Mavzu: jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari
Download 0.64 Mb.
|
JMNM fanining maqsadi hamda vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab jismoniy madaniyati
- Sport tayyorgarligi
Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolari jismoniy kamolatga erishishini maqsadga muvoifq ravshda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy o’sishi darajasiga uzviy bog’liq bo’ladi. Maktab jismoniy madaniyati - bolalarni jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, ma’naviy boyliklari majmuidir. M o d d i y b o y l i k l a r - xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablag’lar, jamiyat a’zolarining jismoniy kamoloti darajasi(sport yutulari) demakdir. M a ‘ n a v i y b o y l i k - esa tarbiya tizimi yaratgan, shakllantirgan g’oyaviy, ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuqlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya orqali har qanday inson o’ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o’zlashtiradi, shu soha yutug’i uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi. Sport – 1) jismoniy tarbiyani tashkiliy qismi bo’lib, musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga yo’naltirilgan, jismoniy va intelektual rivojlantirishning usul va vositasi; 2) musobaqalarni tashkil qilish, tayyorlash va o’tkazish tizimi. Sport — odamlarning muayyan qoidalar bo’yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo’lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko’rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar; Sport – qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati, shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi. Sport – jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog’liq bo’lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o’sishini ta’minlaydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan sport, boshlang’ich ma’noda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko’ngil ochish, so’ng, jismonan yuqori ko’rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda g’alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling