Mavzu: Joyda masofa o’lchash reja


Download 5.92 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi5.92 Kb.
#1516240
Bog'liq
GEODEZIYA.02

MAVZU: Joyda masofa o’lchash REJA

  • Masofa o’lchash qurollari
  • Dalnomerlar va ular bilan masofa o’lchash asoslari
  • Ipli dalnomer bilan vertikal reykada masofa o’lchash aniqligi

1. Masofa o‘lchash qurollari O‘lchanadigan chiziq joyda chiziq olish yo‘li bilan belgilangach, to‘rli chizik; o‘lchash qurollari bilan uning gorizontal qo‘yilishi o‘lchanadi.CHiziq uzunligini bevosita o‘lchashda osma asboblar yoki erda o‘lchash qurollari ishlatiladi.

CHiziqni aniq o‘lchashda shkalali lenta LZSH ishlatiladi. Bu lentaning ikki uchidagi detimetr bo‘lagi millimetrdan bo‘lingan bo‘lib, o‘lchanganda sanoq millimetr aniqlikda olinadi. Ruletka–chiziq o‘lchashda yordamchi qurol sifatida ishlatiladi. U metall va tasma (materiya) dan tayyorlanib, uzunligi 5,10 va 20 m bo‘ladi. Ruletka maxsus g‘ilofga o‘ralgan holda olib yuriladi. Lentani komparlash. Geodeziyaning hamma ishlarida ishlatiladigan asbob ishlatishdan avval tekshiriladi. Agar tuzatish zarur bo‘lsa, tuzatiladi, aks holda bu kamchilik ishlatishda hisobga olinadi. Lentalar uzunligini tekshirish lentani komparlash deyiladi. Komparlash maxsus joyda (komparatorda) uzunligi aniq ma’lum bo‘lgan namunaviy asbob (etalon) uzunligi bilan taqqoslanadi.

CHiziqni lenta bylan o‘lchash aniqligi. Po‘lat lenta bilan er yuzasida chiziq o‘lchash aniqligiga joyning baland–pastligi, tuproqning tuzilshi, o‘t–o‘lanlar kabi faktorlar katta ta’sir etadi. Bundan tashqari, lentaning chiziq stvorida to‘g‘ri yotmasligi ham aniqlikni kamaytiradi. SHuning uchun chiziq o‘lchash aniqligi joy tuzilishiga qarab baholanyadi. CHiziqni o‘lchash aniqligi nisbiy xato bilan baholanadi.

2.Dalnomerlar va ular bilan masofa o‘lchash asoslari Joyda turli uzunlikdagi masofalarni lenta, invar sim kabi o‘lchash vositalari yordamida o‘lchash ko‘p vakt oladi, joy relefi murakkab bo‘lgandao‘lchash og‘irlashadi. Bunday vaktda dalnomerdan foydalaniladi. Joyda ikki nuqta ora­sidagi masofanibir nuqtada turib o‘lchash moslamasi dalnomer deyiladi. Geo­dezik ishlarda ko‘llaniladigan dal–nomerlar ik­ki gruppaga bo‘linadi:1) optikaviy dalnomerlar;2) yorug‘lik va radio dalnomerlar.

Optik dalыnomerlarda masofa ko‘rish trubalarida o‘rnatilgan optik sistemalar orqali utadigan ko‘rish nur–lari hosil qiladigan burchak va oraliq orqali aniqlanadi. YOrug‘lik va radio dal-nomerlarda esa masofa yorug‘-lik nuri yoki radioto‘lkinning shu masofadan o‘tish vaqtini bilish yo‘li bilan aniqlanadi.

Dalnomer bazisi gorizontal yoki vertikal bo‘ladi. Muhadislik ishlarida qo‘llaniladigan geodezik asboblarnnig ko‘pila o‘zgarmas burchakli dalnomer o‘rnatilgan bo‘lib, ipli dal­nomer deyiladi. O‘zgarmas bazisli dalnomerlar ko‘pincha ayrim moslamaga joylanib, ular asbob ob’ektiviga o‘rnatiladi va nasadka (uchlik) deyiladi.

3. Ipli dalnomer bilan vertikal reykada masofa o‘lchash aniqligi.   Ipli dalnomer bilan masofa o‘lchashda ko‘proq santimetr bo‘lakli vertikal reyka ishlatiladi. Masofa (XV.6) yordamida hisoblanganda maso–fa aniqligiga K, s va n ni topishdagi xatolar ta’sir etadi. Dalnomer formulasidagi s ni e’tiborga olmay, D=Kn desak va (IV.29) formula bo‘yicha o‘rta kvadratik xatosini topsak, (XV. 12) bo‘ladi.

Nisbiy xatosi esa yoki bo‘ladi, ya’ni masofaning nisbiy xatosi dalnomer koeffitsienti va reyka sanoqlaridagi nisbiy xatoga bog‘liq. K o‘zgarmas bo‘lganidan uni K= 100 deb olsak, D=100n bo‘ladi, bunda masofa xatosi yolg‘iz sanoqlar xatosiga bog‘lik bo‘ladi.

Tadqiqotishlaridananiqlanishicha, dalnomerbilanmasofao‘rnigaaniqligio‘rtacha 1:300 hisoblanadi. Nokulayjoylarda 1 : 200 bo‘lishihammumkin. Masofa o‘lchash aniqligiga yukori va quyi iplardan bir vakt­da sanoq olinmaslik, yukori va quyi iplardagi refraksiyaning turliligi, iplar yo‘g‘onligi, sanoqni yaxlitlash, reykaning og‘ishi kabi hollardan keladigan xatolar ta’sir etadi. Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun vertikal reyka o‘rniga gorizontal reyka ishlatiladi, yangi takomillashgan dalnomerlar–dan foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABBIYOTLAR

  • Muborakov X.M., Axmedova S. “Geodeziya va kartografiya”.
  • Toshpulatov S.A. “Injenerlik geodeziyasi”.
  • Suyunov A.S. “Geodeziya”.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Download 5.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling