Mavzu: jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari


Download 0.64 Mb.
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1253648
  1   2   3   4   5
Bog'liq
JMNM fanining maqsadi hamda vazifalari


MAVZU: JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
Reja:
1. Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari;
2. Jismoniy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalari;
O’qish kishini bilimdon, suhbat-topqir, yozish esa, intizomli qiladi.
Suqrot

Tayanch iboralar: Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sport, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy kamolot, maktab sporti, yoshlar sporti, bolalar sporti, oliy darajadagi sport, jismoniy madaniyatni moddiy va ma’naviy boyliklari.
Muammо:
Fanga, o‘quv predmetiga alоqadоr dastlabki(bоshlang‘ich) tushunchalarni aniqlash va “Jismоniy madaniyat” tushunchasini bоshqa tushunchalar bilan o‘zarо bоg‘liqligini isbоtlay оlish.
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalaniladilar.
Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmunida yotadi. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p ayrim hodisalari va masalalarini to’g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasini o‘rgatadigan fanni muvaffaqiyatli egallab bo’lmaydi
JMNning asosiy tushunchalari
Jismoniy madaniyat
Jismoniy tarbiya
Sport
JMNning yetakchi tushunchalari
Jismoniy rivojlanish, jismoniy bilim, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, jismoniy kamolot

J i s m o n i y r i v o j l a n i sh - bu, inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashqi ko‘rinishi va xizmatining o‘zgarish jarayonidir.


Rivojlanish davrini u ch f a z a g a ajratish mumkin: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan(barqarorlik) va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning ob’ektiv qonunlariga - organizm va uning yashash sharoitlari birligi qonuniga, xizmat va tuzilish(struktura) o‘zgarishlarning bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekin miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi.
Jismoniy rivojlanish tezligi biologik qonunlarga bo’ysunadi, ammo bu jarayon tashqi muhit omillariga ham bog’liq. Bu omillarning ba’zilari o’sishni rag’batlantirsa, boshqalari unga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, bolalarning jismoniy rivojlanishi baholanganda, irsiyat omillaridan tashqari, ular o’sayotgan ijtimoiy – gigiyenik sharoitlarni ham e’tiborga olish kerak.
Jismoniy rivojlanish xalq salomatligini ifodalovchi juda aniq ko’rsatkich. Uning asosida davlat va jamiyat holati ustida ham fikr yuritish mumkin. Badavlat, tinchlikda yashaydigan yurt fuqorolarining jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to’g‘ri keladi va butun maktab yoshidagilik davrida davom etadi.
Bolalarni jismoniy rivojlanishini o’rganishda quyidagi belgilar ko’rsatkich sifatida olinadi; - boyi tik turganda va o’tirganida, ko’krak qafasining aylanasi tinch holda, nafas olganda va nafas chiqarganida o’lchanadi. Bundan tashqari, bilak muskullari va gavdaning kuchi dinamometr yordamida aniqlanadi va h.o.
Yuqoridagilarni o’quvchilarga qo’llaganimizda, o‘qish sharoiti, mehnat va mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to’g‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy hayotiy kuchlar, jismoniy qobiliyatlar ham jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuning uchun ham yuqori natijalarga erishish har qaysi o‘quvchi uchun nasib bo‘lmasligini, ammo har qanday o‘quvchi o‘z organizmining jismoniy rivojlanishiga vijdonan, sistemali, maqsadga muvofiq ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali ijobiy ta’sir eta olishligini e’tirof etishimiz lozim.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu odam tanasi va uning a’zolarini o‘lchash orqali mutaxasisning o‘zini, unda shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma’lumotlardir.
Jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, tavsifi, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlarga qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jihatdan bog’liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish - jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.
Shunday qilib, kishilarni ijtimoiy sharoitlari jismoniy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bular orasida mehnat bilan tarbiya, chunonchi jismoniy tarbiya muhim ro’l o‘ynaydi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling