriy tizimining alohida guruxini tashkil etadi degan fikrga olib keladi. Turli temperatuealarda suyulgani sababli ularni bir-biridan ajratish qiyin emas edi.
1898 yil iyulida V.Ramzay va uning assisenti M.Travers suyuq havoni bug`lantirish va uni ayrim fraksiyalarga(qismlarga) ajratish bilan shug`ullandilar. Ular yarim kechagacha 50 dan ortiq fraksiya oladilar; ohirgi fraksiyada N°56 spektroskopik usul bilan kriptonni topib oladilar. Yangi element (gaz) kripton deb ataladi, u yunonchada sirli, yashirin degan ma’noni anglatadi.
Ksenon.
Ksenon elementining ochilish tarixi. Bu element V.Ramzay va M.Travers tomonidan 1900 yilda kashf qilingan. Ular suyuq havoni haydab (bug`lantirib), uni ayrim qismlarga (fraksiyalarga) ajratishgan 57- raqamli fraksiyaning spektrini olimlar kuzatishgan. Bu spektr o`ziga xos bo`lgan va ular yangi gaz bo`lsa kerak degan xulosa qilishgan (1898), ammo toza ksenon 1900 yilda olingan. “Ksenon” nomi yunoncha ksenos so`zidan olingan bo`lib - begona (notanish) degan ma’noni anglatadi.
Davriy sistemadagi o`rni. Atomining tuzilishi. Ksenon kimyoviy belgisi – Xe. Ksenon davriy sistemaning 5 davr VIII guruh asosiy guruhcha elementi, tartib raqami 54, atom massasi 131.30.
Olinishi. Sanoatda suyuq havodan olinadi.
Ishlatilishi. Ksenon elektrvakuum texnikada va gaz yorug`lik lampalarida ishlatiladi.
Fizik xossalari. Ksenonning atom radiusi 0.218 nm, ionlanish patensiali 12.13 eV, qaynash temperaturasi - 108°C, qotish nuqtasi - 112°C. bir litr suvda 0°C da 500 ml ksenon eriydi.

Download 312.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling