Mavzu Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish


Download 44.12 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi44.12 Kb.
#1622434
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu ICHM


7-Mavzu Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish
Reja
1.Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining mohiyati va tizimi.
2.Mahsulot sifatini boshqarishning xorijiy tajribasi.
3.Sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasini tahlil qilish.
4.Mahsulot va sifati tizimini sertifikatlash.

Mahsulot sifati iste’molchilar uchun eng asosiy kо‘rsatkichlardir, chunki, sifat mahsulotning iste’mol xususiyatini belgilaydi. Bu yerda mahsulot sifatini oshishi uning xajmini oshishiga olib keladi, shuningdek mahsulot mahsulot sifatini oshishi uchun nisbatan kam mablag‘ talab qilinadi. Iste’molchilar talabini qondirish degani bu tavarlar ishlab chiqarish uchun extiyoj bor degani bu о‘z navbatida korxona bir meyorda ishlashini ta’minlaydi va uni kelajagini belgilaydi.


Kо‘plab xorijiy firmalar yuksak natijalarga erishishida asosan sifatga jiddiy e’tibor qaratdilar.
Sifatni boshqarish degan tushuncha deyarli yangi yо‘nalish bо‘lishiga qaramay uning jadal rivojlanish davri bozor iqtisodiyoti davriga tо‘g‘ri keladi. Ayni shu davrda kо‘plab adabiyotlarda mahsulot sifatini boshqarish borasida yangicha talqin va targ‘ibotar kо‘payib ularni taqqoslash va taxlil qilish lozim bо‘ladi.
Mahsulot sifatini boshqarish bо‘yicha asosiy tushunchalar.
Mahsulot sifatini boshqarish — mahsulot sifati darajasini joriy qilish, ta’minlash va zaruriy darajada ushlab turish maqsadida loyihalash, tayyorlash va foydalanish (yoki iste’mol qilish) paytida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasidir.
Sifatning zaruriy darajasini joriy etish tadqiqot qilish va loyihalash bosqichida mamlakat hamda xorijdagi eng ilg‘or ilmiy-texnikaviy yutuqlar tahlili asosida amalga oshiriladi. Mazkur bosqichda sifatni boshqarish muhim ahamiyatga ega, chunki shu yerda bо‘lajak mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy va foydalanish kо‘rsatkichlari xisoblanadi va ularga asos qо‘yiladi. Bu kо‘rsatkichlar iste’molchilarning zamonaviy talablaridan yuqoriroq bо‘lishi kerak chunki yangi mahsulot savdo sohasiga chiqquncha uning sifat kо‘rsatkichlari ma’naviy eskirib qolishi mumkin.

Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling