Mavzu: Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqish nazariyalari


Download 195.6 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi195.6 Kb.
#1641361
  1   2   3   4
Bog'liq
Choriyeva O\'. kurs ishi.zoologiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
212 - guruh talabasi Choriyeva O’g’iloyning
“Zoologiya” asoslari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqish nazariyalari.
Topshirdi: Choriyeva O’g’iloy
Qabul qildi: Yo’ldoshev Ko’palbek


Urganch 2023
Reja:
Kirish.
I.Bob. Adabiyotlar tahlili.
II.Bob. Asosiy qism.
2.1. Ko’p hujayrali hayvonlar haqida umumiy tavsif.
2.2. Ko’p hujayrali hayvonlarning klassifikatsiyasi.
2.3. Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar.
2.4. Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishidagi o’zaro bog’liklar.
Xulosa._Foydalanilgan_adabiyotlar_ro‘yxati.__Mundarija:__Kirish'>Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Mundarija:

Kirish …………………………………………………………………………….. 4
I.BobAdabiyotlar tahlili …………………………………………………...……. 7
II.Bob Asosiy qism ………………………………………………………………15
2.1 ko’p hujayrali hayvonlar haqida umumiy tavsif…………..…………………. 15
2.2 ko’p hujayrali hayvonlar klassifikatsiyasi…………………………………… 18
2.3 Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishidagi nazariyalar……………...... 20
2.4 Ko’p hujayrali hayvonlar kelib chiqishidagi o’zaro bog’liqliklar………...…. 23
Xulosa …………………………………………………………………………... 31
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………...32

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2000 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 343-son qarori’
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli qununi.
Ushbu Qonunning maqsadi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Zoologiya kolleksiyasi — yovvoyi hayvonlarning ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga molik jonsiz eksponatlarining tizimlashtirilgan to‘plami (yovvoyi hayvonlar tulumlarining va yashash faoliyati mahsulotlarining namunalari), shuningdek yarim erkin sharoitda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda (tabiiy pitomniklarda, hayvonot bog‘larida, sirklarda, terrariumlarda, akvariumlarda va boshqa joylarda) saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning tirik kolleksiyalari;
Hayvonot dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan barcha turdagi yovvoyi hayvonlar majmui;
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish — yovvoyi hayvonlarning barqaror yashash sharoitlarini ta’minlashga, ularning tabiiy galalari va populatsiyalarini saqlab qolishga, ularning yo‘q qilib yuborilishining yoki ularga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar — yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va takror ko‘paytirishga, ularning yashash muhitini, urchish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolishga, ov qilish va baliq ovlash joylari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.
Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarining nodir genofondini muhofaza qilish va saqlab qolishni kuchaytirish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning turlarini, yovvoyi hayvonlar mahsulotlarini chetdan respublikaga olib kirishni va respublikadan chetga olib chiqib ketishni tartibga solish, ularning turi va soni saqlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Mulk shaklidan, xo‘jalik faoliyati turidan va kimning tasarrufida ekanligidan qati nazar barcha korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy shaxslarga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yovvoyi hayvonlarning (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarning) qimmatli va yo‘qolib borayotgan turlarini ovlab tutish (otish), tutqinlikda saqlash va respublikadan chetga olib chiqib ketish, ulardan zahar olish va bu zaharlarni sotish, dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning yovvoyi turlarini tayyorlash man etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va jonivorlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda tortib ajratib olishga, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi taqdimnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradigan ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi;
Ovlanadigan hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarni) ovlash hamda ularning mahsulotlarini to‘plash, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi beradigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi;

Download 195.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling