Mavzu: jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari


Download 0.64 Mb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1253648
1   2   3   4   5
Bog'liq
JMNM fanining maqsadi hamda vazifalari

J I S M O N I Y T A R B I Y A.
Tarbiya deganda, ma’lum maqsadni mo’ljallab insonga ta’sir etmoqlik va uning qobiliyatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy - siyosiy va ahloqiy - estetik g’oyalarda, tarbiyalangandagidek yuksak orzularga erishish jarayoni tushuniladi. Tarbiya bu kishilarning (insonning) madaniy faoliyati sohasi, ana o’sha madaniyatni o‘zlashtirish, uning yutuqlarini takomillashtirish va avloddan-avlodga uzatish usulidir.
Jismoniy tarbiya inson jismoniy kamolotining pedagogik tizimi deb ham qaraladi.

  • Jismoniy tarbiya - inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan pedagogik jarayon.



  • J i s m o n i y b i l i m jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo’lganda turmushda qo’llash mahorati va ko’nikmalarini o’z ichiga oladi.

  • P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan ma’nosi deb tushuntirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotining asosiy g’oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim g’oyasi edi.
    P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar “ayrim harakatlarni ajratib olishlari va ularni o’zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to’siqlarga moslashtirishni, bu to’siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan o’tishni(yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mehnat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko’p jismoniy ish qilishni yoxud ko’rkam va g’ayrat bilan harakat qilishni o’rganishlari kerak, deb hisoblardi.
  • Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
  • Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling