Mavzu: Keramik qurilish materiallari va buyumlarining xomashyosi va olinish texnologiyasi


Download 73.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1585658
Bog'liq
4-3


4-AMALIY MASHG‘ULOT


Mavzu: Keramik qurilish materiallari va buyumlarining xomashyosi va olinish texnologiyasi.
Nazariy qism
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch so‘z va iboralar: g’isht, sоpоlak, tоshlar, panellar, to’sinlar, tоm va qоplama panellari, fasad plitkalari, gilamga o’xshash sоpоlak, shtamplangan pazli va lentasimоn gil cherepitsa, yassi va to’lqinsimоn lenta , unitaz, yuvish idishchalari, perlitоsоpоlak , keramzit, aglоpоrit.

Sоpоl materiallar va buyumlarning sinflari Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qоliplash va kuydirish yo’li bilan оlinadigan buyumlar va materiallar sоpоl materiallar deb ataladi. Sоpоl buyumlar (asоsan turmushda ishlatiladigan idish-tоvоqlar, vaza va shu kabilar) ishlab chiqarish milоddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamоnlarda paydо bo’lgan. Ancha keyin cherepitsa, qоplama plitalar va g’isht kabi sоpоl Qurilish ashyolari tayyorlay bоshlandi. Hоzirgi kun qurilishida sоpоl materiallar va buyumlardan devоrlar qurish va binо tоmlarini yopish, pоl, devоr va fasadlarni qоplash, o’chоq va tutun quvurlarini terish, оqava va drenaj qurish hamda bоshqa maqsadlar uchun fоydalaniladi. Sоpоl buyumlar yasaladigan material sоpоl texnоlоgiyasida sоpоl sоpоlak deb ataladi. Qurilishbоp sоpоl buyumlar sоpоlakning tuzilishi, kоnstruktiv jixatdan tuzilishi, sirtining hоlati va hоkazо bo’yicha turlanadi. Qurilmasi jihatidan mo’ljallanishi bo’yicha sоpоl materiallar va buyumlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: devоr (g’isht, sоpоlak, tоshlar, g’ishtdan qilingan blоklar va panellar); tоmlar uchun (ichi kоvak tоshlar, sоpоl tоshlardan qilingan to’sinlar, tоm va qоplama panellari); binоlar fasadini qоplash uchun (sоpоl g’isht va tоshlar, fasad plitkalari, gilamga o’xshash sоpоlak va bоshqalar); binоlar ichiga qоplash uchun (sirlangan plitkalar va fasоn detallar, pоl uchun plitkalar); tоm uchun mo’ljallangan (shtamplangan pazli va lentasimоn gil cherepitsa, yassi va to’lqinsimоn lenta va bоshqalar); оqava va drenaj quvurlari, santexnika buyumlari (rakоvina, unitaz, yuvish idishchalari va bоshqalar); kislоtaga bardоshli buyumlar (g’isht, plitkalar, quvurlar); yo’l materialari (g’ishtlar, tоshlar); issiqlik himоya (g’оvakli – ichi bo’sh g’ishtlar va tоshlar, perlitоsоpоla va bоshqalar); yengil betоnlar uchun to’ldirgichlar (keramzit, aglоpоrit); оlоvga bardоshli buyumlar (g’isht va fasоn buyumlar). Sopol g‘isht juda qadim zamonlardan (5000 yil oldin) beri ishlatilib keladigan va hozirgi paytda xam eng yaxshi devorbop material hisoblanadi. Buning bir qator sabablari bor: Giltuproq zapaslarining ko’pligi (hamda joyda tarqalganligi) har xil yoqilg‘i ishlatish mumkin, kichkina va katta korxonalar qurib g‘isht chiqarish mumkin va x. k. Lekin g‘ishtning asosiy kamchiligi uning og‘irligi (o’rtacha zichligi katta) va o‘lchamlarining kichikligi.


Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ichi kovakli effektiv buyumlar chiqariladi. Devorbop sopol toshlarning bo‘shligi 55 % gacha bo‘lib o‘rtacha zichligi 1000-1050 kg/m3 ni tashkil qiladi.


Ikkinchi kamchiligi bartaraf qilish uchun zavodlarda g‘isht va sopol toshlardan panellar tayyorlanadi va ular qurilishda beton panellar kabi montaj qilinadi.
Shunday qilib g‘isht va toshlarni industrial qurilishda ishlatilish effektivligini oshirish mumkin.
Devorbop g‘ishtli panellarda g‘isht tva toshlar sementli qorishma bilan yaxlit qilib teriladi.
Ishlatilishiga ko‘ra panellar tashqi devor uchun va ichki devor uchun ishlatiladigan to‘rlarga bo‘linadi.
Tuzilishiga ko‘ra bir qavatli, ikki va uch qavatli bo‘ladi.
Sopol g‘isht va toshlardan tayyorlanadigan panellar quyidagi asosiy shartlarga javob berish kerak.

  • tashqi devor panelining qalinligi 300 mm dan oshmasligi kerak .

  • o‘rtacha zichligi (panelning) 1200 kg/m3 dan oshmasligi kerak.

  • mustahkamligi 7,5 MPa (eng kamida).

  • issiqlik o‘tkazuvchanligi talab doirasida bo‘lishi kerak.

Panellarni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichdan iborat:
1. Qorishmani tayyorlash.
2. Armaturani tayyorlash.
3. Panelni qoliplash.
4. Issiq nam ishlar berish va yuzasini pardozlash.
1-masala.10000 dona pishgan g’isht olish uchun va 1000 dona bo’shliqli devorbob keramik tosh olish uchun massa va hajmi bo’yicha qancha loy kerak bo’ladi? G’ishtning o’rtacha zichligi 1800 kg/m3 , keramik toshning o’rtacha zichligi1350 kg/m3. G’isht va toshlar DST talabaga javob berishi kerak. O’rtacha zichligi 1700 kg/m3, namligi 15%, qizdirishdagi yo’qotilishi quruq loy massasi bo’yicha 10 %, g’ishtni tayyorlash, pechdan chiqarish va ortishda g’isht va toshni hamma partiyasi uchun 2% yaroqsiz bo’lishi ruxsat etilgan.
Yechish:Yaroqsizlikni hisobga olgan holda g’isht va toshlar tayyorlanadi: g’isht uchun
10000·1,02 =10200 dona.
Bir dona g’ishtning hajmini aniqlaymiz:
V=0,25·0,12·0,065=0,00195 m3,
hamma g’ishtning hajmi quyidagiga teng:
10200·(0,25·0,12·0,065)=19,89 m3
hamma g’ishtning massasi:
19,89·1800=35802 kg,
Bo’shliqli toshni bo’shliqlari bilan birga hajmini aniqlaymiz:
10200·(0,25·0,12·0,138)=4,23 m3,
Massasi esa quyidagiga teng:
4,23·1350=5710 kg,
g’isht va bo’shliqli toshning umumiy massasi quyidagiga teng:
35802+5710=41512 kg,
G’isht va bo’shliqli tosh tayyorlash uchun ketadigan loyning massasi quyidagiga teng:
41512·1,15·1,10=52512 kg,
Bu yerda: 1,15 va 1,10 qiymatlar namlik va qizdirishdagi yo’qotishlarni hisobga oladi.
Loyning hajmini quyidagi formuladan aniqlaymiz:

pm=  ,


bundan



V=  =  =30,9 m3.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: (grafiklardan, testlardan foydalanish), klaster, besh minutlik esse, ko‘rgazmali ta'lim metodlari ( namoyish, illyustratsiya, videousul, slaydlar);
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari:
- Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse, blits-so‘rov.
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi:

  • Ko‘rgazmali qurol

  • Proyektor

  • Slayd

  • Tarqatma material

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling