Mavzu: investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. Reja: I bob investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni


Download 170.5 Kb.
bet1/7
Sana30.03.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1309615
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INVESTISTIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA


MAVZU: INVESTISTIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
REJA:
I BOB INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA MAKROIQTISODIYOTDA TUTGAN O`RNI
1.1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
1.2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.
II BOB MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYALARNI KENG JALB QILISH ISTIQBOLLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKAASI INVESTITSIYA FAOLIYATI TAHLILI
2.1.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi.
2.2. Investitsiyalarni o’stirish omillari. Jamg’armalar – investitsiyalar manbasi sifatida.
2.3. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
XULOSA
ADABIYOTLAR


KIRISH
«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, pul sarf qilmoq, qo‘ymoq ma’nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma’nolarga ega bo‘lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish
uchun sarflanishi tushuniladi, ya’ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko‘paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta’minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni ta’minlaydi. Kapitalni joylashtirish shakllari turlicha bo‘lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya’ni kapital pul va buyum ko‘rinishdagi kapitalga bo‘linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko‘rinishidagi investitsiya turlarga ajratish mumkin. Moddiy–buyumlar ko‘rinishidagi investitsiyalarga ko‘rilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko‘paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi.Pul ko‘rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan moddiy–buyumlar ko‘rinishdagi investitsiyalarga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari tushuniladi.
Investitsiyalar- aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo‘yilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uni jamg‘arish, qo‘yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonni olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab mamlakatlar xorijiy qo‘yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o‘tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va oshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda
bo‘ladi:
- shaxsiy mablag‘lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar;
- harakatdagi (asbob uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko‘chmas
(binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;
- mualliflik huquqlari, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;
- yerdan, tabiiy boyliklar va boshqa mol mulklardan foydalanish huquqlari
(nomoddiy aktivlar qiymati).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar investitsiyalar kapitalni jamg‘arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg‘arish investitsiya qo‘yishning asosi bo‘lib, u qo‘yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi.


Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling