Мавзу: “Касблар таснифи, касбларда меҳнат турларининг ( одам- табиат, одам -техника,одам одам,одам –белгили тизим, одам – бадиий образ) таърифи”
Download 0.5 Mb.
|
kasb dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- O‘quv qurollari va jihozlari
- Yangi mavzu bayoni
- «Odam-tabiat».
Mavzu: “Kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ( odam- tabiat , odam -texnika,odam - odam,odam –belgili tizim, odam – badiiy obraz) ta’rifi” Darsning maqsadi: Ta’limiy: kasblar tasnifi haqida tushunchalar berish, kasblarda mehnat turlarining (odam- tabiat , odam -texnika,odam - odam,odam –belgili tizim, odam – badiiy obraz) ta’rifini o‘rgatish; Rivojlantiruvchi: mehnat ta’limi negizida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish; Tarbiyaviy: o‘quvchilarni halollik, to‘g‘riso‘zlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash; Kommunikativ kompetensiya: guruhda ishlashni bilish; Texnologiya faniga oid umumiy kompetensiyalar elementlari: zamonaviy kasblarni bilish; Dars turi: aralash O‘quv qurollari va jihozlari: slaydlar, tarqatma materiallar, proyektor, EHM, bukletlar Darsning borishi: Tashkiliy qism: navbatchi axborotini eshitish, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Uy vazifasini tekshirish. O‘qituvchi: Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar, bugungi darsimizga xush kelibsiz! O‘tgan darsda marketing va menejment tushunchalari haqida gaplashgan edik. Hozir doskaga “Blum moychechagi” orqali marketing va menejment tushunchalarini esga olamiz. Demak: marketing qaysi so‘zdan olingan ekan? Marketing deganda nimani tushunamiz? Marketingning asosiy vazifalari nimalardan iborat? “Menejment” so‘zining ma’nosini izohlab bering. Menejer qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim ekan? (O‘quvchilar 6 daqiqa ichida ushbu savollarga javob beradilar) Yangi mavzu bayoni: Bugun darsda bizlarni “Kasblar olami”ga ajoyib sayohat kutmoqda. Kasbni to‘g‘ri tanlash – inson hayotidagi muhim qadamdir. Zero, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyatli ko‘p jihatdan kasbning qanchalik tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘lig‘ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va nasoyon bo‘ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo‘lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo‘r qiziqish bilan qarasa, o‘z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o‘shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo‘ladi, bunday holda har bir shaxs jamiyatga ko‘p naf keltiradi. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo‘lish zarur, hozirgi kunda yuqori ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang-barang kasblar orasida qanday qilib mo‘ljal olish kerak? Mehnat foliyatini to‘g‘ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma’qul? Bu kabi savollarga javob topish uchun avval kasblar haqida mahlumotga ega bo‘lish kerak. Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo‘linadi. «Odam-tabiat». Bu erda mehnatning asosiy, etakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga quyidagi kasblar kiradi: urug‘shunos, meva-sabzavotshunos, davlat urug‘chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom. Bu kasb kishilari kuzatuvchanlik, sabr-toqatlilik, jismoniy chidamlilik, g‘amxo‘rlik, tartiblilik xislatlariga ega bo‘lishlari kerak. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling