Mavzu: kriptovalyutalar texnologiyasi


Download 132.53 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi132.53 Kb.
#1576781
  1   2   3
Bog'liq
Elmurotov Rustam mustaqil ish 1



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA TA’LIM, FAN VA


INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND
FILIALI RAQAMLI IQTISOD YO’NALISHI RIM-121 GURUH
MAGISTRANTI ELMUROTOV RUSTAMNING BLOKCHEIN VA
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FANIDAN

MAVZU: KRIPTOVALYUTALAR TEXNOLOGIYASI



Bajardi: Elmurotov R.
Tekshirdi: Anarbayeva F

SAMARQAND-2023


Reja:

  1. Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi

  2. Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari

  3. Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma


Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
1982 yilda kriptograf Devid CHaum mijozning xarid qilgan tovarlari yoki
xizmatlari uchun qilgan to’lovlari haqidagi ma‘lumotni kuzatish mumkinligi
to’g’risidagi g’oyani bayon qilgan. Savdo-sotiq va moliyaviy amaliyotlarni xavfsiz
o’tkazish maqsadida Devid CHaum 1989 yilda birinchi anonim tolov tizimi
ishlashini ta‘minlaydigan DigiCash korporatsiyasiga asos soldi.
DigiCash to’lov tizimi Internet orqali tranzaksiyalar o’tkazishning xavfsiz
usulidan iborat edi. O’sha davrning ko’plab tizimlari, shu jumladan, Visa va
Mastercard, faqat yirik summalarni elektron usulda qayta ishlardi. Ulardan farqli
o’laroq, tizim katta bo’lmagan tranzaksiyalarni yuborishga imkon berardi.
DigiCash to’lov tizimi Devid CHaum ishlab chiqqan ko’r imzo
texnologiyasiga asoslangan edi. Ko’r elektron imzo – elektron raqamli imzoning
(ERI) muhim modifikatsiyalaridan biri. Uning asosiy qo’llanilish sohasi - bank,
hamda elektron ovoz berish sohalaridir.

Elektron to’lov tizimlari mablag’larini ishlatganda, bank har doim pul


mablag’larini kim, qaerda, qachon va kimga o’tkazgani haqidagi to’liq ma‘lumotga
ega bo’ladi. Ushbu fakt foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti dahlsizligiga katta
ta‘sir ko’rsatadi.

Ko’r elektron imzodan foydalanish to’lovlar anonimligini ta‘minlay oladigan
to’lov tizimlarini yaratishga, ammo shu bilan bir vaqtda foydalanuvchilarga zarur
bo’lganda to’lov amalga oshirilganligini isbotlash imkonini beradi.

Ko’r imzoning elektron to’lovlar bayonnomalaridagi asosiy xususiyatlari
quyidagilardir:
 Uchinchi tomonning tranzaksiyalar parametrlarini aniqlashi imkonsizligi;
 Mijozning tranzaksiya isbotini taqdim etish imkoniyati;
 Tranzaksiyani to’xtatish imkoniyati.

DigiCash to’lov tizimi raqamli valyutalarning keyingi rivojlanishida katta


rol o’ynadi. Unda birinchi bor muqobil elektron to’lov tarmoqlarini yaratish uchun
Internet kompyuterlaridan foydalanish urinishi bo’lgan.
DigiCash to’lov tizimi markazlashgan edi, ya‘ni doimiy pul likvidligi uchun
unga banklar lozim bo’lgan.
DigiCash to’lov tizimi modeli keyingi loyihalar, shu jumladan, Bitkoin va
boshqa hozirda mavjud bo’lgan kriptovalyutalar asosiga yotgan.
Devid CHaumning kriptografiyadagi ishlanmalari hozirgacha qo’llanilib
kelmoqda. Uni sharofati bilan blokcheyndagi tranzaksiyalar xavfsizdir.
1997 yilda amerikalik kriptograf Adam Bak HashCash texnologiyasini
ta‘riflagan. Ushbu texnologiya spam jo’natmalariga bas kelishi va DoShujumlariga qarshi turishi kerak edi. DoS-hujumlari – hisoblash tizimiga uni
ishdan chiqarish maqsadida xakerlar hujumi, ya‘ni shunday sharoit yaratishki,
unda tizimning insofli foydalanuvchilari taqdim etiladigan tizim resurslari
(serverlari) ga kirolmaydi, yoki qiyinchilik bilan kiradi. So’ngra HashCash xeshbloklar va tranzaksiyalarni tasdiqlashning yanada mukammal algoritmiga ega
bo’ldi. Keyinchalik blokcheyn tarmog’i ishi o’xshash tamoyillarga asoslanib
tuzildi.
1998 yilda kriptograf Vey Dey «b-money» nomli shaxsiy kriptovalyuta
g’oyasini taklif qildi, ya‘ni pul mablag’larining anonim, taqsimlangan elektron
tizimi. «b-money» kriptovalyutasining afzalligi - markazsizlashtirilgan reestr,
tranzaksiyalarga, hamda Proof – of – work (PoW) konsepsiyasiga imzo qo’yish
usulidir. Keyinchalik Vey Dey g’oyalari bitkoin asosiga yotdi.
1998 yilda blokcheyn-texnologiya asoschisi hisoblanmish, kriptografiya va
informatika sohasidagi amerikalik mutaxassis Nik Szabo markazsizlashtirilgan Bit
Gold kriptovalyutasini yaratishga urinib ko’rdi.

Bit Gold kriptovalyutasi an‘anaviy moliyaviy tizimning samaradorsizligi va


hisob-kitob vositasi sifatida qimmatbaho metallardan foydalanilganligi sababli
yaratilgan. Bit Gold kriptovalyutasini yaratish oltinning iqtisodiy xossalarini qayta
tiklashga, hamda uning xavfsizligi parametrlarini oshirishga urinish edi. Nik Szabo
taklif etgan markazsizlashtirilgan tarmoq foydalanuvchilarga valyuta
mustaqilligining tabiiy oltin taklif eta olmaydigan darajasini taqdim etardi.
Ishonchni talab etmaydigan Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga
bir qator afzalliklar taklif etardi.

Xususan, Nik Szabo bunday tizimning kamida ikkita asosiy xususiyatini


ko’rsatardi:
1. Moliya institutlariga bog„liq emasligi. Bit Gold markazsizlashtirilgan
tarmoq orqali foydalanuvchilar tomonlar o’rtasida ishonch hosil qilmasdan,
tranzaksiyalarni amalga oshirishdagi yordami uchun moliya institutiga komissiya
to’lamasdan, xavfsiz tranzaksiyalar amalga oshirishlari mumkin edi. Bit Gold
tarmog’ining o’zi foydalanuvchilarning balans holatini kuzatish va qonuniy
tranzaksiyalar o’tkazish uchun zarur bo’lgan funksionalni taqdim etardi. Tizimning
ushbu tavsiflari shuni anglatadiki, tranzaksiyalar va pul saqlash, moliya
institutlariga bo’lgan tobelikni bartaraf etib, virtual va mustaqil ravishda amalga
oshirilishi mumkin bo’lardi.

2. Turli mamlkatlarda uzluksiz faoliyat ko„rsatish. An‘anaviy moliya tizimi


ko’plab turli bo’linmalarga ega. Pullarni turli mamlkatlarga jo’natish, so’nggi
oluvchiga borib etganiga qadar, bir necha kundan bir oygacha olishi mumkin. Bu
banklar pullarni, ular ehtimolli adresatga etib borgunga qadar, boshqa moliya
muassasalariga jo’natish bo’yicha qat‘iy va tartibga solingan jarayondan o’tishlari
lozim bo’lgani sababli sodir bo’ladi. Bitcoin va Bit Gold kabi
markazsizlashtirilgan tarmoqlar ushbu bo’linmalarga muhtoj emas va xalqaro
tranzaksiyalarni bir necha daqiqada amalga oshirish imkonini beradi.
Keyinchalik Bit Gold g’oyasi Bitkoinda amalga oshirildi, va ikkala protokol
ham o’xshash tuzilishga ega.


Download 132.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling